TARJIMA JARAYONIDA INSON VA MASHINA OMILI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar, xususan, mashina tarjimasi tizimlarining rivojlanishi va ularning inson tafakkuri hamda tarjimonlik faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Unda mashina tarjimasining tezlik va qulaylik jihatidan afzalliklari, shuningdek, inson tarjimasining madaniy, hissiy va kontekstual tafakkurdagi ustunliklari yoritilgan. Maqolada shuningdek,kelajakda inson va mashina o’rtasidagi hamkorlik zarurligi ta’kidlanadi. Xulosa sifatida, kelajakda inson va mashina tarjimasi inson ishini to’ldirishi mumkin, biroq tarjimonning o’rni to’liq yo’qolmaydi, balki uning roli o’zgaradi degan fikr ilgari surilgan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Axmedov Shaxzod Ilxom o’g’li Yaqin Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi, SamDCHTI +998937231514 [email protected] Sunnatullayeva Malika Sirojiddin qizi Sharq tillari fakulteti, filologiya va tillarni o’qitish (arab tili) talabasi +998943555211 [email protected] TARJIMA JARAYONIDA INSON VA MASHINA OMILI Annotatsiya: USHBU MAQOLADA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR,XUSUSAN,MASHINA TARJIMASI TIZIMLARINING RIVOJLANISHI VA ULARNING INSON TAFAKKURI HAMDA TARJIMONLIK FAOLIYATIGA TA’SIRI TAHLIL QILINGAN. UNDA MASHINA TARJIMASINING TEZLIK VA QULAYLIK JIHATIDAN AFZALLIKLARI,SHUNINGDEK,INSON TARJIMASINING MADANIY,HISSIY VA KONTEKSTUAL TAFAKKURDAGI USTUNLIKLARI YORITILGAN. MAQOLADA SHUNINGDEK,KELAJAKDA INSON VA MASHINA O’RTASIDAGI HAMKORLIK ZARURLIGI TA’KIDLANADI. XULOSA SIFATIDA,KELAJAKDA INSON VA MASHINA TARJIMASI INSON ISHINI TO’LDIRISHI MUMKIN,BIROQ TARJIMONNING O’RNI TO’LIQ YO’QOLMAYDI, BALKI UNING ROLI O’ZGARADI DEGAN FIKR ILGARI SURILGAN. KALIT SO’ZLAR:MASHINA TARJIMASI,SUN’IY INTELLECT,INSON TAFAKKURI,TARJIMONLIK FAOLIYATI,AVTOMATIK TARJIMA,TIL VA MADANIYAT,KONTEKSTUAL TUSHUNISH,INSON VA MASHINA HAMKORLIGI. Tarjima qadimdan turli madaniyatlar va tillar o‘rtasida g‘oyalarni uzatish vositasi bo‘lib kelgan. Bugungi kunda esa mashina tarjimasi (machine translation, MT) texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda va tarjimonlik madaniyat va ilmiy taraqqiyot o‘rtasidagi ko’prik hamdir. So‘nggi yillarda sun’iy intellect kasbiga tahdid solmoqda. Tarjima nafaqat lingvistik jarayon, balki tafakkur, texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida mashina tarjimasi (MT) sohasida katta yutuqlarga erishildi. Ammo bu taraqqiyot inson tarjimonligining o’rnini bosa oladimi degan savol tobora dolzarb bo’lib bormoqda. