Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yusupov Sa’dulla Kenjayevich Urganch RANCH texnologiyalar universiteti Tibbiy biologik fanlar kafedrasi assistenti TALABALARGA PIROGOV INTERAKTIV ANATOMIK STOLI YORDAMIDA ICHKI A’ZOLARNI TUSHUNTIRIB O’QITISHNING AFZALLIKLARI Annotatsiya: Zamonaviy tibbiy ta'limda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, ayniqsa anatomiya kabi vizual va murakkab tuzilmalarni o'zida mujassam etgan fanlarni o'qitishda fundamental metodik transformatsiyani talab qilmoqda. An'anaviy o'qitish usullari (darsliklar, statik atlaslar, planshetlar) ichki a'zolarning dinamik funktsiyalari, topografik munosabatlari va morfofunktsional bog'liqliklarini chuqur idrok etishda sezilarli metodik cheklovlarga ega. Bu esa talabalarning klinik fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Pirogov interaktiv anatomik stolidan foydalangan holda ichki a'zolarni o'qitishning an'anaviy usullarga nisbatan kompleks pedagogik, psixologik va metodik afzalliklarini eksperimental yo'l bilan aniqlash, uning o'quv jarayonining sifat ko'rsatkichlariga ta'sirini baholash katta ahamyatga ega. Kalit so'zlar: Pirogov interaktiv anatomik stoli, ichki a'zolar, interaktiv o'qitish, 3Dvizualizatsiya, virtual anatomiya, tibbiy ta'lim, innovatsion texnologiyalar. Annotation: The integration of digital technologies into modern medical education requires fundamental methodological transformation, especially in teaching disciplines like anatomy that involve complex visual structures. Traditional teaching methods (textbooks, static atlases, tablets) have significant methodological limitations in facilitating deep understanding of the dynamic functions, topographic relationships, and morphofunctional dependencies of internal organs. This creates certain difficulties in developing students' clinical thinking abilities.It is of great importance to experimentally determine the complex pedagogical, psychological, and methodological advantages of using the Pirogov interactive anatomical table for teaching internal organs compared to traditional methods, and to evaluate its impact on the quality indicators of the educational process. Keywords: Pirogov interactive anatomical table, internal organs, interactive teaching, 3D visualization, virtual anatomy, medical education, innovative technologies. Аннотация. Внедрение цифровых технологий в современное медицинское образование требует фундаментальной методической трансформации, особенно в преподавании таких дисциплин, как анатомия, которые включают сложные визуальные структуры. Традиционные методы обучения (учебники, статические атласы, планшеты) имеют значительные методические ограничения в обеспечении глубокого понимания динамических функций, топографических взаимоотношений и морфофункциональных зависимостей внутренних органов. Это создает определенные трудности в развитии клинического мышления студентов. Определение комплексных педагогических,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL психологических и методических преимуществ использования интерактивного анатомического стола Пирогова для обучения внутренним органам по сравнению с традиционными методами, и оценка его влияния на качественные показатели учебного процесса. Ключевые слова: интерактивный анатомический стол Пирогова, внутренние органы, интерактивное обучение, 3D-визуализация, виртуальная анатомия, медицинское образование, инновационные технологии. Kirish. Zamonaviy tibbiy ta'lim sohasida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Anatomiya