TALABALARNI QISQA MUDDATLI RANGLAVHALAR ISHLASHGA O'RGATISHNING INDIVIDUAL METODLARI
Abstract
In the article, main practical recommends on drawing etudes are given. The peculiarities of individual methods using in this direction are explained.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1540 TALABALARNI QISQA MUDDATLI RANGLAVHALAR ISHLASHGA O‘RGATISHNING INDIVIDUAL METODLARI 1N.X.Talipov, 2D.Xolmurodova, 3R.Sag‘dullayeva 1Nizomiy nomidagi O‘zMPU, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi dotsenti,p.f.n., 22-kurs magistranti, 31-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17462033 Abstract. In the article, main practical recommends on drawing etudes are given. The peculiarities of individual methods using in this direction are explained. Key concepts. Etude, arrangement, specify ratios, composition, the lows of perspective, relations of color and tint, constructive building, plastics, plein air. Rezume. Maqolada ranglavhalar ishlash bo‘yicha asosiy amaliy tavsiyalar berilgan, mazkur yo‘nalishda qo‘llaniladigan individual metodlarning xususiyatlari tushuntirilgan. Tayanch tushunchalar: ranglavha, komponovka, nisbatlarni aniqlash, kompozitsiya, perspektiva qonunlari, rang va tus munosabatlari, konstruktiv qurilish, plastika, plener. Рeзюме. В статье даны основные практические рекомендации по выполнению краткосрочных этюдов, описаны особенности индивидуальных методов, применяемых в этом направлении. Oсновные понятия: этюд, компоновка, выявление oтношений, композиция, законы перспективы, отношения света и oттенка, конструктивное строение, пластика, пленэр. Albatta biz mustaqil fikrlaydigan zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash bo’yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz 1 . Oliy ta`lim talabalariga tasviriy san’at o‘qitilishini yangicha tashkil etish, uning mazmuni va metodikasini takomillashtirish shu kunning dolzarb pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Tasviriy san’atda qisqa muddatli ranglavhalar ishlash bu o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi. Demak oliy ta`lim talabalariga tasviriy san’at orqali badiiy ta’lim berish dolzarb vazifalardan biridir.Tasviriy san’atdan malakali pedagog kadrlar tayyorlashda talabalarga jismlarni naturaga qarab to‘g‘ri tasvirlash mashqlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bo‘lajak rassom-pedagogning tasviriy san’at sohasidagi mahoratini shakllantirish, auditoriyada va mustaqil tarzda naturani hayotiy tasvirlash mashqlari orqali amalga oshiriladi. Naturadan rasm chizish mashg‘ulotlarida talaba birinchi galda turli shakllarning o‘ziga xos tomonlarini to‘g‘ri ko‘rishni o‘rganadi. Ma’lumki, insonlar jismlar va ularning tasvirini turlicha tasavvur etadilar. Bu esa birinchi navbatda har bir insonning ko‘z tuzilishiga va ayniqsa tasviriy san’at borasida ko‘rish qobiliyatiga bog‘liq. Rasm chizishni o‘rgatishda asosiy vazifa, bu rassomda jism shaklini masofadan ko‘rish va tasvirlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Jism shaklini masofadan (kenglikda) ko‘rish va tasvirlash – jismni «to‘la hajmda», uch o‘lchamli shaklda (balandligi, eni va qalinligini) ko‘rish demakdir. Xaqqoniy rasm chizish ko‘z bilan o‘lchash, masofa va jism 1 Шавкат Мирзиёев. Буюк келажагимизни мард ва олий жаноб халқ билан бирга қурамиз –Т., “Ўзбекистон”, 2017 й.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1541 o‘lchamlarini ko‘zda chamalash, va naturani to‘g‘ri anglash orqali erishiladi. Bunday hollarda jism o‘lchami va masofani aniqlash uchun ko‘z bilan chamalash qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chamalash qobiliyatlari bo‘lajak pedagogni o‘z ishlariga nisbatan e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgatadi, ularda atrofdagi buyum va shakllarni sinchkovlik bilan tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qiladi va bir vaqtning o‘zida ko‘rgan qiyofani eslab qolish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Chamalash