FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA O'QUVCHILARNING SO'Z BOYLIGINI KENGAYTIRISH YO'LLARI.
Abstract
O‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirishda fanlararo aloqadorlikning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Fanlararo integratsiya o‘quvchilarga til materialini chuqurroq o‘zlashtirish, boshqa fanlarda o‘rganilgan tushunchalarni nutqiy faoliyatda qo‘llash imkonini yaratadi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 55 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA O‘QUVCHILARNING SO‘Z BOYLIGINI KENGAYTIRISH YO‘LLARI. Baxtiyorova Nastarin Baxriddinovna Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi nastarinbaxtiyorova943281126 Annatatsiya. O‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirishda fanlararo aloqadorlikning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Fanlararo integratsiya o‘quvchilarga til materialini chuqurroq o‘zlashtirish, boshqa fanlarda o‘rganilgan tushunchalarni nutqiy faoliyatda qo‘llash imkonini yaratadi. Kalit so‘zlar: Fanlararo aloqadorlik, so‘z boyligi, integratsiya, nutqiy faoliyat, og‘zaki nutq, yozma nutq, ijodiy fikrlash, metodika, interfaol usullar, til madaniyati, kompetensiya. Hozirgi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishida asosiy e’tibor ularning nutqiy faoliyatini shakllantirish, so‘z boyligini kengaytirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilmoqda. Bu jarayonda fanlararo aloqadorlik tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Fanlararo aloqadorlik -bu bir fan orqali boshqa fanlarning mazmunini boyitish, ularni o‘zaro bog‘liqlikda o‘qitish orqali o‘quvchilarda keng dunyoqarash, chuqur bilim va mustahkam nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish demakdir. Ayniqsa, ona tili fanida bu tamoyildan foydalanish o‘quvchining so‘z boyligini oshirish, nutqni ifodali va aniq shaklda qurish imkonini beradi. Fanlararo aloqadorlikning o‘quvchi nutqini rivojlantirishdagi o‘rni juda muhumdir. Til - barcha fanlarning asosi va ularni o‘zlashtirish vositasidir. O‘quvchi boshqa fanlardan olgan bilimlarini so‘z orqali ifodalaydi. Shu bois, har bir fanda nutqiy faoliyatni rivojlantirishga e’tibor berish zarur. Fanlararo yondashuv bu o‘quvchining bilimini tizimlashtiradi, til boyligini turli fanlarga oid atamalar bilan kengaytiradi, fikrni mantiqan ifodalashga o‘rgatadi, o‘qitish jarayonida til bilan tafakkurni uyg‘unlashtiradi. Masalan, tabbiy fandan “O‘simliklarning foydasi” mavzusi bilan bog‘lab “Tabiat bizning boyligimiz” mavzusida insho yozish o‘quvchilarning leksik zahirasini tabiiy so‘zlar bilan boyitadi. O‘qish savodxonligi darslarida esa “Amir Temur” yoki “Qadimgi binolar” kabi mavzularda so‘zlashish, insho yozish orqali tarixiy atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasi shakllanadi. So‘z boyligini kengaytirishda integratsiyaning metodik imkoniyatlari o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish uchun o‘qituvchi fanlararo integratsiyadan samarali foydalanishi zarur.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 56 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com Quyidagi metodlar bunga yordam beradi. Matn asosida ishlash tabiiy fan yoki o‘qish savodxonligi fanidan olingan matnni tahlil qilish, yangi so‘zlarni ajratib, ularning ma’nosini tushuntirish, matndagi yangi so‘zlardan gap yoki kichik hikoya tuzish va atamalar bilan ishlash matematika fanidagi “radius”, “diametr”, “aylana” kabi so‘zlarni o‘zlashtirib, ularni to‘g‘ri nutqda qo‘llash.Tabiiy fandan “sayyoralar”, “organizm”, “hujayra” kabi so‘zlarni tushunish va ularni so‘z boyligiga kiritish orqali nutqi yanada boyib boradi. Fanlararo suhbat va munozaralarga “Ilm - inson tafakkuri mevasi”, “Texnologiya hayotimizni osonlashtiradimi?” kabi mavzularda bahsmunozaralar tashkil etishimiz mumkin. Bu usul o‘quvchilarning og‘zaki nutqini boyitadi va so‘zlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatadi. Yozma mashg‘ulotlardan boshqa fanlarga oid mavzularda insho, matn, diktant yoki bayon yozish orqali so‘z boyligini kengaytirish. Masalan: “Yer – bizning umumiy uyimiz” (tabiiy fan bilan bog‘liq) yoki “Buyuk allomalar merosi” (o‘qish savodxonligi bilan bog‘liq). Interfaol metodlar orqali so‘z boyligini rivojlantirishda bugungi kunda fanlararo integratsiya asosida o‘qitishda interfaol metodlar keng qo‘llanilmoqda. Jumladan “Klaster” metodi - o‘quvchilar yangi mavzuga oid so‘zlarni tarmoqlab yozadilar va ularni tushuntiradilar. “Aqliy hujum” - o‘quvchilar mavzuga oid so‘zlarni to‘plashadi, izoh berishadi, gap tuzishadi. “Konsept xarita”- o‘quvchilar fanlararo tushunchalarni bog‘lab, ularni bir butun fikr shaklida ifodalaydilar. Bu usullar o‘quvchilarda yangi so‘zlarni faol nutqga kiritish, ularning ma’nosini anglab yetish va ijodiy qo‘llash malakasini rivojlantiradi. O‘qituvchi faoliyatida fanlararo yondashuvning ahamiyati shundaki o‘qituvchi har bir darsni rejalashtirish jarayonida boshqa fanlar bilan bog‘lash yo‘llarini oldindan belgilab olishi kerak. Masalan ona tili darsida “Tabiat go‘zalligi” mavzusi o‘tilayotganda tabiiy fan darslaridagi bilimlardan foydalanish, yozma mashg‘ulotlarda matematika darslarida o‘rganilgan sonlar, o‘lchov birliklari va ularning yozilishiga oid misollar kiritish, o‘qish savodxonligi darslarida tarixiy voqealar yoki shaxslar haqida so‘z yuritish ahamiyatlidir.Bunday yondashuv o‘quvchilar nutqini tabiiy, boy va ifodali qiladi. Xulosa. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitish o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini shakllantirish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu yondashuv orqali o‘quvchi so‘zlarni ma’no jihatdan chuqurroq anglaydi, yangi so‘zlarni nutqida faol qo‘llay oladi, til materialini hayotiy tajribalar bilan bog‘laydi, mustaqil va mantiqiy fikrlashni o‘rganadi. Fanlararo integratsiya — bu so‘z boyligini kengaytirishning, nutqiy faoliyatni rivojlantirishning
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 57 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com va o‘quvchini zamonaviy kompetensiyalarga ega shaxs sifatida shakllantirishning eng samarali usullaridan biridir. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.Shabbazova Dilfuza Ruziqulovna.ONA TILI O‘QITISH METODIKASI. Toshkent”METODIST NASHRIYOTI”2023. 2.Qosimova. K. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish. -T.1964. 3. PIRLS 2011 baholash asosi. Ina V.S. Mullis, Maykl O. Martin, Enn M. Kennedi, Keti L. Trong, Marian Sainsberi. 4. Daminova Dilbar Melimurodovna METHODOLOGY FOR DEVELOPING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS IN PRIMARY CLASS STUDENTS. NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNXA Multidisciplinary Peer Reviewed Journal . - October -2023, 2023-yil.88-92-bet 5.Daminova Dilbar Melimurodovna, & Muxtorova Lobar Abdimannabovna. ISSUES OF MATHEMATICAL LITERACY DEVELOPMENT IN WORLD SCIENCE. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 03, March. (2023). -3-4-mart 2023, 2023-yil.307-311-betlar 6.Daminova Dilbar Melimurodovna, & Muxtorova Lobar Abdimannabovna PEDAGOGPEDACOGICAL OPPORTUNITIES OF FORMING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS. WEB OF SCINTIST: WEB OF SCINTER:INTERNATIONAL SCINTIFIC RESEARCH JOURNAL. -7.Mar..2023, 2023yil.971-976-bet 7.Daminova Dilbar Melimurodovna Boshlang`ich sinf matematik savodxonligini TIMSS,xalqaro baholash tizimi orqali takomillashtirish metodikasi.“ILM-MA`RIFATLI YOSHLAR YANGI O`ZBEKISTON BUNYODKORLARI”2022-yil.309-312-bbet 8.Daminova Dilbar Melimurodovna .TIMSS TADQIQOTLARIDA MATEMATIK BILIM VA KO‘NIKMALAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH. Globallashuv sharoitida innovatsion texnologiyalar va oliy ta`limning dolzarb muammolari. Metodist nashriyoti” 2023-yil. 532-534-bet 9. Daminova Dilbar Melimurodovna .TIMSS TADQIQOTLARIDA MATEMATIK BILIM VA KO‘NIKMALARNI BAHOLASH. Zamonaviy boshlang`ich ta`lim: Innovatsiyalar ,muammolar va rivojlanish istiqbollari . -19-20-may 2023-yil.370-373-bet 10. Daminova Dilbar Melimurodovna. TOOLS FOR DEVELOPING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS IN PRIMARY CLASS STUDENTS. World Bulletin of Social Sciences (WBSS) Available Online at: https://www.scholarexpress.net. -10 th . 2024.49-52-bet 11. Daminova Dilbar Melimurodovna,& Shoniyeva Manzura Panji qizi. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODONLIKNI SHAKLLANTIRISHNI METODIKASI.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 58 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com “Boshlang‘ich ta’lim: samarali ta’lim amaliyoti, muammolari, istiqbollari”. 2024-yil,662-664betlar 12. Daminova Dilbar Melimurodovna. DARS VA DARSDAN TASHQARI MASHG`ULOTLARDA O`QUVCHILARNING MATEMATIK SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH YO`LLARI“Boshlang‘ich ta’lim: samarali ta’lim amaliyoti, muammolari, istiqbollari”. 2024-yil,668-670-betlar 13.Lev Vygotskiy L.S. Выготский “Мышление и речь” (Tafakkur va nutq) 1934-yil 14.Daminova Dilbar Melimurodovna ONA TILINI FANLARARO O`QITISHDA NUTQIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. INTER EDUGATION.CLOBAL STUDY. -2024.N4(1), B:122-128-bet 15. Daminova Dilbar Melimurodovna.Boshlang`ich ta`limda matematik savodxonlikni rivojlantirishning metodik tizimi. INTER EDUGATION.CLOBAL STUDY. -2024.N3(2) 4149-betlar. 16. Daminova Dilbar Melimurodovna.Ona tilini fanlararo o`qitishda nutqiy faoliyatni rivoglantirish metodikasi.Til va adabiyotlar.uz 84-86-betlar