scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

USTOZ VA SHOGIRD HAMKORLIGI ORQALI TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Xamidov Jamshid Abdisamiyevich, Maxammatqulova Mushtariy Xayidqul qizi, Boboxonova Shahzoda Erkin qizi, Xomidov Xurshidbek Ma'rufjon o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyalashda ustoz–shogird an’analari tizimining ahamiyati, ustoz–shogird maktabining oliy ta’lim tizimidagi roli, yosh pedagoglarni kasbiy faoliyatga moslashtirishdagi o‘rni, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishdagi ijobiy ta’siri tahlil etilgan. Shuningdek, ustoz–shogirdlik munosabatlari orqali barkamol insonni tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni amaliyotga tadbiq etish masalalari yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1565 USTOZ VA SHOGIRD HAMKORLIGI ORQALI TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH Xamidov Jamshid Abdisamiyevich¹, Maxammatqulova Mushtariy Xayidqul qizi², Boboxonova Shahzoda Erkin qizi3, Xomidov Xurshidbek Ma'rufjon o'g'li4 ¹ CHDPU katta o’qituvchisi, 2,3,4 CHDPU talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17462180 Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyalashda ustoz–shogird an’analari tizimining ahamiyati, ustoz–shogird maktabining oliy ta’lim tizimidagi roli, yosh pedagoglarni kasbiy faoliyatga moslashtirishdagi o‘rni, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishdagi ijobiy ta’siri tahlil etilgan. Shuningdek, ustoz–shogirdlik munosabatlari orqali barkamol insonni tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni amaliyotga tadbiq etish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: ustoz-shogirdlik an’anasi, mentorlik, pedagogik texnologiyalar, kasbiy tayyorgarlik, ta’lim sifati, innovatsion yondashuv, barkamol inson, milliy qadriyatlar, murabbiylik maktabi, yosh o‘qituvchi. Maʼlumki, oliy oʻquv yurtlarida boʻlgʻusi oʻqituvchilarga tarbiyaviy taʼsir qiluvchi ustozshogird anʼanalari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Tez surʼatda ilmiytexnik rivojlanish jarayonini amalga oshirilib borishi natijasida taʼlim jarayonining qirralari mukammallashib borayotganligi, ularning tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni, innovatsion uslublarni keng doirada kirib kelishi kabi hollar boʻlgʻusi mutaxassislarni kasbiy taalluqliligi masalalarni aniqlash, ularga oʻz vaqtida yordam berish kabi masalalarga eʼtibor qaratish, ustoz-shogirdlik anʼanalaridan oʻrinli foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda. Uning asosida har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish masalalari oʻz ifodasini topib kelmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi ham har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlaydigan va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir. Bu jarayonda ustoz va shogird o‘rtasidagi samimiy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. “Ustoz-shogird” tizimi o‘zbek xalqining qadimiy tarbiyaviy an’analaridan biri bo‘lib, unda tajriba almashish, mahoratni o‘rgatish va ma’naviy qadriyatlarni singdirish muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik anʼanalari koʻplab mehnat jamoalarida, shu jumladan, davlat idoralarida qoʻllanib keladi. Biroq, hozirgi vaqtda kadrlar siyosatida olib borilayotgan islohotlar ustozlikni rasmiy va professional tartibda amalga oshirishni talab qiladi. Ustoz – bilim, tajriba va tarbiya manbai bo‘lsa, shogird – o‘rganishga intiluvchi yosh avlod vakilidir. Ularning o‘zaro hamkorligi orqali nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar ham shakllanadi. Bu tizimning asosiy maqsadi – yosh mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularni mehnatsevarlik, mas’uliyat va ijodkorlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Ustoz va shogird hamkorligi o‘quv jarayonini jonlantiradi, shuningdek: o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi, ularning mustaqil izlanish va yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantiradi, ustoz uchun esa doimiy o‘z ustida ishlash, yangiliklardan xabardor bo‘lish zaruratini yaratadi. Natijada ta’lim jarayoni ikki tomonlama faol o‘rganish muhitiga aylanadi. Ustoz hamda shogird tizimi hamkorligi ta'lim samaradorligini hamda ta'lim sifatini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1566 oshirish uchun qoʻllaniladigan barcha chora-tadbirlar shuni koʻrsatadiki, har bir fanning negizida albatta ustoz hamda uning bilimi va u bilimni qay darajada yetkazib bera olish xususiyatlari mavjud. Ustoz va shogird tizimi asosida ish yuritilganda boʻlg'usi mutaxassislarning kasbga doir boʻlgan barcha masalalarini aniqlash hamda ularga yechim topish, ta'lim jarayoni yanada mukammalshtirish, zamonaviy ilmiy fikrlash hamda ijtimoiy tajribalarni yanada mukammalashtirish kerakligini anglatadi. Ustoz va shogird hamkorligini tashkil etishning samarali shakllari deb quyidagilarni aytish mumkin. 1) Mentorlik dasturlari – tajribali ustoz yosh o‘qituvchi yoki talaba faoliyatini yo‘naltiradi, maslahat beradi. 