TASVIRIY SAN'AT VA PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR
Abstract
Ushbu maqolada tasviriy san’atda innovatsion texnologiyalarni zamonaviy pedagogika asosida qo‘llash muammolari va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida so‘z boradi.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 48 TASVIRIY SAN’AT VA PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR Azimov Farxod Teshaboyevich1, Xamrayeva Umida Madrimovna2 1Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi, 2Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17463307 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’atda innovatsion texnologiyalarni zamonaviy pedagogika asosida qo‘llash muammolari va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: innovatsion, texnologiya, tasviriy san’at, zamonaviy pedagogika, usul, uslublar. Zamonaviy pedagogikada, shu jumladan, tasviriy san’atda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash davr talabiga aylanib bormoqda. Bunda ijodkorning bilim egallashga bo‘lgan tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash va uni rag‘batlantirish, ijod qilishi uchun shart-sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbga yo‘naltirib o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, yaratish va ularni boshqarish ta’lim-tarbiyaning bugungi dolzarb vazifasi hisoblanadi. SHuni aytish kerakki, O‘zbekiston badiiy pedagogikasi nafaqat ta’lim taraqqiyoti bilan, balki vatanimizda ro‘y berayotgan tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy o‘zgarishlar bilan ham chambarchas bog‘liq. O‘lkamiz o‘tmishida tasviriy san’at keng rivojlangan bo‘lib, har bir davr o‘z mazmuni, shakli, xarakteri jihatidan alohida maktablarni yuzaga keltirgan. Haqiqiy tasviriy san’at o‘zida takrorlanmas mo‘jizani jamlaydi. Bu mo‘jizaning sir-asrorlarini bilish, tushunish uchun kompozitsiya haqida ma’lumotga ega bo‘lishni talab etiladi. Kompozitsiya tuzish, joylashtirish, ijod qilish san’atning alohida qisimlarini mantiqan bir butunlikka keltirishni anglatadi. Busiz uni tasviriy san’at asari sifatida baholab bo‘lmaydi. SHu bois tasviriy san’at yo‘nalishida pedagogik innovatsiyalarni izlab topish, o‘rganish, tahlil qilish yaxshi samara beradi va ularni amaliyotda qo‘llash orqali kutilgan natijaga erishiladi. Tasviriy san’at fani o‘qituvchisi talabani faollashtiradigan yo‘l, usullar, ta’lim shakllari va vositalarini takomillashtiradi. Aslida innovatsiya bir tizimda shakllangan yangicha yondashuv, ta’lim mazmuni rivoji uchun istiqbolli hisoblanadi, shu bilan birga, ta’lim tizimi rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Interfaol ta’lim davomida talabalar jarayonning barcha sub’ektlari bilan faol munosabatda bo‘ladi. Interfaollik darajasi kancha yukori bulsa, ta’lim berish jarayoni shuncha ko‘p natija beradi. Bu metod o‘quvchida belgilangan vazifani bajarishning eng maqbul variantlarini topish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Har kanday mazmunga ega muammoli vaziyatlarni o‘rganish va tahlil qilishga, uning echimini topish uchun mustaqil izlanishga, shu orqali aniq yoki muqobil qarorga kelishga o‘rgatadi. Jahon tasviriy san’at olamida keys-stadi (inglizcha sase - vaziyat, holat, studyo‘rganish) degan atama mavjud bo‘lib, bu ta’lim berish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvda bayon kilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv jarayonlarini o‘z ichiga olgan o‘qitish texnologiyasidir. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida, yoshlarga fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilmokda. Innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari etarlicha rivojlanib borayotgan bir paytda o‘z-o‘zidan ularning integratsiyasi vujudga keladi. Tasviriy san’atda kompozitsiya juda keng ma’noga va o‘ziga xos, ayni paytda juda muhim bo‘lgan xususiyatlarga ega.