"TOMCHIDA QUYOSH AKSI" Oqlik
Abstract
Maqolada nomoddiy madaniy merosning An'anaviy hunarmandchilik yoʻnalishining ipakchilik sohasi, oq mato, durra va u bilan bogʻliq bilim va koʻnikmalar, tajribalar bilan birgalikda, toʻy va marosimlarda insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil sifatida yoritiladi.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Hikmatilla Gadayev Madaniyatshunoslik va Nomoddiy madaniy meros ilmiytadqiqot instituti katta ilmiy xodimi “TOMCHIDA QUYOSH AKSI” Oqlik Annotatsiya: Maqolada nomoddiy madaniy merosning Anʼanaviy hunarmandchilik yoʻnalishining ipakchilik sohasi, oq mato, durra va u bilan bogʻliq bilim va koʻnikmalar, tajribalar bilan birgalikda, toʻy va marosimlarda insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil sifatida yoritiladi. Katit soʻzlar: mafkura, tarzi, milliy qadriyat, meros, durra, koʻnikma, muchal, texnologik, bosma, jarayon, kraxmal, timsol, oxori, sarpo, chorsi (qiyiq), ramz, ezguli «ОТРАЖЕНИЕ СОЛНЦА В КАПЛЕ» OКЛИК Аннотация: В статье рассматривается шелковая сфера традиционного ремесленного направления нематериального культурного наследия, белая ткань, дурра и связанные с ней знания и навыки в сочетании с опытом, как фактор, сближающий людей на свадьбах и церемониях. Ключовые слова: идеология, стиль, национальная ценность, наследие, дурра, навык, мучал, технологический, печать, процесс, крахмал, эмблема, оксори, сарпо, чорси (косой), символ, добро “REFLECTION OF THE SUN IN A DROP” OQLIK Abstract: The article examines the silk sphere of the traditional craft of the intangible cultural heritage, white fabric, durra and related knowledge and skills combined with experience as a factor that brings people together at weddings and ceremonies. Keywords: ideology, style, national value, heritage, durra, skill, flour, technological, printing, process, starch, emblem, oxori, sarpo, chorsi (oblique), symbol, good. Kirish. Milliy mafkuramiz shakllanayotgan, milliy qadriyatlarimiz tiklanishiga keng yoʻl ochib berilayotgan, bir vaqtda maʼnaviyat va maʼrifat jamiyatimiz rivojlanishida yetakchi omil ekanligi ochiq tan olindi. Bugungi kunda nomoddiy madaniy meros namunalarini sinchiklab oʻrganish, toʻplab va targʻib qilishga imkoniyatlar keng paydo boʻlmoqda. Asrlar osha ogʻizdan-ogʻizga, avloddan-avlodga oʻtib, tobora sayqallanib, bizgacha yetib kelgan folklor durdonalarini, yozib olish, oʻrganish sohasida koʻplab mehnat qilingan boʻlsada, hali oʻrganilmagan va qogʻozga tushirilmagan behisob bebaho durdonalari talaygina. Xalqimizning boy nomoddiy madaniy merosining oxiri yoʻqday. Insonlarning etnik madaniy yashash tarzini bir-biri bilan bogʻlovchi, ularga bilim va koʻnikmalar ulashuvchi, kundalik
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL hayotimizda eng koʻp uchraydigan soʻz, boringki siz va biz foydalanuvchi oddiy vosita, nomoddiy madaniy merosning, anʼanaviy hunarmandchilik yoʻnalishida kamtargina bir namuna sifatida “oqlik” yoki “durra” xaqida fikr yuritamiz. Oqlikkamida bir kiyimlik oq surp mato (2metrdan ortiq). Avvalo farzand tugʻilishi bilan oq yoʻrgakka oʻraladi. Kelajagi oppoq, nurli, baxtli kechsin deb - oq yuvib, oq taraladi. Eng quvonchli kunlarda oq koʻylaklar kiydiradilar. Ulgʻaygach, yigit yoshida uylash marosimida sovchi yuborib, kelin xonadoniga birinchi “oqlik” mato beradilar. Kelin-kuyov chimildiqqa kiradigan vaqtda ham oq kiyinishadi. Har qanday toʻy va marosimlarda qudalar oʻrtasidagi sarpo –suruqda “oqlik” aralashmagan joyi yoʻq. Oq matoni ipini qanday ashyolardan olinishi?, Qanday tayyorlanishi?, qanday toʻqilishi?, Durraning gullarini bosadigan bosmalar, ularning ranglarini tayyorlanishi, quritilishi, texnologik jarayonlar, anʼanaviy usullar toʻgʻrisidagi bilim , koʻnikma va tajribalar-oʻzi bir olam. Tahlil va muhokama. Oq mato (boʻz, surp, chit, obravon) ning iplari asosan paxtadan olinadi. Oʻlkamizga paxta oʻsimligi kirib kelgunga qadar jun va shoyi matolarini toʻqish allaqachon urfga kirib boʻlganligi uchun, paxta tolalariga ishlov berish unchalik qiyin boʻlmagan. Paxta xosili yigʻib olinib, yaxshi quritilgandan soʻng, uning chigiti ajratilgan. Urchuqda yigirilgan iplar harxil tabiiy ranglarga boʻyalgan. Boʻyoqlar ham tabiiy xolda, anor poʻchogʻidan , piyoz poʻstidan va tabiiy giyohlarni qoʻshib, qaynatib olingan. Urchuq ipi bir oz yoʻgʻon boʻlganligi sababli bundan gilam va sholcha toʻqishda foydalanilgan. Paxtadan tayyorlangan matolardan foydalanish koʻpygan sari,paxtachilik ham rivojlanib bordi.Uning navlari sifatlari yaxshilandi. Bilim va tajribalar charxlanib, paxtadan takomillashgan uskuna yordamida olingan nafis va ingichka pishiq iplardan oʻzidan havoni yaxshi oʻtkazuvchi, yupqa, yengil, pishiq matolar olina boshlandi. Oʻlkamizning ob-havosi uchun juda ham mos - ayni mato yaratilgandi. Matoni yanada oqartirishda anʼanaviy usulda anjirning bargini qaynatib, uning sifatini oshirishda, qotirishda kraxmaldan (oxori)foydalanilgan. Shoyi matolardan tikilgan kiyimlar bayramlarda, toʻy va shodiyonalarda kiyilsa, paxta matosidan tayyorlangan kiyimlar bayram , toʻy shodiyonalarda ham, kundalik kiyiladigan kiyimlarga aylandi. Endi durradan foydalanishni olaylik. Durra – paxta tolasidan toʻqilgan oq surpga maxsus tosh yoki yogʻoch bosmalarda gul va toʻlqinli chiziq (suv yoʻli) bosilgan (1m kv dan katta boʻlmagan) mato. Tosh yoki yogʻoch bosmalarda bosiladigan gullar ranglarini anor poʻstidan, piyoz poʻsti, yongʻoq poʻstini tuyib, qaynatib olingan. Pushti, qizil, jigarrang, koʻk ranglarni durralarda koʻp ishlatilishini sezamiz. Durraning chetidagi ikki paralel toʻlqinli chiziq - bu “Suv yoʻli” –deb ataladi. Suv yoʻliobadonchilik timsolini anglatsa, toʻrt tomondan ulanib ketganligi - hayotning bardavomligini ifodalaydi. Burchaklardagi nafisgina anor guli, yoki bodom gullari tinchlik va farovonlik timsoli hisoblanadi. Durra - qiz va ayollarimiz uchun yengil roʻmol, dalalarda mehnat qilayotganda oftobdan saqlovchi, tushlikda kerak boʻlsa dasturxon vazifasini oʻtaydi. Erkaklarda dastroʻmol, toʻy marakalarda mehmonlarga non tugib beruvchi vosita, erkaklarga dala yoki togʻu –toshda belbogʻ, zaruratda joynomoz, dasturxon qilib ishlatiladi. Xulosa. Oqlik va durra - bir soʻz bilan aytganda insonlar hayotini, kasblarni, sohalarni, ijodiy jarayonni bir-biri bilan bogʻlovchi benazir vosita. Ayniqsa toʻy va marakalarda eng koʻp xizmat koʻrsatuvchi buyumdir. Uning ortidan yaktak, toʻn, doʻppi, chorsi (qiyiq) mahsi-kovushlar ham yaxshilikni bir-biriga ulovchi vosita buyumlari hisoblanadi. Bir narsani unutmaslik kerakki, bunda ham bir hikmat boʻlsa ajabmas. Bu dunyoga kelganingizda kutib olgan “oqlik”-oxirgi pallada ham kuzatib qoʻyadi. Hayotimizda oqlik ramzi bu-ezgulik timsoli demakdir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Oq yoʻl, oqqush, oq kabutar, oq ot, oq kigiz, oq koʻngil, oq suv, oq mato, oq bulut, oq atirgul, oq tuz, oq tosh, oq qayin, oqsil, oq sut, oq paxta, oq