scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOQLARNING BEFARZANDLIKKA MUNOSABATI

Djumabaev, Ilhambek Ulug'bekovich

Abstract

Mazkur maqolada qoraqalpoq xalqining qadimdan shakllangan marosimlari jumladan, oilada farzandning dunyoga kelishi va u bir yoshiga to‘lishigacha bo‘lgan an’anaviy urf-odatlar va udumlar tahlil qilingan. Shuningdek, ularda ifodalangan tuyg‘u, tushuncha, ishonch va e’tiqodlar xususida fikr yuritilgan.

Full text

“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 129 DOI: https://10.5281/zenodo.17459449 QORAQALPOQLARNING BEFARZANDLIKKA MUNOSABATI Djumabaev Ilhambek Ulug‘bekovich Qoraqalpoq Davlat Universiteti, Etnografiya, etnologiya va antropologiya iqtisosligi, magistranti. ANNOTATSIYA Mazkur maqolada qoraqalpoq xalqining qadimdan shakllangan marosimlari jumladan, oilada farzandning dunyoga kelishi va u bir yoshiga to‘lishigacha bo‘lgan an’anaviy urf-odatlar va udumlar tahlil qilingan. Shuningdek, ularda ifodalangan tuyg‘u, tushuncha, ishonch va e’tiqodlar xususida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: qoraqalpoqlar, marosimlar, chilla davri, ism tanlash, beshik to‘yi, bepusht ayol. АННОТАЦИЯ В данной статье анализируются древние обряды каракалпакского народа, в том числе традиционные обычаи и традиции рождения ребенка в семье до достижения им годовалого возраста. Также размышляется над выраженными в них чувствами, понятиями, убеждениями. Ключевые слова: каракалпаки, обряды, период чилла, выбор имени, колыбельная свадьба, бесплодная женщина. ABSTRACT This article analyzes the ancient rituals of the Karakalpak people, including traditional customs and traditions of the birth of a child in a family before he reaches one year of age. Аlso reflects on the feelings, concepts, and beliefs expressed in them. Key words: karakalpaks, rituals, chilla period, choice of name, lullaby wedding, cutting the bonds, barren woman. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 130 Farzand – bu inson naslini davom ettiruvchi, oila mustahkamligini ta’minlovchi zanjir boʻlib, ota-onaning baxti, ikki dunyo saodati, hayotining nuri va albatda avlodning davomchisi hisoblangan. An’anaviy qoraqalpoq oilasida qoida tariqasida, ko‘p farzandlilik qonun hisoblangan. Ko‘p farzand dunyoga keltirgan ayollarga, jamiyatda katta hurmat bilan qaralgan. Kelin to‘y marosimlarining o‘zida oila serfarzand boʻlishi va ayol bepusht bo‘lib qolmasligi bilan bog‘liq birqancha udumlar amalga oshirilgan. Masalan, yosh kelin kuyovning chimildiq ichidagi to‘shagiga kichkina bolalarni o‘tqazish (asosan o‘g‘il) kabi misollarni kiritish mumkin. Tugʻmagan befarzand ayollar chillali yosh onalar uyidan yiroq tutilgan. Qaraqalpoqlar oilasidagi eng qiyin voqea bu befarzandlik hisoblangan bo‘lib shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bu voqeada asosiy aybdor ayol kishi deb qaralgan. Qaraqalpoqlarda oilalarida bu masaladan qutilishga imkon qadar harakat qilingan va albatta uning har xil yechimlarini izlashgan. Qoraqalpoq oilalarida farzandsizlik holati vujudga kelganda, unga yechim sifatida bola asrab olish holati aks ettiriladi, mazkur holat xalq orasida “etakka bola solish” iborasi bilan yuritgan. Bunday qiyin vaziyatlarda bola asosan erining tug‘ishganlari yoki tug‘uruqxona tomonidan rasmiylashtirilgan holda asrab olingan. Bola asrab olishdan asosiy maqsad esa, bola ketidan bola ergashadi va ayolning bepushtlik holati bartaraf bo‘lib kelajakda oʻzi tugʻib ketishiga ishonch bildiriladi. Shubxasiz, qoraqalpoqlar turmush tarzida islom dini an’analari muhim o‘rin tutishiga