scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

H. Xudayberganova

Abstract

Ilmiy maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilari turmush tarzini qoliplashtirishda maktab tarafidan olib boriladigan har qanday tarbiyaviy ishlarning turlari, mexanizmlari tashkil qilish keng yoritib berilgan.

Full text

555 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI H. Xudayberganova Ajiniyoz nomidagi NDPI “Pedagogika nazariyasi va tarixi” yo’nalishi magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17459804 Annotatsiya. Ilmiy maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilari turmush tarzini qoliplashtirishda maktab tarafidan olib boriladigan har qanday tarbiyaviy ishlarning turlari, mexanizmlari tashkil qilish keng yoritib berilgan. Tayanch tushunchalar: Boshlang’ich sinf o’quvchilari, maktab, pedagog xodimlar, milliy tarbiya, sog’lom turmush tarsi, urf-odatlar. MECHANISMS FOR THE FORMATION OF A HEALTHY LIFESTYLE IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS Annotation. The scientific article provides a broad overview of the types and mechanisms of any educational work carried out by the school to shape the lifestyle of primary school students. Key concepts: Primary school students, school, teachers, national education, healthy lifestyle, traditions. МЕХАНИЗМЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ Аннотация. В научной статье представлен широкий обзор видов и механизмов воспитательной работы, осуществляемой школой по формированию образа жизни учащихся начальной школы. Ключевые понятия: учащиеся начальной школы, школа, учителя, национальное воспитание, здоровый образ жизни, традиции. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarbiyalash dunyo yuzi o’lchami asosida tuzilgan mamlakat bilim o’lchamiga muvofiq darajada o’qitish, ma’lumotli qilish uning qonuniy o’rganishda boshlang’ich sinf o’quvchilarining xizmatlari katta. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim haqida”gi qonunning maqsadi bilim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning haqiqiy asoslarini belgilashda va har bir insonning konstitutsiyaviy bilim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Tarbiya va uning ahamiyati haqida buyuk pedagog olimlar ham o’z ilmiy qarashlarini quyidagicha bildiradi: “Tarbiya ma’naviy bilimlar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan uning bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy bog’lanishlari”. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy ruhda tarbiyalash o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi mustahkam munosabat natijasida amalga oshiriladi hamda boshlang’ich sinf o’quvchilarining turmush tarzini qoliplashtirishda katta rol o’ynaydi. Milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati, maqsadi bo’yicha bugungi kunda jamiyatimizning oldida turgan maqsadlardan biri sanaladi. Milliy tarbiya masalalari faqatgina xalq pedagogikasida tarkibiga kirmasdan, milliy tarbiya maqsadi, vazifalari o’tmishdagi sharqning, O’rta Osiyoning katta olimlarining diqqat markazida turdi. Ular tarbiya maqsadini, yetuk insonni kamolga yetkazishda qo’llaniladigan tarbiya turlarini, metodlarini va yo’llarini izladilar va yoshlarning turmush tarzini to’g’ri shakllantirishga bo’lgan g’oyalarini tavsiya qilgan edilar. Masalan, Sharq mutafakkiri Al-Buxoriy milliy tarbiya haqida: “Boylik dunyoning ko’pligi emas, haqiqiy boylik yurak saxiyligida”, - degan edi. 556 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Bunda har qanday inson odamgarchilikli, yuragida milliy tarbiyabilan poklangan insoniy fazilatlar bo’lishi kerak, degan fikrni o’rtaga qo’yadi. Al-Forobiy esa: “Har odam baxtni o’zicha bila olmaydi, buning uchununga muallim kerak”, - deb aytgan. Demak milliy tarbiya o’z mazmun mohiyati, ahamiyati bo’yicha bir qator murakkab tushunchalarni o’z ichiga oladi. Millliy tarbiyaning maqsadi tarbiyaning quyidagi murakkab bo’limlarining turlarini o’z ichiga oladi va yoshlarni turmush tarzini