scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XO'JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA BALANS AKTIVLARI VA SAMARADORLIGI TAHLILI "O'ZTRADE" AJ MISOLIDA

Sodiqov Suxrobjon Sanjar o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda balans aktivlarining ahamiyati hamda ulardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda “O‘ZTRADE” aksiyadorlik jamiyati misolida korxonaning uzoq muddatli va joriy aktivlari tarkibi, dinamikasi hamda ularning ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligiga ta’siri o‘rganilgan. Moliyaviy hisobotlar asosida aktivlarning o‘sish tendensiyalari, ularning aylanish tezligi, yaroqlilik darajasi va likvidlik ko‘rsatkichlari tahlil etilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, asosiy vositalar hajmining ortishi korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirgan bo‘lsa-da, joriy aktivlar hajmidagi qisqarish likvidlik darajasiga ma’lum bosim ko‘rsatgan. Maqolada aktivlardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va korxona balans tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Full text

IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 550 XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA BALANS AKTIVLARI VA SAMARADORLIGI TAHLILI “O‘ZTRADE” AJ MISOLIDA Sodiqov Suxrobjon Sanjar o‘g‘li Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xorijiy stajirovka va professor-o‘qituvchilar bilan ishlash bo‘limi menejeri Annotatsiya: Ushbu maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda balans aktivlarining ahamiyati hamda ulardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda “O‘ZTRADE” aksiyadorlik jamiyati misolida korxonaning uzoq muddatli va joriy aktivlari tarkibi, dinamikasi hamda ularning ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligiga ta’siri o‘rganilgan. Moliyaviy hisobotlar asosida aktivlarning o‘sish tendensiyalari, ularning aylanish tezligi, yaroqlilik darajasi va likvidlik ko‘rsatkichlari tahlil etilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, asosiy vositalar hajmining ortishi korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirgan bo‘lsa-da, joriy aktivlar hajmidagi qisqarish likvidlik darajasiga ma’lum bosim ko‘rsatgan. Maqolada aktivlardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va korxona balans tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: balans aktivlari, moliyaviy tahlil, aktivlar samaradorligi, likvidlik, rentabellik, “O‘ZTRADE” AJ. Kirish: Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning 28 moddiy-texnik bazasi va ishlab chiqarish quvvatlari uning moliyaviy barqarorligi, raqobatbardoshligi hamda umumiy faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish salohiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu nuqtayi nazardan “O‘ZTRADE” AJ faoliyatida asosiy fondlar holatini tahlil qilish dolzarb hisoblanadi. Korxona tarkibida mavjud bo‘lgan asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan, uzoq muddat foydalaniladigan va bosqichma-bosqich amortizatsiya qilinadigan vositalardir. Bular sanoat uskunalari, transport vositalari, ishlab chiqarish binolari, kompyuter texnikalari, mehnat qurollari va boshqa doimiy foydalaniladigan vositalarni o‘z ichiga oladi. “O‘ZTRADE” AJ ning so‘nggi yillardagi moliyaviy hisobotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, korxona o‘zining asosiy fondlarini bosqichmabosqich yangilab, modernizatsiya qilishga intilmoqda. Korxonaning asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ya’ni asosiy ishlab chiqarish vositalarining qiymati ishchilar soniga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot 28 Earley, C. E. (2015). Data analytics in auditing: Opportunities and challenges. Business Horizons, 58(5), 493– 500. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 551 hajmiga nisbatan hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich “fond bilan ta’minlanganlik darajasi” deb yuritiladi. “O‘ZTRADE” AJ da bu ko‘rsatkich o‘rtacha darajada bo‘lib, ba’zi yillarda o‘sish dinamikasi kuzatilgan. Bu esa, o‘z navbatida, korxonada texnik qayta jihozlash va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Asosiy fondlar samaradorligi esa ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining asosiy fondlar qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich “asosiy fondlarning fond qaytimi” deb ataladi. “O‘ZTRADE” AJ da fond qaytimi ko‘rsatkichi yildan-yilga barqaror o‘sib bormoqda. Bu holat ishlab chiqarish jarayonining takomillashayotgani, ish unumdorligi oshayotgani va asosiy fondlardan oqilona foydalanilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, asosiy fondlarning eskirish darajasi va ularni modernizatsiya qilish darajasi ham muhim tahliliy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. “O‘ZTRADE” AJ da eskirgan jihozlar bosqichma-bosqich zamonaviylari bilan almashtirilmoqda. Buning natijasida, fondlarning texnik darajasi oshmoqda, energiya tejamkorligi ta’minlanmoqda va ishlab chiqarish tannarxi kamaymoqda. Yagona texnika siyosatini о‘tkazish hamda modernizatsiyani amalga oshirishda, zamonaviy ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy qilishda, investitsiyalar, avvalo tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tarmoqga keng jalb etishda paxta tozalash korxonalariga, yogʻ zavodlariga, paxta terminallariga kо‘mak berishda mazkur konsepsiyaning ahamiyati yanada ortadi. Asosiy fondlar-bu korxonaning ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (odatda bir yildan ortiq) foydalaniladigan, qiymati esa muayyan miqdordan yuqori bo‘lgan moddiy aktivlaridir. Ular qiymat jihatidan korxonaga jalb qilingan kapital, ya’ni uzoq muddatli investitsiya sifatida qaraladi. Moddiy jihatdan esa asosiy fondlar tarkibiga ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turli xil texnologik uskunalar, mashina va mexanizmlar, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari hamda boshqa uzoq muddatli foydalaniladigan vositalar kiradi. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib, ularning qiymati va holati korxonaning moliyaviy barqarorligi va faoliyat samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy qisim: “O‘ZTRADE” AJ ning moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalangan holda korxonaning uzoq muddatli aktivlarni tahlil qilamiz. Uzoq muddatli aktivlarning tarkibi, ularning tuzilishini о‘rganish bilan bir qatorda dinamik о‘zgarishlariga ham baho berib boriladi va ular asosida korxonada asosiy vositalarning yillar bо‘yicha mutloq va nisbiy о‘zgarishlariga baho beriladi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida esa korxonaning asosoiy vositalari tarkibiga, tuzilishiga va dinamikasiga baho berish mumkin bo‘ladi.(2.1-jadval) IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 552 2.1-jadval. “O‘ZTRADE” AJ ning uzoq muddatli aktivlarni tarkibini tahlili 29 Kо‘rsatkichlar 2023-yil boshi 2023-yil oxiri farqi Sо‘ mа (M.S) sаlmog‘ i (%) sо‘ mа (M.S) sаlmog‘ i (%) sо‘ mа (M.S) sаlmog‘ i (%) Bаlаns аktivi jаmi, Jumlаdаn: 137 301 043 100 114 828 860 100 -22472183 _ 1. Uzoq muddаtli аktivlаr. Undаn: 62036998 45 76359826 66 14322828 21 1.1. Аsosiy vositаlаr 2060017 1,5 16382845 14 14322828 12 1.2.Nomoddiy аktivlаr 0 0 0 0 0 1.3.Uzoq muddаtli investitsiyalаr 59976981 43,5 59976981 52 0 8,5 2.1jadval bo‘yicha xulosa: 2.2-rasm. “O‘ZTRADE” AJ” ning 2023-yil uzoq muddatli aktivlar taqqoslanishi 30 29 Muallif ishlanmasi. 