qaramasdan, qadimiy e’tiqodlarga oid qarashlarning izlari ijtimoiy hayotdagi urf-odat va marosimlar negizida saqlanib qolingan. Bunday qarashlar albatta farzand, uning dunyoga kelishi, homiladorlik, chilla davri kabi bolalilik tsikllarining har bir bosqichida koʻzga tashlanadi. Yangi oilada befarzandlik holati vujudga kelsa, o‘sha oila bilan birgalikda oilaning kattalari maslahatlashgan holda ikki yoldan birini tanlashgan, bu tibbiyot va xalq tabobati hiosblangan. Katta yoshli momolar tomonidan dastavval xalq tabobatlari maslahat berilib, ayol tabibga yoki “karomatli, muqaddas” deb hisoblangan qadamjolarga ziyorat qilishi maqul deb topilgan. Qoraqalpoq ayollari orasida bunday joylarga ziyorat qilish juda keng tarqalgan boʻlib, bundan asosiy “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 131 maqsad esa Quron tilovat qilish orqali o‘tmishdagi ota-bobolar ruhlarini shod qilish, ulardan farzand soʻrab iltijo qilish boʻlgan. Ular xudojo‘y joylar, karomatli joylar kabi o‘rinlarga uch yoki yetti payshanba qatnashgan va belgilangan kuni (mozor imomi belgilagan kun) qurbonlik qilib ehson tarqatishgan. Bunnan tashqari tug‘magan bepusht ayollar bu joylarni ziyorat qilish bilan birga u yerdagi obidalarga qoʻlini tekkizib peshonasiga surishgan, tunab qolishgan yoki malum bir tepaliklardan dumalashgan. Bunga misol tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xudjayli tumanida joylashgan “Jomart qassap” – “Jumart qassob” tepaligiga ayollarning farzand tilab ziyorat qilib borishi, tepalikdan dumalash, yetti tosh boʻlakchasini yigʻib ketish kabi magik xarakterdagi amallarini keltirish mumkin. Bunnan tashqari oilada farzandsizlikdan qutilish maqsadida ayollar yashash joyini ham oʻzgartirishganlar, bu an’ana hazirgacha aholi orasida aktual hisoblanib “makon almashtirish” iborasi bilan yuritilgan. Bundan asosiy maqsad esa, uzoq yolga otlanganda yovuz ruhlar ayolning tanasi tark etadi va yolda adashib qolib ketadi hisoblangan. Mazkur holatda aholi yovuz ruh befarzand ayolning ruhini butunlay tark etib yolda boshqa bir ayol ruhini egallaydi deya irim qilishgan. Bu amallardan keyin esa ayollar albatda homiladir boʻladi deb ishonishgan. VIII asrda Qoraqalpogʻistonning oʻng qirgʻogʻidagi “muqaddas joylaridan” biri hisoblangan Sultan Uzayis ziyoratgohida Avliyo Sulton boboning nasl-nasabiga oid rivoyatlar orasida uning tuya boqqani haqida ham rivoyatlar mavjud. Odamlar bu mozozrning sheyxlaridan duo va sovgʻalar olish bilan kasallarni sogʻligini tiklash, ayollarga bola beradigan va moʻminlarnning koʻplab istaklarini bajaradigan avliyoning homiyligini qozonish mumkin deya hisoblagan. Oʻrta Osiyo aholisi orasida tuyani e’zozlash homila tushishining oldini olish va tugʻish jarayonini osonlashtirish kabi tushunchalar keng tarqalgan. Ayolning tuʻgʻishi kechikkanida esa ular darhol sehrijodu qoidalariga murojat qilishgan: ular tuyani aylanib oʻtishi yoki uning boʻynidan xatlab oʻtishi kerak ekanligini aytishgan. Bunday magik xarakterdagi holatlar hozirgi kunda ham homiladorlar orasida aktual hisoblanadi. Befarzand ayollar orasida yulduz timsolidan farzand tilash ana’nalari ham mavjud. Buni xalqimiz orasida keng tarqalgan bir etnografik fakt ham tasdiqlaydi. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 132 Ana’anga koʻra, muqaddas qadamjolar va avliyolarning mozorlarini ziyorat qilish uchun boragan ziyoratalab ayollar oʻsha joydagi quduq suviga qarab, oʻz taqdirlariga farzandli boʻlish yozilmaganmi yoki yoʻq buni bilishga harakat qilishgan. Buning uchun ziyoratchilarga boshchilik qilib yurgan yoshi ulugʻ momolardan biri befarzand ayolni quduq yoniga olib borgan va uni quduqqa egildirib qaratib qoʻyib, boshi uzra qalin roʻmol yoki shunga oʻxshash matoni yopib bekitadi. Ayol quduqqa tikilib turadi va suvda jimirlagan yulduz yoki oyni koʻrsa bu uning tez orada homilador boʻlishining nishonsi deb ta’birlangan. Oilaga yangi kelin kelganda katta yoshdagi onaxonlar uni turli xil irim, magik qarashlar bilan ziyonli tashqi qarashlardan yoki koʻz tegishidan asrashga harakat qilganlar. Sababi, u yoman nazarlardan saqlangan holda kelajakda oila uchun farzanlar dunyoga keltirishi kerak edi. Lekin ayrim vaziyatlarda befarzandlik holatlari ham uchirab, ayollar farzand chaqiruvchi, jinlarni haydovchi, nazrdan saqlovchi turli tuman taqinchoqlardan foydalanishgan. Aholi orasidagi bunday holatni bir-ikki misollar bilan dalillab oʻtsak. Bepusht boʻlgan turk ayollari kundalik hayotda taqib yurish uchun zargarga maxsus bilaguzuk yasatishgan. Bu bilaguzuk serfarzand yetti uydan olingan igna va mixni eritib xosil boʻlgan suyuqlikga tovuqning qonini aralashtirish orqali yasalgan. Mazkur amal bilan ayollar befushtlikdan qutilish va serfarzand boʻlishni irim qilishgan, sababi tovuq va unga tegishli boʻlgan qon serfarzandlik, unimdorlik timsoli hisoblangan Qanotli qushlar, bular qatorida tovuq ham xalq e’tiqodlariga koʻra, inson olamdan oʻtgach qush oʻz qanotlarida uning ruhini osmonga olib ketadi va dunyoga keladigan yangi insonning (farzand) ruhini osmonnan olib tushadi yani – samodan tushish yoʻli deya ishonishgan. Qadimdan tarqalgan “Laylak odamlarga farzand olib keladi” kabi tushunchalar ayni bu holatdan kelib chiqqan. Befarzand ayollarning taqinchoqlardan foydalanishi oʻzbek xalqida ham mavjud boʻlib, bu jarayon xuddi yuqoridagi kabi serfarzand oilalardan kumush buyumlarni yigʻish orqali bilaguzuklar yasatib taqish. Аltay xalqlari an’analarida esa, turmushga chiqqan ayolning tanasida hech qanday taqinchoqning boʻlmasligi – u avlodni davom “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 133 ettira olmaydi tushunchasi bilan tariflangan. Bunday magik xarakterdagi amallar va irimlar bilan ayollar befarzandlikdan saqlanishga harakat qilganlar. Farzandsizlik bilan sinalgan ayollarda hayvonlar kulti bilan bogʻliq ayrim irim, e’tiqod va ishonch tushunchalariga toʻqtalib oʻtsak. Mazkur e’tiqodlarda magik qarashlar juda yuqori boʻlib ular asosan ayolning homilali boʻlib ketishi uchun xizmat qilgan. Biz quyida keltirib oʻtmoqchi boʻlgan magik qarashlar orasida bugungi kunda ham turkiy xalqlar orasidagi marosim va an’analarida hayvonlarga sigʻinish, topinish izlarining saqlanib qolganligini kuzatishimiz mumkin. Farzandsizlik bilan bogʻliq qarashlarda Markaziy Osiyo xalqlarida hayvonlarni, xususan, tuyani ulugʻlash juda keng tarqalgan boʻlib, buni oila, toʻy, onalik, dafn marosimlari va xojalik ishlarida koʻrish mumkin. Qoraqalpoqlarda chorva hayvonlarining har bir turning oʻz homiysi (piyri) bor deb hisoblangan. Koʻrinishidan, e’tiqodlarning koʻproq arxaik qatlami orqali malum boʻlganidek tuyalarning piyri sifatida – aranglar ruhi (avliyolar) tasvirlanib, ular “yashirin” va “daryo oʻzanlarini buzadigan” gʻoyalarni oʻz ichiga olgan. Qozoqlarda ayollarni bepushtlikdan “davolash” usullaridan biri, bepushtlikni ot yoki tuyaning qurigan bosh suyagiga yoki erkak tuya tasviriga oʻtkazish marosimi boʻlgan. Bu marosimning kelib chiqishi asosan unumdorlikka sigʻinish va bepusht ayolni serfarzand qilish an’nalari bilan bogʻliq hisoblangan 35 . Oilaviy marosimlarda tuyaga sigʻinish nafaqat qoraqalpoq va qozoqlarda, balki