MUZEY EKSPONATLARI (RASSOMLIK VA GRAFIKA)NI RAQAMLI SURATGA OLISH ME'YORLARI
Abstract
Maqolada muzey ekspozitsiyalari san’at asarlarini fototasvirga tushirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni tadqiq qilinadi. Fotosan’atning yorug‘lik va kompozitsiya qonunlariga asoslangan holda yuqori sifatli tasvir yaratish usullarini o‘rgatishga qaratilgan. Muzey kolleksiyalarini raqamli arxivlashtirish, ilmiy va ommaviy nashrlar uchun yuqori sifatli fototasvirlar tayyorlash hamda eksponatlarni to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 109 MUZEY EKSPONATLARI (RASSOMLIK VA GRAFIKA)NI RAQAMLI SURATGA OLISH ME’YORLARI Kadirov Bеxzod Baxodirovich Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Amaliy grafika va badiiy fotografiya” kafedrasi o‘qituvchisi.s.f.f.d. PhD Toshkent shaxri. https://doi.org/10.5281/zenodo.17463815 ANNOTATSIYA. Maqolada muzey ekspozitsiyalari san’at asarlarini fototasvirga tushirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni tadqiq qilinadi. Fotosan’atning yorug‘lik va kompozitsiya qonunlariga asoslangan holda yuqori sifatli tasvir yaratish usullarini o‘rgatishga qaratilgan. Muzey kolleksiyalarini raqamli arxivlashtirish, ilmiy va ommaviy nashrlar uchun yuqori sifatli fototasvirlar tayyorlash hamda eksponatlarni to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. AННОТAЦИЯ. В статье рассматриваются теоретические знания и практические навыки фотосъёмки произведений искусства в музейных экспозициях. Цель статьи – обучение методике создания высококачественных изображений с учётом законов света и композиции в фотографии. Даны рекомендации по цифровому архивированию музейных коллекций, подготовке высококачественных фотографий для научных и научно-популярных изданий, корректному изображению экспонатов. ANNOTATION. This article examines the theoretical knowledge and practical skills of photographing works of art in museum exhibitions. The article aims to teach methods for creating high-quality images, taking into account the laws of light and composition in photography. Recommendations are provided for digital archiving of museum collections, preparing high-quality photographs for scientific and popular science publications, and accurately depicting exhibits. Keywords: artwork, light, surface, color balance, optical equipment. Kalit so‘zlar: san’at asarlari, yorug‘lik, sirt, rang balansi, optik uskuna, Ключевые слова: произведение искусства, свет, поверхность, цветовой баланс, оптическое оборудование. Rassomlik va grafik san’at asarlarini fotosuratga tushirish jarayoni, o‘z mohiyatiga ko‘ra, me’morchilik obyektlarini suratga olishdan sezilarli darajada farq qiladi. Bu farq, birinchi navbatda, obyektlarning tabiati va shakli bilan bog‘liq. Agar me’moriy inshootlar hajm va kenglikka ega bo‘lib, ularning fazoviy tuzilishi muhim o‘rin tutsa, rassomlik asarlari aksariyat hollarda yassi sirtda ijod qilingan asarlar namunasi bo‘ladi. Shuning uchun, bunday asarlarni suratga olishda birinchi galda tasvirning aniqligi, to‘g‘ri proporsiyalari va umumiy kompozitsiyaning buzilmasdan aks etishi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Rasmni fotosuratga tushirishda asarning formati va aniq o‘lchamlari saqlanishi juda muhim. Chunki fotosuratda tasvir masshtabini o‘zgartirish yoki noto‘g‘ri burchakdan suratga olish natijasida asarning real ko‘rinishidagi mutanosibliklar buzilishi mumkin. Ayniqsa, ba’zan fotoapparat obyektivining texnik xususiyatlari yoki jismni to‘liq qamrab olish maqsadida burchakli suratga olish oqibatida asarning geometrik shakllari deformatsiyaga uchraydi. Bu esa, o‘z navbatida, tasvirning asl
