PEYJAZNI TASVIRIY SAN'AT VA ADABIYOT INTEGRATSIYASI ORQALI TAHLIL QILISH YO'LLARI
Abstract
Ushbu maqolada peyzaj (manzara)ni tahlil qilishda tasviriy san’at va adabiy ta’lim integratsiyasi metodik masalalari yoritiladi. Peyzajni tahlil qilish jarayonida har ikki sohaning ifoda imkoniyatlarini solishtirish, ularning o‘zaro ta’sirini ochib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’atdagi manzara esa rang va shakl orqali badiiy g‘oyani ifodalash usuli bilan tavsiflanadi. Shu orqali peyzajning ikkala yo‘nalishdagi umumiyliklari - kompozitsiya, kolorit, dinamika, kayfiyat va obrazlar tizimi nuqtai nazaridan tahlil etiladi.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 160 PEYJAZNI TASVIRIY SAN’AT VA ADABIYOT INTEGRATSIYASI ORQALI TAHLIL QILISH YO‘LLARI Norchayev Ravshan Toshtemirovich Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17464051 Annotatsiya. Ushbu maqolada peyzaj (manzara)ni tahlil qilishda tasviriy san’at va adabiy ta’lim integratsiyasi metodik masalalari yoritiladi. Peyzajni tahlil qilish jarayonida har ikki sohaning ifoda imkoniyatlarini solishtirish, ularning o‘zaro ta’sirini ochib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’atdagi manzara esa rang va shakl orqali badiiy g‘oyani ifodalash usuli bilan tavsiflanadi. Shu orqali peyzajning ikkala yo‘nalishdagi umumiyliklari - kompozitsiya, kolorit, dinamika, kayfiyat va obrazlar tizimi nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: peyzaj, tasviriy san’at, adabiyot, integratsiya, badiiy ifoda, manzara. Peyzaj -qishloq va shahar ko‘rinishlari, tabiat manzaralari, atmosfera hodisalarini ifodalovchi janr sifatida tasviriy san’atda alohida o‘rin egallaydi. Unda tabiat asosiy mavzu bo‘lib, yorug‘lik, perspektiva va atmosfera tasviri markaziy o‘rin tutadi. Peyzaj rassomlari o‘rmon, tog‘, dengiz, yomg‘ir, momaqaldiroq, me’moriy inshootlarni chizgan, ba’zida esa kelajak yoki o‘tmishga ishora qiluvchi ruhiy obrazlarni yaratgan. Bu janrda real voqelik ham, rassom kayfiyatidan tug‘ilgan tasavvuriy olam ham aks etadi. Adabiyotda esa peyzaj so‘z vositasida ifodalanib, yozuvchining uslubi va g‘oyasiga qarab turli vazifalarni bajaradi. U qahramon ruhiyati bilan uyg‘unlashishi, voqealar rivojini tezlashtirish yoki sekinlashtirish, personajning ichki dunyosini ochish kabi badiiy vazifalarni ado etadi. Shuningdek, peyzaj asarda syujetning muhim elementi bo‘lib, muallifning asosiy g‘oyaviy niyatini ham ifodalashi mumkin. San’at va adabiyotda peyzaj ifodasi turlicha ko‘rinishda bo‘lsa-da, umumiy maqsadi bir - tabiatni badiiy idrok orqali inson qalbiga yaqinlashtirishdir. Adabiyotda peyzaj ko‘pincha qahramonning ruhiy holati bilan uyg‘unlashadi. Lirik she’rlarda tabiat tasviri inson histuyg‘ularini yanada kuchliroq ochib berish uchun vosita sifatida qo‘llanadi. Tasviriy san’atda esa peyzaj ko‘proq rang va shakllar orqali ko‘z bilan qabul qilinadigan obrazdir. Shu bois integratsion yondashuvda talaba peyzajni ham ko‘rish, ham o‘qish orqali ikki xil yo‘l qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Oliy ta’limda peyzajni o‘rganishning samarali yo‘llaridan biri - komparativ (qiyosiy) tahlildir. Adabiy matnlardagi tabiat manzaralarini san’atdagi peyzajlar bilan solishtirish talabada analitik tafakkurni shakllantiradi. Masalan, Abdulla Oripovning lirik she’rlaridagi bahor tasvirlarini o‘zbek rassomlari yaratgan bahoriy peyzajlar bilan taqqoslash talabada jonli assotsiatsiyalar uyg‘otadi. Bu orqali u tabiatning tashqi ko‘rinishi bilan birga, undagi ruhiyestetik ohangni ham his qilishga o‘rganadi. Peyzajni tahlil etishning yana bir samarali usuli - adabiy matn asosida tasviriy kompozitsiya yaratishdir. Talabalarga tabiat tasvirini o‘zida aks ettiruvchi badiiy parcha o‘qitilib, shundan kelib chiqib rasm ishlash vazifasi topshiriladi. Masalan, Cho‘lponning “Tong” she’ridan parcha o‘qilgach, talabalar tong manzarasini turli ranglarda aks ettiradilar. Shu jarayonda
