O'ZBEK ADABIYOTIDA AYOL RUHIYATINING O'RGANILISHI
Abstract
Bugungi kunga qadar o‘zbek adabiyotshunosligida, badiiy asarlardagi qahramonlarning ruhiyatini o‘rganish yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu maqolada aynan ayol ruhiyati mavzusiga qaratilgan bir qancha tadqiqot ishlari va ularning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, ayol obrazi ruhiyatini o‘rganish ahamiyati yoritib berilgan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU universiteti Ona tili va adabiyoti ta’limi fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti Muxammadiyeva Marjona Shokirovna [email protected] +998978420270 O‘ZBEK ADABIYOTIDA AYOL RUHIYATINING O‘RGANILISHI Annotatsiya: Bugungi kunga qadar o‘zbek adabiyotshunosligida, badiiy asarlardagi qahramonlarning ruhiyatini o‘rganish yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu maqolada aynan ayol ruhiyati mavzusiga qaratilgan bir qancha tadqiqot ishlari va ularning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, ayol obrazi ruhiyatini o‘rganish ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Badiiy adabiyot, ruhiyat masalasi, ayol ruhiyati, ayol obrazi, psixologik tahlil. ИЗУЧЕНИЕ ЖЕНСКОЙ ПСИХОЛОГИИ В УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ Абстрактный: На сегодняшний день в узбекском литературоведении проведено множество исследований по изучению психики персонажей художественных произведений. В данной статье рассказывается о ряде научных работ и их достижениях, посвященных теме женской психики. Также подчеркивается важность изучения психики женского персонажа. Ключевые слова: Художественная литература, душевная проблема, женская психика, женский образ, психологический анализ. THE STUDY OF WOMEN'S PSYCHOLOGY IN UZBEK LITERATURE Abstract: To date, many studies have been conducted in Uzbek literary studies on the study of the psyche of characters in works of art. This article talks about a number of research works and their achievements, focused on the topic of the female psyche. Also, the importance of studying the psyche of the female character is highlighted. Key words: Fiction, mental issue, female psyche, psychological analysis , female image. O‘zbek adabiyotida ruhiyat tasviri tamoyillari yuzasidan talaygina tadqiqotlar qilingan. Masalan, N.Shodiyevning “Abdulla Qahhorning psixologik tahlil mahorati (“Sarob” va “Sinchalak” asarlari misolida)”, M.Abdurahmonovaning “Abdulla Qodiriyning psixologik tahlil mahorati”, A.Xolmurodovning “Odil Yoqubov romanlarida psixologizm”, H.Karimovning “Hozirgi o‘zbek romanlarida hayot haqiqati va inson konsepsiyasi”, T.Jo‘rayevning “Ong oqimi va tasviriylik (M.M.Do‘st, G‘.Hotamov , O.Otaxon asarlari misolida)”, M.Boboxonovning
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL “Hozirgi o‘zbek qissachiligida psixologizm”, Sh.Botirovaning “Hozirgi o‘zbek romanlarida badiiy psixologizm” , Y.Babaqulovning “XXI asr o‘zbek romanlarida inson ruhiyati talqini” singari dissertatsiya ishlari badiiy adabiyotda ruhiyat tasvirining turli qirralarini ilmiy jihatdan tekshirishga bag‘ishlangan. Shuningdek, A.Alimuhammedovning “Abdulla Qahhor hikoyalarida psixologik tasvir”, O.Avazovaning “Psixologik tahlil