scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PEDAGOGIK JARAYONDA INNOVATSION RAQAMLI YECHIMLARDAN FOYDALANISH YO'LLARI

Normatov Sultonmurod Bekpo'latovich, Mamanazarova Umida, Ubaydullayeva Raxima

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim tizimida raqamli pedagogika tamoyillarini joriy etishning dolzarbligi va ahamiyati yoritiladi. Unda raqamli muhitda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quv jarayonida raqamli platformalar, interaktiv metodlar hamda texnologik vositalardan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada raqamli pedagogika sohasida uchraydigan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va raqamli kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltiriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga integratsiya qilish o‘qitish sifati, o‘quvchilarning motivatsiyasi va o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshiradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1524 PEDAGOGIK JARAYONDA INNOVATSION RAQAMLI YECHIMLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI Normatov Sultonmurod Bekpo‘latovich¹, Mamanazarova Umida², Ubaydullayeva Raxima3 ¹ CHDPU o‘qituvchisi, 2,3 CHDPU talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17461929 Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’lim tizimida raqamli pedagogika tamoyillarini joriy etishning dolzarbligi va ahamiyati yoritiladi. Unda raqamli muhitda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quv jarayonida raqamli platformalar, interaktiv metodlar hamda texnologik vositalardan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada raqamli pedagogika sohasida uchraydigan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va raqamli kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltiriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga integratsiya qilish o‘qitish sifati, o‘quvchilarning motivatsiyasi va o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshiradi. Kalit so`zlar: raqamli pedagogika, pedagogika , texnologiya, raqamli ta`lim, platforma, innovatsiya, raqamli platforma, metod, texnologik vosita. Аннотация: В данной статье рассматриваются актуальность и значение внедрения принципов цифровой педагогики в систему образования. Анализируются педагогические и технологические подходы, необходимые для эффективной организации образовательного процесса в цифровой среде. Также раскрываются преимущества использования цифровых платформ, интерактивных методов и технологических средств в учебном процессе. В статье обсуждаются основные проблемы, возникающие при внедрении цифровой педагогики, пути их решения, а также даются практические рекомендации по развитию цифровой компетентности педагогов. Результаты исследования показывают, что интеграция цифровых технологий в образовательную систему способствует повышению качества обучения, мотивации учащихся и методического потенциала преподавателей.. Bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar hamda raqamli platformalarni keng joriy etish zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablariga mos ravishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda raqamli industriyani jadal rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini mustahkamlash, shuningdek, 2017–2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” doirasida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Mazkur strategiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali mamlakatda raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish vazifasi belgilab berilgan. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1525 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) keskin rivojlanishi nafaqat ishlab chiqarish yoki boshqaruv tizimlarini, balki ta’lim jarayonining mazmuni va shakllarini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Shuning uchun bugungi kunda ta’lim muassasalarida raqamli pedagogika konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Raqamli pedagogika — bu an’anaviy o‘qitish yondashuvlarini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiruvchi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv hamkorlikni kuchaytiruvchi, o‘quv materiallarini raqamli formatlarda yetkazib berish imkonini beruvchi samarali tizimdir. Ushbu yondashuv ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, o‘quvchilarning individal o‘zlashtirish tezligini inobatga olish, shuningdek moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish imkonini beradi. Bugungi kunda ta’lim tizimi jadal o‘zgarayotgan raqamli dunyoga moslashmoqda. Shunday bir sharoitda raqamli pedagogika tushunchasi zamonaviy ta’limning ajralmas qismi sifatida shakllanmoqda. Raqamli pedagogika — bu ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi interaktiv muloqotni rivojlantirish hamda o‘quv materiallarini zamonaviy texnik vositalar orqali yetkazish tizimidir. Mazkur yondashuv an’anaviy pedagogika tamoyillarini saqlagan holda, ularni innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashtiradi. Raqamli pedagogikaning asosiy maqsadi — o‘quv jarayonini yanada samarali, ochiq va shaxsga yo‘naltirilgan shaklda tashkil etishdir. U o‘quvchini bilim oluvchi emas, balki bilim yaratuvchi, izlovchi va tahlil qiluvchi faol subyekt sifatida ko‘radi. O‘qituvchi esa bilim manbai emas, balki ta’lim jarayonining boshqaruvchisi va yo‘naltiruvchisi rolini