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, mashina tarjimasi matnni tez va arzon tarjima qila olgan taqdirda ham, inson tafakkuriga xos bo’lgan nozik ma’no, hissiyot va madaniy kontekstni to’liq yetkaza olmaydi. Shu bois ushbu maqola mashina tarjimasi va inson tafakkuri o’rtasidagi farqlarni, tarjimonning kelajakdagi rolini hamda ikki tizim o’rtasidagi hamkorlik madaniyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. MASHINA TARJIMASI TUSHUNCHASI.Mashina tarjimasi — bu kompyuter dasturi yordamida matnni avtomatik tarzda bir tildan boshqa tilga o‘tkazish jarayonidir. Ammo u davrda texnologiya cheklanganligi sababli natijalar yetarlicha aniq emas edi. Dastlabki mashina tarjimasi 1950-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, u grammatik qoidalar asosida ishlagan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL SUN’IY INTELLEKT VA NEYRON TARMOQLARNING KIRIB KELISHI.2016-yildan boshlab neyron mashina tarjimasi (Neural Machine Translation — NMT) tizimlari keng joriy etildi. Bu tizimlar inson miyasining ishlashiga o‘xshash tarzda o‘rganadi va tarjimalar kontekstini yaxshiroq tushunadi. Google, Microsoft va DeepL kabi kompaniyalar aynan shu texnologiya asosida ishlaydi. NMT tizimlari statistik va qoida asosidagi usullarga nisbatan yuqori aniqlikka ega bo‘lib, hozirda 100 dan ortiq til juftliklarida ishlaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayrim hollarda NMT tarjimasi inson tarjimasiga yaqin natijalar bera oladi, lekin murakkab, badiiy yoki kinoyali matnlarda hanuz zaiflik seziladi. MASHINA TARJIMASINING AFZALLIKLARI.Mashina tarjimasining asosiy ustunliklari: tezlik, ya’ni katta hajmdagi matnlarni soniyalarda tarjima qiladi va bu ko‘plab insonlarning ta’lim olishi hamda boshqa madaniyat egalari bilan ma’lumot almashishi yoki turli munosabatlarda bo‘lishini osonlashtiradi, shuningdek, davlatlararo siyosiy, iqtisodiy xat almashinuvlarini yaxshilaydi. Ikkinchidan, narx samaradorligi, hozirgi kunda dunyo bo’ylab turli maqsadlarda sayohatlar kengaymoqda va bunda insonlar tarjimonlarga ehtiyoj sezishadi yoki hujjatlarni boshqa tillarga tarjima qilishi uchun professional til egalari kerak bo‘ladi. Albatta, tarjimonlardan foydalanish turli mexanik tarjimonlar (ChatGPT, Interactive Machine Translation (IMT) va boshqa AI vositalar) idan qimmatroqdir. Shuningdek, til o’rganuvchilari uchun sun’iy intellect vostilari judayam qulay bo’lib,bunda o’quvchi bir so‘zning qanday ma’nolarda ishlatilishini va undan qanday foydalanishni ham o‘rganadi. Uchinchidan, mashina tarjimasida bitta platforma bilan bir necha tillardan foydalanish mumkin. Insonning til bilishi mashinanikidan ko‘ra cheklangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir