scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MILLIY QADRIYATLARNING YUKSALISHI

Karimova Nilufar Axmatovna

Abstract

Ushbu maqolada Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida milliy qadriyatlarning o‘rni hamda ahamiyati shakllantirilgan. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarimizga yuksak ehtirom sifatida tan olinayotganligi, hamda o‘sib kelayotgan yoshlarimizni milliy qadriyatlar va an’analarga bo‘lgan hurmat va e’tiborini kuchaytirish haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Karimova Nilufar Axmatovna Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining kichik ilmiy xodimi YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA MILLIY QADRIYATLARNING YUKSALISHI Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida milliy qadriyatlarning o‘rni hamda ahamiyati shakllantirilgan. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarimizga yuksak ehtirom sifatida tan olinayotganligi, hamda o‘sib kelayotgan yoshlarimizni milliy qadriyatlar va an’analarga bo‘lgan hurmat va e’tiborini kuchaytirish haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Kalit so‘zlar: Milliy qadriyat, milliy an’ana, milliy til, urf-odat, marosim, madaniyat, san’at, moddiy va ma’naviy meros, milliy hudud. ВОЗРОЖДЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В РАЗВИТИИ ОБНОВЛЯЮЩЕГОСЯ УЗБЕКИСТАНА Аннотация: В данной статье описаны место и значение национальных ценностей в развитии обновляющегося Узбекистана, дана информация о том, что наши материальные и духовные ценности признаются с высоким уважением, а также об укреплении уважения и внимания нашей подрастающей молодежи к национальным ценностям и традициям. Ключевые слова: национальная ценность, национальные традиции, национальный язык, обычаи, ритуалы, культура, искусство, материальное и духовное наследие, национальная территория. THE REVIVAL OF NATIONAL VALUES IN THE DEVELOPMENT OF RENEWING UZBEKISTAN Abstract: This article describes the place and importance of national values in the development of a renewing Uzbekistan, provides information that our material and spiritual values are recognized with high respect, as well as strengthening the respect and attention of our growing youth to national values and traditions. Key words: National value, national traditions, national language, customs, rituals, culture, art, material and spiritual heritage, national territory. Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Shavkat Mirziyoyev Kirish. Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek ko‘rsatib turuvchi eng muhim omillardan biridir. Milliy qadriyatlar esa har bir xalqning ijtimoiy turmushi, yashash tarzi, o‘tmishi, kelajagi, madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari, u yashayotgan hudud bilan uzviy bog‘langan. Ular o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimini tashkil qiladi. Milliy qadriyatlar tushunchasi shu ma’noda muayyan millatning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy rivojlanishi jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarnigina emas, balki ular yashayotgan hudud, madaniy-ma’naviy meros, milliy madaniyat, til, milliy ong, millat ruhi, tarixi, o‘tmishi, turmush va yashash tarzi, millat hayotining tartib-qoidalari hamda ular bilan bog‘liq milliy xususiyatlar, jihatlar va boshqalarning ahamiyatini ifodalaydi. Millatning genofondi, tabiiy betakrorligi, o‘ziga xosligi, tarixiy o‘zgaruvchanligi, tarixi, o‘tmishi, kelajagi va ma’naviy merosi ham milliy qadriyatlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari milliy hudud, moddiy va madaniy yashash sharoitlari, urf-odatlar, an’analar, marosimlar, milliy til, milliy madaniyat va ma’naviyat, millat ong va milliy ruh, milliy tuyg‘ular va g‘oyalar ham milliy qadriyatlarning ajralmas qismidir. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni jadal rivojlanishi insoniyat global muammolarini hal etishning nafaqakt optimal yo‘llarini izlash, balki moddiy va ma’naviy qadriyatlarni asrash va kelajak avlodga yetkazish kabi masalalarni ishlab chiqishni ham taqozo etmoqda. Insoniyat tarixidan bizga ma’lumki, har bir jamiyat, millat, xalq o‘z kelajagi, kelgusi avlodlarini yuksak ma’naviyatli, ilmli va eng asosiysi, baxti bo‘lishlari uchun kurashadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masala Prezidentimiz e’tiboridan ham chetda qolmaganligi asoslidir. Ya’ni “Aslida , har qanday islohotning eng muhim samarasi avvalo xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborni yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo‘lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi” [1, b. 105]. Bu esa Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyoti bevosita inson va xalqning milliy qadriyatlarini rivojlantirish bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Unda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan intilishini hisobga olish zarur. Tahlil va muhokama. Xalqimiz millat sifatida boshidan o‘tkazgan og‘ir sinovlardan sabrbardosh, matonat, chidamlilik, kelajakka ishonch ruhida o‘tib, milliy, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini saqlab qolganligi va bugungi kunda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan chuqur islohatlar yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalash maqsadida milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishda katta e’tibor qaratilmoqda. Aynan shu qadriyatlarimizda jamiyat moddiy va ma’naviy hayotining uyg‘unligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Jahon sivilizatsiyasiga salmoqli xissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning ulkan ma’naviy meroslarini yangidan ijodiy o‘zlashtirilishining boshlanganligi mustaqil O‘zbekistonning eng yorqin yutuqlari qatoridan joy oladi, albatta. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Baxoviddin Naqshband, al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlarimiz ilmiy-abadiy merosining yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati ulkandir. Yoshlar siyosatini amalga oshirishda ma’naviy-ma’rifiy omillarning o‘ziga xos ahamiyatini ko‘rib chiqar ekanmiz, bunda qadriyatlar muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlash kerak. Milliy ma’naviyatimiz qadr topayotgan hozirgi davrda uni boyitishimiz, yangi avlodlarga yetkazib, ma’naviy meros sifatida qoldirishimiz millat oldidagi burchimizdir. Milliy va ma’naviy qadriyatlar jamiyat a’zosi bo‘lgan har bir shaxsning, jumladan, har bir yoshning hayot mazmuni, ularning intilishi, istak va xohishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yoshlarda ana shunday ma’naviy, ruhiy kuch-quvvat, poydevor bo‘ladigan tuyg‘ular avvalo, nazarimizda oiladan boshlanadi. Umuman olganda o‘zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, oilaviy urf-odatlar. qadriyatlar mavjud. Kattalarga hurmat, kichiklarga mehr-shafqat, qo‘ni-qo‘shnilarga, qarindoshlarga, mahalladoshlarga, tanish-bilishlarga yordamini ayamaslik o‘zbek xalqining azaliy an’anasi hisoblanadi. O‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirgacha davom etib kelayotgan ajoyib qadriyatlaridan yana biri, ota-onani yuksak darajada e’zozlash, izzat-ikromlari, hurmatini joyiga qo‘yishdan iboratdir. Qadriyatlarning yoshlarni tarbiyalashdagi o‘rni haqida xulosa qiladigan bo‘lsak, Avvalo, qadriyatlar jamiyatimiz boyligi, poydevori bo‘lib u o‘tmish bilan bugungi kun va kelajakni bog‘laydigan vositadir. Qadriyatlar ma’naviy yetuk, barkamol yoshlarni tarbiyalaydigan qudratli kuchdir. Shu bilan birgalikda qadriyatlar jamiyatimizni jahon hamjamiyatiga qo‘shuvchi ishonchli vosita hamdir. Xulosa. Nomoddiy madaniy meroslarimizni hamda milliy qadriyatlarimizni asrash va ularni kelajak avlodga yetkazib berish bizning eng xayrli va savobli ishimizdir. Chunki an’ana va qadriyatlarimiz–xalqimizning madaniy xazinasidir. Ular orqali yoshlarimiz va dunyo ahli bizning qanday ajdodlar avlodi ekanligimizni biladilar. Bizning boy madaniy tariximizdan baxramand bo‘ladilar. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.” – T.; Ma’naviyat, 2008. 2. Donishmandlar tarbiya xususida. – T.: “O‘qituvchi”, 1982. 3. Qurbonov T. Odobnoma. – T.: “O‘qituvchi”, 1991. 4. Imomov K, Mirzaev T, Sarimsoqov B, Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi – T.: O‘qituvchi, 1990. – B. 227-268. 5. O‘zbek folklorining epik janrlari / O‘zbek xalq ijodi bo‘yicha tadqiqotlar. 7-kitob. – T.: Fan, 1981. 6. Sharq mutafakkiri xazinasidan. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. 7. Shermanov, E. (2024). Talabalarning madaniy daxldorlik fazilatini sun’iy intellekt vositаsidа o ‘qitish texnologiyаlаri. MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI,1(8). 8. Shermanov, E. (2024). Mаdаniy intellektning ijtimoiy sohа mutаxаssislаrini tаyyorlаsh jаrаyonidаgi integrаtsion roli. MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI,1(8). 9. Karimova, N. (2024). RESPUBLIKAMIZDA TASHKIL ETILAYOTGAN XALQARO FESTIVALLARNING MILLIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDAGI ILMIYAMALIY AHAMIYATI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali,2(57), 111-117. 10. Ганиева, Э. Р. (2018). Особенности эстетического восприятия кино в условиях новой цифровой реальности. In Научный форум: Филология, искусствоведение и культурология (pp. 24-30). 11. Ганиева, Э. Р. (2018). Трансформация коммуникативной функции кино в эпоху глобализации. In Культурология, искусствоведение и филология: современные взгляды и научные исследования (pp. 8-12). 12. Kalkanatov, A. (2023). THE IMPORTANCE OF MANAGING THE PARTICIPATION OF CULTURAL AND ART INSTITUTIONS AND ORGANIZATIONS IN CULTURAL ACTIVITIES. Journal of Innovation, Creativity and Art,2, 7-10. 13. Alfiya, Q. (2023). Milliy Musiqa San’ati Va Yoshlar Tarbiyasi. Journal of Creativity in Art and Design,1, 16-20. 14. Nazarbaevna, Q. A., & Serjanovich, K. S. (2024). The Importance of Scenario in Cultural Events. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,4, 259-262. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 15. Kalkanatov, A. (2023). PROFESSIONAL QUALIFICATION OF THE MANAGER IN THE CULTURAL FIELD. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE,2, 19-23. 16. Юсупалиева, Д. К. (2020). ОБЕСПЕЧЕНИЕ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО МИРА В УЗБЕКИСТАНЕ. Modern Science, (11-1), 330-332. 17. Юсупалиева, Д. К. (2021). ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ. Мир в эпоху глобализации экономики и правовой сферы: роль биотехнологий и цифровых технологий, 131. 18. Юсупалиева, Д. К. (2020). Основные особенности политической системы общества. Молодой ученый, (46), 520-522. 19. Юсупалиева, Д. К. (2020). Сущность политического прогнозирования. Молодой ученый,46, 522. 20. Yusupalieva, D. K. (2020). Development of mutually beneficial cooperation of Uzbekistan within the SCO. ISJ Theoretical & Applied Science,5(85), 901-903. 21. Yusupalieva, D. K., & Sodirzhonov, M. M. (2017). Mass media in Uzbekistan: development trends, dynamics and prospects. Modern Science, (1), 23-25. 22. Yusupalieva, D. K. (2020). Political role of television in the development of national ideology. ISJ Theoretical & Applied Science,6(86), 665-667.