30 Muallif ishlanmasi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 553 2.3-rasm. 2023-yil oxiri uchun uzoq muddarli aktivlar tarkibi. 31 2023-yil davomida “O‘ZTRADE” AJ moliyaviy holatini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlar ichida uzoq muddatli aktivlar tarkibi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. Jadval va grafik ma’lumotlarga asoslangan holda, bu o‘zgarishlar korxonaning investitsiya faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlarining yangilanishi va asosiy fondlar bilan ta’minlanish darajasining oshganligini ko‘rsatadi. Yil boshida balans aktivlari umumiy hajmi 137,3 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxirida bu ko‘rsatkich 114,8 milliard so‘mga qisqargan. Bu 22,4 milliard so‘mlik yoki 16,4% kamayishni anglatadi. Biroq bu kamayish umumiy aktivlar tarkibida sifatli o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini istisno etmaydi. Aksincha, uzoq muddatli aktivlar hajmi 62 milliard so‘mdan 76,3 milliard so‘mga oshib, 14,3 milliard so‘mlik o‘sishga erishilgan. Bu esa, korxonaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga e’tibor qaratganini bildiradi. Uzoq muddatli aktivlar tarkibida asosiy vositalar eng sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan bo‘lib, 2023-yil boshida 2,06 milliard so‘m bo‘lgan bu ko‘rsatkich yil oxiriga kelib 16,38 milliard so‘mga yetgan. Ya’ni, 14,32 milliard so‘mlik yoki 696% dan ortiq o‘sish yuz bergan. Bunday katta o‘sish ko‘rsatkichlari odatda ishlab chiqarish vositalariga yoki asosiy fondlarga yangi investitsiyalar yo‘naltirilganini anglatadi. Asosiy vositalarning bunday tez sur’atda oshishi korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashi, xizmat ko‘rsatish sifati va mahsulot hajmining ortishiga olib keladi. Uzoq muddatli investitsiyalar esa yil davomida o‘z miqdorini o‘zgartirmay, 59,97 milliard so‘m miqdorida saqlanib qolgan. Bu holat investitsiyalarning barqarorligini va strategik sodiqlikni ko‘rsatadi. Ya’ni, “O‘ZTRADE” AJ mavjud investitsion 31 Muallif ishlanmasi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 554 loyihalarni davom ettirib, ularni yangi aktivlar bilan birlashtirgan holda rivojlantirishga intilgan. Pie diagramma orqali uzoq muddatli aktivlarning tarkibini ko‘radigan bo‘lsak, 2023-yil oxirida asosiy vositalar umumiy uzoq muddatli aktivlarning 21,5 foizini, uzoq muddatli investitsiyalar esa 78,5 foizini tashkil etgan. Bu korxona aktivlarining katta qismi investitsiyalarga yo‘naltirilganini bildiradi, ya’ni moliyaviy strategiyaning markazida investitsiyaviy barqarorlik turgan. Shu bilan birga, uzoq muddatli aktivlar umumiy balans aktivlariga nisbatan ulushi 2023-yil boshida 45% bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 66% ga yetgan. Ya’ni, korxona aktivlarining katta qismi uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlangan, bu esa moliyaviy barqarorlikning oshishiga xizmat qiladi. Umuman olganda, “O‘ZTRADE” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil yakunlari bo‘yicha uzoq muddatli aktivlar tarkibidagi ko‘rsatkichlari tahlili, korxonaning asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanish darajasi ijobiy tomonga o‘zgarganini ko‘rsatadi. Jumladan, asosiy fondlar hajmining oshishi ishlab chiqarish jarayonlarini barqaror