necha tillarda yordam bera olmasligi mumkin va bu ko‘p vaqt sarflaydi va ba’zan chalkashliklarga olib keladi, chunki inson unutishi yoki adashishi tabiiy holat, lekin mashina tarjimasida bunday holat deyarli kuzatilmaydi. Oxirgisi, biz mashina tarjimasidan har qachon har yerda foydalanishimiz mumkin va bu bizga katta qulayliklar keltiradi. Biroq bu afzalliklar uning inson tafakkuriga asoslangan tarjima darajasiga chiqishini anglatmaydi. MASHINA TARJIMASINING CHEKLOVLARI. Bilamizki, har bir tilda hikmatli so‘zlar, iboralar, masal va maqollar mavjud. Ulardan biz og‘zaki so’zlashuvda foydalanganimizda mashina tarjimasi masalan, biror bir maqolni to‘liq o‘z ma’nosida boshqa til so‘zlovchisiga yetkazib bera olmasligi mumkin. Misol uchun, “Og‘zi ochilib qoldi” ya’ni hayron qoldi yoki “Do‘ppisini osmonga otdi” ya’ni xursand bo’ldi kabi frazalarni to’g’ridan to‘g‘ri so’zma-so’z tarjima qilib bo’lmaydi. Bunda tarjimon tarjima qilinayotgan tildan bu frazalarga ma’no jihatidan mos tushadigan boshqa frazani qo’llashi kerak. Undan tashqari, yozma adabiyotlarni tarjima qilishda mashina tarjimasi tilning nozik xususiyatlarini farqlay olmasligi, matnda nazarda tutilayotgan ma’noni aniq yetkazib berolmasligi mumkin. Bunda “Mashina tarjimasi sintaktik jihatdan to‘g‘ri, lekin semantic chuqurlikda inson tafakkurini o‘rnini bosa olmaydi” kabi qarash to’g’ri keladi. Inson tafakkuri va tarjimonlik faoliyatining o’ziga xos jihatlari .INSON TAFAKKURI-BU TILDAN HAM KENGROQ HODISA. TARJIMON NAFAQAT SO’ZLARNI,BALKI ULARNING MA’NOSI, OHANGI VA MADANIY ASOSINI HAM ANGLAYDI. MASALAN, “KO‘NGIL SOVIMOQ”IBORASI INGLIZ TILIGA “LOSE INTEREST”DEB TARJIMA QILINISHI MUMKIN,AMMO BU IBORANING HISSIY CHUQURLIGI MASHINA UCHUN TUSHUNARSIZ. MADANIY VA HISSIY JIHATLAR. HAR BIR TILDA XALQNING MADANIY QADRIYATLARI MUJASSAM. TARJIMON SHU QADRIYATLARNI TO‘G‘RI IFODALASH UCHUN FAQAT LUG‘AT BILIMIGA EMAS,BALKI MADANIY IDROKKA HAM EGA BO‘LISHI KERAK. MASHINA TARJIMASI ESA KO‘PINCHA SO‘ZMA-SO‘Z TARJIMA BILAN CHEKLANADI. MASALAN,ARAB TILIDAGI “اًدي ديب” IBORASI SO‘ZMA-SO‘Z“QO‘LDAN QO‘LGA”DEGAN MA’NONI BERADI,AMMO ASLIDA “BIRGALIKDA,HAMKORLIKDA”MA’NOSINI ANGLATADI. BUNDAY IBORALARNI FAQAT INSON TAFAKKURI BILAN TO‘G‘RI IZOHLASH MUMKIN.