APLASTIK ANEMIYA: ETIOLOGIYASI, KLINIK KO'RINISHLARI, DAVOLASH USULLARI VA SUYAK ILIGI TRANSPLANTATSIYASI
Abstract
Ushbu maqolada aplastik anemiyaning etiologiyasi, klinik kechishi, diagnostika va davolash tamoyillari, shuningdek, suyak iligi transplantatsiyasi (SIT)ning ahamiyati yoritilgan. Maqolada kasallikning immun, genetik va iatrogen mexanizmlari, zamonaviy immunosupressiv terapiya va gematopoetik transplantatsiya yondashuvlari tahlil qilingan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Aziziy Azizxon Abdullayevich¹, Shukurova Malika Abdullayevna², Aziziy Malika Xamiudullayevna³, Ablakimova Malika Abdumukhtarovna⁴ 1“Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya” kafedrasi assistenti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2“Gematologiya va transfuziologiya” kafedrasi assistenti, Markaziy Osiyo Universiteti (CAU) 3Onkologiya kafedrasi klinik ordinatori, “Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti”, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 4Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasі APLASTIK ANEMIYA: ETIOLOGIYASI, KLINIK KO‘RINISHLARI, DAVOLASH USULLARI VA SUYAK ILIGI TRANSPLANTATSIYASI Annotatsiya: Ushbu maqolada aplastik anemiyaning etiologiyasi, klinik kechishi, diagnostika va davolash tamoyillari, shuningdek, suyak iligi transplantatsiyasi (SIT)ning ahamiyati yoritilgan. Maqolada kasallikning immun, genetik va iatrogen mexanizmlari, zamonaviy immunosupressiv terapiya va gematopoetik transplantatsiya yondashuvlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: aplastik anemiya, gemopoez, immunosupressiv terapiya, suyak iligi transplantatsiyasi. Aplastik anemiya — gemopoez tizimining polietiologik kasalligi bo‘lib, suyak iligidagi ildiz (stem) hujayralarning chuqur zararlanishi natijasida barcha qon hujayralarining ishlab chiqilishi keskin kamayadi. Kasallik jinsga bog‘liq emas va asosan ikki yosh guruhida — 10–25 yosh oralig‘ida hamda 60 yoshdan yuqorilarda — uchraydi. Epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra, yiliga 1 million aholiga o‘rtacha 2–6 ta holat to‘g‘ri keladi [1]. Aplastik anemiyaning rivojlanish chastotasi ekologik sharoit, radiatsion fon va havodagi zararli moddalar konsentratsiyasi bilan bog‘liq. Eng ko‘p holatlar Yaponiyada, Tailandda va Uzoq Sharq mamlakatlarida qayd etilgan. Etiologiya va patogenez Ko‘pchilik hollarda (taxminan 70%) aplastik anemiyaning sababi noma’lum. Biroq quyidagi omillar kasallikni rivojlantiruvchi asosiy sabablar sifatida ko‘rsatiladi: Dori vositalari: xloramfenikol, fenilbutazon, oltin preparatlari va boshqalar; Ionlashtiruvchi nurlanish: kimyoterapiya yoki radiologik ta’sir natijasida; Virusli infeksiyalar: gepatit A, B, C, Epstein–Barr virusi, parvovirus B19, OITS; Homiladorlik bilan bog‘liq holatlar; Genetik omillar va autoimmun mexanizmlar.