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 110 mazmuni va badiiy qiymatini to‘liq yetkazishga xalal berishi mumkin. Masalan Karoloy van Veyk, Frouke van der Meulen va Susannoy Xoygenlar tarafidan yozilgan “3D ob’ektlarni suratga olish bo’yicha Rijksmuseum qo‘llanmasi”da quydagi fikr keltirilgan –“Asosiy qoida shuki biz yangidan san’at namunasini yaratmaymiz, biz san’atni suratga olamiz”[1]. Bundan tashqari, rassomchilik asarlarida aks etgan materialning fakturasi — ya’ni yuzadagi bo‘rtma, chiziqlar, mo‘yqalam izlari yoki materialning teksturasi ham vizual ta’sirning ajralmas qismi hisoblanadi. Ammo fotosuratda bu xususiyatni aniq ifoda etish oson emas. Shu sababli, suratga olishda yorug‘lik va soyaning to‘g‘ri tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Maxsus yoritish texnikasidan foydalanib, fakturaning bor-yo‘g‘ini va chuqurligini belgilab beruvchi mayda tafsilotlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, yon tomondan yo‘naltirilgan yumshoq yorug‘likdan foydalanish fakturani aniq ko‘rsatib, asarning tabiiyligini saqlab qoladi. Asarni suratga olishda foydalaniladigan texnik vositalar ham ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Masalan Amerika Tarixiy va Badiiy Asarlarni Asrash Institutining Raqamli Fotografiya va Konservatsiyani Hujjatlashtirish bo‘yicha qo‘llanmasi muzey va konservatsiya sohasidagi fotosuratga olishda aniq, hujjatlashtirishga yo‘naltirilgan yondashuvni belgilaydi. - “Vizual hujjatlashtirish obyekt identifikatsiyasi, o‘lchov masshtabi, rangli va kulrang shkalalar, yorug‘lik burchagi va yo‘nalishi ko‘rsatkichi o‘z ichiga olishi shart. [2] Yuqori sifatli optik uskunalar, to‘g‘ri tushirish burchaklari, hamda minimal darajada tahrirlashni talab qiladigan RAW formatda suratga olish kabi usullar natijada olingan fotosuratning asl asarga yaqin bo‘lishiga xizmat qiladi. Shuningdek, tasvirdagi ranglar ham asl nusxaga mos kelishi shart, chunki yorug‘likning turli manbalari, rang temperaturasining nomutanosibligi rang ifodasini o‘zgartirishi mumkin. Grafika asarlari (chizma, gravyura, litografiya va boshqalar) ham shunday talablarga javob berishi lozim. Ularni fotoga tushirishda asosiy maqsad – chiziqlar aniqligi, kontrast darajasi va qiziqarli kompozitsion yechimlarni saqlab qolishdan iborat. Asarlar odatda monoxrom xarakterga ega bo‘lgani uchun yorug‘likni maqsadli ravishda joylashtirish orqali barcha chiziqlarning ravshan va chuqur chiqishi ta’minlanishi kerak. Rassomlik va grafik asarlarni fotosuratga tushirish – bu shunchaki hujjatlashtirish emas, balki badiiy va texnik mazmunda javobgarlikni talab qiladigan jarayondir. Bu jarayon asarning tashqi ko‘rinishi, mazmuni va texnikasini aniq aks ettirish orqali tomoshabinga real ta’surotni yetkazish maqsadini ko‘zlaydi. Asl nusxaning umumiy tuzilishi, kompozitsiya muvozanati va chiziqli shakllarini fotosuratga olishda eng muhim maqsad – tasvirni aniq va tabiiy holatda, hech qanday ko‘zga ko‘rinarli qiyshayishlarsiz yoki geometrik buzilishlarsiz nus'halashdan iboratdir. Buning uchun suratga olish jarayonida texnik uzviylikni to‘g‘ri ta’minlash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqsad —fotosuratga olish orqali qayd etish va bu natijalardan katalog tizimiga qo‘shimcha sifatida foydalana olishdir. Tavsiflangan tartib-qoidalarga rioya qilinsa, yaxshi hujjatlashtiruvchi fotosurat natijalariga erishiladi. Yagona talab shuki, foydalanilayotgan kameraning ishlash prinsipini tushunishi kerak.