O'TKIR HOSHIMOVNING "TUSHDA KECHGAN UMRLAR" VA REMARKNING "GʻARBIY FRONTDA OʻZGARISH YOʻQ" ASARLARINING MUSHTARAKLIGI
Abstract
Quyidagi maqola O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” va Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” asarlarining o‘xshash jihatlari mavzusida yozildi. Maqola orqali insonlar taqdiri zamon va makon oralig‘iga qaramay, o‘xshash bo‘lishi mumkinligini bilib olishimiz.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 545 O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” VA REMARKNING “GʻARBIY FRONTDA OʻZGARISH YOʻQ” ASARLARINING MUSHTARAKLIGI Qudratova O‘g‘iloy Tohir qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti unversiteti magistri. https://doi.org/10.5281/zenodo.17458748 Annotatsiya. Quyidagi maqola O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” va Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” asarlarining o‘xshash jihatlari mavzusida yozildi. Maqola orqali insonlar taqdiri zamon va makon oralig‘iga qaramay, o‘xshash bo‘lishi mumkinligini bilib olishimiz. Kalit soʻzlar: Tatalizm, asar strukturasi, ruhiyat, qiyosiy tahlil. Аннотация. Данная статья посвящена сравнению произведений Уткира Хошимова «Жизни, прожитые во сне» и Эриха Марии Ремарка «На Западном фронте без перемен». Через анализ этих произведений показывается, что судьбы людей, несмотря на различие времени и пространства, могут быть удивительно схожими. Ключевые слова: фатализм, структура произведения, психология, сравнительный анализ. Annotation. This article explores the similarities between O‘tkir Hoshimov’s “Lives Spent in a Dream” and Erich Maria Remarque’s “All Quiet on the Western Front.” Through the analysis, it is revealed that human destinies can be strikingly similar despite differences in time and space. Keywords: fatalism, structure of the work, psychology, comparative analysis. Adabiyotda urush, ijtimoiy bosim, inson ruhiyati singari mavzular turli tillarda va makonlarda turlicha tasvirlanadi va ba’zan ushbu asarlar oʻrtasida oʻxshash va yaqin fikr, mulohazalar paydo boʻladi. O‘zbek adabiyoti bilan xalqaro adabiyot o‘rtasida bunday parallelar topish, asarlarni mutolaa qilishni yanada chuqurlashtiradi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani bilan Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” asarini solishtirib ko‘rish, ularning umumiy g‘oyalari va strukturaviy jihatlari haqida anglashni osonlashtiradi. “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” romani 1928-yili yozilgan va 1929-yilda chop etilgan. Asarda yozuvchi bosh qahramon obrazi orqali oʻz hayotida boshidan kechirganlar tasvirlangan. Atrofdagi voqealar, boshqa insonlar taqdirini yortish ancha qiyin, ammo inson oʻz boshidan kechirgan voqealarni tasvirlashda mayda detallarigacha batafsil tasvirlaydi, bu esa asarning jonli chiqishiga sabab boladi. Asar haqida nemis tanqidchisi Alfred Kerr: “Romanning har bir satrida bir insonning o‘limi bilan bir avlodning orzusi so‘nadi”, – deydi 1 . Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari 1993-yil yozib tugatilgan va 1994-yilda nashrga chiqarilgan. Roman tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad; „Romanni loqayd-hayajonsiz oʻqib boʻlmaydi. U kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqa narsa solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dildilidan qargʻish yogʻdiradi“, – deydi. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Tushda_kechgan_umrlar
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 546 Ushbu ikki asar mazmuniy jihatdan bir-biriga yaqin asarlar hisoblanadi, masalan, urush va zo‘ravonlik koʻlamining inson ruhiyatiga ta’siri tasvirlari bir-biriga juda o‘xshash. “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” romanida frontdagi askarlar tajribasi, jasorat emas balki fojia, ruhiy vayronlik shaklida tasvirlanadi. “Modomiki, oldingi marraga borganda yirtqichga aylanib ketar ekanmiz – shunday qilmasak jon saqlashning iloji yoqligini bilamiz – dam olish payti bir pulga qimmat masxarabozga aylanamiz” 2 o‘ylari bilan “Tushda kechgan umrlar” romanidagi ayniqsa, afg‘on urushi, jamiyatdagi totalitar tuzum va uning insonga yetkazgan zarari orqali, urushning inson hayotiga va ruhiy dunyosiga qanday ta’sir qilganligini, qahramonlar ruhiyatidagi befarqlikda nomoyon boʻladi. “Uch oydan beri hech nima yozmadim. Umuman… Hech nimaning qizigʻi yoʻq menga. Hech nimaga hayron ham qolmayman. Qismda