surp, oq soqol, oq suyak, oq oltin, oq oʻrik, oq tong, oq tilak, oq roʻmol, oq varoq, oq un, oq qand, oq kema, oq maramar, oq saroy, oq masjid, oq terak va hokazo.Ushbu keltirgan misollarimizning har-birining oʻzi ijodkor ijodida, tafakkurida, ongida bir ajoyib asar yoki katta mavzu boʻla oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston nomoddiy madamiy merosi.Ichkap 2017 .Motxi 2017 YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi.milliy komissiyasi 2017 2. “O‘zbeknoma” avtori: Borot Boyqobulov Izdatelstvo: Sharq,Toshkent. God. 3. Izdaniya;1999. rubrika: yazik tekista… 4. O‘zbekiston Milliy ahborot.. https//uza.uz>posta>milliy-qadri… 5. “Milliy qadriyatlarimiz va yrf-odatlarimiz.” 6. 4.O‘zbekiston Milliy ahborot.. https//uza.uz>posta>milliy-qadri… 7. “Milliy qadriyatlarimiz va yrf-odatlarimiz.” 8. Gadayev, H. (2024). NODIR NEʼMAT. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика,3(12), 40-46. 9. Alisher, S. (2024). YO ‘G ‘OCH O ‘YMAKORLIK SAN ‘ATI. BUXORO VA XORAZM YOG ‘OCH O ‘YMAKOR USTALARI FAOLIYATINING QIYOSIY TAHLILI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali,2(57), 41-48. 10. Shermanov, E. (2024). Talabalarning madaniy daxldorlik fazilatini sun’iy intellekt vositаsidа o ‘qitish texnologiyаlаri. MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI,1(8). 11. Shermanov, E. (2024). Mаdаniy intellektning ijtimoiy sohа mutаxаssislаrini tаyyorlаsh jаrаyonidаgi integrаtsion roli. MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI,1(8). 12. Karimova, N. (2024). RESPUBLIKAMIZDA TASHKIL ETILAYOTGAN XALQARO FESTIVALLARNING MILLIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDAGI ILMIYAMALIY AHAMIYATI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali,2(57), 111-117. 13. Ганиева, Э. Р. (2018). Особенности эстетического восприятия кино в условиях новой цифровой реальности. In Научный форум: Филология, искусствоведение и культурология (pp. 24-30). 14. Ганиева, Э. Р. (2018). Трансформация коммуникативной функции кино в эпоху глобализации. In Культурология, искусствоведение и филология: современные взгляды и научные исследования (pp. 8-12). 15. Kalkanatov, A. (2023). THE IMPORTANCE OF MANAGING THE PARTICIPATION OF CULTURAL AND ART INSTITUTIONS AND ORGANIZATIONS IN CULTURAL ACTIVITIES. Journal of Innovation, Creativity and Art,2, 7-10. 16. Alfiya, Q. (2023). Milliy Musiqa San’ati Va Yoshlar Tarbiyasi. Journal of Creativity in Art and Design,1, 16-20. 17. Nazarbaevna, Q. A., & Serjanovich, K. S. (2024). The Importance of Scenario in Cultural Events. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,4, 259-262. 18. Kalkanatov, A. (2023). PROFESSIONAL QUALIFICATION OF THE MANAGER IN THE CULTURAL FIELD. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE,2, 19-23. 19. Юсупалиева, Д. К. (2020). ОБЕСПЕЧЕНИЕ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО МИРА В УЗБЕКИСТАНЕ. Modern Science, (11-1), 330-332. 20. Юсупалиева, Д. К. (2020). Основные особенности политической системы общества. Молодой ученый, (46), 520-522. 21. Юсупалиева, Д. К. (2020). Сущность политического прогнозирования. Молодой ученый,46, 522. 22. Yusupalieva, D. K. (2020). Development of mutually beneficial cooperation of Uzbekistan within the SCO. ISJ Theoretical & Applied Science,5(85), 901-903.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 23. Alisher, S. (2024). MADANIYATSHUNOSLIK FANI TARAQQIYOTI, MUAMMO VA YECHIMLAR. Inter education & global study, (7), 476-483.