[3] Avvalo, suratga tushirilayotgan asl asar yuzasi bilan fotoapparat matritsasining sirti o‘rtasida to‘liq parallellik ta’minlanishi kerak. Agar ular orasida hatto juda kichik burchakli og‘ishlar bo‘lsa, bu tasvirning umumiy shaklida, ayniqsa kompozitsiyada va vizual detallarda sezilarli buzilishlarga olib keladi. Chiziqlar egilganday yoki to‘g‘ri chiziqlar egri bo‘lib ko‘rinishi, obyektning proporsiyalari buzilishi, geometrik mutanosiblikning yo‘qolishi kabi holatlar yuzaga keladi.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 111 Bunday xatolar, ayniqsa, to‘g‘ri burchakli, geometrik jihatdan muvozanatlangan asarlarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Shu sababli, rasmni tasvirga olishda maxsus shtativ yordamida kamerani gorizontal va vertikal tekislikda aniq joylashtirish, cho‘zilmalarni oldindan tekshirish, kameraning to‘g‘ri burchakda turishiga alohida e’tibor berish tavsiya etiladi. Shu tarzda ish yuritilganda, nainki asl nusxaning umumiy ko‘rinishi, balki uning ichki kompozitsiyasi, estetik detalligi va chiziqli dinamikasi ham fotosuratda saqlanib qoladi. Bu nafaqat texnik, balki badiiy jihatdan ham asarga bo‘lganmunosabat va yetuklikni namoyon etadi. Shu bilan birga, rassomchilik asarining ayrim muhim fragmentlarini alohida suratga olish jarayoni ham alohida ahamiyatga ega. Bu usul, odatda, asl nusxaning badiiy va texnik xususiyatlarini yanada chuqurroq yoritish, kompozitsiyadagi asosiy nuqtalarni, ma’noviy markazlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘llaniladi. Asarning umumiy ko‘rinishi tomoshabinga to‘liq tasavvur berish uchun xizmat qilsa, uning fragmentlarini suratga olish esa — muayyan elementlarni, masalan, muallifning individual uslubini, mazmunni ifoda etuvchi detallarni yoki texnik yechimlarni alohida o‘rganish imkonini yaratadi. Bu uslub orqali rang tanlovi, bo‘yoq qatlami tuzilishi, shtrixlar xarakteri, yorug‘lik va soya o‘yini kabi murakkab vizual elementlar yuqori aniqlik bilan tasvirlanishi mumkin. Kunduzgi yorug‘lik ko‘rinadigan spektrning ranglarini minimal siljish bilan mukammal tarzda beradi. Bu san’at asarlari uchun ideal yorug‘lik manbai. Yagona muammo uni juda yaxshi nazorat qila olmaysiz. Agar san’at asarini suratga olish uchun deraza yorug‘idan foydalansangiz, ekspozitsiya chekkalarda notekis bo‘lishi mumkin. Aslida, siz to‘xtash yoki undan ko‘proq farqni ko‘rishingiz mumkin. Reflektordan foydalanib, siz uni taxminan yarim to‘xtash yoki undan kamroq joyga qisqartirishingiz mumkin[4]. Ba’zi hollarda, asarning muayyan qismi butun kompozitsiyaning ma’no borligini belgilaydi. Shunday vaziyatlarda ana shu markaziy yoki xususiyatli fragmentlarni alohida suratga tushirish — butun asarning badiiy kuchini ochib berishga yordam beradi. Shuning uchun bunday yo‘l bilan olingan fotosuratlar ilmiy tadqiqotlarda, kataloglar