O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MIQDOR BILDIRUVCHI SO'ZLAR VA ULARNING QO'LLANISHI
Abstract
O’zbek tilshunosligida miqdor bildiruvchi so’zlarga deyarli hamma sohada duch kelamiz. Miqdor hisoblanuvchi so’zlar hamma so’z turkumlarning ichida uchraydi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Misol uchun ot so’z turkumida: birlik va ko’plik; ravish so’z turkumi kam, ko’p va oz so’zlari; sifat so’z turkumida orttirma va ozaytirma darajalar va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Bular ichida son so’z turkumi miqdor sanaluvchi birliklar ichida eng yuqorida turuvchi so’z turkumi sanaladi. Bugungi kunda juda ko’p o’zbek hamda xorij davlatlari olimlari tomonidan ushbu mavzu keng yoritilib berilgan va bu mavzu ham ushbu olimlarning qarashlariga tayangan holda batafsil yoritib beriladi.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Axmadjonova Mohinur Bahodirovna Yuksalish xususiy maktabi,Boshlang’ich sinf o’qituvchisi, [email protected] +99894 947-59-55 O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MIQDOR BILDIRUVCHI SO’ZLAR VA ULARNING QO’LLANISHI Annotatsiya:O’zbek tilshunosligida miqdor bildiruvchi so’zlarga deyarli hamma sohada duch kelamiz. Miqdor hisoblanuvchi so’zlar hamma so’z turkumlarning ichida uchraydi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Misol uchun ot so’z turkumida: birlik va ko’plik; ravish so’z turkumi kam, ko’p va oz so’zlari; sifat so’z turkumida orttirma va ozaytirma darajalar va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Bular ichida son so’z turkumi miqdor sanaluvchi birliklar ichida eng yuqorida turuvchi so’z turkumi sanaladi. Bugungi kunda juda ko’p o’zbek hamda xorij davlatlari olimlari tomonidan ushbu mavzu keng yoritilib berilgan va bu mavzu ham ushbu olimlarning qarashlariga tayangan holda batafsil yoritib beriladi. Miqdor bildiruvchi so’zlar turli rivojlangan tillarda, shuningdek o’zbek tilida ham o’ziga xos xususiyatlari va serqirraligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Miqdor ifodalovchi birliklarni til sathlarining deyarli barchasida kuzatishimiz mumkin. Jahon va o’zbek tilshunoslarining miqdor so’zlar kategoriyasi va uning o’ziga xos jihatlari haqida bildirgan fikrlari va ushbu tizimni tasniflash yuzasidan bildirgan munosabatlari xilma-xil. Rus va yevropa tilshunoslari tomonidan bu tizim turli yo’nalish va aspektlarga ko’ra tahlil qilingan. Ayniqsa, rus tilshunoslari tomonidan miqdor ifodalovchi birliklar masalasi keng va atroflicha yoritilgan, bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan1. G.A.Menovshikovning ”Turli tillarda birlik-ko’plik darajasini ifodalash usullari”2, S.I.Krasovaning “Rus tilidagi miqdor ifodalovchi frazeologik birliklar”3, A.I.Lashkevichning ”Zamonaviy rus tilidagi metoforik 1G.A.Menovshikovning ”Turli tillarda birlik-ko’plik darajasini ifodalash usullari” 2Меновшиков.Г.А.Вапросы языкознания. - 1970.№1-ст.82-88 3Красова.С.И. Фразеологические единицы со значением количества в русском языке. Дисс.канд.филол.наук.-Растов .1981