qirralari”, I.Rahimovning “Ruhiy tahlil va ijod”, Omon Muxtorning “Ko‘zgu – ruh pokligi”, Jabbor Eshonqulning “Ruhiy tahlil metodi xususida”, Sh.Doniyorovaning “Davr va qahramon muammosiga doir”, Z.Mahmudovaning “Ijod psixologiyasi haqida” , M.Rustamovaning “Hozirgi hikoyachilikda ruhiyat talqini”, S.Matyoqubovning “Badiiy psixologizm qirralari”1singari maqolalarida badiiy asarlarda ruhiyat tasvirining ijod amaliyotiga bog‘liq masalalari tekshirilgan bo‘lsa, N.Vladimirovaning “O‘zbek hikoyalarining g‘oya va obrazlari”, P.Shermuhammedovning “Ruhiy dunyo ko‘zgusi”, M.Mamatovning “Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari”, H.Umurovning “Davr qahramon taqdirida”, G.Imomovaning “Ruhiy iztiroblar” 2tadqiqotlarida ruhiyat xodisasiga xos xususiyatlar va uning badiiy adabiyotdagi ifodasi monografik planda tekshirilgan. Ayol nozik xilqat vakilasidir. Ayniqsa, uning ruhiy olami sir-sinoatga, jumboqlarga to‘la. Ayol go‘zallik, aql va zakovat timsoli sifatida qadim zamonlardan buyon o‘rganib kelinadi. Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam orqali ayollarning qadr-qimmatini yuksaklarga ko‘tarib, Qur’oni Karimda ham ular uchun alohida sura nozil qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Hadisi Shariflarida ayollarga oid barcha masalalar, jumladan, ularning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi, farzand tarbiyasidagi roli, ilm tarqatishdagi mas’uliyati kabilar batafsil bayon qilingan. Ilk islom davridan to zamonamiz ulamolarigacha, barchalari o‘zlarining ilmiy asarlari va kitoblarida ayollar uchun alohida boblar ajratishga ahamiyat berganlar. Tarixda ayollarning davlat siyosatiga, uning boshqaruviga ilm-u fan, madaniyat va ma’rifat sohasiga katta ta’sir ko‘rsatib kelganliklariga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Xususan, Amir Temur davlatida yuqori mavqega ega bo‘lgan rafiqasi Saroymulkxonim xalq orasida e’zozlanib, Bibixonim deb atalgan va sohibqiron yurishlari davrida aynan unga Movarounnahr boshqaruvini ishonch bilan topshirgan. Bibixonim sohibqironning nafaqat rafiqasi, balki ishonchli va yaqin maslahatchisi bo‘lgan. Shohrux Mirzo hukmronligi davrida uning rafiqasi Gavharshodbegim ham Bibixonim kabi yuksak mavqega ega bo‘lgan. Keyinchalik Qo‘qon xoni Umarxonning rafiqasi Nodirabegim fan, madaniyat, san’atga homiylik qilish bilan bir qatorda hukmdorning siyosat yurgizishdagi maslakdoshi va ko‘makchisi bo‘lgan. 3 Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Zero har bir davrda, insonlarning buyuk shaxs bo‘lib kamol topishida ayolning goh ona, goh rafiqa, goh suyukli farzand sifatidagi mehnati 1Alimuhamedov A. Abdulla Qahhor hikoyalarida psixologik tasvir.// Sharq yulduzi.,-1947,-N 2-3.-B. 115137; Avazova O. Psixologik tahlil qirralari//O‘zbek tili va adabiyoti .-Toshkent,1981.-N 1. -B.61-62 Rahimov I. Ruhiy tahlil va ijod // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati.-Toshkent,1993. 16 iyul , Omon Muxtor. Ko‘zgu – ruh pokligi( Ahmad Otaboy bilan suhbat) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati.- Toshkent,1995. 10 fevral.; Jabbor Eshonqul . Ruhiy tahlil metodi xususida // O’zbek tili va adabiyoti.