tayyorlashda va ekspozitsion materiallarni yaratishda keng foydalaniladi. Agar rassomchilik asarining reproduksiyasi oq-qora formatda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, tasvirdagi tonal muvozanatni to‘g‘ri yetkazish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holda, asl asardagi yorqin elementlar fotosuratda ham yetarli darajada oydin va jonli aks ettirilishi lozim. Shu bilan birga, qorong‘u detallar suratda yanada teran, to‘yingan qora tonlarda namoyon bo‘lishi kerak. Bu muvozanatni ta’minlashda fotosuratdagi eng yorug‘ va eng qorong‘u nuqtalar o‘rtasidagi kontrast darajasiga alohida e’tibor qaratish zarur. Kontrast asl nusxadan ancha farq qilsa, surat asarning mazmuni va vizual ta’sirini to‘g‘ri yetkaza olmaydi. Shu sababli, kontrastni asl asardagi tonlar o‘rtasidagi farqqa mos darajada saqlash – reproduksiyaning asosiy talablaridan biridir. Shu kabi sharoitlarda san’at asarlarini hujjatlashtirish uchun yollangan professional fotograf, ehtimol, voqea joyiga yetib boradigan barcha begona yorug‘likni o‘chiradi va to‘sib qo‘yadi va o‘zi yoritishni yoqadi.[5] Mazkur yondashuv orqali tasvirning tonal kompozitsiyasi, ya’ni ravshanlik va soyalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar haqiqiy manbada qanday bo‘lsa, shunga yaqin tarzda aks ettiriladi. Bu esa reproduksiya orqali asarning estetik qiymatini to‘liq anglash imkonini yaratadi. Reproduksiya jarayonida asarning texnik xususiyatlarini to‘liq va aniq yetkazish juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu nafaqat asarning tashqi ko‘rinishi, balki uning moddiy va ijodiy tabiati haqida ham to‘liq tasavvur uyg‘otish imkonini beradi. Avvalo, rasm asosining (gruntining) tuzilishi va qavariqligi, uning to‘qimasi yoki teksturasi fotosuratda aniq ko‘rinishi
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 112 kerak. Bu, ayniqsa, bo‘yoq qatlamidagi teriga o‘xshash yon-atrofdagi bo‘rtmalar, mo‘yqalam harakatlarining izlari, qalam bilan chizilgan grafik chiziqlarning o‘zgacha tarzi kabi elementlarga ham taalluqlidir. Ushbu jihatlar orqali tomoshabin nafaqat asarning badiiy yuzi, balki uning ijodiy jarayonini ham his qiladi. Bundan tashqari, muallifga xos bo‘lgan individual uslubning ba’zan texnik kamchiliklari – masalan, moy bo‘yoq bilan ishlangan asarlarda vaqt o‘tishi natijasida yuzaga kelgan mikro darzlar, yoki texnologik me’yorlarga to‘liq rioya etilmagan hollarda paydo bo‘ladigan rang qatlamlaridagi uzilishlar — shunga o‘xshash xususiyatlar ham aniq va xiralashtirilmasdan aks ettirilishi lozim. Bu detallar asarning tarixiy aslligini ko‘rsatadi, uning haqiqiy va asil nusxa ekanini tasdiqlaydi. Ayrim hollarda esa, asarning aslligi va uning yoshi haqida to‘liq tasavvur berish uchun vaqt ta’sirida yuz bergan o‘zgarishlarni, masalan, rasm yuzasining qorayishi, qog‘ozning sarg‘ayishi, tushgan dog‘lar yoki kuyib ketgan chetlar kabi holatlarni ham ataylab fotosuratda aks ettirish zarur bo‘ladi. Bu esa asarning tabiiy hayotini, uning tarixi va mualliflik izlarini namoyon qiladi.Reproduksiya shunchaki rasmning fotosuratda qayta namoyon etilishi emas, balki uning ijodiy ruhini, moddiy mohiyatini, tarixiy ahamiyatini va estetik qiymatini saqlab qolgan holda to‘liq yetkazish mahoratidir. Ba’zan rasmda ko‘rinib turuvchi qalam yoki mo‘yqalam harakatlari