scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AQCHAXANQAL'A YODGORLIGINI MUZEYLASHTIRISH

Aynur Polatbaevna Aytmuratova

Abstract

Maqolada Aqchaxanqal’a yodgorligida qazish ishlari tarixi, yodgorlikning umumiy tavsifi, yodgorlikning bugungi kunda O‘zbekiston san’at tarixida tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari muzeylashtirish bo‘yicha olimlar fikri keltirilgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda yodgorlikga havf soluvchi omillar aytilgan. Aqchaxanqal’a yodgorligini davlat muhofazasiga olish bo‘yicha qilingan amallar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tilgan.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 33 AQCHAXANQAL’A YODGORLIGINI MUZEYLASHTIRISH Aynur Polatbaevna Aytmuratova Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi bo‘lim boshlig‘I https://doi.org/10.5281/zenodo.17463089 Annotatsiya. Maqolada Aqchaxanqal’a yodgorligida qazish ishlari tarixi, yodgorlikning umumiy tavsifi, yodgorlikning bugungi kunda O‘zbekiston san’at tarixida tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari muzeylashtirish bo‘yicha olimlar fikri keltirilgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda yodgorlikga havf soluvchi omillar aytilgan. Aqchaxanqal’a yodgorligini davlat muhofazasiga olish bo‘yicha qilingan amallar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Aqchaxanqal’a, Marosimlar majmuasi («xram – ibodatxona»); saksovul, sho‘rlanish, qo‘riqxona, tablichka, kadastr. Аннотация. В статье представлена информация об истории раскопок на памятнике Акчаханкала, общей характеристике памятника и его месте в истории искусства Узбекистана сегодня. Кроме того, приведены мнения ученых по музеефикации, а также указаны факторы, представляющие угрозу для памятника. Была предоставлена информация о мерах, предпринятых для взятия памятника Акчаханкала под государственную охрану. Ключевые слова: Акчаханкала, комплекс ритуалов ("храм - храм"); саксаул, солончак, заповедник, табличка, кадастр. Abstract. The article provides information on the history of excavations at the Akchahankala monument, a general description of the monument, and the monument's place in the history of Uzbekistan's art today. In addition, the opinions of scientists on museumification are presented, and additionally, the factors threatening the monument are mentioned. Information was provided on the measures taken to take the Aqchaxonqal'a monument under state protection. Keywords: Aqchahanqal'a, Ritual Complex ("temple"); saxaul, salinization, reserve, table, cadastre. Aqchaxonqal’a yodgorligi Amudaryoning quyi oqimidagi eng yirik va noyob yodgorliklardan biridir. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi «Azat» ijara fermer xo‘jaligi hududida joylashgan. Mahalliy aholi orasida arxeologik adabiyotlarga kirgan «Qozoqliyotganqal’a» nomi bilan mashxur bo‘lgan yodgorlik XX asrning 30-40-yillari oxirida paydo bo‘lgan. Oqchaxonqal’a nomli qadimgi shahar birinchi marta rus tuproqshunos olimi N. A. Dimo tomonidan tilga olingan. Shaharning qurilish tarixi, xalq afsonalariga ko‘ra, podshoh Oqchaxon bilan bog‘liq. Bu Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Qadimgi Xorazmning eng yirik yodgorlikdir. Ayni paytda shaharing deyarli butun hududi qum barxanlari bilan qoplangan. Yodgorlik birinchi marta 1956-yilda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining B. V. Andrianov boshchiligidagi arxeologik-topografik otryadi tomonidan kashf qilingan. S. P. Tolstovning dastlabki xulosasiga binoan, shahar xarobasi kushon-afrig‘iylar davriga (milodning III-V asrlar) oid deb belgilandi, ammo yodgorlikda milodning dastlabki asrlariga oid kushonlar davri materiallari ham mavjud edi. Shundan so‘ng, yodgorlik uzoq vaqt davomida arxeologik ekspeditsiyalar yo‘nalishlaridan chetda qoldi. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 34 1982 va 1985-yillarda O‘z SSR FA Qoraqalpog‘iston filiali N. Davqarayev nomidagi Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya bo‘limi Janubiy Qoraqalpog‘iston arxeologik ekspeditsiyasi otryadi qidiruv ishlari davomida Oqchaxonqal’ada arxeologik tadqiqotlar olib bordi. O‘sha paytda yodgorlikning dastlabki tavsifi berildi, mudofaa devorlari, minoralar va proteyxizmalar o‘rni tozalandi, shurf qazildi va ilk marotaba qadimgi shaharni himoya qilgan «tashqi devor» qoldiqlari topildi. Tadqiqotlar natijasida, shahar ikki qismdan iborat ekanligi aniqlandi: Yuqori va Quyi shahar, ular taxminan 45 gektar maydonni egallagan umumiy mudofaa tizimiga ega. Shuningdek, sopol topilmalar asosida yodgorlikning barfo etilgan davri miloddan avvalgi IV-III asrlarga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. 1995-yildan boshlab 2022-yilgacha deyarli 30 yilga yaqin vaqt mobaynida Oqchaxonqal’a yodgorligida Qoraqalpog‘iston-Avstraliya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi statsionar arxeologik tadqiqotlar olib bordi. Xalqaro ekspeditsiya asosan yodgorlikning Yuqori shahar qismida va qisman Quyi shaharda arxeologik qazishma ishlarini olib bordi. 2024-yildan boshlab Oqchaxonqal’a yodgorligida Qoraqalpog‘iston-Xitoy xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi o‘z faoliyatini boshladi. Ekspeditsiya arxeologik qazishmalarining dastlabki mavsumida Yuqori shaharning mudofaa devorida va Marosimlar majmuasida arxeologik qazishmalarni amalga oshirdi. Yodgorlikning umumiy tavsifi. Oqchaxonqal’aning Yuqori (Muqaddas) va Quyi shahri umumiy mudofaa tizimini tashkil qiladi, rejada kvadrat shakliga yaqin, yodgorlikning o‘lchamlari taxminan 640×690 m. Yodgorlikning maydoni taxminan 56 gektarni tashkil etadi. Yuqori shahar yodgorlikning shimoli-sharqiy burchagida joylashgan bo‘lib, uning o‘lchamlari 340×380 m va uchta darvozasi mavjud. Yuqori shaharda quyidagi obyektlar aniqlangan: 4. Marosimlar majmuasi («xram – ibodatxona»); 5. Markaziy monumental bino (Oqchaxonqal’adagi tadqiqotlarga oid dastlabki nashrlarda «maqbara» ta’riflangan); 6. Sitadel yoki saroy (Yuqori shaharning janubi-g‘arbiy burchagida joylashgan). Oqchaxonqal’a mudofaa tizimi tashqi devor, shahar xandag‘i, to‘siq devor (proteyxizma), qal’a mudofaa devori kabi bir necha pog‘onalardan iborat. Ana shunday murakkab istehkom tizimiga ega bo‘lgan Aqchaxonqal’a qadimgi Xorazmning eng mustahkam istehkomli shahar xarobalaridan biri bo‘lgan. Marosimlar majmuasi («xram – ibodatxona») SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 35 Akshahankal’a ibodatxonasidan topilgan devoriy suratlar bugungi kunda butun Markaziy Osiyodagi eng qadimiy devoriy suratlar hisoblanadi. Akshahankal’a devoriy suratlari san’at tarixida mutlaqo noyob hodisa bo‘lib, ular hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan san’at yodgorliklari orasida ham, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari san’ati orasida ham, hatto uzoqroq hududlardagi Yaqin Sharq va Hindiston yarimoroli san’ati orasida ham o‘xshash namunaga ega emas. Hozirgi paytda faqat sharqiy va shimoliy yo‘lakning bir qismi, shuningdek, ibodatxonaning ichki ayvoni ochilgan. Ibodatxona ustiga yopiq konstruksiyali soyabon o‘rnatish kelgusida hali ochilmagan joylarni qazishga imkon beradi, mutaxassis-restavratorlar ishlari esa devoriy suratlarni zarar yetkazmasdan tozalash imkonini yaratadi. Akshahankal’a yodgorligida ochiq osmon ostidagi muzeyni tashkil etish uchun ibodatxona ustiga yopiq soyabon konstruksiyasini o‘rnatish loyihasini ishlab chiqish zarur. Bunda Namangan viloyatidagi Axsiket yodgorligi va Qozog‘istonning Turkiston shahridagi Kultobe yodgorligidan namunalar sifatida foydalanish mumkin. [11.] Ushbu ishlab chiqilgan takliflar bo‘yicha arxeologlar takliflariga ko‘ra 10 qazishma Marosimlar majmuasi («xram – ibodatxona»)ni yopish va keyin qazish ishlarini davom ettirish kerakligi haqida aytib o‘tdi. «Marosimlar majmuasi» ustiga soyabon (bostirma) qurilishi yodgorliklarni konservatsiya qilishning bugungi kundagi usullariga to‘la mos keladi. Ko‘p yillik arxeologik qazishmalarga qaramay, «Marosimlar majmuasi» to‘liq o‘rganilmagan. Tadqiqotning hozirgi paytida obyektning arxitekturasini va uning atrofidagi binolarning rejasini to‘liq tasdiqlash mumkin emas. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu majmuada miloddan avvalgi II-I asrlarga oid devoriy rasmlar mavjud. Soyabon qurilishi ustunlar va sement quyish uchun chuqurlar qazishni nazarda tutadi, bu esa inshootlarning va obyektning xom (paxsa) devorlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan soyabon va boshqa konstruksiyalarni qurishni bevosita boshlashdan oldin obyektni to‘liq o‘rganish kerak, buning natijasida obyektning rejasi olinadi va ishonchli ma’lumotlarga asoslanib, himoya konstruksiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar tuzish mumkin. Yuqoridagi faktlardan kelib chiqib, quyidagi takliflarni berish mumkin: 1) Piyodalar yo‘lagi qurilishini yodgorlikning tashqi devorigacha cheklash, chunki tashqi devor yodgorlikning yagona mudofaa inshootlari tizimiga kiradi (tashqi devor koordinatalari N41°49’56.7585" E60°42’50.9867"). 2) «Marosimlar majmuasi» atrofida (atrofi bo‘ylab) arxeologik qazishmalar o‘tkazish, natijada obyekt atrofidagi binolar va qo‘shimcha inshootlarning rejalashtirilishiga oid ilmiy ma’lumotlar va dalillar olinadi. Arxeologik tadqiqot ishlarini olib borish uchun mablag‘ ajratish zarur. Ushbu amaliyot bo‘yicha yodgorlik rejasining (ob’ektning shartli burchaklari bo‘yicha to‘rtta nuqta berilgan). 1. Janubiy burchak. N41°49'47.9006" E60°43'02.4889" 2 . G‘arbiy burchak. N41°49'48.7244" E60°43'00.6977" 3 . Shimoliy burchak. N41°49'49.8899" E60°43'01.5716" 4. Sharqiy burchak. N41°49'49.1093" E60°43'03.4400" Shuni ta’kidlash kerakki, arxeologik qazishma ishlarini yakunlamasdan har qanday inshootlarni qurish yodgorlik yoki madaniy meros obyektining vayron bo‘lishiga olib keladi. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 36 Aqchaxanqal’ada turizm infratuzilmasi bo‘yicha A.Iskenderova va A.Toreniyazov takliflariga ko‘ra qo‘shimcha takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib ular quidagilardan iborat. 1. Saksovul. Qum ko‘chib yuradigan barxanlarning qum yotqiziqlarini ushlab qolish uchun Akshahankal’a yodgorligi atrofida saksovul ko‘chatlari ekish zarur. 2. Sho‘rlanish. Yodgorliklarni agressiv yer osti suvlardan muhofaza qilish bo‘yicha muhandislik yechimlari masalalarini ishlab chiqish, shuningdek, mintaqada umuman yer osti suvlari sathini pasaytirish usullarini ishlab chiqish va ikkilamchi sho‘rlanish omilini bartaraf etish. 3. Qo‘riqxona. Davlat arxeologo-me’moriy va arxeologo-landshaft qo‘riqxonalari yaratish loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish, qo‘riqxona yerlarini sug‘oriladigan hududlardan tashqariga chiqarish. 4. Qonun. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligini tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish sohasida takomillashtirish, xususan, arxeologik qazishmalar olib borilayotganda yodgorlikning kelgusidagi taqdiri bo‘yicha majburiy qaror qabul qilish tartibini joriy etish. 5. Tadqiqot, xo‘jalik shartnomasi asosidagi ishlar. Beruniy tumani hududida olib boriladigan barcha ilmiy-tadqiqot (arxeologik, etnografik, sotsiologik va boshqa) ishlarini yagona ilmiy markaz orqali qat’iy muvofiqlashtirish zarur. Bunday markaz sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin. Arxeologik yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini tuzish lozim. [11.] “Axsikentdagi yopiq naves (Namangan viloyati)” SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 37 “Kultobe usti yopmasi (Turkiston). Yuqoridan ko‘rinishi” Bundan tashqari yodgorlik cho‘l zonasida joylashganligi bois yodgorlikga biologic hujumlarning yana biri hashoratlardan termitlar hujumini kuzatish mumkin. [12.]. Bu kuzatuv yodgorlik zararlanishini tasdiqlaydi bundan tashqari yodgorlik joylashgan iqlim sharoiti quruq va cho‘l zonaligini inobatga olsak har hil cho‘l o‘simliklari o‘sishi va uning ildizlari yodgorlik xom g‘isht paxsa devorlariga zarar keltirishi mumkin. Yodgorlikni muhofaza qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi (amaliyotdagi yuridik nomi) tomonidan amalga oshirilgan amaldagi ishlar; 2019 yil davomida 179 moddiy madaniy meros ob’ektlarini davlat kadastri ro‘yxatiga kiritish rejalashtirildi. Davlat kadastr ro‘yxatiga olish bo‘yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga Madaniyat vaziri tomonidan 31.01.2019y. kungi 7-04/203-sonli, Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va kadastr boshqarmasiga Madaniyat vaziri tomonidan 31.01.2019y. kungi 7-04/202-sonli xati yuborildi. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish mintaqaviy davlat inspektsiyasi tomonidan Beruniy tumani hokimiga 24.02.2019y kungi 30-sonli, xat va ob’ektlar ro‘yxati yuborildi. Madaniy meros ob’ektlariga boradigan yo‘l bo‘yi va ob’ekt yonida o‘rnatiladigan muhofaza belgilarning yangi namunasi inspektsiya tomonidan ishlab chiqildi va inspektsiya tomonidan Beruniy tumani hokimiga 31.01.2019y kungi 16-sonli, Qo‘ng'irot tumani hokimiga 14.01.2019y kungi 3-sonli, xat bilan muhofaza belgilari namunasi yuborildi. Hozirgi vaqtda ushbu namuna belgilarni tumanlarda tayyorlanib ob’ektlar yoniga o‘rnatilmoqda. Shu xususda Beruniy tumanida joylashgan Aqchaxanqal’a yodgorligiga borish yo‘lida yodgorlik tarixi va u erdan topilgan yodgorliklar rasmi va qisqacha tavsifi yozilgan tablichka ishlab qo‘yilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi Er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 704/203-sonli, 2019 yil 6 maydagi 7-04/920-sonli xatlari asosida ushbu yil davomida davlat kadastri ro‘yxatiga kiritiladigan 179 ob’ektning smeta hujjatlari tayyorlandi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi 269-sonli “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi F-5181-sonli farmoyishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 38 Vazirlar Kengashining 2018 yil 28 iyundagi 194-b sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida va davlat kadastri nizomiga muvofiq Beruniy tumani hududidagi madaniy meros ob’ektlarining er maydonlarining chegaralari quidagicha tasdiqlandi. [9.10.] - Arxeologik ob’ektlar: - Aqshaxan qal’a (Qazaqli yatqan) -56,0ga. - Tashqirman tepa - 5,0ga. - Qiyat qala - 0,25 ga. - Signalnaya bashnya - 0,12 ga. Kadastr ishlarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida quidagi qarorlar, nizomlar, me’yoriy-texnik hujjatlar va kadastr ishlarini olib borishga oid yo‘riqnomalar va texnik adabiyotlar asosida ishlab chiqilgan. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.1998 yilgi “O‘zbekiston Respublikasida davlat er kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi №543 sonli qarori. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.1997 yilgi “O‘zbekiston Respublikasida bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi №278-sonli qarori. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.1995 yilgi 478-sonli qaroriga ilova “Jismoniylar shaxslarga mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni baholash va qayta baholash to‘g‘risida”gi Nizom. - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 26.02.2010 yilgi “Jismoniy shaxslarga mulkchilik huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlarning inventor baholarini qayta hisoblash indekslarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 44/2-sonli qarori. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2014 yilgi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi № 1 sonli qarori. - O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlar kadastri davlat qo‘mitasining 22.10.2015 yilgi “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №33-sonli qarori. - “O‘zbekiston Respublikasi shaharlarida, shaharchalarida va qishloq joylarida yakka tartibda qurilgan Jismoniy shaxslarga mulkchilik huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni baholash va qayta baholash uchun tiklanish baholarining yaxlit ko‘rsatkichlari” TO‘PLAMI, Toshkent, 1997 y. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 yilgi “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-sonli qarori. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 39 SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 40 SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 41 Aqchaxanqal’a yodgorligini muzeylashtirish bo‘yicha “Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” F.F.O‘tkurov, M.M.Po‘latov, C.A.Ravshanovlar tomonidan Qoraqalpog‘iston