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL miqdor bildiruvchi genetik qurilmalar”4, N.V.Manuylovning ”Ilmiy ko’nikma tuzilishidagi noaniqlik kategoriyasi”5singari tadqiqotlari shular jumlasidandir. Miqdor turli kategoriyalarni hisoblash va birliklarni o’lchash imkoniyatini nazarda tutadi. Miqdor ifodalovchi birliklar birikishda va bir birlik sintagmemasi tarkibida kategoriyalar va belgilarning o’zaro ta’siri amalga oshiriladigan xususiyat, turli xil darajada mohiyat tushunchalarining majmuasi haqidagi mantiqiy-semantik kategoriyalar demakdir. Ko’p hollarda miqdor ifodalovchi birliklar boshqa semantikmantiqiy kategoriyalarga tobe va ularni tavsiflab keladi. Nutqda til birliklarining birikishida atributiv element bo’lib xizmat qiladi. Faylasuflar obyektiv borliqni o’rganayotib, miqdor kategoriyasining har-xilligi haqida aytadilar. Bu xilma-xillik miqdor, son, o’lchov, katta-kichiklik kabi turli belgilarni qamrab oladi. Shu bilan birga miqdor kategoriyasining boshqa kategoriyalar bilan mustahkam aloqasini kuzatish mumkin. Tadqiqotchi V.Igoshina kvantitativlik kategoriyasini boshqa kategoriyalar bilan munosabatini, ya’ni kategoriyalararo munosabatini o’rganish uchun morfotemniy tahlildan foydalanadi.6 Miqdor va uning birliklari bilan aniqlanadigan ko’plik tushunchasi quyidagi tarzda namoyon bo’ladi: 1. Umumiy ko’plik. Bunda aniq miqdor anglashiladi: hamma , olomon , yolg’iz. 2. Nolovoy ko’plik. Bunda esa leksik-grammatik, so’z hosil qiluvchi vositalar bilan aniqlanadi: sensiz, beodob. Bu o’rinda so’z yasovchi qo’shimcha yangi ma’noli so’z hosil qilish bilan bir qatorda, so’z tarkibiga qo’shimcha miqdor ma’nosini ham yuklayapti. Lekin shakl yasovchi qo’shimcha yordamida ham so’zga ko’plik ma’nosini yuklash mumkin ya’ni -lar shakl yasovchi qo’shimchasi orqali: gullar. Bilamizki, tilshunoslikning anchagina ko’p yo’nalishlari bo’yicha qalam tebratgan olim sifatida tarixda Mahmud Koshg’ariy o’z o’rniga ega. Uning kelajak avlod uchun qoldirgan ilmiy asarlari nafaqat o’sha davr uchun katta balki, bugungi o’zbek tilshunosligining rivojlanishida ham juda katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Darhaqiqat, hozirda men o’rganmoqchi bo’layotgan miqdor bildiruvchi so’zlar haqidagi dastlabki g’oyalarni ham Mahmud Koshg’ariyning ”Devonu lug’ot-it turk” asarida duch kelamiz. U fe’llardagi sonning ifodalanishini arab tiliga qiyoslash bilan, turkiy tillarda ikkitalik va ko’plik farqlarga ega emasligini, son birdaniga ikki qarama-qarshi guruhga ajratilishini ya’ni: birlik va ko’plik shakllariga zidlanishini aytib o’tgan. Birlik fe’l o’zaklarining hech qanday qo’shimchalarsiz shakli ekanligini, ko’plik esa –i(ng), - i(iglar), -i(ngiz) kabilar orqali ifodalanishini misollar bilan tushintirib bergan. Masalan, bar – 4Лашкевич А.И. Генетические конструкции со значением метафорического количество в современном русском языке. Дисс.канд.филол.наук. – Минск,1976 5Манюлов.Н.В.Категория неопределенности в структуре научного познание. Дисс.канд.филол.наук. – Л., 1985 6Игошина.Т.В Морфотемный анализ категории квантитативности в разносистемных языках. Дисс.канд.филол.наук.-У.,2004.