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL TARJIMONLIKDAGI IJODIYLIK. TARJIMA BU IJODIY FAOLIYATDIR. HAR BIR MATN UCHUN MOS YECHIM TOPISH,SINONIMLARNI TANLASH,OHANGNI SAQLAB QOLISH INSONNING INTUITIV QOBILIYATIGA BOG‘LIQ. SHUNING UCHUN MASHINA TARJIMASI QANCHALIK MUKAMMAL BO‘LMASIN,U IJODIY YONDASHUVNI TO‘LIQ TAKRORLAY OLMAYDI. MASHINA VA INSON TARJIMASINING QIYOSIY TAHLILI. MASHINA TARJIMASINING ASOSIY MUAMMOSI —KONTEKSTNI NOTO‘G‘RI TUSHUNISH. MASALAN,INGLIZCHA “BANK”SO‘ZI “MOLIYAVIY MUASSASA”YOKI “DARYO SOHILI”MA’NOSIDA ISHLATILISHI MUMKIN. MASHINA BU SO‘ZNING MATNDAGI ROLINI ANIQLAY OLMAY,NOTO‘G‘RI NATIJA BERISHI MUMKIN. SHUNINGDEK,U GRAMMATIK BOG‘LANISHLAR,USLUBIY O‘ZIGA XOSLIKLAR VA METAFORALARDA KO‘P XATO QILADI. INSON TARJIMONNING USTUN JIHATLARI: KONTEKSTUAL TUSHUNISH,MA’NONI UMUMIY G‘OYADAN KELIB CHIQIB TALQIN QILADI. HISSIY SEZGIRLIK:OHANG,KAYFIYAT,VA USLUBNI SAQLAYDI. ALBATTA TILDA OHANG VA URG‘U MAVJUD BO‘LIB,BU GAPNING MA’NOSINI SHAKLIDAGIDAN O‘ZGARTIRIB YUBORADI, MASALAN,O’G’ZAKI SO’ZLASHUVDA “OLMA”, “TUGMA”YOKI “SOBIR ESHAKARAVANI TORTDI”KABI JUMLA OHANGGA QARAB MA’NOLARINI O‘ZGARTIRADI. BUNDAY HOLLARDA MASHINA TARJIMASI MAQSAD QILINGAN MA’NONI TUSHUNMAYDI. MOSLASHUVCHANLIK:MATN TURIGA QARAB STRATEGIYANI O‘ZGARTIRA OLADI. TARJIMA JARAYONIDA INSON TARJIMONNING ENG MUHIM FAZILATLARIDAN BIRI —BU MOSLASHUVCHANLIK,YA’NI MATN TURIGA,MAQSADIGA VA AUDITORIYASIGA QARAB TARJIMA STRATEGIYASINI O‘ZGARTIRA OLISH QOBILIYATIDIR. MASHINA TARJIMONLARI KO‘PINCHA SO‘ZMA-SO‘Z TARJIMA BILAN CHEKLANADI,INSON ESA MATNNING MAZMUNI, USLUBI,KONTEKSTI VA MADANIY JIHATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA O‘Z YONDASHUVINI TANLAY OLADI. INSON TARJIMON BIR XIL SO‘ZLARNI TURLI JANR VA MAQSADLARDA HAR XIL TARZDA IFODALAY OLADI. BU HOLAT TARJIMONNING LINGVISTIK,MADANIY VA KONTEKSTUAL SEZGIRLIGINI NAMOYON ETADI. SHUNINGDEK,BU MOSLASHUVCHANLIK TARJIMA SIFATINI OSHIRADI VA MATNNING TABIIYLIGINI SAQLAB QOLADI. MASALAN, ILMIY MATN INGLIZCHA: “THE RESULTS INDICATE A POSITIVE TREND.” TARJIMA: “NATIJALAR IJOBIY TENDENSIYANI KO‘RSATMOQDA.” BU YERDA ANIQ TERMINOLOGIYA VA RUXSATSIZ BADIIYLIKSIZ TARJIMA ISHLATILGAN. BADIIY MATN “THE SUN DIED BEHIND THE HILLS.” TARJIMA: “QUYOSH TOG‘LAR ORTIDA JON BERDI.” YA’NI QUYOSH TOG’LAR ORTIGA BOTDI DEGAN MA’NODA AYTILGAN. BU HOLATDA TARJIMON BADIIY OBRAZ YARATADI,SO‘ZMA-SO‘Z EMAS,MA’NODAGI ESTETIKANI SAQLAYDI. RASMIY HUJJAT YOKI YANGILIK MATNI: “THE GOVERNMENT ANNOUNCED A NEW POLICY.” TARJIMA: “HUKUMAT YANGI SIYOSATNI E’LON QILDI.” BU TARJIMADA RASMIY,NEYTRAL USLUB TANLANADI. OG‘ZAKI NUTQ (INTERVYU YOKI SUHBAT)
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL “THEY LAUNCHED A NEW PROJECT.” TARJIMA: “ULAR YANGI LOYIHANI BOSHLASHDI.” BU YERDA SODDALIK VA TABIIY OG‘ZAKI OHANG SAQLANADI. ETIK JAVOBGARLIK:TARJIMON MATN UCHUN MAS’ULIYAT SEZADI. TARJIMA JARAYONIDA ETIK JAVOBGARLIK —BU TARJIMONNING MATN MAZMUNI,MAQSADI VA MUALLIF G‘OYASIGA NISBATAN MAS’ULIYATLI YONDASHUVINI BILDIRADI. TARJIMON NAFAQAT TIL VOSITACHISI,BALKI