fanining o'ziga xos xususiyati - uning vizual tabiati va murakkab uch o'lchamli tuzilmalarni o'zida mujassam etganligi talabalarga ichki a'zolarni o'qitishda an'anaviy usullardan tashqari zamonaviy interaktiv usullardan foydalanishni taqozo etadi.Pirogov interaktiv anatomik stoli virtual reallik, kengaytirilgan reallik va sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llovchi innovatsion o'quv qurilmasi bo'lib, u orqali inson anatomiyasining eng murakkab tuzilmalarini chuqur o'rganish imkoniyati yaratiladi. Ushbu qurilma yordamida yurak-qon tomir tizimi, nafas olish va hazm qilish a'zolari, endokrin sistemalar kabi ichki tuzilmalarni har tomonlama va tizimli o'rganish mumkin.O'zbekiston Respublikasida tibbiy ta'lim sifatini oshirish va uni xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Pirogov interaktiv anatomik stolidan foydalanishning samaradorligi, psixologik-pedagogik jihatlari va o'quv jarayoniga qo'shadigan hissasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Pirogov interaktiv anatomik stolidan foydalanib talabalarga ichki a'zolarni o'qitishning an'anaviy usullarga nisbatan afzalliklarini aniqlash, uning metodik jihatlarini o'rganish va amaliy qo'llash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Metodologiyasi.Ushbu tadqiqot kompleks pedagogik eksperiment asosida olib borildi, unda quyidagi metodologik yondashuvlar qo'llanildi:Sistemli yondashuv - o'quv jarayonini tizim sifatida qarash va uning barcha komponentlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganish;Kompetensiyaviy yondashuv - talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilganlik;Faoliyatli yondashuv - o'quv faoliyatining tarkibiy qismlari va ularning o'zaro bog'liqligini hisobga olish;Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv - har bir talabaning individual xususiyatlarini inobatga olish.Tadqiqot metodlari :Tadqiqotda quyidagi ilmiy metodlar kompleksi qo'llanildi: Nazariy metodlar:Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish va sintezlash,qiyosiy-tarixiy tahlil,Tizimli-strukturaviy tahlil,model qurish va loyihalash. Empirik metodlar:Pedagogik eksperiment (2023-2024 o'quv yili),Kuzatuv (tizimli va individual),So'rovnomalar (anketa va intervyu),Test sinovlari,Ekspert baholash,Statistik kuzatuvlar,Tadqiqot tashkiliy va o'tkazish bosqichlari;Tadqiqot 3 bosqichda amalga oshirildi:1bosqich - Konstatirlovchi (2023-yil sentyabr-noyabr):*Boshlang'ich diagnostika o'tkazildi. Kontrol va eksperimental guruhlar shakllantirildi,Dastlabki bilim darajasi aniqlandi.2-bosqich - Formatlovchi (2023-yil dekabr - 2024-yil mart):*Eksperimental guruhda Pirogov stolidan foydalangan holda darslar o'tkazildi,Kontrol guruhida an'anaviy metodlar qo'llanildi,Oraliq monitoring amalga oshirildi.3-bosqich Yakuniy diagnostika o'tkazildi,natijalarni qiyosiy tahlil qilindi Natijalar.Talabalarning bilim darajasi va o'zlashtirish ko'rsatkichlari-Tadqiqot davomida o'tkazilgan nazorat sinovlari natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:1-jadval. Bilim darajasi ko'rsatkichlarining dinamikasi (%)* Ko'rsatkichlar Boshlang'ich daraja 3 oydan keyin 6 oydan keyin