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL baringlar, shu asnoda olim –i(ng) shakli faqat ko’plikni bildirmasdan hurmat ma’nosini ifodalashi mumkinligi ham aytib o’tgan. Shu bilan birga birlik va ko’plikni ifodalashda qabilalar o’rtasidagi farqlar ham ochib beriladi. ”O’g’uz va qipchoqlar birlikda bar, ko’plida baring deydilar. Ular ko’plik qo’shimchasi –lar ni tushurib qoldiradilar, -lar o’rniga tinglovchi birligida –(i)ngiz qo’llaydilar. Hurmat uchun bir kishiga ham –z orttiradilar, ular tilida bir kishiga nisbatan ham ko’plik ustiga ko’plik qo’llanadi”7, - deya aytib o’tgan. M.Koshg’ariy noaniq bo’lgan ”At-tuhfatuz zakiyatu fil-lug’at-it turkiya” asarida ham miqdor bildiruvchi so’zlar haqida ma’lumotlar bergan. Otlar son jihatdan birlik va ko’plik turlariga ega ekanligi, ko’plik shakl ko’plik shakliga egaligi, birlik shaklda esa bunday shakl yo’qligini aytib o’tgan. Bu shakllardan tashqari M. Koshg’ariy ot hamda olmoshlarning birlikko’plik zidlanishi o’rtasidagi farqlarni ham izohlaydi. Muallif tomonidan olmoshlarda ko’plik ikki xil ifodalanishi ko’rsatiladi. Kishilik olmoshlarida ko’plik affiksatsiyamas, balki fonetik o’zgarish yo’li bilan ifodalanishi aytiladi.Masalan, men – sen, biz – siz kabi so’roq va ko’rsatish olmoshlarida birlik-ko’plik zidlanishining ifodalanishi otlarga o’xshashini eslatadi: kim – kimlar, bu – bular tarzida. Egalik qo’shimchalarida uch shaxs bo’yicha maxsus ko’rsatkichlari mavjudligi va bu ko’rsatkichlar birlik hamda ko’plik bo’yicha farqlanishi aytib o’tilgan: bashim – bashimiz, bashing – bashingiz, bashi – bashlari kabi. Asarning ”Sonlar bo’limi” sarlavhali qismida sonlar haqida ham keng ma’lumotlar beriladi.8Sonlarning to’rt darajasi ajratiladi: 1. Birlar (birdan to’qqizga qadar bo’lgan sonlar): bir, ikki, uch, do’rt, besh, alti, yadi, segiz, tuquz. 2. O’nlar (o’ndan to’qsongacha bo’lgan sonlar): o’n, yegirma, o’ttuz, qirq, elli, atmish, yetmish, sakson, to’qson. 3. Yuzlar (yuzdan minggacha bo’lgan sonlar): yuz, ikki yuz, uch yuz 4. Minglar (mingdan yuqori bo’lgan sonlar). Bunda birlarga mansub sonlar oldin, ko’p sonlar esa keyin keladi: ikki ming, uch ming, to’rt ming kabi Asarda o’nliklar bildiruvchi tarkibli sonlarda oldin o’nlikni, undan so’ng birlikni bildiruvchi so’zlar kelishi, ba’zan esa buning aksi ham bo’lishi mumkinligi aytiladi: yigirma bir – bir yigirma kabi. Tartib sonlar sanoq sonlarga –inchi, -unchi, -lanchi, -lanji affikslarini qo’shish orqali hosil qilinishi aytiladi.Masalan, ikkinchi, uchunchi, do’rtunchi, bechinchi kabi. Shu bilan birga asarda fe’llarning shaxs va son paradigmasi ham beriladi. Birlik Ko’plik So’zlovchi: kelmishman (kelmisham) - kelmishbiz Tinglovchi: kelmishsan - kelmishsiz O’zga: kelmish - kelmishlar 7Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк.Т.1 – 3. – Тошкент: Фан, 1960 – 1963. 52-бет 8Нурмонов А. Танланган асарлар. II жилд. Тошкент: Академнашр, 2012.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, “At-tuhfa” asarida M. Koshg’ariy turkiy tillar morfologiyasi, xususan, miqdor ifodalovchi birliklar to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlarni berib ketgan. Asarni turkiy tillarning ilk grammatikasi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’zbek tilshunosligi tarixida sifat so’z turkumiga oid bo’lgan so’zlar narsalarning qandayligini, sifatini bildirsa, son so’z turkumiga oid bo’lgan so’zlar