yuritish, mavjud quvvatlardan to‘liq foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur moddiy-texnika bazaning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha barqarorlikning saqlanib qolganligi, korxonaning moliyaviy siyosati izchil va samarali olib borilayotganini tasdiqlaydi. Bu holat esa, o‘z navbatida, kapital qo‘yilmalarning xavfsizligi va rentabelligini ta’minlash, investitsiya resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Mazkur o‘zgarishlar va ijobiy ko‘rsatkichlar “O‘ZTRADE” AJ tomonidan qabul qilingan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini anglatadi. Shu orqali korxona nafaqat mavjud salohiyatni to‘liq ishga solishga, balki istiqboldagi raqobatbardoshligini oshirishga, bozordagi mavqeini mustahkamlashga va iqtisodiy barqarorlikka erishishga yo‘naltirilgan muhim bosqichlarni bosib o‘tmoqda. 2.4-jadval. “O‘ZTRADE” AJ asosiy vositalarining texnik holati tahlili. 32 Asosiy vositalar Boshlang‘ich qiymati, ming so‘m Eskirish qiymati, ming so‘m Qoldiq qiymati, ming so‘m Eskirish darajasi, % Yaroqlilik darajasi, % 1 2 3 4 5 6 1.O‘tgan yili 2573559 513542 2060017 20 80 32 Muallif ishlanmasi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 555 2.Hisobot yili 17118690 735845 16382845 4 96 3.Farqi, (+,-) 14545131 222303 14322828 -16 16 2.4jadval bo‘yicha xulosa: 2023-yil uchun “O‘ZTRADE” AJ asosiy vositalarining texnik holatini tahlil qilish ushbu vositalarning iqtisodiy qiymati, yaroqlilik darajasi, eskirish holati va bu ko‘rsatkichlardagi yillik o‘zgarishlarga asoslangan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxonaning asosiy vositalari jiddiy ravishda yangilangan, bu esa texnik bazaning mustahkamlanishini va ishlab chiqarish quvvatlarining oshganligini bildiradi. O‘tgan yilda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 25 735 59 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, hisobot yili yakunida bu ko‘rsatkich 171 186 90 ming so‘mga yetgan. Bu 145 451 31 ming so‘mlik o‘sishni anglatadi, ya’ni 5,5 martadan ortiq oshgan. Bunday keskin o‘sish ishlab chiqarish uchun yangi texnikalar, uskuna va binolar xarid qilinganligini bildiradi. Bu esa korxonaning texnik qayta jihozlanish jarayoniga katta e’tibor qaratayotganini ko‘rsatadi. Eskirish qiymati ham sezilarli darajada oshgan: o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 513 542 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, hisobot yili oxirida 735 845 ming so‘mni tashkil qilgan. Farq 222 303 ming so‘mga teng. Biroq bu holat umumiy manfiy tafsirga ega emas. Chunki eskirish qiymatining o‘sishi bilan birga, boshlang‘ich qiymat ko‘rsatkichi yanada katta hajmda ortgan. Shu sababli eskirish darajasi pasaygan: o‘tgan yilda 20% bo‘lgan eskirish darajasi hisobot yili oxiriga kelib atigi 4% ni tashkil etgan. Bu esa asosiy vositalarning yangilanishi, yangi texnik vositalarning kiritilishi, foydalanishdagi uskunalarning texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tkazilishi va eskilarining almashtirilganini bildiradi. Qoldiq qiymat bo‘yicha ham sezilarli ijobiy dinamika kuzatilgan. O‘tgan yilda asosiy vositalarning qoldiq qiymati 2 060 017 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2023 -yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich 16 382 845 ming so‘mga yetgan. Bu esa 14 322 828 ming so‘mlik farqni tashkil qiladi. Qoldiq qiymatdagi bu o‘sish asosiy fondlarning joriy amortizatsiyalardan kam eskirgani, ularning iqtisodiy samaradorligi yuqoriligi bilan izohlanadi. Yaroqlilik darajasi ham yuqori o‘zgarishni ko‘rsatgan bo‘lib, o‘tgan yilda 80% bo‘lgan ko‘rsatkich, hisobot yilida 96% ga yetgan. Bu esa korxona foydalanayotgan asosiy vositalarning katta qismi texnik jihatdan yaroqli, zamonaviy va foydali ekanligini bildiradi. 