scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOʻKALDOSH VA ABULQOSIM MADRASALARIDAGI EPIGRAFIK BITIKLAR: OʻZBEKISTON AMALIY BEZAK SAN'ATI TARAQQIYOTI KONTEKSTIDA

Kalbayeva M.X.

Abstract

Ushbu maqolada Toshkent shahrining tarixiy markazida joylashgan, XVI–XIX asrlar oralig‘ida shakllangan ikki muhim me’moriy yodgorlik–Ko‘kaldosh va Abulqosim Eshon madrasalarining epigrafik bezaklari san’atshunoslik nuqtayi nazaridan kompleks o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi: ushbu obidalar devoriy yozuvlaridagi xattotlik uslubi, kompozitsion yechimlari hamda badiiy shakl va mazmun uyg‘unligini aniqlash, shuningdek ularning O‘zbekiston amaliy bezak san’ati taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini yoritishdan iborat. Mazkur tadqiqot O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’ati rivojini o‘rganishda epigrafika san’atining tarixiy-nazariy masalalarini yoritishga, hamda milliy badiiy merosni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 115 KOʻKALDOSH VA ABULQOSIM MADRASALARIDAGI EPIGRAFIK BITIKLAR: OʻZBEKISTON AMALIY BEZAK SAN’ATI TARAQQIYOTI KONTEKSTIDA Kalbayeva M.X. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17463836 Annotatsiya. Ushbu maqolada Toshkent shahrining tarixiy markazida joylashgan, XVI– XIX asrlar oralig‘ida shakllangan ikki muhim me’moriy yodgorlik–Ko‘kaldosh va Abulqosim Eshon madrasalarining epigrafik bezaklari san’atshunoslik nuqtayi nazaridan kompleks o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi: ushbu obidalar devoriy yozuvlaridagi xattotlik uslubi, kompozitsion yechimlari hamda badiiy shakl va mazmun uyg‘unligini aniqlash, shuningdek ularning O‘zbekiston amaliy bezak san’ati taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini yoritishdan iborat. Mazkur tadqiqot O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’ati rivojini o‘rganishda epigrafika san’atining tarixiy-nazariy masalalarini yoritishga, hamda milliy badiiy merosni chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: madrasa, madaniy meros, epigrafika, amaliy bezak, kufiy xati. Аннотация. В данной статье с искусствоведческой точки зрения комплексно исследованы эпиграфические украшения двух значимых архитектурных памятников, расположенных в историческом центре города Ташкента и сформировавшихся в XVI–XIX веках, — медресе Кукалдош и Абулкасым эшона. Основная цель исследования заключается в выявлении каллиграфического стиля настенных надписей этих сооружений, их композиционных решений, а также гармонии художественной формы и содержания. Кроме того, в работе освещается место и значение данных памятников в развитии декоративно-прикладного искусства Узбекистана. Настоящее исследование направлено на раскрытие историко-теоретических аспектов эпиграфического искусства в изучении развития изобразительного и прикладного искусства Узбекистана, а также на более глубокое осмысление национального художественного наследия. Ключевые слова: медресе, культурное наследие, эпиграфика, декоративноприкладное искусство, куфический почерк. Abstract. This article presents a comprehensive art-historical study of the epigraphic ornamentation of two major architectural monuments located in the historical center of Tashkent—the Kokaldosh and Abulqosim Eshon madrasas, which