qobiliyatini shakllantirish uchun ish jarayonida doimiy ravishda ko‘z bilan nisbatni aniqlab turish yaxshi natija beradi. Ko‘rish orqali eslab qolish rassomning eng qimmatli va e’tiborli hislati bo‘lib, u orqali jism shakli, nisbati va tuzilishi haqidagi aniq va umumiy tasavvurni xotirada saqlaydi. Bu esa shaklni xotiradan, tasavvur va anglash asosida chizish imkonini beradi va rassomning kelgusida mustaqil kompozitsiyalar va eskizlar yaratish borasidagi ishlarini birmuncha engillashtiradi. Natura qo‘yilmasidan rasm chizish bo‘yicha olib borilgan doimiy mashqlar natijasida ko‘rib eslab qolish qobiliyati rivojlanadi. Bunday mashqlar, ayniqsa, birinchi kursga qabul qilingan talabalar orasida ko‘proq o‘tkazilishi yaxshi natija beradi. Bu esa talabalarda jismlarning shakli, konstruktiv qurilishi, nisbatlari va plastikasi to‘g‘risidagi tasavvurlarni xotirada yanada uzoq saqlashga yordam beradi. Talabalar dastlabki ta’lim bosqichida odatda chizayotgan narsani yuzaki huddi o‘ziday ko‘chirishga harakat qiladilar. Ular diqqat bilan oldinma ketin narsalarga tikilib qarashadi, so‘ngra har bir mayda bo‘laklarni va ularning rangini alohida-alohida bo‘yashadi. Natijada tasvir maydalangan va bir butun ko‘rinishda bo‘lmaydi. Bunday kamchiliklar qo‘yilmaning predmetlar orasidagi katta rang munosabatlarini etyud (ranglavha)da ko‘rsata olmaslikdan kelib chiqadi. Inson bosh qismini to‘g‘ri tasvirlashda ham masalan yuzning mayda bo‘laklaridan boshlab bo‘lmaydi, faqat harakatdagi nisbatlarda umumiylik va yaxlitlikdan boshlashi rangtasvirda esa ham turli natura ob`ektlari (natyurmort, manzara) yoki narsalarning asosiy umumlashtirilgan dog‘lar orasidagi ranglar munosabatini aniqlashni o‘rganib olishi kerak. Natura ob`ektini yaxlit ko‘rish va katta asosiy ranglar dog‘ini aniqlay bilish – muhim kasbiy mahorat, u esa dastlabki rangtasvir ta’limida shakllangan bo‘lishi kerak. Faqat shundan so‘ng uzoq muddatli (vaqt bo‘yicha) ishlarga manzara ob`ektlari yoki natyurmortdagi buyumlarning hajmli shakllarini puxta ishlashga o‘tishi mumkin. Ochiq havo (plener) da kichik xajmdagi etyud (ranglavha)larni turli ranglar vositasida ishlashda avvalo, asosiy rang munosabatlarini aniq topa olish muhimdir. Buning uchun naturaning old ko‘rinishidagi qarama-qarshi (tusli va rangli) dog‘larni uzoqdagiga nisbatan taqqoslash kerak. Kichik o‘lchamdagi etyudlarda mayda bo‘laklarga e’tibor berilmaydi, asosan katta rang munosabatlarida yoziladi. Manzara etyudlarini bajarishda uncha murakkab bo‘lmagan syujetlar tanlanadi (masalan uy bilan hovlining bir bo‘lagi). Keyinchalik vazifani murakkablashtirib, ochiq kenglikdagi manzarani tasvirlashga o‘tiladi. Bunday etyudlarda havo perspektivasidagi, masalan manzaradagi ranglarning ochto‘qlik va to‘yinganligini turli ko‘rinishlaridagi hodisalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Bunga esa manzaraning barcha ko‘rinishlarini taqqoslash yo‘li bilan yaxlit idrok qilish orqali erishiladi. Masalan, old ko‘rinishdagi daryo qirg‘og‘i, ikkinchi hamda uzoqdagi ko‘rinish bilan, shuningdek bir vaqtda osmon va uning suvdagi aksi bilan ham taqqoslanadi (etyudni ishlash vaqti 15-30-60 daqiqagacha bo‘lishi mumkin). «...Ranglavhani shunday tasvirlash kerakki, birdan er bilan suvni osmonga nisbatan tus munosabatlarini anglab mohiyatini ilg‘ab olish zarur» - degan edi taniqli ijodkor Malik aka
