scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHSULOT, ISH (XIZMAT)LAR TANNARXIGA KIRITILADIGAN MODDIY XARAJATLAR VA ULARNI HUJJATLASHTIRISH

Abdurashidov Abdumurod Abduraxmonovich

Abstract

Ushbu ishda mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarning mohiyati, tarkibi hamda ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish masalalari yoritilgan. Moddiy xarajatlar korxona faoliyatida muhim o‘rin tutib, ishlab chiqarish jarayonining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishda xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslariga qilinadigan xarajatlarni hujjatlashtirish tartibi, ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish va nazorat qilish mexanizmlari tahlil etilgan. Shuningdek, moddiy xarajatlarni hujjatlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Full text

IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 544 MAHSULOT, ISH (XIZMAT)LAR TANNARXIGA KIRITILADIGAN MODDIY XARAJATLAR VA ULARNI HUJJATLASHTIRISH Abdurashidov Abdumurod Abduraxmonovich Email: [email protected] ANNOTATSIYA. Ushbu ishda mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarning mohiyati, tarkibi hamda ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish masalalari yoritilgan. Moddiy xarajatlar korxona faoliyatida muhim o‘rin tutib, ishlab chiqarish jarayonining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishda xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslariga qilinadigan xarajatlarni hujjatlashtirish tartibi, ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish va nazorat qilish mexanizmlari tahlil etilgan. Shuningdek, moddiy xarajatlarni hujjatlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: tannarx, moddiy xarajatlar, buxgalteriya hisobi, hujjatlashtirish, ishlab chiqarish xarajatlari, nazorat, axborot texnologiyalari. МАТЕРИАЛЬНЫЕ ЗАТРАТЫ, ВКЛЮЧАЕМЫЕ В СЕБЕСТОИМОСТЬ ПРОДУКЦИИ, РАБОТ И УСЛУГ, И ИХ ДОКУМЕНТАЛЬНОЕ ОФОРМЛЕНИЕ АННОТAЦИЯ. В данной работе раскрыта сущность и состав материальных затрат, включаемых в себестоимость продукции, работ и услуг, а также вопросы их правильного отражения в бухгалтерском учёте. Материальные затраты занимают важное место в деятельности предприятия и являются основным элементом производственного процесса. В исследовании проанализированы порядок документального оформления расходов на сырьё, материалы, топливо, энергию и другие производственные ресурсы, а также механизмы их правильного учёта и контроля. Кроме того, показано значение использования современных информatsiонных технологий при документировании материальных затрат. Ключевые слова: себестоимость, материальные затраты, бухгалтерский учёт, документирование, производственные расходы, контроль, информatsiонные технологии. MATERIAL COSTS INCLUDED IN THE COST OF PRODUCTS, WORKS, AND SERVICES, AND THEIR DOCUMENTATION IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 545 ABSTRACT. This paper examines the nature and structure of material costs included in the cost of products, works, and services, as well as their proper reflection in accounting. Material costs play a vital role in enterprise operations and constitute a key element of the production process. The study analyzes the procedures for documenting expenses on raw materials, supplies, fuel, energy, and other production resources, as well as mechanisms for their accurate registration and control. The importance of using modern information technologies in the documentation of material costs is also highlighted. Keywords: cost price, material costs, accounting, documentation, production expenses, control, information technologies. Kirish (Введение / Introduction) Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tannarxning asosiy tarkibiy qismlaridan biri moddiy xarajatlardir. Ular ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, ehtiyot qismlar va boshqa resurslar qiymatini o‘z ichiga oladi. Moddiy xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish va hujjatlashtirish korxonaning moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ularni huquqiy me’yorlarga muvofiq ravishda rasmiylashtirish, xarajatlarning iqtisodiy mazmunini to‘g‘ri aniqlash hamda ularni ishlab chiqarish tannarxiga asosli tarzda kiritish buxgalteriya hisobining eng muhim vazifalaridan biridir. Mazkur ishda moddiy xarajatlarning tarkibi, ularni hisobga olish va hujjatlashtirish tartibi, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali hisob jarayonini takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. Shu orqali korxonalarda xarajatlarni boshqarish samaradorligini oshirish hamda resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Adabiyotlar sharhi (Обзор литературы/Literature review) Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirishda moddiy xarajatlar muhim o‘rin tutadi. Tannarxni aniqlash, xarajatlarni