took shape between the sixteenth and nineteenth centuries. The primary objective of the research is to identify the calligraphic styles, compositional solutions, and the interplay of aesthetic form and semantic content embodied in the wall inscriptions of these monuments, and to elucidate their significance within the broader development of Uzbekistan’s applied decorative arts. By addressing the historical and theoretical issues of epigraphic art, the study contributes to a deeper understanding of the evolution of Uzbekistan’s visual and applied artistic heritage and underscores the enduring cultural value of these monuments. Keywords: madrasas, cultural heritage, epigraphy, applied decorative arts, kufic script. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 116 Toshkent shahri Shayhontoxur tumanida bunyod boʻlgan Koʻkaldosh madrasasi bugungi kunda oʻzining asosiy vazifasi-ma’rifat tarqatuvchi dargoh funksiyasini bajarmoqda, ayni damda bu maskan sayyohlar va barcha Oʻzbekiston xalqi uchun beminnat hizmat qilmoqda. XVI asrga tegishli boʻlgan madrasa, oʻsha davr boshqa ta’lim dargohlari singari, ham turar-joy va ta’lim yoʻnalishidagi binolardan boʻlgan. Binoning arxitekturaviy tuzilishi toʻrtburchak boʻlib, ikki qavatli, shakl boʻylab atrofini hujralar oʻrab turadi. Hovli oʻrtasi shinamgina koʻkalamzorga aylantirilgan. Masjid juda baquvvat qurilgan, ammo yillar mobaynida yuzasiga tabiiy ofatlar tufayli tushgan zarar mustaqillik yillarida qayta ta’mirlangan. Masjidga kiraverish bosh peshtoqi juda chuqur ravoqli boʻlib, u ravoq ichi kichik kitobalari amaliy san’at bezagi yordamida bezatilgan. Peshtoqning ikki chetida esa guldastasimon minoralar mavjud. Bu minoralar binoning ikki qavatli arkasiga yopishtirib qurilgan. Minora yuzasida esa bezak sifatida kufiy xatida “Alloh”, “Muhammad” nomlari bitilgan. Masjid peshtoqi ulkan, uning yuqori qismiga Qur’oni karimning “Fotiha” surasi suls xatida bitilgan. Bitikning tepa qismidagi kufiy xatida bitilgan bitikda “Mulk-Allohniki” kalimasi takrorlanib yozilgan. Xattot I.Mamatov bu bitiklarni 2005-yilgi ta’mirlashda amalga oshirgan. Peshtoqning ikki cheti kitobali hoshiyalar bilan toʻldirilgan bu kitoblar orasida esa kvadrat shakl ichida, kufiy xatida “Alloh-Parvardigorim”, “Muhammad-paygʻambarim” iboralari tushirilgan. Peshtoqning ikki chetidagi ayvoncha sifat ikki qavatli arkalar tepasiga bezakli koshinlardan foydalanilgan, bezaklar orasiga yashil aylana ichiga oq ranglar bilan “Allah”, “Muhammad” nomlari bitilgan. Bu arkalar quyi qismiga yogʻochdan grix naqshli toʻsiqlar qoʻyilgan. Har bir arkalar ichida esa yogʻoch eshiklar mavjud, bu hujra eshiklari hisoblanadi. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 117 Asosiy peshtoq quyi qismida masjidga kirish eshigi bor, uning tepasida esa 1246/1831 yilda amalga oshirilgan ta’mirlashdan guvohlik beruvchi kitoba bitik saqlanib qolgan, unga atayin tegilmagan. Bu bitik nasta’liq xatida yozilib, tarixiy ma’lumotlar qoldirilgan. Bitikdagi ba’zi bir soʻzlar tushib qolgan. Tarjimasi: Oʻlim insonlarga keluvchi (narsa). Xamma kishilarning qonini ichdi ... Buni Boboxoʻja... yozdi. Ushbu yuksak imorat tamirlandi, Usta Аvaz Muxammad ibn Аzim Valiyning qoʻli bilan. 