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1542 Nabiev o‘z shogirdlariga. Uning o‘zi doimo etyudlarda asosiy rang munosabatlarini to‘g‘ri topishni mohir ustasi bo‘lgan[1.-30]. Qisqa muddatli etyudlarni bajarish maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin: ba’zan etyud uzoq davomli ish oldidan bajariladi va unda naturadagi ranglar munosabatlari tahlil qilib o‘rganiladi hamda uning koloritiga hos birinchi taassurotlar belgilanadi, boshqa holatda esa – shakllarni qo‘shimcha va puxtaroq o‘rganish maqsadida uning mayda bo‘laklari (inson qo‘lining etyudi, manzaraning ayrim bo‘laklari) aniqlanadi. Rangtasvirning qonuniyatlarini puxta o‘rganish uchun, dala amaliyotida etyudlar bajariladi: manzaraning umumiy yoritilganlik holati, kolorit yaxlitligi va h.k.. Manzaraning etyudini tasvirlashda har doim yorug‘lik tez-tez o‘zgarib turadi. Hattoki, quyosh bulutlar ortida bo‘lsa ham, u manzaraga bevosita ta’sir qiladiki, seansni boshlanishida va so‘nggida manzaradagi yorug‘lik holati doim turlicha bo‘ladi. Natyurmortning umumiy tus va rang holatini xonaning ichki sharoitida aniq kuzatish uchun tuzilgan sodda natura qo‘yilmalari bilan bir nechta qisqa muddatli etyudlar bajarilib yorug‘lik manbai har xil masofada joylashtirilgan bo‘lsa, ya’ni deraza yaqinida, xona o‘rtasida va derazadan uzoqlashgan holatda (xonaning ichkarisida). Dastlabki natyurmort qo‘yilmasi derazaga yaqinroq joylashtiriladi natijada u boshqalarga nisbatan kuchliroq yoritilgan bo‘ladi. Keyingi qo‘yilmalarni yoritilishi esa biroz sustroq bo‘ladi. Bu o‘quv qo‘yilmalari orqali etyudlardagi soya-yorug‘, rang hamda yoritilishni pasaytirilishi yoki kuchaytirilishiga bog‘liq holda etyudning umumiy tus va rang holatini qanday ko‘rinishini namoyish etiladi[2.-28]. Koloritga ya’ni rang qatorining birligi va uyg‘unligiga hos qisqa fursatli etyudlar bajarish muhimdir. Bunday maqsadli qo‘yilmalarda qandaydir ma’lum bir rang ustun turishi kerak. Masalan natyurmortni sun’iy issiq yorug‘lik bilan yoritish mumkin. Bunday etyudlarda mayda bo‘laklarni batafsil ishlab chiqishga hojat yo‘q. Muhimi, rang gammasini uning birligi va uyg‘unligini tushunib tasvirlashdan iboratdir. Qisqa muddatli etyudlardagi qo‘yilmalarni issiq va sovuq ranglarda almashtirib tasvirlash maqsadga muvofiqdir. Yosh rassomning uzluksiz mashqlari natijasida ranglardagi nozik o‘zgarishlarni farqlashga, kuzatuvchanlikni rivojlanishiga rang-baranglikni sezishga, hamda tasviriy vositalarni mohirona egallashiga zamin yaratadi. Tajribali rassomlarning etyudlarini kuzatganda ularning nihoyatda nafis va jozibali tasvirlanganiga havas bilan qaraymiz. Naturaning rangdor koloritli holatini mohirona tasvirlash mahoratiga tinmay uzluksiz amaliy ishlash natijasidagina erishiladi[3.-29]. Shunday qilib naturaning asosiy ob`ektlari orasidagi umumiy va katta ranglar munosabatini ma’lum tus va ranglar ko‘lamida saqlanganligi rangtasvirning asosidir. Shular asosida ob`ektlarning keyingi ranglarda ishlashning o‘ta nozik jarayoni amalga oshiriladiki, bu tabiatni diqqat bilan kuzatish, uni jonli his etish natijasidir. Buning ustiga rangli tasvir natyurmortning alohida buyumlari yoki manzara ob’ektlarini nusxasini yuzaki ko‘chirish orqali yaratilmaydi, u buyumlarning rang munosabatlari va ularning fazoviy kenglik bilan birga o‘zaro bog‘liq holda, yaxlit obraz asosida rassomning idrok etishi natijasida quriladi[4.-22]. Har qanday natura qo‘yilmasini yaxlit obraz sifatida qabul qilish lozim. Natyurmortning turli narsalardan tuzilganligini masalan qumg‘on, olma, piyola; manzarada esa – alohida osmon, o‘rmon va yiroqdagi ko‘kimtir tog‘larni ma’lum vaqtgacha yoddan chiqarmaslik kerak. Naturaga bunday qarash orqali buyumlarning shaxsiy rangini ko‘rish mumkin xolos lekin
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1543 tasvirlash lozim bo‘lgan ranglarni emas. Naturaning barcha narsalari yoki ob`ektlari – bu rangli kartinaning bir qismi xolos ranglarning jarangdorligi, uning yaxlitligini tasvirlash mobaynida namoyon bo‘ladi, bu esa xuddi turli musiqa asboblarida ijro etilayotgan yaxlit simfonik asar singari jaranglaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdirasilov S., Tolipov N. Rangtasvir, darslik – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo nashriyoti, 2019.-39. 2. Abdirasilov S.,Tolipov N. Rangtasvir, o‘quv qo‘llanma – Toshkent: O’zbekiston nashriyoti, 2006.- 51. 3. Nurtoyev U.N. Rangtasvir, o‘quv qo‘llanmaToshkent: NIF MSH, 2024. 4. Nurtoyev U.N. Rangtasvir, darslikToshkent: NIF MSH, 2024.-72.