esa, qanchaligini bildirishi bilan undan farqlanishini, har ikkisi ham narsaning belgisini bildirgani va predmet bilan birgalikda tasavvur qilingani uchun ularni sifatlar qatorida o’rganish mumkinligi haqidagi fikrlarni Abdurauf Fitratning lingvistik qarashlarida kuzatishimiz mumkin. Fitrat sonlarni tub va yasama turlarga ajratadi.Tub sonlar sanoq sonlar hisoblanadi. Ularga bir, ikki, uch, to’rt, o’n, yigirma, qirq besh kabi sonlarni kiritadi. Yasama sonlarni ma’nosi va yasovchi qo’shimchalariga ko’ra quyidagi turlarga ajratadi9: 1. Sira sonlar 2. Ulush sonlar 3. Chama sonlar 4. Sanalmishsiz sonlar 5. O’rtoqlik sonlar 6. Oshirma sonlar 7. O’lchov sonlar Tub sonlarga –(i)nchi qo’shimchasi qo’shilishidan hosil bo’lgan sonlar sira sonlar qatoriga kiritiladi.Bunga misol qilib birinchi, ikkinchi shaklidagi sonlarni keltiradi. Tub sonlarga –(a)r, - tadan qo’shilishidan hosil bo’lgan bittadan kitob, bitar daftar kabi sonlarni ulush sonlar qatoriga kiritadi. -lab qo’shimchasi qo’shilgan sonlar chama sonlar qatoriga kiritiladi: o’nlab kitob, yuzlab kishi kabi. Shu bilan birga Fitrat sonlarni juft qo’llaganda ham chama ma’nosi yuzaga chiqishini aytadi. Sanoq sonlarga –ov qo’shimchasi qo’shilishidan sanalmishsiz son hosil bo’lishi aytiladi. Ular uchov bordilar. Bunday qo’shilishdan hosil bo’lgan sonlarni otlar qatorida o’rganish lozimligini ta’kidlaydi va bu fikri bilan sonlarning otlashishiga ishora qiladi. Sanoq sonlarga –ala qo’shimchasi qo’shilishidan hosil bo’lgan sonni o’rtoqlik son deb ataydi. Chunki bunday sonlar bir ishni birdan ortiq kishi bajarganligi bilan izohlaydi: Biz ikkalamiz keldik. O’rtoqlik sonlarini ham sanalmishsiz son kabi otlar qatorida o’rganish kerakligini aytadi. Sanoq sonlarga –larcha qo’shimchasi qo’shilib oshirma son hosil bo’lishini aytadi: yuzlarcha, minglarcha kabi. Yuqoridagilardan tashqari, bugungi tilshunoslikda numerativ so’zlar nomi bilan o’rganilayotgan o’lchov bildiruvchi so’zlar bilan birga qo’llaniluvchi sonlarni bir butun holda o’lchov sonlari deb nomlaydi. o’n qop arpa, bir yutum suv kabi. 9Фитрат А. Ўзбек тили қоидалари тўғрисида бир тажриба.Сарф. Китоб 1. – Самарқанд – Тошкент: Ўздавнашр. 1930.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Shuningdek, Fitrat sonlarning ko’plik shakli bilan birga qo’llana olish olmasligiga ham to’xtalib o’tadi. O’zi ma’nosi va yasovchi qo’shimchasiga ko’ra ajratgan sira, chama, o’lchov sonlar va bu sonlarning sanalmishlari ko’plik shakli –lar bilan birga qo’llana olmasligini ta’kidlaydi. Bulardan tashqari, F.Safarov ”O’zbek tilida son-miqdor mikromaydoni va uning lisoniy nutqiy xususiyati”10 mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida bu masalaga maydon sifatida yondoshadi. Shu bilan birga tadqiqotchi o’zigacha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va bildirilgan fikrlarda miqdor ifodalovchi birliklarga kategoriya sifatida qaralgani, aslida esa o’zbek tilida son-miqdor ma’nosini ifodalovchi lug’aviy, sintaktik, so’z yasovchi va nolisoniy vositalar mavjud bo’lib, son kategoriyasi va fe’lning shaxs-son kategoriyasi bilan birgalikda yagona umumiy mazmuniy vazifa bajaruvchi tizim hosil qilishini ta’kidlaydi. Bunda grammatik, leksik, sintaktik, fonetik