1246 (1830-31 yil). Bu mukammal ta’mirni Devonbegining lashkari ...Shodmonbek ibn Jaxongirbegi qildi. Koshinchi usta Olimjon ibn Usta Salim. Koshinchining xamroxi... Madrasa darvozasi ham yogʻochdan katta mahorat bilan ishlangan. Bu eshik tepasida ham bitik uchun joy boʻlib, u hoshiya ichiga nasta’liq xatida oʻng tomoniga “Toho” surasi, chap tomoniga esa hadis oʻyib bitilgan. Oʻng tomon bitik tarjimasi: Аlloh taolo aytdi: “Ey Rabbim! Menga ilmni ziyoda et!” Chap tomon bitik tarjimasi: Аlloh kimga yaxshilikni xohlasa, uni dinda faqih qilib qoʻyadi. Binoga kirish bilan markazda ichki kichik peshtoq qad rostlagan. Uning yuqori qismiga ham bitik bitilgan. Yirik suls xatida koʻk fonli yuzaga oq ranglar bilan Qur’on karimning “Alaq” surasi 1-5-oyatlari, bitik tepasidagi sariq rangli kufiy xatida esa “Baqara” surasining 115-oyati yozilgan. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 118 Asosiy peshtoq orqa tomonidagi kitoba joyida faqat amaliy san’at bezagini koʻrishimiz mumkin. Koshinkorlik uslubida bezatilgan. Madrasa hovlisida joylashgan ravoqlar tepasidagi amaliy san’at bezaklariga hozirgi kunda ham zarar yetgan, bu bezaklar, shu 2005-yil ta’mirlashdagi bezaklar hisoblanib 10 yil umr koʻrdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Madrasada ya’na ta’mir qilinadigan burchaklar, joylar talaygina. Toshkent shahrining yana bir turistlar qadami uzilmaydigan maskani bu Abulqosim Eshon madrasasi hisoblanadi. Bu madrasa ham juda katta tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, XVIII-XIX asr oʻrtalarida bunyod etilgan. Uning boshqa madrasalarda farqi shundaki, Toshkentdagi ikki qavatli madrasalaring eng katta hajmlisi. Shu bilan birga bu dargohda Toshkentning eng iqtidorli insonlari yetishib chiqgan, bu madrasa ilk marotaba kitob bosmachiligi va xattotlik san’ati boʻyicha darslar olib borilgan. Bu darslarga “Shoiq” taxallusi biln tanilgan shoir va xattot asos solgan. U birinchilardan boʻlib Alisher Navoiy asarlaridan toshbosmada nashr etish tashabbuskori boʻlgan. 1900-yildan ushbu madrasada xattotlik asoslari, arab tili va boshqa yoʻnalishlarda darslar berib borgan. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 119 Nuragan gʻishtlar yangilangan oʻng tomon 2025-yil fotosi. Minora gumbazchalari oʻzgartirilgan oʻng tomon 2025-yil fotosi. Madrasa qurilish shakli toʻgʻri toʻrtburchak, bu shakl atrofini 2 qavatli qilib qurilgan binoning darslar uchun moʻljallangan maxsus hujralari oʻrab turadi. Binoning mahobatli bosh peshtoqi ham alohida ajratilgan. Uning ikki chet burchaklariga esa guldasta minorachalar oʻrnatilgan, bu minoralar xuddi Koʻkaldosh kabi binoning ayvonli qismiga yopishtirib qurilgan. Kirish va chiqish yoʻlagi ham boshqa madrasalarnikidan farq qiladi. Ammo bosh peshtoq hech qanday bezaklarsiz va xattotlik san’atisiz, peshtoq bezak joyi uchun maxsus maydonlar boʻsh qolgan. Agar bu madrasa uchun davlat tomonidan mablagʻ ajratilib, boshqa qolgan joylar bezaklar va xattotlik namunalari bilan toʻldirilsa, bu madrasa koʻrki yanada ochilib, tarixiy binoning asl goʻzalligini saqlanib qolgan boʻlar edi. Madrasa xujralarining gʻarbiy silsilasi markazida esa Moʻyi Muborak xonaqohi (6x6) joylashgan. Xonaqoh ichkarisi gʻarbiy devorida mehrob ochilgan. Xonaqoh darvozaxonasi-keng arkasimon ravoqli uncha baland boʻlmagan peshtoq, peshtoqning har ikkala tomonida naqshinkor sidirgʻa arkasimon ravoqlar ham joylashgan. Eshik va ravoqlar tepasidagi toʻgʻri burchakli frizlarda xonaqohning vazifasiga bagʻishlangan sheriy ta’rix-xronogramma mavjud. 