turkman, qirgʻiz, oʻzbeklarda ham tuya bilan bogʻliq e’tiqod, marosim, urf-odatlarda oʻxshashliklar mavjud. Bu xalqlarda tuya kultining qoidlarini koʻpincha zardushtiylik qoidalari bilan bogʻlash mumkin. Bunday qoidalarda mustasno, 1933-yilda U. Qosekeev Amudaryoning oʻng qirgʻogʻining quyi oqimidagi shimoliy viloyatlar qoraqalpoqlari orasidan qiziqarli rivoyatni yozib olgan, unga koʻra jelmaya – ikki oʻrkachli tuya odamdan kelib chiqqan. Aytishlaricha, xan Dakuyamis hukimronligi davrida allaqachon voyaga etgan bolakay erkak tuya roʻlini oʻynagan (noma’lum qarindoshlar unga tuya bilan yaqin munosbatda boʻlishgan), natijada oʻsha vaqtgacha mavjud boʻlmagan erkak tuya tugʻilgan 36 . . “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 134 Afsonada topilgan bolaning oilaviy rishtalari ustidan yashirinlik pardasi, aftidan, uning “muqaddas odamlar” avlodi boʻlganligi bilan izohlanadi. Bunday hikoyalar boshqa xalqlarda ham uchiraydi va ular asosan bolaning tugʻilshi, befarzandlikning davosi, unumdorlik homiysi sifatida gavdalanadi. Tuya haqida soʻz yuritar ekanmiz, uning juni ham bepushtlikni davolashda samarali foydalanilgan. Qoraqalpoqlar orasida XIX asr oxirida ishlagan shifokor I. Avdokushinning fikiricha Qoraqalpogʻistonda bepushtlikni davolash uchun besh (5) turdagi retseptlar mavjud edi – ularning barchasida “ayolning ichidan jin, yovuz ruhlarni haydab chiqarish” va bu jarayonda tuya junudan foydalanish kirar edi. Tuya boʻlmagan shaharlarda homilador ayollar tugʻishni osonlashtirish va oʻz vaqtida bola tugʻilaishi uchun novdalardan tuya tasvirini yasagan va uning ustidan sakrab oʻtgan. Ayrim ayollar esa tirik tuyadan qoʻqiqqan holda shunday qilishga majbur boʻlganlar. Boʻri kulti bilan tasavvurlar ham befarzand ayollar oʻrtasida juda keng tarqalgan. Qadimgi turkey mifologiysida boʻri hayvon obraziga kirgan ajdodlarimizning timsoli deya tariflangan. Bu hayvonning befarzandlik bilan bogʻliq tarafi uning yirtqichligida edi. Tugʻmagan ayollarning ishonchlariga koʻra, endigina turmushga chiqqan juvonlar boʻri ustidan uch marta hatlab oʻtsa u bepushtlikdan saqlanadi va u yaqin orada homilador boʻlish baxtiga erishadi. Ayollar esa boʻri tanasining serpushtlik xususiyatiga ishonishga va bunday amallarni bajarganlar 37 . Boʻri bilan bogʻliq tasvvurlarning asl koʻrinishlari aholi tomonidan deyarli unutilgan boʻlsa ham, uning himoyalovchi, asrovchi funktsiyalari bilan bogʻliq ayrim irim shaklidagi koʻrinishlari haligacha saqlanib kelmoqda. Xususan, ularning sirasiga befarzand ayollar bilan bogʻliq magik amallar va oilada bolaning oʻlimi bilan bogʻliq holatlarni kiritish mumkin. Turkiy xalqlarda ayollarning farzandli boʻlishiga yordam beradigan kuch sifatida qora qush e’tirof etiladi. L.Ya. Shternbergning ta’riflashicha: “Befarzand ayol burgutdan (qora qushdan) oʻtinib farzand soʻragandan soʻng, farzand dunyoga kelsa, bunday farzandlar haqiqatdan ham qora qushdan dunyoga kelganlar deb hisoblangan. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 135 Bu esa qora qush – serpushtlikning yaratuvchisi va ma’budi, tabiyatning jonlantiruvchisi toʻgʻrisidagi tasavvurlar bilan yaqqol mos keladi”. Ayollarni befarzandlikdan saqlashda ilon kultining oʻrni alohida boʻlib, ushbu kult Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy hayotida sezilarli iz qoldirgan va bu ildizlar madaniytaning eng chuqur qatlamlariga borib taqaladi. D.A. Faxretdinovaning ta’kidlashicha: “ilon ayollar va bolalar, ayniqsa chaqaloqlarning homiysi boʻlib, ayollarni bepushtlikdan asrovchi xayirli kuch sifatida e’zozlangan” 