shakllantirishga yo’naltiradi. Aql tarbiyasi, ma’naviyat, odob-axloq, mehnat, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik tarbiyava yana boshqa tarbiyaning har bir murakkab bo’limi maktabda, darsda, sinfda, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi. Uyda bolalar yashaydigan jamoada, jamiyatning har bir bo’g’ini, mahalla fuqarolar yig’ini boshlang’ich sinf o’quvchilariga urf-odat dasturlar orqali milliy tarbiya berishda birgalikda harakat etganda, uning natijasi ko’rinishi mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini har taraflama yetishtirishda ularning turmush tarzini shakllantirishda har bir tarbiya turning o’ziga xos vazifalari bo’ladi. Milliy tarbiyaning qaysi turini olsak-da, ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilarining to’g’ri yetilishida uning roli katta. Sharqning katta pedagogi Abdulla Avloniy tarbiya masalasi bo’yicha: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo falokat, yo saodat masalasidir”, - deb yozgan edi. Demak, jamiyatimizda, oilada ta’lim-tarbiya masalalarida milliy tarbiya bo’yicha ishlar qanchalik talab darajasida olib borilsa, albatta yosh avlodda elimizga, mustaqilligimizga sodiq insonlar bo’lib yashaydi, navqiron insonlar sifatida kamolga yetadi. Baxtga qarshi, tarbiya ishlari to’g’ri tashkil qilinmasa, albatta uning oqibati falokatga olib kelishi tabiiy hol hisoblanadi. Milliy tarbiya bu jamiyat a’zolarining amaliy xizmati, turmush tajribasi asosida shakllandi va xalq ma’naviy hayotining mevasi sifatida qoliplashdi. Shu jihatdan olib qaralganda, milliy urf-odatlar uzoq o’tmishga borib taqaladi. Unda tarbiyaning turlicha ko’rinishlari asrlar davomida qoliplashib kelganligini alohida aytib o’tish joiz. Har bir xalqning milliy tarbiyasi, urf-odatlari, boshqa xalqlarning madaniyati bilan o’zaro bog’liqligi va bordikeldisi bilan rivojlanib boradi. Bundan tashqari, har bir urf-odat, dasturlar uni yaratgan xalqqa shu tarzda uning milliy merosi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqimizning milliy urfodatlarida milliy tarbiya ko’rinishlari aniq ko’zga tashlanadi. Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash ishida elimiz boshchilari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, farmonlar, ko’rsatmalrni, yo’nalishlarni o’z vaqtida hisobga olib, tarbiyaviy ishlarni yuritganda, o’zlarining boshchiligida olib borishi kerak, deb o’ylaymiz. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy tarbiya berishda pedagoglar, ota-onalar bilan uzluksiz aloqada bo’lgani ma’qul. Urf-odat, dasturlar, qadriyatlar orqali milliy tarbiya berishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanib, boshqalarga solishtirgandajadal harakat qiladigan, mustaqil ishlaydigan, sifatli harakat etishga yo’naltirib borishi zarur. Haqiqatan milliy tarbiya bugungi kunda jamiyatimiz siyosatining oldiga qo’ygan vazifalarining eng asosiylaridan biridir. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga urf-odatla, dasturlar asosida milliy ruhda ta’lim-tarbiya berish borasida uning o’ziga xos pedagogik yo’llarini, zamonaviy usullarini ishlab chiqish, unga e’tiborli bo’lish kerak. Yuqoridagi pedagogik fikrlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining sog’lom turmush tarzini shakillantirishning asosiy mexanizmlari hisoblanadi. 557 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Т.: “ Ўзбекистон”, 2016. 2. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб - интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятини кундалик қоидаси бўлиши керак. - Т.:” Ўзбекистон”, 2017. 3. Каримов И.А Йуксак манавият енгилмас куч Тошкент-2008 4. Абдулла Авлоний. Туркий гулистон йохуд ахлок 5. Ал-Фарабий. «Социальной эстетической трактаты» 6. Етнопедагогика хам онынг узине тан узгешеликлери. Каракалпак халкынынг етнопедагогикасы. Нокис. “Билим». 7. Инамова М. Оилада болаларнинг маьнавий-ахлокий тарбияси. Тошкент 2000 й 8. Миртурсинов З. Узбек халк педагогикасы. Internet saytlari: 1. www. tdpu. Uz 2. www. pedagog. Uz 3. www. Ziyonet.uz