hujjatlashtirish va ularni to‘g‘ri tasniflash masalalari bo‘yicha bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Masalan, R. X. Davlatov (1) o‘zining “Buxgalteriya hisobi va audit” asarida moddiy xarajatlarni hisobga olishning nazariy asoslarini yoritib, ularning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sirini ko‘rsatadi. A. Karimov (2) esa tannarxni shakllantirishda resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish omillarini tahlil etgan. Xorijiy adabiyotlarda, jumladan, Hansen & Mowen (3) o‘zlarining “Cost Management: Accounting and Control” nomli asarida moddiy xarajatlarni hisobga olishning zamonaviy uslublari, normativ va standartlashtirilgan tahlil yondashuvlarini IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 546 ishlab chiqqan. Horngren et al. (4) esa buxgalteriya hisobida xarajatlarni boshqarishning strategik ahamiyatini ta’kidlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi milliy standartlari” (BHMS) hamda “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotini tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma” hujjatlari moddiy xarajatlarni hujjatlashtirish va hisobda aks ettirishning amaldagi tartibini belgilab beradi. Ushbu manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, moddiy xarajatlarni to‘g‘ri hujjatlashtirish korxonada moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, xarajatlar nazoratini kuchaytirish va ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi (Методы/Methods) Mazkur tadqiqotda mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarni o‘rganish, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish va hujjatlashtirishning amaliy jihatlarini tahlil qilish maqsad qilingan. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida iqtisodiy tahlil, qiyosiy tahlil, statistik, induktiv va deduktiv uslublardan foydalanildi. Tahlil va natijalar muhokamasi (Анализ и резултаты/Analysis and results) Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri — mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini shakllantiruvchi xarajatlardir. Chunki tannarx korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida sarflangan barcha resurslar yig‘indisini ifodalaydi. Xarajatlarni boshqarish korxona faoliyatidagi eng murakkab jarayonlardan biridir. U ishlab chiqarish davomida sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini o‘z ichiga olib, boshqaruv samaradorligini belgilaydi. Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi — bu ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar, mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning qiymat ifodasidir. Tannarx tarkibiga quyidagi asosiy xarajat turlari kiradi: 1. mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy ajratmalar; 2. nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 3. yoqilg‘i va elektr energiyasi xarajatlari; 4. boshqa ishlab chiqarish xarajatlari. Moddiy xarajatlar qiymati esa resurslarning sotib olish narxi, vositachilik haqlari, bojxona to‘lovlari, soliqlar, transport va saqlash xarajatlari asosida shakllanadi. Moddiy xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish mahsulot tannarxiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun hisobni shunday tashkil etish kerakki, unda haqiqiy xarajatlarni normalar bilan uzluksiz va tezkor solishtirish imkoni bo‘lsin. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 547 Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar ishlab chiqarish yoki mahsulot (ish, xizmat)larni qayta ishlashda foydalaniladigan tabiiy va mehnat resurslari, xom-oshyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya, asosiy vositalar hamda ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlarning bahosini ifodalaydi. Korxonalarda xarajatlar turlari va moddalarining yuzaga kelishi ularning asosiy, moliyaviy va investitsiya faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarining xarajatlari asosan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va mehnatga haq to‘lash xarajatlari kabilardan iborat bo‘ladi. Mamlakatimizda xarajat moddalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan (O‘z.R. VM.ning 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori bilan bilan o‘zgartirishlar kiritilgan) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asoslanadi. Bu Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: • Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; • Bevosita va bilvosita mehnat xarajatlar; • Boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. 2. Davr xarajatlari: • Sotish xarajatlari; • Ma’muriy xarajatlar; • Boshqa operatsion xarajatlar. 3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar: • Xorijiy valyuta operatsiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari; • Foizlar bo‘yicha xarajatlar; • Qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan mablag‘larni qayta baholash; • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar. 4. Favqulodda zararlar. Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibida moddiy xarajatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ushbu xarajatlar mahsulot (ish, xizmat)larning asosini tashkil qiladi va o‘z qiymatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni bevosita tannarxga o‘tkazadi. Demak, moddiy xarajatlarning korxonaga kirim qilinishida ularning tannarxining to‘g‘ri shakllantirilishi, ularning baholanishi, saqlash xarajatlari, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishga sarflanishini to‘g‘ri tashkil qilish mahsulot tannarxini shakllantirishga ta’sir qiladi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 548 Shu sababdan ham, moddiy boyliklarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni ko‘rib o‘tamiz. − Ularning tannarxiga quyidagilar kiritiladi: − materiallarning shartnoma qiymati; − boj to‘lovlari va yig‘imlari; − materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga to‘lanadigan komissiya haqlari; − materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan o‘tkazish xarajatlari; − transport-tayyorlov xarajatlari; − Elektr energiya va yoqilg‘i; − transportirovka qilish tavakklchiliklarini sug‘urtalash xarajatlari. Yuqoridagi xarajatlardan kelib chiqib mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarini xujjatlashtirishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: − Moddiy boyliklarning kelib tushishi, ichki xarakati va chiqib ketishining xujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish va muomilalarning o‘z vaqtida aks etdirilishi; − Moddiy boyliklarning kelib tushishi va chiqibketishi bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi; − Moddiy boyliklarning saqlanishi, xarakati va to‘g‘ri ishlatilishi ustidin nazorat o‘rnatilishi; − Zaxiralar va xarajatlar bo‘yicha belgilangan me’yorlarga amal qilish; − Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni o‘z vaqtida aniqlash; − Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt omborxonasidagi moddiy boyliklar qoldig‘i xaqida aniq ma’lumotlarni olish. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar hisobini yuritishda bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarga asoslaniladi. Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish, moddiy resurslar harakatini nazorat qilish hamda tannarxni shakllantirishda yagona yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Quyidagi asosiy me’yoriy hujjatlar shular jumlasidandir: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni – buxgalteriya hisobining umumiy qoidalari va tamoyillarini belgilab beradi. 2. №4 Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) “Tovar-moddiy zahiralar” – moddiy zahiralarni hisobga olish va baholash tartibini belgilaydi. 3. №19 Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” – korxona aktivlarini tekshirish, aniqlash va hisob bilan solishtirish jarayonlarini tartibga soladi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 549 4. №21 Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” – schyotlar tizimi, ularning ishlatilish tartibi hamda hisob registrlarini yuritish qoidalarini belgilaydi. Xulosa va takliflar (Заключение/Conclusion) Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish va korxonaning moliyaviy natijalarini aniq baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonni tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda №4, №19 va №21-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standartlari moddiy xarajatlarning hisobini yuritishda yagona yondashuvni ta’minlaydi. Mazkur me’yoriy hujjatlar asosida moddiy resurslarning kirim-chiqimi, zahiralar bahosi, inventarizatsiya natijalari hamda schyotlar tizimi aniq tartibda aks ettiriladi. Natijada korxona faoliyati shaffof bo‘lib, buxgalteriya hisobining ishonchliligi ta’minlanadi. Shu boisdan, tannarx hisobida huquqiy-normativ asoslarning to‘liq va to‘g‘ri qo‘llanilishi iqtisodiy boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar (1) Davlatov, R. X. (2020). Buxgalteriya hisobi va audit. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. (2) Karimov, A. (2019). Korxona xarajatlarini boshqarish va tannarxni shakllantirish masalalari. Toshkent: TDIU nashriyoti. (3) Hansen, D. R., & Mowen, M. M. (2017). Cost Management: Accounting and Control. South-Western Cengage Learning, USA. (4) Horngren, C. T., Datar, S. M., & Rajan, M. (2018). Cost Accounting: A Managerial Emphasis. Pearson Education, London. (5) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (2022). Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS). Toshkent. (6) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (2021). Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotini tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma. Toshkent.