16% ga oshgan yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning samaradorligi va rentabelligini oshirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, “O‘ZTRADE” AJ asosiy vositalarining texnik holati bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, korxona 2023-yilda texnik qayta qurollanish, eskirgan uskunalarni yangilash, ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash borasida izchil ish olib borgan. Bu holat uzoq muddatli aktivlar strukturasi bilan uyg‘un bo‘lib, IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 556 korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikka erishishga yo‘naltirilganligini ko‘rsatadi. Asosiy vositalarning yangilanishi hamda yaroqlilik darajasining oshishi korxona mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa “O‘ZTRADE” AJ ning bozor talablariga moslashuvi va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga intilayotganidan dalolat beradi. 2.5-jadval. “O‘ZTRADE” AJ da asosiy vositalar samaradorligi tahlil. 33 Asosiy vositalarning o‘rtacha qiymati ming so‘m (Avo‘) Sof foyda ming so‘m (Sf) 1 2 922 143 100 53526 Ra=Sf Avo′ - asosiy vositalarni samardorligi (rentabilligi) shu formula bilan hisoblandi: Ra(31.12. 2023) = 53526 922 143 100 =5,8 2.5jadval bo‘yicha xulosa: Tashkilotning asosiy vositalaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda ularning o‘rtacha yillik qiymati (Avo‘) va hisobot davridagi sof foyda (Sf) asosiy mezon sifatida olinadi. Ushbu jadvalga ko‘ra, “O‘ZTRADE” AJning 2023-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra asosiy vositalarining o‘rtacha qiymati 922 143 100 ming so‘mni tashkil etgan. Shunga nisbatan hisoblangan sof foyda miqdori esa 53 526 ming so‘m bo‘lgan. Asosiy vositalarning rentabelligi yuqoridagi formula yordamida aniqlangan. Bu ko‘rsatkich shuni anglatadiki, “O‘ZTRADE” AJ har 100 so‘mlik asosiy vositaga 5.8 so‘m sof foyda ishlab topgan. Mazkur raqamdan kelib chiqilsa, bu daraja o‘rtacha samaradorlik darajasidan pastroq bo‘lishi mumkin. Chunki umumiy investitsiyalangan mablag‘ning qaytimi nisbatan sust kechmoqda. Bu natija quyidagi holatlarning natijasi bo‘lishi mumkin: Asosiy vositalarning haddan tashqari katta hajmda mavjudligi, ammo ularning barchasi to‘liq ishga solinmayotgan bo‘lishi; Foydalanilayotgan vositalarning eskirish darajasi past bo‘lsa-da, ulardan yetarlicha samarali foydalanilmayotgani; Tashkilotning umumiy rentabellik darajasi past bo‘lishi yoki xarajatlar nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avvalgi tahlil (2.4-jadval) asosida qaralganda, hisobot yilida asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi 80% dan 96% ga oshgan. Bu ijobiy o‘zgarish, ya’ni 33 Muallif ishlanmasi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 557 texnik jihatdan vositalarning ishlash holati yaxshilanganini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, ularning moliyaviy jihatdan qaytimi hali ham yetarli darajada emasligini anglatadi. Xulosa va takliflar: Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida ularni optimallashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Bu orqali, ayniqsa, mavjud vositalarning rentabellik darajasini oshirish, ya’ni ular yordamida ko‘proq iqtisodiy foyda olish imkoniyatlari kengayadi. Asosiy fondlardan oqilona va maqsadga muvofiq foydalanish korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, samaradorligi past