ba’zilar tasavvur qilganidek rasmdagi kamchilik emas, balki asarga ma’no, chuqurlik va dinamik joziba bag‘ishlovchi san’atiy usullardan biri hisoblanadi. Bu izlar tasvirdagi asosiy obyektni ajratib ko‘rsatish, uni kompozitsiya markaziga aylantirish, shu bilan birga ortiqcha, ikkinchi darajali detallardan diqqatni uzoqlashtirish vazifasini bajaradi. Rassom ushbu izlar orqali asarning badiiy ruhini shakllantiradi, uning ichidagi hissiyot, kayfiyat va g‘oyaviy yuklamani kuchaytiradi. Izlar asarning teksturasida nafaqat estetik, balki mazmunli farqlar yaratadi — ya’ni, bir xil rangdagi bo‘yoqlar tasvirning turli qismlarida turlicha ta’sir va ma’no kasb etadi. Bu esa rasmning har bir qismiga o‘ziga xoslik baxsh etib, uni yodda qolarli va ta’sirchan qiladi. Qalam yoki mo‘yqalam izlari — bu rassomning “dastxati”, uning ichki dunyosi va individual uslubining muhim belgisi bo‘lib, rasmni san’at asari sifatida qabul qilishda katta ahamiyatga egadir. Ba’zan rassom asaridagi fakturali, ya’ni relefli sath nafaqat estetik bezak vazifasini bajaradi, balki u bevosita tasviriy ma’no ham kasb etadi. Bunday holatda bo‘rtma moy bo‘yoq qatlamlari tasvirlanayotgan buyumning shakli, hajmi va plastikasini qaytarib, uning real ko‘rinishini yanada jonli va ta’sirchan qilishga xizmat qiladi. Odatda, rassom diqqatni qaratmoqchi bo‘lgan muhim jihatlarni bo‘rtma bo‘yoq qatlamlari yordamida alohida ta’kidlaydi. To‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘yoq idishida suyultirilmasdan ishlatilgan, qattiq va ravshan chizilgan bu elementlar asarga kuchli ta’sir bag‘ishlaydi. Ular ijodiy ishning dinamikasini oshiradi va uni tomoshabin xotirasida yaxshiroq saqlanishiga yordam beradi. Yakuniy bosqichda esa ba’zan hatto rassomning barmoq izlari ham tasvir vositasiga aylanadi. Bu izlar, asar yuzasida nainki jismoniy, balki ma’naviy, ruhiy iz qoldiradi. Ular orqali rassomning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari va ijodiy kayfiyati namoyon bo‘ladi. Bu esa asarning badiiy qiymatini oshiradi va uni chuqurroq anglashga yordam beradi. Shu tarzda bo‘rtma qavariq — nafaqat texnik usul, balki muhimi, san’atkorning ruhiy dunyosi va ijodiy falsafasini aks ettiruvchi vositadir. Har bir rassomning ijodiy merosida unga xos bo‘lgan ranglar jilosi, bo‘yoq surtishi va bo‘rtma usullari mavjud bo‘lib, ular uning turli davrlarida, san’at maktablari va boshqa rassomlar bilan solishtirilganda alohida ajralib turadi. Bu o‘ziga xos texnik va uslubiy belgilari rassomning
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 113 badiiy dunyoqarashi va individual estetik qarashlarini ifodalaydi va shu jihatdan yuksak ma’naviy qadr-qimmatga ega. Ilmiy nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda, ushbu o‘ziga xosliklar san’at asarlarini o‘rganishda juda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ular orqali asarni shakl va uslub jihatidan o‘xshash bo‘lgan boshqa san’at namunalaridan aniq farqlash, mualliflik mansubligini aniqlash yoki ilmiy asosda taxmin qilish imkoni paydo bo‘ladi. Shuningdek, bu xususiyatlar yordamida turli davrlarga mansub san’at yodgorliklari o‘rtasidagi o‘zaro uslubiy va badiiy bog‘lanishlarni chuqur tahlil qilish, ularning rivojlanish bosqichlarini anglash mumkin. Eng muhimi, ushbu belgilovchi omillar soxta asarlarni aniqlash va