O'ZBEK MILLIY HUNARMANDCHILIGIDA KULOLCHILIK SAN'ATINING KELIB CHIQISH TARIXI VA RIVOJLANISHI
Abstract
Ushbu maqolada qadim tarixga ega bo‘lgan o‘zbek milliy hunarmandchilik san’atining noyob durdonalaridan biri ya’ni kulolchilik san’atining kelib chiqish tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari, takrorlanmas hamda dunyolarga mashhur amaliy ko‘rgazmalari kulolchilik maktablari, va ishlab chiqarish texnologiyalari keng ko‘lamda bayon qilingan.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 85 O‘ZBEK MILLIY HUNARMANDCHILIGIDA KULOLCHILIK SAN’ATINING KELIB CHIQISH TARIXI VA RIVOJLANISHI G‘aniyeva Dilfuza A’lam qizi Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17463716 Annotatsiya. Ushbu maqolada qadim tarixga ega bo‘lgan o‘zbek milliy hunarmandchilik san’atining noyob durdonalaridan biri ya’ni kulolchilik san’atining kelib chiqish tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari, takrorlanmas hamda dunyolarga mashhur amaliy ko‘rgazmalari kulolchilik maktablari, va ishlab chiqarish texnologiyalari keng ko‘lamda bayon qilingan. Kalit so‘zlar: kulolchilik, neolit davri, kulolchilik charxi, Rishton, sopol buyumlar, klassik, bezak, Sulton Uvays, naqsh Аннотация: В данной статье широко освещены история возникновения гончарного искусства — одного из уникальных шедевров узбекского народного прикладного искусства, его особенности, неповторимые и всемирно известные художественные выставки, а также технологии производства. Ключевые слова: гончарное искусство, неолитический период, гончарный круг, Риштан, глиняные изделия, классический, орнамент, Султан Увайс, узор. Annotation: This article provides a comprehensive overview of the history of pottery — one of the unique masterpieces of Uzbek national handicraft art — highlighting its distinctive features, unparalleled and world-famous exhibitions, as well as production technologies. Keywords: pottery, Neolithic period, potter’s wheel, Rishtan, clay products, classical, ornament, Sultan Uvays, pattern. Kirish (Introduction). O‘zbek milliy san’atining eng qadimgi va noyob durdonalaridan biri bu – kulolchilik san’atidir. Uzoq asrlardan buyon naqshlari, takrorlanmas uslublari bilan ajralib turadigan o‘zbek kulolchilik san’ati Markaziy Osiyo madaniyatining ajralmas qismi sifatida keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda. O‘zbek xalqining kulolchilik an’analari qadimiy tarixga ega bo‘lib, arxeologik topilmalar bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Xususan, qadimgi Afrosiyob, Toprakkala, Varaxsha, Paikent, Xorazm va Termiz kabi qadimiy shaharlar hududidan topilgan sopol buyumlar miloddan avvalgi ming yilliklarga mansubdir. Bu esa o‘zbek zaminida kulolchilik san’ati juda erta shakllanib, o‘ziga xos maktab va uslublarga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlil (Literature review). Arxeologik va tarixiy manbalarga tayanadigan tadqiqotlar, xususan, Y. G‘ulomov, A. Asqarov, T. Shirinov, R. Sulaymonovlarning ilmiy ishlari o‘zbek kulolchilik san’atining ildizlari qadimgi sug‘d, baqtriya va xorazm madaniy qatlamlariga borib taqalishini ko‘rsatadi. B. A. Latipov, M. Qodirov, O. Rahmonov kabi olimlarning tadqiqotlarida IX–XII asrlar Movarounnahr kulolchilik maktablari, xususan, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona maktablarining o‘ziga xos texnik va estetik xususiyatlari yoritilgan. M. Jo‘rayev, N. Shukurov, Z. Karimova, D. Abdullayeva, Sh. Tursunova kabi olimlarning asarlarida kulolchilik san’atining bugungi rivojlanish bosqichlari, turistik va iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, milliy brend sifatida targ‘ib etilish masalalari yoritilgan.