MADANIYATLAR,XALQLAR VA G‘OYALAR O‘RTASIDAGI KO‘PRIK VAZIFASINI BAJARADI. SHU BOIS U TARJIMA QILAYOTGAN MATN UCHUN AXLOQIY VA PROFESSIONAL MAS’ULIYATNI HIS QILISHI LOZIM. ETIK JAVOBGARLIK SHUNI ANGLATADIKI,TARJIMON:MUALLIF G‘OYASINI BUZMASLIGI, MA’LUMOTNI YASHIRMASLIGI YOKI O‘ZGARTIRMASLIGI,SOXTA,NOTO‘G‘RI,SIYOSIY YOKI DINIY MA’NODA MANIPULYATSIYA QILMASLIGI KERAK. TARJIMONNING HAR BIR QARORI —SO‘Z TANLOVI,OHANG,USLUB —MATN MAZMUNIGA TA’SIR KO‘RSATADI. SHU SABABLI U O‘Z ISHIDA HALOLLIK,XOLISLIK VA ANIQLIK TAMOYILLARIGA AMAL QILISHI ZARUR. MISOLLAR: 1. ILMIY MATN TARJIMASIDA. AGAR MUALLIF: “THIS METHOD SHOWED LIMITED SUCCESS.” DESA,TARJIMON UNI “USHBU USUL KATTA MUVAFFAQIYATGA ERISHDI”DEB TARJIMA QILSA —BU ETIK BUZILISH,CHUNKI MA’NO O‘ZGARTIRILDI. 2. BADIIY ASARDA. MUALLIFNING G‘OYASINI O‘ZGARTIRIB,O‘Z FIKRINI KIRITISH —BU HAM ETIK JIHATDAN NOTO‘G‘RI. MASALAN,MUALLIF “QAHRAMONNING ZAIFLIGI”NI KO‘RSATGAN BO‘LSA,TARJIMON UNI “JASORAT”SIFATIDA TALQIN QILMASLIGI KERAK. OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR. SOBITOVA MADINABONU (2025) TURIZM BROSHYURALARI MISOLIDA MT VA HT’NI SOLISHTIRADI,EKSPERT BAHOLASH VA XATO TAHLILI METODLARI BILAN. U TADQIQOTIDA FILM,RASMIY PROMO-MATNLAR BO‘YICHA MT TIZIMLARI SO’ZMASO‘Z TARJIMADA TEZLIK BILAN AJRALIB TURISHINI ANIQLAYDI,LEKIN MADANIY MOSLIK, IDIOMATIK IBORALAR VA NUTQ USLUBI JIHATIDA BU TIZIMLAR HT DARAJASIGA YETOLMAYDI. GIBRID YONDASHUV TAVSIYA QILINADI: MT ASOSAN TEZ TARJIMA VAZIFASINI BAJARADI, HT ESA MADANIY VA KONTEKSTUAL MOSLIKNI QILISH ZARURLIGINI ANGLATADI. ERUS JURNALIDA CHOP QILINGAN (2023) NORQOBILOVA FERUZANING TA’MINLAYDI.BU ESA DASTLAB MT TIZIMLARIDA TARJIMA QILIB SO’NG, HT TOMONIDAN TAHRIR TADQIQOTIDA IT TERMINOLOGIYASINI INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI O‘RTASIDA KORPUS TAHLILI YO‘LI BILAN O‘RGANGAN. U KELTIRGAN NATIJALARGA KO‘RA,INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI KO‘PLAB XARAJAT TERMINLARINI O‘Z ICHIGA QABUL QILGAN BO‘LSA HAM,ULARNING SEMANTIK DIAPAZONLARI VA MORFOLOGIK SHAKLLARI FARQ QILADI. MASALAN,INGLIZCHA TERMIN “SERVER”INGLIZ MATNLARDA KO‘P UCHRAYDI,LEKIN O‘ZBEK MATNLARIDA “SERVER”VA “XOST”SHAKLLARI ARALASH ISHLATILADI. IKKALA TIL HAM KO‘PLAB INGLIZCHA IT TERMINLARINI O‘Z LEKSIKASIGA INTEGRATSIYA QILGAN (BORROWINGS). FARQLAR:FOYDALANISH CHASTOTASI (FREKANS)VA SEMANTIK DIAPAZON JIHATIDA. INGLIZ TERMINLARI MATNLARDA KO‘PROQ UCHRAYDI. MORFOLOGIK JIHATDAN:O‘ZBEK TILIDA QO‘SHIMCHALAR,SUFFIKSLAR BILAN TURLICHA KURASH,INGLIZ TILIDA ESA KO‘P JIHATDAN KOMPAKT SHAKLLAR ISHLATILADI.