2) Amaliy mashg‘ulotlar va ustaxona darslari – ustoz bevosita amaliy ko‘nikmalarni ko‘rsatib, shogirdni jarayonga jalb etadi. 3) Ijodiy loyihalar va tadbirlar – hamkorlikda ijodiy ishlarni bajarish orqali o‘zaro ishonch va mas’uliyat oshadi. 4) Tajriba almashish seminar va mahorat darslari – o‘zaro fikr almashish orqali yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi. Ta’limni modernizatsiya qilishning muvaffaqiyati, birinchi navbatda, oʻqituvchilar, ularning malakasi va kasbiyligiga bogʻliq. Zamonaviy universitet professional bilimdon, mustaqil fikrlaydigan oʻqituvchi, shuningdek, psixologik va texnologik jihatdan amalda insonparvarlik qadriyatlarini amalga oshirishga muhtoj. Bu innovatsion jarayonlarda mazmunli ishtirok etishga qodir boʻlgan oʻqituvchi boʻlishi kerak. Ustoz-shogird mentorlik maktabi yosh oʻqituvchiga tajribali murabbiy tomonidan zarur koʻmak, oʻqitish koʻnikmalariga ega boʻlish va ish joyida shoshilinch amaliy yordam koʻrsatishi mumkin. Bunday qarorga boʻlgan ehtiyoj ustoz-shogird murabbiylik tizimini shakllantirdi, bu esa katta miqdordagi bilimlarni oʻzlashtirish, hayotiy vakolatlarni ishlab chiqish, kasbiy tayyorgarlik va ishlab chiqarish munosabatlarini oʻrnatish qobiliyatiga yordam beradi. Biz ustozshogird murabbiylik maktabi hamkorlik pedagogikasi yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib borishiga ishonamiz, bu yosh pedagogning tajribali ustoz, murabbiy boʻlgan tandemdagi ishidir. Bu murabbiylik maktab uslubiy muhtoj yosh bilan katta hamkasbi ishini oʻz ichiga oladi, ilmiy, va professional yordam va qoʻllab-quvvatlash. Bu orqali amalga oshirish mumkin: - universitetda yosh oʻqituvchilarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish; - yosh mutaxassis-pedagoglarda ta'lim faoliyatiga ijobiy munosabatni rivojlantirish; - pedagogik faoliyatda jadal moslashish va kutilgan natijalarga erishish imkoniyati; - universitetda ta'lim jarayonining sifatini oshirishga koʻmaklashish. Ushbu tizim yosh oʻqituvchiga oliy ta'lim tizimining barcha tuzilmalari va boʻlinmalari faoliyati bilan tanishishga yordam beradigan yoʻl xaritasidir. Bu taqlid qilish va pedagogik faoliyatni tashkil etishning namunasi va yosh oʻqituvchini rag'batlantirish jarayonidir. Samarali tashkil etilgan ustoz-shogird tizimi quyidagi natijalarga olib keladi. Bular: ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim darajasi oshadi, o‘quvchilarda kasbga muhabbat, intilish va mehnatsevarlik sifatlari shakllanadi, ustozlarda esa o‘z tajribasini boshqalar bilan bo‘lishish madaniyati rivojlanadi. Xulosa: Demak ustoz-shogird murabbiylik maktabi boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, amaliy tajribaning kamchiliklarini bartaraf etish, yosh oʻqituvchining shaxsiy fazilatlarini shakllantirish, amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishning uslubiy bazasini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1567 takomillashtirishga yordam berish, hamda ustoz-shogird murabbiylik maktabi oliy ta'lim sohasida yosh professional kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshishi va yaxshi natijalarga erishishadi. Donishmand xalqimiz hikmatlarida aytilganidek, yuksak gʻoyaviy maqsadlarga asoslanmay barkamol insonni tarbiyalash mushkul. Oʻzgalar manfaatini ustun qoʻyadigan, oʻz mehnati, xulq-atvori, ma’naviy salohiyati bilan boshqalarga ibrat boʻladigan odamgina tom ma’noda ustoz boʻlib kamol topishi mumkin. Ustoz-shogird tizimida barkamol insonga xos fazilatlar shakllantirilishi, har bir shogird pirovardida mustahkam g’oyaviy e’tiqodga ega boʻlishi zarur. Shu ma’noda ustoz-shogird munosabatlari milliy qadriyatga aylanishi lozim. Xulosa qilib aytganda maktablarda ustoz – shogird imkoniyatlarining yaratilishi ustozshogird faoliyati uchun samarali mehnat natijasi har tomonlama kamol topgan oʻquvchilarni tarbiyalashdan iborat boʻladi. Ustoz va shogird o‘rtasidagi hamkorlik – nafaqat bilim o‘rganish, balki insoniy fazilatlarni singdirish, hayotiy tajribani o‘tkazish vositasidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning О‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi//“Xalq sо‘zi”, 2020 y. 2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning ta’lim masalalariga bag‘ishlab о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasi//”Xalq sо‘zi”, 2019 y. 3. Ж.А.Хамидов О неоторых формах, методах трудового воспитания младших школьников//Academic research in educational sciences, 2020. Volume 1, Issue 3, 10451050 с. 4. Ж.А.Хамидов Ўқувчиларни креатив тадқиқотчилик ва касбий кўникмаларини танқидий фикрлаш орқали ривожлантириш//Academic Research in Educatinal Sciences, 2021. Volume 2, Issue 12, 922-928 b. 5. J.A.Xamidov Kichik maktab o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi//Экономика и социум №2(81) ч.2 2021, 479-484 b. 6. О‘.Shukurova Uzluksiz ta’lim tizimida “Ustoz shogird” imkoniyatlarining yaratilishi. Academic research in educational sciences Journal, №2, 2021 y.