bo‘lgan, ya’ni iqtisodiy jihatdan eskirgan yoki texnik imkoniyatlari hozirgi talabga javob bermaydigan asosiy vositalarni aniqlab, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish yoki butunlay yangilariga almashtirish zarur. Bu esa ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va xizmat ko‘rsatish darajasini yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, korxona tomonidan amalga oshirilayotgan uzoq muddatli investitsiyalarni tahlil qilish orqali ularning rentabelligi, ya’ni daromad keltirish salohiyati puxta o‘rganilishi lozim. 2.6-jadval “O‘ZTRADE” AJ ning joriy aktivlarni tarkibini tahlili. 34 Kо‘rsаtkichlаr 2023 yil boshi 2023 yil oxiri Fаrki(+,-) sо‘ mа (m.s.) sаlmog‘ i % sо‘ mа (m.s.) sаlmog‘ i % sо‘ mа (m.s.) sаlmog‘ i % Joriy аktivlаr. Undаn: 75264045 55 38469034 34 -36795011 -21 Tovаr-moddiy zаxirаlаr 5552 0,004 3108 S0,003 -2444 -0,001 Debitorlаr 67678511 49,456 35982126 31,802 -31696385 -17,65 Pul mаblаg‘lаri 6797389 4,967 684198 0,605 -6113191 -4,36 Kiskа muddаtli investitsiya 60000 0,044 60000 0,053 0 0,009 2.6jadval bo‘yicha xulosa: 2023-yil mobaynida “O‘ZTRADE” AJ ning joriy aktivlari tarkibi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan bo‘lib, bu korxonaning moliyaviy holati va likvidlilik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshida 34 Muallif ishlanmasi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 558 korxonaning umumiy joriy aktivlari 75 264 045 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 38 469 034 ming so‘mgacha kamaygan. Bu esa 36 795 011 ming so‘m yoki 21 foizga yaqin kamayishni anglatadi. Ushbu keskin pasayish, ayniqsa, korxonaning aylanuvchi mablag‘laridan foydalanish samaradorligiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Eng katta o‘zgarish “Debitorlar" bo‘limida kuzatildi. Yil boshida 67 678 511 ming so‘mni tashkil etgan debitor qarzlari yil oxirida 35 982 126 ming so‘mga tushgan. Bu 31 696 385 ming so‘mlik yoki 17,65 foizlik kamayishni anglatadi. Bunday holat, bir tomondan, korxonaning qarzdorlardan undirish siyosatini kuchaytirganligini bildirishi mumkin. 2.7-rasm. “O‘ZTRADE” AJ ning 2023-yildagi joriy aktivlari tahlili. 35 Boshqa tomondan, bu sotuvlar hajmida yoki xizmatlar ko‘rsatish hajmida kamayish bo‘lishi ehtimolini ham ko‘rsatadi. Debitorlik qarzlarining kamayishi korxona uchun ijobiy holat bo‘lishi mumkin, chunki bu pul oqimining yaxshilanishi va aylanma mablag‘larning real pulga aylanishini bildiradi. “Tovar-moddiy zaxiralar” bandi bo‘yicha ham kamayish qayd etilgan. Yil boshida 5552 ming so‘mni tashkil etgan zaxiralar yil yakunida 3108 ming so‘mga tushgan, bu esa 2444 ming so‘mlik yoki 0,001 foizlik salmoqli kamayishni anglatadi. Bunday kamayish, ehtimol, zaxiralar aylanishining jadallashganini yoki ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida zaxiralarni tejab-tergab ishlatish holatini aks ettiradi. Shu bilan birga, bu holat korxonaning ishlab chiqarish zaxiralarini kamaytirish strategiyasini tanlaganligini ko‘rsatadi, bu esa zaxiralar saqlash xarajatlarini qisqartirishi mumkin. Pul mablag‘lari ham sezilarli darajada qisqargan: yil boshida 6 797 389 ming so‘m bo‘lgan pul mablag‘lari yil oxiriga kelib atigi 684 198 ming so‘mni tashkil etgan. Bu esa 6 113 191 ming so‘mlik yoki 4,36 foizlik salmoqli kamayishni bildiradi. Pul mablag‘larining keskin kamayishi moliyaviy barqarorlikka tahdid soluvchi holat bo‘lishi mumkin. Bu holat korxonaning o‘z vaqtida qarzlarini to‘lash imkoniyatini cheklashi, operatsion faoliyatda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, 35 Muallif ishlanmasi.