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 49 Bu xususiyatning diqqatga sazovor jihati shuki, tasviriy san’atning har bir yo‘nalish yoki janrida kompozitsion tuzilishining ma’lum darajada umumiylik va ayni paytda bir-biridan farqli jihatlari mavjud bo‘lib, yo‘nalishi yoki janrga ko‘ra kompozitsiyaning muayyan konuniyatlariga amal qiladi. Tasviriy san’at asari kompozitsiyaning oddiy qonunlaridan to uning murakkab me’yoriy talablarigacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Kompozitsion tugallangan tasviriy san’at asarida rassomning maqsadi, o‘y-fikrlari namoyon bo‘ladi. Asar mazmunini ochib beruvchi tasviriy vositalar uning kompozitsion echimini favqulodda hal etadi. Asar kompozitsiyasini hal etishda rassomning dunyoqarashi o‘ziga xos uslubda ifoda etiladi, ayni paytda rassom o‘z asari orqali tomoshabinlarni estetik mulohaza kilishga chorlaydi. Tasviriy san’at ustalarining dunyoqarashi, shuningdek, ularning mahorati yaratilayotgan asar kompozitsiyasining mukammaligi bilan belgilanadi. Asar tomoshabin tomonidan idrok qilinayotganda ba’zan ijodkor xayoliga kelmagan fikr-mulohazalar ham yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun, avvalo, tomoshabin, tasviriy san’at ixlosmandlari klassik namunalar hamda tasviriy san’at tarixidagi va zamonaviy namunalarni estetik idrok etish va to‘g‘ri tahlil qila olish uchun ulardan kompozitsiya haqidagi nazariy tushuncha va bilimga ega bo‘lishni talab qilinadi. Tasviriy san’at asarida mazmun va shaklni birlashtirish uchun qo‘llanilgan vositalarni asarning bosh g‘oyasiga bo‘ysundirish kompozitsiyaga xos asosiy qonunlardandir. Rassomning bosh mavzusi doimo inson, insonni har jihatdan o‘rganish bo‘lib kelgan. SHuning uchun insonni tasvirlashda ijodkorlar va barcha tasviriy san’at ixlosmandlari plastik anotomiyani bilishi o‘ta muhim hisoblanadi. Ana shunda inson obrazi, odamning ma’naviy, ruhiy qiyofasini ifodalovchi asar yaratilayotgan bir paytda musavvir uning kompozitsiyasini innovatsion texnologiyalar asosida to‘la-to‘kis yorita oladi. O‘zbekiston tasviriy san’at tarixida kompozitsiya jihatidan mukammal, badiiy qimmatga ega asarlar mavjud. Ayniqsa, miniatyura san’atiga oid murakkab namunalarda ham o‘ziga xos kompozitsiyalar zamirida ma’lum bir g‘oyalarda namoyon bo‘ladi. Jumladan, Kamoliddin Behzodning mashhur asarlaridan biri – Sulton Husayin Boyqaro portretidagi reallik bu mumtoz musavvirning inson qiyofasini yaratish borasida tengsiz san’atkor ekanligini ko‘rsatadi. Behzod Alisher Navoiy, Sulton Husayin Boyqaro, Muhammad SHayboniyxon, Abdurahmon Jomiy, Abdulla Xotifiy portreti kabi asarlarini mahorat bilan chizishda o‘sha paytda urf bo‘lmagan innovatsion texnologiyalarni o‘zi bilmagan holda qo‘llagan bo‘lishi mumkin. Tasviriy san’atning o‘ziga xos sirli olamini falsafiy anglash salohiyati musavirni ma’naviy kamolotga etaklaydi. Kezi kelganda yana shuni takidlash kerakki, tasviriy san’at zamon va makonda hech qachon qotib qolmaydi. Davr taqozosi, san’atkornig ijodiy izlanishlari natijasida ma’lum darajada o‘zgarib boraveradi. Aslida, tasviriy san’atda kompozitsiya o‘ta murakkab va shunday serqirraki, bu borada zamonaviy san’atshunos, rassomlarning munozara va mulohazalari, qarashlari har xil bo‘ladi. SHunday ekan, san’atshunoslik hamda pedagogika fani uni ilmiy-nazariy va boshqa jihatlardan ham o‘rganadi. Bu ijod turi ma’lum bir mezonlar asosida pedagogdan fan va metodika usullarini muttasil takomillashtirib borishini taqazo etadi. Kompozitsiyadagi muhim jihatlarga ega bo‘lgan sohalardan biri badiiylik, nur va bo‘yoqlar muammosidir. Kompozitsion jiddiy saviyaga ega bo‘lgan har bir san’at asarida ma’lum darajada o‘ziga jalb qiluvchi badiiy nur qiyofasi mavjud bo‘ladi. Bu, albatta, rassomning bo‘yoqlarni ishlatish mahorati, nur va soya imkoniyatlaridan foydalanish mahoratiga ham bog‘liq. Ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlar innovatsion jarayonlarning faollashuviga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Ta’limning innovatsion rivojlanish tartibotiga o‘tishi faqat nazariyotchi pedagoglarninggina emas, balki uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga taalluqlidir.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 50 Endilikda pedagogik yangiliklardan foydalanishga bo‘lgan xohish-istak, ularni qo‘llashdagi faollikgina emas, balki pedagogik ijodiyot bilan shug‘ullanish, o‘zlari yangiliklarni yaratish amaliyotchi pedagoglar faoliyatining muhim belgilaridan biriga aylanmoqda. Ayni chog‘da pedagogik yangiliklarni yaratish, ularning pedagogik jamoatchilik tomonidan o‘zlashtirilishi hamda baholanishi, o‘qitish va tarbiyalash jarayoniga qo‘llash va tatbiq etish uzviylikni taqozo etadi. Ta’lim muassasalaridagi innovatsion faoliyatni tashkillashtirish tajribasini atroflicha tahlil qilish pedagogik jamoalar, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘z faoliyatiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga intilishlarini ko‘rsatadi. Muammoga ijtimoiy ahamiyat va mohiyat nuqtai-nazardan qaraydigan bo‘lsak, xalq pedagogikasi ta’limidagi innovatsion jarayonlarda “pedagogik yangilik” sifatida o‘zining munosib o‘rnini olishi kerak. CHunki ta’lim muassasalaridagi yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq har qanday yangilanishlar milliy ta’limning tub mohiyatini, uning ijtimoiy axamiyatga molik vazifalarini inkor etolmaydi. Umuminsoniy qadriyatlarni, jahon xalqlarining ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish vazifasi ham hech qachon o‘quvchi-yoshlarning milliy o‘zligini tarkib toptirish vazifalariga zid bo‘lmaydi. Demak, ta’limdagi innovatsion jarayonlar milliy ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish bilan hamohang bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi zamon pedagogik texnologiyalarda, ayniqsa, ko‘proq xorijdan kirib kelayotgan ta’lim-tarbiya usullarida o‘zbekona tarbiya tizimiga to‘g‘ri kelmaydigan xususiyatlar ham tiqilib yotibdi. SHuning uchun tasviriy san’atda innovatsion texnologiyalarga berilib ketish, milliy an’analarimizga xos bo‘lmagan, sharqona tarbiyaga zid bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qilish, ustozga hurmat, qat’iy intizom kabi sharqona odatlarimizning e’tibordan chetda qolishi yomon natijalarga olib keladi. Xulosa o‘rnida aytish kerakki, zamonaviy ta’lim jarayonida, tasviriy san’atda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hozirgi davrda ayniqsa dolzarblik kasb etmoqda. Butun dunyo taraqqiyotning mazkur bosqichida ta’limga innovatsion jarayonlarning tatbiq etilishi jamiyatni rivojlantirishga, Vatan kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi. FODALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020-yil 23sentabrdagi O‘RQ-637-son. 2. Oripov B.N. Tasviriy san’atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi. Oliy o‘quv yurtlarining «Badiiy grafika» va «San’atshunoslik» fakultetlari talabalari uchun o‘quvmetodik qo‘llanma. Т.: «ILM ZIYO», —2013, —152 b. 3. Ibadullayev S.E., Jumashev S.O. Oliy ta`lim muassasalarida o`zbekiston rassomlari ijodining muhim jihatlarini o`rganish. Innovation in the modern education system: a collection scientific works of the International scientific conference (25th April, 2022) – Washington, USA: "CESS", 2022. Part 17.