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 86 Tatqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Mazkur tadqiqot o‘zbek milliy hunarmadchiligiga oid kulolchilik san’atining tarixiy shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, hamda kulolchilik maktablarini ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan. Tahlil va natijalar (analysis and results). O‘zbek kulolchilik san’atining kelib chiqishi qadimgi davrlarda, miloddan avvalgi ming yilliklarga borib taqaladi. Inson kulolchilik bilan neolit davridan shug‘ullangan. Dastlab, maxsus loydan buyumlar qo‘lda yasalgan, so‘ngra quritib olovda qizdirilgan. Kulolchilikni keng tarqalishiga asosiy sabab, kulolchilikda foydalaniladigan tuproq jahonning hamma yerlarida mavjudligidir. Dastab kulolchilik bilan ayollar shug‘ullangan. Kulolchilik charxining paydo bo‘lishi bilan erkaklar ham shu ishga jalb qilingan. Bu hunarmandlik loydan turli buyumlar tayyorlaydigan tur hisoblanib, jumladan spol idishlar, qurulish materiallari hamda kunlik ro‘zg‘orbob idishlar ishlatish uchun yasaladi. Idishlar hamda yasalgan buyumlar maxsus o‘choq va xumdonlarda pishirilgan. Neolit davrida Sharq mamlakatlarida, Yunonistonda sopol idishlar tayyorlash, sopoldan memorlikda foydalanish rivojlana boshlagan. Kulolchilik san’atida asosiy xomashyo – tuproq. Loy qancha ko‘p pishitilsa, sopolning sifati shunshuncha yaxshilanib boradi. Kulolchilikda eng kerakli asbob bu - kulolchilik charxi. Kulolchilik charxida usta idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Kulollik charxi – kulollikda ishlatiladigan dastgoh; kulolning asosiy ish quroli, maxsus loydan ishlanadigan idishni shaklga solishda foydalaniladi. Kulollik charxi ikki yogʼoch gʼildirak-katta parrak (diametri 1 metrgacha) va kichik sartaxta diametri (20-30 sm) hamda gʼildiraklarning markazidan oʼtgan dumaloq xarsang toshga oʼrnatilgan oʼqdan iborat. Kulol pasdagi katta gʼildakni oyogʼi bilan aylantiradi, yuqoridagi g‘ildirak ustiga loyni quyib, idish yasaydi. 1 1-rasm. Zamonaviy kulollik charxi. Kulolchilik charxi ilk bor Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi 4-3 ming yilikda paydo bo‘lgan. Dastavval, u qo‘lda aylantirilgan keyinchalik O‘rta asrlarga kelib, oyoq bilan aylantiriladigan ya’ni hozirgi kunda qo‘llanilayotgan kulolchilik charxi yuzaga kelgan.O‘rta Osiyoda xususan, Qoratog‘, Panjakent, Samarqand, G‘ijduvon, Kitob, Shahrisabz, Xorazm, Rishton va Toshkentda kulolchilik san’ati kirib keldi. XX asrning 20yillariga kelib, kulolchilik san’ati va kulollar mehnatini tashkil etishga e’tibor qaratila boshlandi. Toshkentda tajriba kulollik, Samarqandda kulollik ustaxonalari ochildi. O‘zbekistonda kulolchilikning mashhur asarlari o‘zining betakrorligi, takrorlanmas 1 Sabirhodjayeva. T. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES //Volume1, Issue5 April2024: page:16
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 87 naqsh va uslubiyatlari bilan tan olingan. O‘zbekistonda amaliy san’at maktablarida xalq hunarmandchiligining bir necha turlari jumladan, kulolchilik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi kabi zamonaviy hamda milliylikni uyg‘unlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv kurslari tashkil etilda va unda ko‘plab yoshlar jalb qilindi. Shu bilan bir qatorda mamalakatimizning turli yerlarida kulolchilik maktablari tashkil etila boshladi. Har bir maktab o‘ziga xos uslub, takrorlanmas naqshlarini o‘z ichiga oladi, bu esa turli hududlarning madaniy va tarixiy xususiyatlarini ifodalaydi. Rishton maktabi – Rishton shahri Farg‘ona vodiysining Buyuk Ipak yo‘li hududida joylashgan va o‘sha davrda paydo bo‘lgan eng qadimiy shaharlaridan biri hisoblanadi. Rishton kulolchilik maktabi O‘zbekistoning eng mashhur maktablaridan hisoblanadi. Bu maktab “kobalt” hamda “moviy” rangdagi maxsus naqshlari bilan mashhurdir. 2rasm. Rishton sopollaridagi guldor naqshlar. G‘ijduvon maktabi - G‘ijduvon kulolchiligi uzoq tarixga ega. U yerlik ustalar asrlar davomida butun viloyatlarni kulolchilik buyumlari bilan ta’minlab kelishgan. Ularning san’atini o‘rganish uchun esa ko‘plab kulollar kelishgan. G‘ijduvonlik ustalar yasagan buyumlar 3xil: oq, qizil, va sariq loydan tayyorlanadi. Mahsulotlar tabiiy ravishda qurutilib, maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. 