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL TARJIMONLAR IT TRADUZIYA QILAYOTGANDA LEKSIK MOSLIK,TERMINOLOGIK ANIQLIK VA MORFOLOGIK INTEGRATSIYANI HISOBGA OLISHLARI KERAK. KORUX TEKNIK TARJIMALARDA, MT TIZIMLAR BU TERMINLARNI SO‘ZMA-SO‘Z TARJIMA QILISHI MUMKIN,LEKIN MA’NOSI VA MOSLIGI ZAIF BO‘LISHI EHTIMOLI YUQORI. ZAINUDDIN HASIBUANNING TADQIQOTIDA MASHINA MT VA HT O‘RTASIDAGI SIFAT FARQLARINI TAHLIL QILISHGA QARATILGAN. ASOSIY MAQSAD —BU IKKI TURDAGI TARJIMA NATIJALARI O‘RTASIDA ANIQLIK (ACCURACY), RAVONLIK (FLUENCY)VA MA’NO UZLUKSIZLIGI (COHERENCE)JIHATIDAN QANDAY TAFOVUTLAR MAVJUDLIGINI ANIQLASHDIR. TADQIQOT,SHUNINGDEK,MASHINA TARJIMASINING INSON MEHNATINI TO‘LIQ ALMASHTIRA OLADIMI YOKI YO‘QMI,DEGAN MUHIM SAVOLGA HAM JAVOB IZLAYDI. TADQIQOT NATIJALARIGA KO‘RA,MASHINA TARJIMASI VA INSON TARJIMASI O‘RTASIDA SEZILARLI FARQLAR ANIQLANGAN. GRAMMATIK JIHATDAN: MASHINA TARJIMASI GRAMMATIK JIHATDAN TO‘G‘RI TUZILGAN BO‘LISHI MUMKIN,AYNIQSA ODDIY JUMLALAR VA RASMIY MATNLARDA. AMMO MURAKKAB GAPLARDA YOKI IDIOMATIK IBORALARDA MASHINA TIZIMI KONTEKSTNI TO‘G‘RI ANGLAY OLMAYDI,NATIJADA SEMANTIK XATOLAR YUZAGA KELADI. MA’NO VA KONTEKST: INSON TARJIMASI MA’NO UZLUKSIZLIGINI VA MATNNING UMUMIY RUHINI SAQLAYDI. MASHINA ESA SO‘ZMA-SO‘Z(LITERAL)TARJIMAGA MOYIL BO‘LGANI SABABLI,MA’NO KO‘PINCHA BUZILADI. MASALAN, “HE KICKED THE BUCKET”IBORASI GOOGLE TRANSLATE ORQALI “U CHELAKNI TEPDI”DEB TARJIMA QILINGAN,ASLIDA ESA “U VAFOT ETDI”MA’NOSINI BILDIRADI. MADANIY NUANSLAR: HT MADANIY KONTEKSTNI,HAZIL,METAFORA YOKI SO‘Z O‘YINLARINI TABIIY IFODALAY OLADI.MTESA BUNDAY NOZIK JIHATLARNI TUSHUNMAYDI,NATIJADA “G‘ALATI”YOKI “RUXSIZ”TARJIMALAR PAYDO BO‘LADI. TEZLIK JIHATIDAN: MASHINA TARJIMASI JUDA TEZ ISHLAYDI VA KATTA HAJMDAGI MATNLARNI QISQA VAQTDA TARJIMA QILA OLADI. SHU SABABLI,UNI DASTLABKI (DRAFT) TARJIMA SIFATIDA ISHLATISH MAQSADGA MUVOFIQ. MASHINA TARJIMASI GRAMMATIK JIHATDAN NISBATAN YAXSHI NATIJALARGA ERISHADI, AMMO SEMANTIK VA MADANIY MOSLIK JIHATIDAN INSON TARJIMONIGA TENGLASHA OLMAYDI. INSON TARJIMASI HALI HAM MA’NO,KONTEKST VA MADANIY SEZGIRLIKNI SAQLASHDA ENG ISHONCHLI USUL HISOBLANADI. SHU BILAN BIRGA,MTVA HT BIR-BIRINI TO‘LDIRUVCHI VOSITALAR SIFATIDA QARALISHI KERAK:MASHINA TARJIMASI TEZLIKNI TA’MINLAYDI,INSON ESA SIFATNI KAFOLATLAYDI. MUALLIF SHUNDAY TAVSIYA BERADI: “THE BEST TRANSLATION RESULT COMES FROM THE COMBINATION OF MACHINE TRANSLATION AND HUMAN POST-EDITING.” (ENG SAMARALI NATIJA MASHINA TARJIMASI VA INSON TOMONIDAN KEYINGI TAHRIRNI BIRLASHTIRISH ORQALI OLINADI. XULOSA QILIB AYTGANDA ZAMONAVIY TARJIMA JARAYONI TOBORA RAQAMLASHTIRILAYOTGAN BIR DAVRDA MT VA HT O‘RTASIDAGI MUNOSABAT O‘ZARO RAQOBATDAN KO‘RA,HAMKORLIK VA TO‘LDIRUVCHILIK BOSQICHIGA O‘TMOQDA. TADQIQOT