bajaradi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahliliy yondashish, axborotni tanqidiy qayta ishlash va ijodiy yechim topish ko‘nikmalari rivojlanadi. Raqamli pedagogika ta’limning barcha bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, u o‘zida bir nechta asosiy tarkibiy elementlarni mujassamlashtiradi: • Raqamli ta’lim platformalari (Moodle, Google Classroom, EduPage, Coursera va boshqalar) orqali o‘quv jarayonini boshqarish; • Interaktiv o‘quv resurslari – video darslar, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, elektron testlar va o‘yinlashtirilgan topshiriqlar; • Moslashtirilgan o‘qitish tizimi, ya’ni har bir o‘quvchining individual o‘zlashtirish darajasi va qiziqishiga mos ta’lim yo‘nalishini tanlash; • Onlayn va gibrid ta’lim shakllari orqali makon va vaqt chegaralarini yo‘qotish, “hayot davomida ta’lim olish” (lifelong learning) tamoyilini qo‘llash; • Raqamli baholash tizimlari yordamida o‘quvchining faoliyati va yutuqlarini real vaqt rejimida tahlil qilish. Raqamli pedagogikaning afzalliklaridan biri — moslashuvchanlikdir. O‘quvchi o‘z imkoniyatiga qarab mustaqil ishlashi, darslarni istalgan vaqtda onlayn tarzda o‘rganishi mumkin. Shuningdek, interaktiv muloqot o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, o‘quv jarayonida ijodkorlikni va tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiradi. Gamifikatsiya (ta’lim jarayonini o‘yin shaklida tashkil etish) esa o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi. Shu bilan birga, raqamli pedagogika o‘qituvchilardan ham yangi yondashuvni, raqamli kompetensiyani egallashni talab etadi. O‘qituvchi faqat o‘qitish emas, balki ta’limni boshqarish, raqamli vositalarni tanlash, ma’lumot xavfsizligini ta’minlash va onlayn etikani saqlash kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi lozim. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1526 Xulosa qilib aytganda, raqamli pedagogika — bu zamonaviy ta’lim tizimining strategik yo‘nalishi bo‘lib, u o‘qitish jarayonini innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish, raqamli tafakkurni shakllantirish va raqamli iqtisodiyot talablariga javob bera oladigan malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Ko‘p yillar davomida an’anaviy ta’lim tizimi o‘zining samaradorligi va barqarorligi bilan ta’lim jarayonida muhim o‘rin egallab kelgan. Biroq so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida raqamli pedagogikaning afzalliklari tobora yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Quyidagi jadvalda an’anaviy pedagogika va raqamli pedagogika o‘rtasidagi asosiy farqlar ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi: Ko‘rsatkich An’anaviy pedagogika Raqamli pedagogika Baholash shakli An’anaviy testlar, yozma ishlar, og‘zaki savol-javoblar orqali amalga oshiriladi. Onlayn testlar, real vaqt rejimidagi baholash tizimlari, interaktiv o‘yinlar va elektron platformalar orqali amalga oshiriladi. O‘quv jarayonining xarakteri O‘qituvchi markazli, nazariyaga asoslangan, darsliklarga tayanadi. Talaba markazli, amaliyotga yo‘naltirilgan va texnologiyalar bilan integratsiyalashgan. O‘qituvchi roli Bilim manbai va nazorat qiluvchi sifatida faoliyat yuritadi. Yo‘naltiruvchi, maslahatchi va ta’lim jarayonining fasilitatori sifatida ishtirok etadi. Moslashuvchanlik darajasi Darslar qat’iy jadval asosida, belgilangan joyda o‘tkaziladi. Onlayn va gibrid shaklda, istalgan joy va vaqtda ta’lim olish imkonini beradi. Ta’lim vositalari Kitob, daftar, doska, bosma materiallar. Kompyuter, planshet, mobil ilovalar, raqamli platformalar va sun’iy intellekt tizimlari. An’anaviy o‘qitish usullari va raqamli pedagogika bir-biridan farqli bo‘lsa-da, aslida ular bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvlar hisoblanadi. An’anaviy ta’lim o‘quvchilarda nazariy bilimni shakllantirish va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda samarali bo‘lsa, raqamli pedagogika bu jarayonni moslashuvchanlik, interaktivlik va shaxsga yo‘naltirilganlik bilan boyitadi. Raqamli yondashuv ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga oladi, ta’limni global miqyosda tashkil etish imkonini beradi. Shu bilan birga, raqamli pedagogikaning samaradorligi o‘qituvchi va talabalarning texnologik savodxonligi hamda infratuzilmaning rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli, ta’lim tizimida yuqori samaradorlikka erishish uchun an’anaviy va raqamli yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zarur. Bu ikki yo‘nalishni birlashtirish ta’lim sifatini oshiradi, o‘quv jarayonini zamonaviy talablarga moslashtiradi hamda raqamli kompetensiyaga ega, innovatsion fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1527 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. [ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 - avgustdagi, PF - 5789 - sonli “ Oliy talim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni/www.lex.uz] 2. [O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi” Qonuni. 2020 yil 23 sentyabr O’RQ - 637-son.] 3. Ta’lim texnologiyalari / Z. F. Sharopova. — PDF qo‘llanma O‘zb. www.namdu.uz 4. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi / M. Tilavova. — Buxoro davlat universiteti, 2021 Uniwork 5. Adabiyot fanida innovatsion texnologiyalardan foydalanish / M. Mavlonova. — maqola КиберЛенинка 6. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar / R. Ishmuhamedov, M. Yuldashev — o‘quv qo‘llanma.