3rasm. G‘ijduvon kulol usta ish jarayonidan lavha.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 88 Bugungi kunga kelib esa, G‘ijduvonlik aka – uka Alisher va Abdulla Narzullayevlar an’analarni saqlash, rivojlantirish uchun samarali mehnat qilishmoqda. Buxoro kulolchilik maktablari boshqa maktablardan o‘zining sopol xushtak ishlanadigan markazining borligi bilan farq qiladi. Narzullayevlar yasayotgan buyumlarda esa kulolchilikning nafis san’atini, yangiliklarni his qilish mumkin. Xorazm maktabi - Xorazm kulolchilik maktabi oʻziga xos badiiyligi, bezaklar rangi va ishlanish uslubi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi; uning milliy shaklli oʻziga xos buyumi bodiyadir; naqsh mujassamoti handasiy va oʻsimliksimon naqshlardan iborat, buyumning markaziy qismiga arabeska girih tushirish ushbu maktabga xos uslublardan. Usta R. Matchonov (Madir qishlogʻi) buyumlarga toʻq rang ishlatgan, buyum bezagida havo rang yoki rangning oʻziga xos toʻq tusi ustunlik qiladi. S. Otajonov (Kattabogʻ qishlogʻi) oq angobdan koʻproq foydalanadi. 2 . Xorazm vohasida klassik guldor bezak an’analarini M. Bekchonov, A. Yoqubov, R. Zaripov va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi kunga kelib, ustalar idish va buyumlar yasash uchun tuproqni Qoraqalpog‘iston hududidagi Sulton Uvays tig‘idan olib kelishadi. Ayrim idishlar esa oddiy tuproqdan yasaladi. 4 – rasm. Xorazm kulolchilik san’atining noyob ko‘gazmalari. Xulosa va takliflar (Conclusion / Recommendations). Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘zbek kulolchilik san’at maktablarining tarixi chuqur ildiz otgan badiiy an’analar va madaniyatning o‘ziga xosligi aks ettiradi. Bu maktablar hunarmandchilikning bunday noyob turning asrab – avaylash uni yosh avlodga o‘rgatish, yoshlarda milliylik g‘ururini singdirish, tarix va kelajakni zamonaviylashtirishga targ‘ib etish hamda o‘zbek hunarmandchilik merosini yanada gullabyashnashiga muhim hissa qo‘shishdan iboratdir. Bugungi kunda esa kulolchilik san’atining yana rivojlantirish ya’ni oliy ta’lim muassasalari va hunarmandlik maktablarida kulolchilikka oid amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv ustaxonalarini rivojlantirish lozim. Bu esa yoshlarni ish bilan ta’minlash va vaqtlarini hunar o‘rganishga yo‘naltirishni ta’minlab beradi. Shu bilan bir qatorda ustoz shogirt an’analarini rivojlantirish ham kerak. Jumladan, tajribali kulollar ishtirokida mahorat darslarini muntazam shaklda joriy etish mumkin. Madaniy meros hisoblanmish kulolchilikka oid kataloglar yaratish, filmlar yaratish orqali xalqaro miqyosda ya’ni dunyoga mashhur bunday san’at asarlarini yanada kengaytirish lozim. Shu bilan bir qatorda, hududiy kulolchilik markazlarini qo‘llabquvvatlash kulol maktablarini ularni uslubiy 2 Sabirhodjayeva. T. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES //Volume1, Issue5 April2024: page:18
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 89 xususiyatlarini saqlagan holda asrabavaylash va turizm va eksport salohiyatini kengaytirish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES) 1. Abdullayev N. San’at tarixi: 2 tom / N. Abdullayev. – Toshkent: 2001. 2. Abdirasilov S. Rangtasvir / S. Abdirasilov, V. Azimov. – Toshkent: 2011. 3. Mahmudov B. O‘zbekiston madaniy meros: kulolchilik san’ati va zamonaviylik / B. Mahmudov. – Buxoro: 2020. 4. Sabirhodjayeva T. / T. Sabirhodjayeva // Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. – 2024. – Vol. 1, Issue 5. – P. 16. 5. Sabirhodjayeva T. / T. Sabirhodjayeva // Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. – 2024. – Vol. 1, Issue 5. – P. 18. 6. O‘zbekiston madaniyat vazirligi rasmiy sayti – URL: https://www.culture.uz 7. O‘zbekiston amaliy va tasviriy san’ati portal– URL: https://www.sanat.uz