va g’ayrilisoniy vositalar birgalikda olib qaralganda o’zbek tilining sonmiqdor ma’nosini ifodalash sistemasi bu vositalarning o’zaro aloqa munosabati, mazkur ma’noni ifodalashdagi salmog’I ochib beriladi. Tilshunoslikka oid maxsus asar yozmagan bo‟lsa ham Z.M.Bobur o‟zining ”Boburnoma” asarida tilshunoslikka oid qimmatli fikrlarni bayon etgan. Xususan, nomlarni bir necha tematik guruhlarga ajratar ekan, o’lchov nomlari haqida ham to’xtalib o’tadi. O’lchov nomlariga rati, masha, misqol, tula, ser, botmon, moni, minosa, lak, kurur, arab, padam kabi so‟zlarni kiritadi. Miqdor ifodalovchi birliklar xususida o’z ilmiy qarashlarini bildirgan tilshunoslarning deyarli hammalari bu birliklarni tilning barcha sathlarida kuzatish mumkinligini e’tirof etadilar. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, miqdor so’zi birgina so’zlar orasida emas balki qo’shimchalar orasida ham o’z o’rniga ega hisoblanadi. Miqdor bildiruvchi so’zlar har bir so’z turkumning ichida mavjud bo’lib ular faqatgina sanoqni emas balki mavjud yoki mavjud emaslikni, yetarli va yetishmaslikni ham anglatishi mumkin. Misol uchun aqlli hamda aqlsiz, odobli va odobsiz so’zlarini oladigan bo’lsak aqlli va odobli so’zlari inson ongida aql va odob yetarli ya’ni mavjudligini ifodalayotgan bo’lsa, aqlsiz va odobsiz so’zlarida esa, aksincha, aql hamda odobni inson ongida mavjud emasligi, rivojlanmaganligini ta’kidlamoqda. Miqdor bildiruvchi so’zlarni o’z o’rnida qo’llay olish shaxsning intelektiga hamda aqliy salohiyatiga ham bog’liq chunki miqdor bildiruvchi so’zlar o’rtasida ham sinonimlik mavjud bo’lib, ularni noo’rin qo’llash nutqiy buzuqlikka olib kelishi mumkin. Masalan, katta-ulug’-ulkan-gigant sinonikim qatorni oladigan bo’lsak undagi har bir so’zning o’z qo’llanish o’rni mavjud. Ulug’ so’zidan foydalaniladigan joyga gigant so’zidan foydalana olmaymiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. G’ulomov. A. O’zbek tilida ko’plik kategoriyasi. - Toshkent. 1994. 56 bet. 2. Safarov.F.S. O’zbek tilida son-miqdor mikromaydoni va uning lisoniy-nutqiy xususiyati. Samarqand. - 2004. 3 bet. 10 Сафаров Ф.Ўзбек тилида сон-миқдор микромайдони ва унинг лисоний-нутқий хусусияти.филол.фан.ном.дисс.Самарқанд - 2004
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 3. Jumayev. M. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Ilm ziyo. - 2013. 4. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X. va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Nosir. 2009. 5. G‘afforova T., G‘ulomova H va boshqalar. 1-sinfda savod darslari. – Toshkent: Sharq. 1998 . 6. Ahmedov. M., N. Abdurahmonova., M.Jumayev. 1-sinf matematika darsligi. – Toshkent: Turon-iqbol. 2018. O’n ikkinchi nashr. 7. N.Abdurahmonova., L.O’rinboyeva. 2-sinf matematika darsligi. – Toshkent: Yangiyo’l Poligraf Servis. 2018. To’rtinchi nashr. 8. S.Burxonov., O’. Xudoyorov., Q.Norqulova., N.Ruzikulova., L.Goibova. 3-sinf matematika darsligi. – Toshkent: Sharq. 2019. To’rtinchi nashr. 9. N.U.Bikayeva., K.M.Girfanova. 4-sinf matematika darsligi. – Toshkent: O’qituvchi. 2020. Beshinchi nashr. 10. Jumayev. M. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Ilm ziyo. - 2013.