NATIJALARI SHUNI KO‘RSATADIKI, MT TIZIMLARI,AYNIQSA NEYRON MASHINA TARJIMASI (NMT), SO‘NGGI YILLARDA GRAMMATIK ANIQLIK,TEZLIK VA TEXNIK MATNLARNI QAYTA ISHLASH BO‘YICHA SEZILARLI YUTUQLARGA ERISHGAN. SHUNGA QARAMAY,MADANIY KONTEKST,IDIOMATIK IFODALAR,BADIIY VA HISSIY MA’NO JIHATIDAN ULARNING IMKONIYATLARI HALI CHEKLANGANLIGICHA QOLMOQDA. INSON TARJIMONINING O‘RNI TARJIMA SIFATINI BELGILOVCHI ASOSIY OMIL BO‘LIB QOLMOQDA. INSON TAFAKKURI TILDAGI
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL MA’NO KO‘P QATLAMLILIGI,MADANIY KONNOTATSIYALAR VA SUB’YEKTIV HISSIYOTLARNI TUSHUNISH VA TO‘G‘RI IFODALASH QOBILIYATIGA EGA. MASHINA ESA HOZIRCHA BU DARAJADAGI SEMANTIK SEZGIRLIKNI TO‘LIQ EGALLAY OLGANI YO‘Q. SHU SABABLI,TARJIMA JARAYONIDA INSON POST-TAHRIRI MASHINA TOMONIDAN YARATILGAN TARJIMANING SIFATINI SEZILARLI DARAJADA YAXSHILAYDI. SHUNDAY QILIB,MASHINA TARJIMASI VA INSON TARJIMASINING UYG‘UNLIGI ZAMONAVIY TARJIMASHUNOSLIKNING ENG ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARIDAN BIRIDIR. SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI INSON ISHINI SODDALASHTIRADI,AMMO UNI BUTUNLAY ALMASHTIRA OLMAYDI. INSON TAFAKKURI, MADANIY SEZGIRLIK VA TILNING ESTETIK QIYMATINI ANGLASH QOBILIYATI HALI UZOQ YILLAR DAVOMIDA TARJIMA JARAYONINING MARKAZIDA BO‘LIB QOLADI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. G‘OFUROV I., MO‘MINOV O., QAMBAROV N. TARJIMA NAZARIYASI. – TOSHKENT: “TAFAKKUR BO‘STONI”, 2012. – 216 B. (OLIY O‘QUV YURTLARI UCHUN O‘QUV QO‘LLANMA) 2. XATAMOVA ZARNIGOR TO‘LQINOVNA. INSON TARJIMASI HAMDA MASHINA TARJIMASI: MUAMMO VA YECHIM. – O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI, “ZAMONAVIY DUNYODA INNOVATSION TADQIQOTLAR: NAZARIYA VA AMALIYOT”NOMLI ILMIY KONFERENSIYA MATERIALLARI TO‘PLAMI, 2024. – B. 146–148. DOI: 10.5281/ZENODO.11385926 3. ISMAILOVA GULMIRA ISMATILLAYEVNA. MASHINA VA INSON TARJIMASI:O‘ZBEKCHA– INGLIZCHA TARJIMALARNING ANIQLIGI VA MADANIY SEZGIRLIGINI BAHOLASH. – KOKAND UNIVERSITY HERALD, 2025, №3(1). – B. 183–189. DOI: 10.5281/ZENODO.11489150 4. NORQOBILOVA FERUZA ABDIG‘AFFOR QIZI. CONTRASTIVE ANALYSES OF ENGLISH AND UZBEK IT TERMINOLOGY. – ERUS JOURNAL, 2023. MANBA:ERUSJOURNAL.COM 5. ZAINUDDIN HASIBUAN. A COMPARATIVE STUDY BETWEEN HUMAN TRANSLATION AND MACHINE TRANSLATION. – NELITI, INDONESIA, 2020. MANBA:NELITI.COM 6. SOBITOVA MADINABONU. COMPARATIVE STUDY OF MACHINE VS. HUMAN TRANSLATION OF TOURISM BROCHURES IN UZBEK-ENGLISH CONTEXT. – ZENODO, 2025. DOI: 10.5281/ZENODO.11560248 7. CHOMSKY, N. (1957). SYNTACTIC STRUCTURES. THE HAGUE: MOUTON. CHOMSKY, N. (1968). LANGUAGE AND MIND. NEW YORK: HARCOURT BRACE JOVANOVICH.