1 Bu sheriy bitik nasta’liq xatida koʻk fon yuzasiga yozilgan. Soʻnggi restavratsiya paytida bitik qayta tiklandi. 1 Яхьяев. А.Г. Самое крупное медресе Ташкента. С.8-12 SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 120 quyida turgan bitik 2025-yilgi foto. Tarjimasi: Bu qanday muborak binoki, Arsh unga toʻn kiydirdi. Chunki unda saqlanar edi, Paygʻambar (s.a.v.) ning muborak sochi. Tarjimasi: Muyassar uning tarixini boshi faxrga toʻlib aytdi: “Paygʻambarning muborak sochi (saqlanadigan) ulugʻ goʻsha”. Soʻnggi satr madrasa qurilishi yashiringan xronogramma hisoblanadi. (abjad - harflar vositasi bilan ifodalangan sonlar asosidagi hisob). Xronogrammada 1115 aks ettirilgan (zamonaviy yil hisobida 1703-1704 yillarga toʻgʻri keladi). Rasmda xonaqohning orqa tomoni, madrasaning orqa tomon eshigi hamda madrasa hovlisi. Bugungi kungacha boʻlgan restavratsiyalar davrida madrasadagi qoʻshimcha imoratlar olib tashlandi. Binodagi ayrim nurab qolgan joylari gʻishtlar bilan terildi. Madrasa bosh peshtoqiga yopishib ketgan minoralarning gumbazchalariga metal parchinlar qoplandi. Deraza darchalariga ganch va gʻishtin panjaralar yasaldi. Ikkinchi qavatdagi naqshlar solingan panjaralari boʻlgan yogʻoch pillapoyalar bilan toʻsib qoʻyildi. 2 2 Ўзбекистон обидаларидаги битиклар ТОШКЕНТ ШАҲРИ–Тошкент. UZBEKISTAN TODAY, 2016. 381b. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 121 Xulosa Tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, XVI–XIX asrlar oralig‘ida Toshkent maktabi xattotligi va bezak san’ati o‘ziga xos mahalliy an’analarni saqlagan holda, butun Markaziy Osiyo islom me’morchiligi bilan hamohang tarzda rivojlangan. Devoriy yozuvlardagi kufiy, suls va nasta’liq singari xattotlik uslublari hamda ularning geometrik va islimiy naqshlar bilan uyg‘unligi O‘zbekiston amaliy bezak san’atida yuksak badiiy darajaga erishilganini namoyon etadi. Ko‘kaldosh va Abulqosim madrasalaridagi epigrafik bitiklarni o‘rganish O‘zbekiston tasviriy hamda amaliy bezak san’ati taraqqiyotini to‘liqroq anglash, milliy badiiy merosni asrash va kelajak avlodga yetkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Bu yodgorliklar orqali o‘zbek epigrafikasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, xattotlik uslublari va estetik tamoyillari aniqlanib, milliy identitetni yorituvchi bebaho dalillar sifatida qadrlanishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Яхьяев. А.Г. Самое крупное медресе Ташкента. 2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар ТОШКЕНТ ШАҲРИ–Тошкент. UZBEKISTAN TODAY, 2016. 3. Асқаров Ш. Ўзбекистон меьморлиги инновациялар йўлида.// San’at – 2016. №2. 4. Khadjimetov Bekhzod. Contemperory calligraphy art of Uzbekistan // Asian Journal of Multidimensional Research –2021. Vol №10. 5. Khusen Djuraev, Aesthetics of oriental calligraphy. / International conference problems and olutions of advanced scientific research (united states of america), (Международная конференция проблемы и решения современных научных исследований). Vol №01 (2019): Pasofasr. Published: may 10.2019. – С. 332-340.