har kuni yangi gap tarqaladi “Falon joyda koʻprik qulabdi”, xoʻsh nima boʻlibdi? Koʻprik boʻlgandan keyin portlaydi-da, “bitta duxni olib, zambarakka tross bilan osishibdi”. Nima bolibdi dux bo‘lgandan keyin osadi-da” 3 . Hatto ular nima uchun urishayotgani, asl maqsadlari nima ekanligini ham bilishmaydi, shunchaki shohni manzilga yetishida qurbon bo‘layotgan piyoda ekanligini his qilishadi. Ikkala asar ham urush, zo‘ravonlik jarayonlarini gʻalaba va zafarlar bilan emas, balki uning dahshatli, vayron qiluvchi tomonlari orqali bildiradi. Yoshlik, orzular va yo‘qotishlar – “yo‘qolgan avlod” motivi Remark qahramonlari va ularning sinfdoshlari urushga idealistik ruhda kirishadi, ammo tez orada realizm bilan yuzlashadi – “lost generation” (yo‘qolgan avlod) motivi koʻp tilga olinadi. Oʻtkir Hoshimov romanida ham yoshlik davri, orzular, vatanparvarlik istagi bilan boshlanadi, biroq keyinchalik bosh qahramon Rustam va boshqa obrazlar urush og‘irligi bilan yuzlashadi. Bu jihatdan ikkala asar yoshlik begʻuborligidan soʻng, zo‘ravonlik, ruhiy yo‘qotishlar ketma-ketligini namoyish etadi. Remark qahramoni frontga qaytgach, oddiy fuqarolik hayotiga (uy, maktab, mahalla) moslasha olmaydi. Oʻtkir Hoshimovning asarida ham afsuski, shunday: totalitar tuzumga, urushga yoki siyosatga jalb qilingan shaxslar keyinchalik jamiyat bilan bo‘lgan aloqalaridan chetlashadi, ong hamma narsaga begona bo‘lib qoladi. Natijada, har ikkisi ham asosiy qahramon orqali: jamiyat va inson orasida yaralangan kesma, ya’ni inson jamiyatdan ajralib qolishi yoki jamiyat uni “ortiqcha” deb his qilishi holatini tasvirlaydi. Do‘stlik, hamkasblik va insoniy aloqalarning bardoshli turtki bo‘lishi: “O‘zaro askar do‘stligi” – Remark asarida markaziy o‘rin olgan motivlardan biri. Oʻtkir Hoshimov asarida ham jamiyatning, oilaning yoki mahalla bog‘lanishlarining, hamkasblarning – zo‘ravonlik va hayotiy muammolar ortida turuvchi turtki sifatida ishlatilishi maqolalarda ta’kidlangan. Shunday qilib, har ikkala muallif do‘stlik, inson-insonga qilinadigan mehr va hamdardligini, urush yoki depressiya davrida ham saqlab qolish mumkin bo‘lgan insoniy jihat deb ko‘rsatadi. Remark asarida millatchilik, idealistik askarlik g‘oyalaridan voz kechish kerakligi aks etsa, Oʻtkir Hoshimov romani esa sovet tuzumi, «o‘zbeklar ishi» kabi siyosiy muhitni tanqid qiladi 4 . Xulosa qilib aytganda, Erich Maria Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani hamda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari – turli zamon va makonlarda 2 E.M.Remark , Uch og‘ayni. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – B.333. 3 O‘ Hoshimov. Tushda kechgan umrlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,2002. – B. 59. 4 Qosimov A., Xolmatov O. — “Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlarida badiiy psixologizm.” // Komparativistika (Comparative Studies) №2(6), 2025. B.– 7-17.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 547 yaratilgan bo‘lsa-da, insoniyat ruhiy olamini yoritishda o‘zaro yaqinlik kasb etadi. Har ikki yozuvchi asarlarida insonning ichki dunyosi, vijdon azobi, hayot ma’nosi va orzularning barbodligi kabi falsafiy masalalarni yoritadi. Remark urushning dahshatlari orqali insonni ruhiy inqirozga olib keluvchi omillarni ko‘rsatadi. U jang maydonida insoniylikning qanday yo‘qolib borishini, yoshlarning orzu va ishonchlaridan ayrilishini “yo‘qotilgan avlod” timsolida ifodalaydi. O‘tkir Hoshimov esa tinch hayot sharoitidagi ruhiy iztiroblarni, afg‘on urushi dahshatlarini, o‘tgan umr va vijdon azobini tahlil etadi. Shunday qilib, har ikki yozuvchi – biri nemis, biri o‘zbek adabiyotining yirik vakili sifatida – inson ruhining sinovdagi manzarasini tasvirlash orqali o‘quvchini o‘z hayoti, vijdoni va qadriyatlari haqida o‘ylashga chorlaydi. Ularning asarlari bugun ham insonni halollik, poklik va ezgulik sari da’vat etuvchi badiiy-falsafiy asarlar sifatida ahamiyatini yo‘qotmagan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. E.M.Remark, Uch og‘ayni. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – B.333. 2. Qosimov A., Xolmatov O. – “Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlarida badiiy psixologizm.” // Komparativistika (Comparative Studies) №2(6), 2025. B.– 7-17. 3. O‘ Hoshimov. Tushda kechgan umrlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,2002. – B. 142. 4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tushda_kechgan_umrlar