-Toshkent, 1997. - N2 .B.42-47; 2Vladimirova N. O’zbek hikoyalarining g‘oya va obrazlari. -T.: Fan.1969. -136 b.; Shermuhammedov P. Ruhiy dunyo ko‘zgusi. -T.: Adabiyot va san’at, 1971. -167 b. Umurov H. Badiiy psixologizm va hozirgi o‘zbek romanchiligi . -T.:Fan. 1983. -148 b. Imomova G. Ruhiy iztiroblar. -T.: Yozuvchi , 1992. -22b. 3Abduljalil Xo‘jam. Mo‘tabar mo‘mina ayollar.-Toshkent: Movarounnahr, 2018.- 168 b.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL ko‘zga tashlanadi. Shunday ekan, ayol, uning ichki dunyosini, ruhiy olamini o‘rganish va tadqiq qilish bizning oldimizda turgan vazifalardan biridir. O‘zbek adabiyotida ayol obrazi va ruhiyati masalasi adabiyotshunoslarimiz U.Normatov, M.Qo‘shjonov, I.Sulton, P.Shermuhammedovlarning maqola va kitoblarida ma’lum bir darajada o‘rganilgan. 4 Bundan tashqari Poshshaxon Kenjayevaning “Hozirgi o‘zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari”, Yulduz Eshmatovaning “Istiqlol davri o‘zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini”, X.Lutfullayevaning “Yozuvchining estetik ideali va ayollar obrazi” kabi ishlarni ayol ruhiyati bo‘yicha qilingan tadqiqotlar doirasiga kirita olamiz. Poshshaxon Kenjayevaning dissertatsiyasi aynan ayollar ruhiyati mavzusiga bag‘ishlanmagan bo‘lsa-da, Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Salomat Vafo kabi yozuvchilar bilan bir qatorda, ayollar mavzusini qalamga olgan Zulfiya Qurolboy qizi, Dilfuza Qo‘ziyeva, Jamila Ergasheva kabi yozuvchilarning bir qator asarlari tahlil ostiga olingan. Tadqiqot ishida xalq turmushidagi yangilanishlar, ayniqsa, o‘zbek ayollarining hayot tarzini, shunindek, huquqiy, ma’naviy rutbasini o‘zgartirib yuborganligi va bu hol ayollar ma’naviyatida yangicha axloqiy sifatlar paydo bo‘lishiga olib kelganligi hikoyalardagi qahramonlar misolida isbot qilib berilgan. Muallifning dissertatsiya ishida inson ruhiyati o‘zgarmas hodisa bo‘lmay, zamonga muvofiq tarzda o‘zgarib borishini turli davrlarda yaratilgan asarlar misolida tahlil ostiga olingan. Tadqiqotchi aynan ayollar ruhiyati tasviri, ularning ichki kechinmalarini Salomat Vafoning “Mehmon xola”, “Farishta”, Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” va yana bir qator hikoyalar misolida tahlil etgan. Adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov Abdulla Qahhor ijodiga yuzlanib, uning bir qancha asarlarida aks etgan ayollar obrazini tahlil qiladi. Xususan, “Daxshat”, “Bemor”, “Anor” hikoyalaridagi ayollar obraziga, ularning ruhiy holatiga alohida to‘xtaladi. X.Lutfullayevaning dissertatsiyasida esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” romanlaridagi ayollar obrazi va yozuvchining estetik ideali masalasi o‘rganilgan. 5 Ayollar ruhiyati mavzusi bo‘yicha Yulduz Eshmatovaning “Istiqlol davri o‘zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini” dissertatsiyasi ham ahamiyatlidir. Tadqiqot ishida ayol obrazining o‘rganilish tarixi bilan bir qatorda istiqlol davri o‘zbek qissachiligida yaratilgan ayollar obrazini yoritishda yozuvchilarning badiiy mahorati ko‘rsatib berilgan. Shu bilan birga ayollar psixologiyasi va qalb kechinmalarining vositasi bo‘lgan turli xil tasviriy vositalar aniqlangan. Bu o‘rinda Nazar Eshonqulning “Urush odamlari”, “Momo qo‘shiq”, X.Do‘stmuhammadning “Chayongul”, “Hijronim mingdir”, Sh.Bo‘tayevning “Kayvonining mangu makoni”, “Shohona sovg‘a”, “Yulduzlarga eltar yo‘l”, Abduqayum Yo‘ldoshning 4Qo‘shjonov M, Hayot va mahorat.