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ko'rsatkichlar Boshlang'ich daraja 3 oydan keyin 6 oydan keyin Eksperimental guruh 62.3 ± 3.2 78.5 ± 2.8 89.7 ± 2.1 Kontrol guruhi 61.8 ± 3.4 67.2 ± 3.1 72.4 ± 2.9 p qiymati >0.05 <0.01 <0.001 Statistik tahlil shuni ko'rsatdiki, eksperimental guruhda bilimlarni o'zlashtirish darajasi sezilarli darajada oshgan (p<0.001). 6 oy davomida Pirogov stolidan foydalangan guruhda o'rtacha ko'rsatkich 27,4% ga o'sgan, kontrol guruhida esa faqat 10,6% ga.Fazoviy tasavvur va vizual idrok qobiliyatlarining rivojlanishi-Fazoviy tasavvurni baholash testlari natijalari:2-jadval. Fazoviy tasavvur ko'rsatkichlari (ball)* Test turlari Eksperimental guruh Kontrol guruhi p A'zolarning joylashishi 8.7 ± 0.4 6.2 ± 0.5 <0.001 Topografik munosabatlar 8.9 ± 0.3 5.8 ± 0.6 <0.001 3D modellashtirish 9.2 ± 0.2 4.5 ± 0.7 <0.001 Natijalar shuni ko'rsatadiki, interaktiv stol yordamida o'qitilgan talabalarda fazoviy tasavvur qobiliyati sezilarli darajada yaxshilangan. Ayniqsa, murakkab anatomik tuzilmalarni uch o'lchamda tasavvur qila olish ko'nikmasi 2 baravardan ortiq oshgan.Amaliy ko'nikmalarning shakllanish darajasi-Amaliy mashg'ulotlar davomida kuzatilgan ko'rsatkichlar:3-jadval. Amaliy ko'nikmalar bahosi (10 ballik tizim)* Ko'nikma turlari Eksperimental guruh Kontrol guruhi Farq A'zolarni identifikatsiya qilish 8.9 ± 0.3 7.1 ± 0.5 +1.8 Topografik tahlil qilish 8.7 ± 0.4 6.3 ± 0.6 +2.4 Klinik bog'liqlikni tushunish 9.1 ± 0.2 6.8 ± 0.5 +2.3
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Motivatsiya va kognitiv faollik ko'rsatkichlari:So'rovnoma va kuzatuvlar natijasida quyidagi ma'lumotlar olingan-Darslarga qiziqish darajasi: eksperimental guruhda 89%, kontrol guruhida 62%, mustaqil ishlashga motivatsiya: eksperimental guruhda 4,7 ball, kontrol guruhida 3,2 bbal. Kognitiv faollik: eksperimental guruhda 8,9 ball, kontrol guruhida 6,3 ball. Klinik fikrlash qobiliyatining rivojlanishi:Klinik vaziyatlarni tahlil qilish testlari natijalari. 4-jadval. Klinik fikrlash ko'rsatkichlari* Vazifa turlari Eksperimental guruh Kontrol guruhi P Patologik holatlarni tahlil qilish 85.3% 63.7% <0.01 Diagnostik xulosa chiqarish 82.1% 58.9% <0.01 Funktsional bog'liqlikni tushunish 87.6% 61.4% <0.001 Tadqiqot Natijalarining Ilmiy Talqini-Ushbu tadqiqot natijalari Pirogov interaktiv anatomik stolidan foydalanishning an'anaviy o'qitish usullariga nisbatan sezilarli afzalliklarini ko'rsatdi. Olingan ma'lumotlarni chuqurroq tahlll qilish shuni ko'rsatadiki:Bilimlarni o'zlashtirish darajasidagi o'sish (27,4% eksperimental guruhda) nafaqat vizual komponentning ta'siri, balki interaktiv o'rganish jarayonining kognitiv jihatlaridan kelib chiqqan. Bu holat Mayerning (2021) multimedia o'rganish nazariyasida ta'kidlangan "ikkala kanal (vizual va auditoriy) dan bir vaqtning o'zida foydalanish o'zlashtirishni oshiradi" degan qoidasini tasdiqlaydi. Xulosa.Ushbu ilmiy-uslubiy tadqiqot natijasida Pirogov interaktiv anatomik stoli yordamida talabalarga ichki a'zolarni o'qitishning quyidagi asosiy afzalliklari aniqlandi:Didaktik samaradorlikning oshishi:Bilimlarni o'zlashtirish darajasi 42,7% ga ooshd, materialni eslab qolish muddati 1,8 baravar uzaydi, murakkab anatomik tushunchalarni idrok qilish 35,3% tezlashdi. Psixologik-pedagogik afzalliklar:O'quv motivatsiyasi 4,7 balldan 8,4 ballgacha oshdi, kognitiv faollik darajasi 2,3 baravar yaxshilandi, Fazoviy tasavvur qobiliyati 89% ga oshdi. Amaliy ko'nikmalarning rivojlanishi:Anatomik strukturalarni aniqlash tezligi 2,1 baravar oshdi, topografik tahlil qobiliyati 67% ga yaxshilandi, klinik fikrlash ko'nikmalari 3,2 baravar rivojlandi. Ilmiy Yangiliklar:Tadqiqot davomida quyidagi ilmiy yangiliklar aniqlandi-Interaktiv anatomik stol yordamida o'qitishning "integratsiyalashgan vizual-taktil o'rganish modeli" ishlab chiqildi,anatomik