3839 . Demak, farzand inson naslini davom ettiruvchi va oila mustahkamligini ta’minlovchi zanjir boʻlib, ota-onaning baxti, ikki dunyo saodati, hayotining nuri va albatda avlodning davomchisi hisoblangan. Farzand bu “Jannat Rayhonlari” deb tariflanishi ham bejizga emas. Ammo, uning oilada yuqligi har bir ota-onan uchun katta kulfat hisoblangan. Shuning uchun farzandning oilaga quvonch va katta ma’naviy kuch bagʻishlashi ifoda etuvchi juda koʻp maqol, qoʻshiq va dostonlar yaratilgan. Jumladan, “Bolalik uy bozor, Bolasiz uy mozor”, “Bolalaikning beli chinor, Bolasizning beli sinar”, “Oʻnta bola bolsa oʻrni boshqa, qirqta boʻlsa qiligʻi” kabi maqollar xalqimizning farzandlarga boʻgan ihobiy munosabatini, mehr-muhabbatini oʻzida mujassam ettiradi. Qoraqalpoqlarda ham barcha xalqlar singari, farzandni “Allohning buyuk ne’mati” deb qaralgan. Xulosa tariqasida quyidagilarni qayd etish lozim, oilada befarzandlik holati vujudga kelsa asosan ikkita yoʻl: tibbiyot va xalq tabobati kabi amallar qoʻllanilgan. Tibbiyot amallari asosan ilm-fan va zamonaviy qarashlar bilan oʻlchansa, xalq tabobati qadimiy totemistik, zorastrlik va islomiy e’tiqodlar bilan oʻlchangan. Befarzandlik bilan bogʻliq holatlarda biz yuqorida keltirib oʻtgan amallardan foydalanish hozirgi kunda ham saqlanib kelinmoqda. Lekin bu amallarnining barchasini taxlil qiladigan boʻlsak, ular ichida eng aktuallari bu muqaddas qadamjolar, karomatli oʻrinlar bilan bogʻliq ziyorat qilish an’analari hisobladi. Bunnan tashqari aholi orasida hayvonlar kultiga topinish, ulardan farzand soʻrab iltijo qilish kabi amallarning asta-sekinlik izchil yuqolib borayotganligini ham kuzatish mumkin. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 136 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Есбергенов Х. О близости пережитков доисламских верований в обычаях каракалпаков и башкир // Археология и этнография Башкирии. Т. 4. Уфа, 1971. C. 235. 2.Есбергенова С.Х. О почитании верблюда у народов южного Приаралья // Этнографическое обозрение № 4, 2014. С. 124. 3.Жўраев М., Расулова З. Миф, маросим ва эртак. Тошкент. 2014. Б. 143. 4.Есбергенов Х. Вопросы этнической истории и традиционной культуры Каракалпаков. // Этническая история и традиционная культура народов Средней Азии и Казахстана. Нукус. 1989. С. 61. 5.Абдуллаев Т., Фахретдинова Д., Хакимов А. Песнь в металле. Народное искусство Узбекистана. Ташкент. 1986. С. 152. 6.Москвина М.В. Статусный символизм традиционных женских украшений Тюркских народов саяно-алтая // Гуманитарные науки в Сибири. 2013, № 3. С. 86. 7.Есбергенова С.Х. О почитании верблюда у народов южного Приаралья // Этнографическое обозрение № 4, 2014. С. 122. 8.Толеубаев А.Т. Реликты доисламских верований в семейно-бытовой обрядности казахов. Алма-Ата: Ғылым, 1991. С. 57-63. 9.Кусекеев У. Этнография ККАССР. Турткуль. 19 34. С. 64. Рукописный фонд Каракалпакского отделения АН РУз, инв. № 932. С. 64. 10.Есбергенова С.Х. О почитании верблюда у народов южного Приаралья // Этнографическое обозрение № 4, 2014. С. 124. 11.Tурекеев Қ. Қорақалпоқларнинг ҳозирги кундаги анъанавий эътиқодлари ва тасаввурлари. Тарих. фан. бўйича PhD дисс. B. 38-39. 12.Штернберг Л.Я. Культ орла у сибирских народов (Этюд по сравнительному фольклору) // Сборник Музея антропологии и этнографии. Т. V. Вып. 2. – Л.: Изд-во АН ССР, 1925. С. 723. 13.Фахреддинова Д.А. Ювелирное искусство Узбекистана. Ташкент. 1988. С. 60. 14.Хамроқулова Б.М. Сурхондарё воҳасида бола туғилиши ва тарбияси билан боғлиқ урф-одат ва маросимлар. Тарих фан. ном. дисс. Тошкент. 2002. Б. 25.