scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TOG' CHANG'ICHILARNING KO'P YILLIK TAYYORGARLIK TIZIMIDA UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNING O'ZARO INTEGRATSIYASI

Jo'rayev I.B.

Abstract

Maqolada tog‘ chang‘ichilarining ko‘p yillik tayyorgarligi jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik integratsiyasining mohiyati ochib berilgan. Yuklamalarni tizimlilik, ketma-ketlik va individuallashtirish tamoyillarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari keltirilgan. 20 nafar yosh tog‘ chang‘ichilar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, kompleks mashg‘ulot dasturlarini kiritish kuch chidamliligi, dinamik muvozanat va tezkor-kuch sifatlari ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga yordam beradi. Olingan natijalar sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligining barcha bosqichlarida umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalarini birgalikda maqsadli qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Jo‘rayev I.B. “Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti TOG‘ CHANG‘ICHILARNING KO‘P YILLIK TAYYORGARLIK TIZIMIDA UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNING O‘ZARO INTEGRATSIYASI ANNOTATSIYA: Maqolada tog‘ chang‘ichilarining ko‘p yillik tayyorgarligi jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik integratsiyasining mohiyati ochib berilgan. Yuklamalarni tizimlilik, ketma-ketlik va individuallashtirish tamoyillarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari keltirilgan. 20 nafar yosh tog‘ chang‘ichilar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, kompleks mashg‘ulot dasturlarini kiritish kuch chidamliligi, dinamik muvozanat va tezkor-kuch sifatlari ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga yordam beradi. Olingan natijalar sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligining barcha bosqichlarida umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalarini birgalikda maqsadli qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: tog‘ chang‘isi sport егкш, integratsiya, jismoniy tayyorgarlik, ko‘p yillik tayyorgarlik, maxsus chidamlilik, funksional tayyorgarlik, koordinatsiya, sport mashg‘ulotlari. АННОТАЦИЯ: В статье раскрывается сущность интеграции общей и специальной физической подготовки в процессе многолетнего совершенствования горнолыжников. Представлены теоретические и практические основы организации тренировочного процесса с учётом принципов системности, преемственности и индивидуализации нагрузок. На основе экспериментального исследования, проведённого с участием юных горнолыжников (n=20), показано, что включение интегрированных тренировочных программ способствует достоверному повышению показателей силовой выносливости, динамического равновесия и скоростно-силовых качеств. Полученные результаты подтверждают необходимость целенаправленного сочетания средств общей и специальной подготовки на всех этапах многолетней подготовки спортсменов. Ключевые слова: горнолыжный спорт, интеграция, физическая подготовка, многолетний цикл, специальная выносливость, функциональная устойчивость, сенсомоторная координация, спортивная тренировка. Tog‘ chang‘isi sport turini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalarida sportchilarni tayyorlash samaradorligi, tayyorgarlikning jismoniy, texnik va psixofiziologik komponentlarining kompleks o‘zaro ta’siri darajasi bilan belgilanadi. Musobaqa davrida yuklamalarining dinamikasi, yuqori tezlik va yo‘nalishning o‘zgarishiga tezkor javob berish kerakligi sportchilardan barcha jismoniy sifatlarni birgalikda rivojlantirishni talab qiladi. V.N. Platonov va L.P. Matveev ta’kidlaganidek, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning (UJT va MJT) ratsional integratsiyasidagina organizmning tog‘ chang‘isi sport turiga xos bo‘lgan maxsus harakatlarga funksional moslashuvini amalga oshirish mumkin. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yosh sportchilarni tayyorlashning ko‘p yillik tizimini yaratishda integratsiya muammosi alohida dolzarblik kasb etadi, bunda yosh dinamikasi, jismoniy sifatlarni rivojlantirishning sensitiv davrlari va texnik vazifalarning progressiv murakkablashuvini hisobga olish talab etiladi. UJT va MJT integratsiyasining nazariy-uslubiy asoslari: umumiy jismoniy tayyorgarlik har tomonlama jismoniy rivojlanish, harakat koordinatsiyasi va yuklamalarga chidamlilikni rivojlantirish uchun asos yaratadi. Maxsus tayyorgarlik musobaqa faoliyati samaradorligini bevosita belgilovchi sifatlar: maxsus kuch, tezkor chidamkorlik, dinamik barqarorlik va musobaqa jarayonini to‘g‘ri boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Platonov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyasiga ko‘ra, UJT va MJT integratsiyasi o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida qaralishi, bunda umumiy tayyorgarlik moslashuv asosini yaratishi, maxsus tayyorgarlik esa bu qobiliyatni o‘ziga xos harakatlarda amalga oshirishi kerakli ta’lidlanadi. Xorijiy mualliflarning (Bompa, Buzzichelli, Zinner, Sperlich) olib borgan ko‘p yillik tadqiqotlari natijasida, sport formasining eng yuqori o‘sishi umumiy va maxsus jsimoniy tayyorgarlik bloklarining o‘zaro bog‘liqligini asta-sekin oshirish bilan almashinuvida kuzatilishini ko‘rish mumkin. Tog‘ chang‘ichilari ko‘p yillik tayyorgarligining tuzilishi 1-jadval Tayyorgarlik bosqichi Yosh Maqsadi Jismoniy tayyorgarlikning ustuvor yo‘nalishlari Boshlang‘ich tayyorgarlik 7-10 Egiluvchanlik va kordinatsiyani rivojlantirish Umumiy chidamkorlik, chaqqonlik, muvozanat O‘quv-mashq bosqichi 11-14 Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish, burilish texnikasini o‘zlashtirish Oyoq kuchi, dinamik koordinatsiya, muvozanat Sport kamolatiga erishish bosqichi 15-18 Yuklamani individuallashtirish, texnikani takomillashtirish Kuch, chidamkorlik Oliy sport mahorati bosqichi 19 yosh va undan yuqori Jismoniy va funksional holatni yaxshilash Tiklanish, psixofiziologik tayyorgarlik Izoh: tog‘ chang‘ichilar tayyorgarligining ko‘p yillik sikli quyidagi to‘rtta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Tadqiqotning maqsadi: yosh tog‘ chang‘ichilarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga UJT va MJT integratsiyalashgan dasturining samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotning usullari: pedagogik tajriba, funksional tayyorgarlik bo‘yicha testlar, stabilometriya, biomexanik va matematik-statistik tahlil. Tadqiqot ishtirokchilari: nazorat (NG, n=10) va tajriba (TG, n=10) guruhlariga bo‘lingan 13-14 yoshli 20 nafar yosh tog‘ chang‘ichilar bo‘lib ular bilan 8 xaftaga mo‘ljallangan dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilgan. Tajriba guruhi dasturi: integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni, yugurish va kuch mashqlarini, “Ski machine” uskunasida slalom harakatlari ya’ni burilishlarni imitatsiya qilish mashqlari bilan birga qo‘shib olib borishdan iborat hisoblanadi. Nazorat guruhi dasturi: an’anaviy UJT va MJTni alohida-alohida mashg‘ulotlar davomida qo‘llash orqali tashkil etildi. Tajriba guruhi uchun xaftasiga 3 kun, 8 xaftaga mo‘ljallangan maxsus mashqlar majmuasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining qishki sport turlari bo‘yicha simulyatsiya markazida olib borildi hamda olingan natijalar 2jadvalga kiritildi. Tog‘ chang‘ichilarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari dinamikasi (n = 20) 2-jadval Nazora t testlari Guru hlar Tajrib adan oldin (M ± SD) Tajrib adan keyin (M ± SD) O‘ sis h (% ) P Slalom trassani bosib o‘tish vaqti (soniya) NG 38,4 ± 1,9 36,8 ± 1,7 +4, 2 > 0, 05 TG 38,6 ± 2,1 34,9 ± 1,5 +9, 6 < 0, 01 Turgan joydan uzunlik ka sakrash (sm) NG 195 ± 12 201 ± 11 +3, 1 > 0, 05 TG 196 ± 14 213 ± 10 +8, 7 < 0, 01 Muvoza NG 28,5 ± 30,1 ± +5, > JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL natni saqlash (bir oyoqda) 3,2 3,0 6 0, 05 TG 28,7 ± 3,5 34,2 ± 2,9 +1 9,2 < 0, 01 Oyoq kuchini o‘lchash testi (30 soniya davomi da o‘tirib turish) NG 34 ± 3 36 ± 3 +5, 9 > 0, 05 TG 33 ± 4 40 ± 3 +2 1,2 < 0, 01 Tiklanis h (1 daqiqad an keyin zarba/da q) NG 42 ± 5 40 ± 4 – 4,7 > 0, 05 TG 43 ± 4 37 ± 4 – 13, 9 < 0, 05 Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, 8 xaftalik mashg‘uloitlardan so‘ng nazorat guruhida sinaluvchilarda ham o‘sish kuzatildi amma bu ko‘rsatkichlar tajriba guruhiga nisbatan sezilarli ravishda kam. Tajriba guruhida barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish kuzatildi bu esa biz tomonimizdan qo‘llangan metodika o‘z samarasini berganligidan dalolat beradi. Mashg‘ulot jarayonida UJT va MJTni integratsiyalash musobaqa jarayonining o‘ziga xos xususiyatlariga mos keladigan funksional zaxiralarni shakllantirishni ta’minlaydi hamda mashg‘ulotlarning umumiy yo‘nalishdan maxsus yo‘nalishga o‘tishini tezlashtirishga yordam beradi. Xulosalar Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik integratsiyasi tog‘ changichilarining jismoniy sifatlari va texnik ko‘nikmalarining o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Muvozanatni saqlash, tezkor-kuch va koordinatsion sifatlarni birgalikda qo‘llashda yuqori samaradorlikga erishiladi. Olingan natijalar (p<0,01) sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligining asosi sifatida integral yondashuvning samaradorligini ko‘rsatadi. Zamonaviy uskunlar hisoblangan “Ski machine” va “Sky tech” uskunalaridan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish va mashg‘ulotlarni integral dasturlar asosida tashkil etish orqali jahon arenalarida yuqori natijalarni qayd etishda xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1. Платонов В.Н. Система подготовки спортсменов в олимпийском спорте. — Киев: Олимпийская литература, 2013. — 820 с. 2. Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. — М.: Физкультура и спорт, 1991. — 543 с. 3. Bompa T., Buzzichelli C. Periodization: Theory and Methodology of Training. — Champaign, IL: Human Kinetics, 2019. — 368 p. 4. Zinner C., Sperlich B. Integrative training models for alpine skiers // Journal of Sports Sciences. — 2020. — Vol. 38, No. 4. — P. 467–475. 5. Sassi A., Impellizzeri F.M. Specific endurance and power development in alpine skiing // European Journal of Sport Science. — 2019. — 19(2). — P. 225–232. 6. Кузнецов А.Н., Фомин С.В. Основы спортивной тренировки горнолыжников. — М.: Академия, 2016. — 287 с. 7. Топпер Х., Зиммер К. Биомеханика и физиология горнолыжного спорта. — Инсбрук: Alpine Science Press, 2020. — 412 с. 8. Schmidt R.A., Lee T.D. Motor Control and Learning: A Behavioral Emphasis. — Champaign, IL: Human Kinetics, 2019. — 512 p. 9. Берштейн Н.А. О построении движений. — М.: Медицина, 1990. -320 с. 10. Сидоров И.В., Козлова Н.Г. Методика интеграции ОФП и СФП в зимних видах спорта. — М.: Спорт, 2022. — 231 с.