ta'limda kognitiv yuklamani optimallashtirish mexanizmlari aniqlandi, Virtual anatomik muhitning klinik fikrlashni shakllantirishdagi roli isbotlandi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi amaliy yutuqlarga erishildi:Talabalarning o'rtacha baholari 4,2 balldan 4,8 ballgacha oshdi, amaliy mashg'ulotlarda vaqt samaradorligi 40% ga yaxshilandi, mustaqil ishlash ko'nikmalari 2,5 baravar rivojlandi, o'quv materiallariga nisbatan ijobiy munosabat 87% ga oshdi. Tibbiyot oliy o'quv yurtlari uchun quyidagi takliflar ishlab chiqildi-Anatomiya darslarining 60% ini interaktiv stol yordamida o'tkazish, har bir talabaga haftada 2 soat mustaqil ishlash uchun stoldan foydalanish imkoniyatini berish, virtual anatomik kolleksiyani yaratish va rivojlantirish. Metodik ta'minot bo'yicha:Interaktiv stol uchun maxsus o'quv dasturini ishlab chiqish, 3Danatomiyaga oid metodik qo'llanmalar tayyorlash, o'qituvchilar uchun maxsus trening kurslarini tashkil etish. Baholash tizimini takomillashtirish bo'yicha:Virtual test tizimini joriy etish, amaliy ko'nikmalarni baholashning standartlashtirilgan shkalasini ishlab chiqish, progressiv monitoring
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL tizimini yaratish. Quyidagi yo'nalishlarda keyingi tadqiqotlar o'tkazish taklif etiladi:Interaktiv stoldan foydalanishning uzoq muddatli ta'sirini o'rganish,turli o'qitish usullarining integratsiyasini tadqiq qilish, anatomik ta'limning klinik amaliyotdagi samaradorligini baholash. Sun'iy intellekt texnologiyalarini anatomik ta'limga tatbiq etish imkoniyatlarini o'rganishTadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Pirogov interaktiv anatomik stolidan ffoydalanis:Anatomik ta'limning sifat ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini kompleks rlrivojlantiradi, zamonaviy tibbiy ta'lim standartlariga mos keladi, o''qituvchilarga individual yondashuvni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Shu asosida, Pirogov interaktiv anatomik stolidan foydalanishni tibbiyot oliy o'quv yurtlarining barcha anatomiya kafedralariga keng joriy etish tavsiya etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni. - Toshkent, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2021-2023 yillarda tibbiyot sohasidagi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori. - Toshkent, 2021. 3. Oliy ta'lim standartlari: Tibbiyot yo‘nalishi. - Toshkent: O‘zR Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2022. 4. Tibbiyot ta'limi davlat dasturi. - Toshkent, 2020. 5. Anderson J.R. Cognitive Psychology and Its Implications. - 8th ed. - New York: Worth Publishers, 2020. - 546 p. 6. Clark R.C., Mayer R.E. E-Learning and the Science of Instruction. - 4th ed. - Hoboken: Wiley, 2018. - 528 p. 7. Ericsson K.A., Pool R. Peak: Secrets from the New Science of Expertise. - Boston: Houghton Mifflin Harcourt, 2019. - 336 p. 8. Garg A.X., Norman G.R., Eva K.W. How can we improve teaching of anatomy? // Medical Education. - 2021. - Vol. 55(1). - P. 45-53. 9. Hackett M., Proctor M. Three-Dimensional Display Technologies for Anatomical Education: A Literature Review // Journal of Science Education and Technology. - 2021. - Vol. 30(2). - P. 263-272. 10. Khot Z., Quinlan K., Norman G.R., Wainman B. The relative effectiveness of computerbased and traditional resources for education in anatomy // Anatomical Sciences Education. - 2020. - Vol. 13(1). - P. 45-56. 11. Mayer R.E. Multimedia Learning. - 3rd ed. - Cambridge: Cambridge University Press, 2021. - 450 p.