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Kasallik patogenezida asosiy rol suyak iligidagi ildiz hujayralarning nuqsoni va ularning immun tizim tomonidan tan olinmay, yo‘q qilinishi bilan bog‘liq. Bu holat aplastik anemiyaning mielodisplastik sindrom, paroksizmal tungi gemoglobinuriya va o‘tkir leykemiya bilan o‘zaro aloqasini tushuntiradi. Klinik ko‘rinishlar Klinik simptomlar asta-sekin rivojlanadi. Dastlabki belgilar anemiya sindromiga xos: teri va shilliq qavatlarning oqarishi; bosh aylanishi, holsizlik, tez charchash; yurak urishining tezlashuvi; jismoniy bardoshlilikning pasayishi. Gemorragik sindrom namoyon bo‘ladi: peteixiyalar, burun va milk qon ketishlari, oson ko‘karishlar. Agranulotsitoz tufayli tonzillit, pnevmoniya, otit, teri yiringli infeksiyalari kabi bakterial asoratlar kuzatiladi. Diagnostika Asosiy diagnostik belgilar: Umumiy qon tahlili — pansitopeniya (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar kamayishi); Gemoglobin <100 g/l,trombotsitlar <50×10⁹/l,neytrofillar <1,5×10⁹/l; Suyak iligi biopsiyasi — gemopoetik elementlar kamaygan, yog‘ to‘qima ustunlik qiladi. Kasallik og‘irlik darajasiga ko‘ra: Yengil,og‘ir va o‘ta og‘ir shakllarga bo‘linadi. Davolash 1. Qon komponentlarini transfuziya qilish Eritrotsit va trombotsit massasini quyish simptomatik yondashuv bo‘lib, anemiya va gemorragik asoratlarni bartaraf etadi. 2. Immunosupressiv terapiya Transplantatsiya o‘tkazib bo‘lmaydigan bemorlarga qo‘llaniladi. Asosiy preparatlar: Siklosporin A,antitimotsit globulin,androgenlar,glyukokortikoidlar. Ular gematopoezni rag‘batlantiradi, biroq uzoq muddatli nazorat talab qiladi. 3. Suyak iligi (gematopoetik ildiz hujayra) transplantatsiyasi Kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir shakllarida patogenetik jihatdan yagona samarali davolash usuli hisoblanadi. Donor — odatda HLA-mos aka-uka. Suyak iligi transplantatsiyasi jarayoni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1-bosqich. Tayyorgarlik Bemor to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi (qon tahlillari, EKG, ko‘krak rentgeni, suyak iligi biopsiyasi). Keyin kimyo yoki radiatsion terapiya orqali suyak iligi “tozalanadi” va immun tizimi bostiriladi. 2-bosqich. Transplantatsiya Donordan yoki bemorning o‘zidan olingan gematopoetik hujayralar markaziy venoz kateter orqali yuboriladi. Protsedura 1,5–2 soat davom etadi. 3-bosqich. Reabilitatsiya Transplantatsiyadan so‘ng bemor steril sharoitda 30 kun izolyatsiya qilinadi. Antibakterial va antifungal profilaktika o‘tkaziladi. Suyak iligi ildiz otganining birinchi belgisi — neytrofillar sonining oshishi hisoblanadi. Xulosa Aplastik anemiya — erta aniqlansa va kompleks yondashuv qo‘llanilsa, to‘liq sog‘ayish mumkin bo‘lgan kasallikdir. Yengil holatlarda immunosupressiv terapiya samarali bo‘lsa, og‘ir shakllarda suyak iligi transplantatsiyasi hayotni saqlab qoluvchi yagona usul hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Михайлова Э.А. ва бошқ. Клинические рекомендации по диагностике и лечению апластической анемии. Гематология и трансфузиология, 2020; 65(2):208–226. 2. Лечение апластической анемии в Израиле. [Sheba Medical Center], 2022. 3. Asqarov I.R. Saratonni xalq tabobati usullari bo‘yicha davolash va uni amaliyotga joriy etish. Xalq tabobati Plyus, 2020, №1(4):2–4. 4. Асқаров И.Р. Sirli tabobat. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyoti, 2021. 5. Abdulloyev S.X. va boshq. Temir(III) asosidagi geterometallik glitsinatlar temir tanqisligi anemiyasini davolashda qo‘llanilishi haqida. Journal of Chemistry, 2022. 6. https://hub.bookimed.com/ru/peresadka-kostnogo-mozga 7. https://www.alfplus.com/uz/treatments/62 8. https://ru.wikipedia.org/wiki