ularni ilmiy asosda fosh etishda ham ishonchli mezon vazifasini bajaradi. Ushbu xususiyatlar san’atshunoslik, ta’mirlash va tasviriy san’at tarixi sohalarida muhim tadqiqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular nafaqat estetik baholash, balki asarning kelib chiqishi, haqiqiyligi va badiiy maktablar bilan bog‘liqligi kabi muhim ilmiy masalalarni hal qilishda ham katta ahamiyatga ega. Yodgorliklarning ayrim guruhlariga xos bo‘lgan shikastlanishlar ham ularni ilmiy o‘rganish va saqlashda alohida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, rasmlar, gravyuralar yoki manzaraviy asarlarda uchraydigan dog‘lar, rang oqishi yoki nur ta’sirida yuzaga kelgan o‘zgarishlar muzeyshunoslik sohasida yodgorlikning saqlanish darajasi, uning tarixi va ayrim hollarda hatto asl manbalarni tiklash uchun muhim ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tasodifiy shikastlanishlar ko‘pincha asarni fotosuratga olish yoki ekspozitsiya uchun tayyorlash jarayonida restavratsiya orqali bartaraf etilishi mumkin. Zamonaviy raqamli texnologiyalar – xususan, yuqori aniqlikdagi skanerlash, fotogrammetriya va grafik qayta ishlash dasturlari orqali asarning asl badiiy qiyofasiga zarar yetkazmagan holda ushbu kamchiliklarni vizual jihatdan yo‘qotish mumkin bo‘ladi. Bu jarayon restavratorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega, chunki asl asarga bevosita aralashmasdan, raqamli usulda tahlil qilish va tiklash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, san’at yodgorliklarini raqamlashtirish va qayta tiklash orqali ularning yuksak sifatli nusxalarini muzeylarda namoyish qilish, virtual ekspozitsiyalar tashkil etish va turizmni rivojlantirish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, turistik jozibadorlikni oshiradi, xususan noyob yodgorliklarning zamonaviy texnologiyalar orqali keng ommaga taqdim etilishi mamlakatning madaniy brendini mustahkamlaydi. Xulosa qilib aytganda, muzeyda san’at asarini tasvirga olish — bu badiiy tasavvurni qayta yaratish emas, balki obyektning haqiqiy qiyofasini ilmiy aniqlikda hujjatlashtirishdir. Neytral fon, nazoratlangan yorug‘lik, rang-kalibrovka va geometriyaga sodiq rakurslar — «o‘qiladigan» va taqqoslanadigan tasvirning asosiy shartlaridir. Ishlovda halollik (faktni buzmaslik), fayl va metama’lumot intizomi, shuningdek, obyekt xavfsizligi va huquqiy qoidalarga rioya — jarayonning etik mezonlaridir. Natijada kadr san’at va ilm tutashgan nuqtada turadi: u asarning ma’naviy ovozini buzmasdan, uning haqiqiy jihatlarini ravshan qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. “Rijksmuseum Manual for the Photography of 3D Objects” Amsterdam. 2017 2. Franziska S. Warda. The aic guide to digital photography and conservation documentation. 224 p. 2008 . “American Institute for Conservation of Historic and Artistic Works. Digital Photographic Documentation.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 114 3. U.S. Department of the Interior — Museum Property Handbook, Volume II, Appendix I: Photography. AQSH Ichki Ishlar Vazirligining Muzey Mulki Qo‘llanmasi, II Jilod, I Ilova: Fotosuratga Olish 4. https://digital-photography-school.com/photographing-artwork-tips/ 5. https://www.travelphotographyguru.com/travel-blogs/how-to-easily-make-great-photos-inart-galleries-and-museums