-Toshkent: 1962; shu muallif. Qodiriyning tasvirlash san’ati.- Toshkent:1966; Qo‘shjonov M., Normatov U. Mahorat sirlari. -Toshkent:1968. 5Lutfiddinova X. Yozuvchining estetik ideali va ayollar obrazi: (“O‘tkan kunlar” va “Kecha va kunduz”romanlari asosida):fil.fan.nomz. …diss.-Toshkent:1994.-B.141.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL “Timsohning ko‘z yoshlari”, “O‘n uchinchi uy yoki otchopar”, Sobir O‘narning “Chambilbelning oy dalasi” kabi qissalari tahlil ostiga olingan. Xulosa qilib aytganda, ayol ruhiyatining badiiy adabiyotdagi ifodasi tadqiqotchilarning diqqat markazida boʻlgan mavzudir. Ayol obrazi nafaqat o‘zbek adabiyotshunosligida, balki dunyo adabiyotshunosligi va san’atshunosligi hamda boshqa ko‘plab sohalarda muhim muammo sifatida o‘rganib kelinadi. Badiiy ijodda ayollar obrazi, uning ruhiy kechinmalari ifodasi hamda badiiy talqinini o‘rganish va ilmiy xulosalar chiqarish dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Shu sababli ham adabiyotshunosligimizda ayol ruhiyati mavzusiga oid yuqorida keltirilgan tadqiqot ishlari bilan cheklanib qola olmaymiz. Barcha davrlarda, ayniqsa, hozirgi kunda ayollar mavzusini chuqurroq o‘rganish zarurati mavjud. Umuman olganda, adabiyotda ayol ruhiyatining namoyon bo‘lishini baholash va o‘rganish tanqidiy tahlil va talqin uchun boy materiallarni taqdim etadi hamda bu orqali biz yanada nozik, rang-barang va adolatli adabiy manzaraga hissa qo‘shamiz. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abduljalil Xo‘jam. Mo‘tabar mo‘mina ayollar. – Toshkent: Movarounnahr, 2018. 2. Alimuhamedov A. Abdulla Qahhor hikoyalarida psixologik tasvir // Sharq yulduzi, 1947. № 2-3. – B. 115-137. 3. Qo‘shjonov M. Hayot va mahorat. – Toshkent, 1962. 4. Qo‘shjonov M. Qodiriyning tasvirlash san’ati. – Toshkent, 1966. 5. Qo‘shjonov M., Normatov U. Mahorat sirlari. – Toshkent, 1968. 6. Lutfiddinova X. Yozuvchining estetik ideali va ayollar obrazi: (“O‘tkan kunlar” va “Kecha va kunduz”romanlari asosida) fil.fan.nomz.diss. – Toshkent, 1994. 7. Avazova O. Psixologik tahlil qirralari // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1981. № 1. – B. 61-62. 8. Rahimov I. Ruhiy tahlil va ijod // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. – Toshkent, 1993. 16iyul. 9. Omon Muxtor. Ko‘zgu – ruh pokligi( Ahmad Otaboy bilan suhbat) // Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati. – Toshkent, 1995. 10-fevral. 10. Jabbor Eshonqul. Ruhiy tahlil metodi xususida // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1997. № 2. – B. 42-47. 11. Vladimirova N. Oʻzbek hikoyalarining g‘oya va obrazlari. – Toshkent: Fan. 1969. 12. Shermuhammedov P. Ruhiy dunyo ko‘zgusi. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1971. 13. Umurov H. Badiiy psixologizm va hozirgi o‘zbek romanchiligi. –Toshkent: Fan. 1983. 14. Imomova G. Ruhiy iztiroblar. – Toshkent: Yozuvchi, 1992. 15. Jabborova M. “Hayrat ul-abror”da xotin-qizlar obrazi // Til va adabiyot ta’limi. 2024-yil, № 2. 170-174.