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 161 matndagi timsol va badiiy ta’riflar ranglar orqali gavdalanadi. Natijada talaba so‘z va tasvir uyg‘unligini amalda his qilib, obrazni ko‘rish va uni qayta yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Adabiyot orqali peyzajni tahlil qilishda yozuvchining tabiatga munosabati muhim o‘rin tutsa, tasviriy san’atda rassomning shaxsiy uslubi asosiy rolni egallaydi. Integratsion o‘rganish orqali talaba bu ikki qarashni uyg‘unlashtirishni o‘rganadi. Masalan, Alisher Navoiyning g‘azallaridagi bog‘ tasvirlarini Kamoliddin Behzodning miniatyuralaridagi peyzajlar bilan solishtirish Sharq badiiy tafakkurida tabiatga bo‘lgan qarashni yaxlit anglashga yordam beradi. Yana bir samarali yondashuv - dramatizatsiya usuli bo‘lib, adabiy matnda tasvirlangan peyzaj asosida sahna ko‘rinishlari yaratiladi va ular tasviriy dekoratsiyalar bilan boyitiladi. Masalan, Oybekning “Navoiy” romanidagi tabiat sahnalaridan kelib chiqib yaratilgan sahna bezaklari talabalar ijodiy hamkorlikni kuchaytiradi, adabiy va tasviriy ko‘nikmalarni uyg‘un ravishda rivojlantiradi. Peyzajni tahlil qilishda psixologik yondashuv ham muhim hisoblanadi. Adabiyotda tasvirlangan tabiat ko‘pincha qahramon kechinmalari bilan uyg‘unlashsa, san’atda rassomning ruhiy holati namoyon bo‘ladi. Integratsiya jarayonida talaba matndagi obrazni o‘qib, tasviriy manzarani ko‘rib, ortidagi psixologik mazmunni anglaydi. Shu tarzda peyzajni nafaqat tashqi manzara, balki inson ruhiyatini ifodalovchi estetik obraz sifatida idrok qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ham integratsion tahlilda alohida o‘rin tutadi. Virtual galereyalar, elektron taqdimotlar, multimediya vositalari yordamida talabalar tabiat manzaralarini matn va san’at asarlari orqali bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, “Boburnoma”dagi tabiat tasvirlarini miniatyuralar bilan slayd-shou tarzida taqdim etish bilimni mustahkamlashga xizmat qiladi. Integratsion darslarda interfaol metodlardan foydalanish ham talabalarning estetik hamkorligi va muloqot madaniyatini shakllantiradi. Guruhiy ishlarda talabalar adabiy asardan olingan tabiat tasvirini turlicha vizual shakllarda ifodalaydilar va o‘z ishlari yuzasidan muhokama olib boradilar. Peyzajni bunday tahlil qilishning tarbiyaviy jihati ham muhimdir. Tabiatni tasvirlovchi matnlarni o‘qib va rasmlarni ko‘rib, talabalar tabiat go‘zalligini qadrlashni, ekologik madaniyatni shakllantirishni o‘rganadilar. Demak, peyzaj tahlili estetik tarbiya bilan bir qatorda ekologik tarbiyaning ham muhim vositasidir. Har bir tarixiy davrda insonning tabiatga bo‘lgan munosabati o‘zgarib borgan. Shu jihatdan aytish mumkinki, badiiy asarda ilgari surilgan fikrni, uning g‘oyasini, undagi badiiy obrazning o‘y-kechinmalarini tasviriy san’atning peyzaj, natyurmort janrlari orqali tomoshabinga yetkazib berish mumkin. Adabiyotda esa peyzaj so‘z orqali yaratiladi va muallifning uslubi bilan bog‘liq holda turlicha vazifalarni bajaradi. U syujetni tezlashtirishi yoki sekinlatishi, qahramonlarning ichki dunyosini ochishi, muallif g‘oyasini yetkazishi mumkin. Ba’zan peyzaj voqealarga ramziy ma’no beradi, kelajak voqealariga ishora qiladi va asarning g‘oyaviy-estetik kuchini oshiradi. Ikkinchi metodik yo‘l - adabiy matn asosida rasm chizishdir. Talabaga tabiat manzarasini ifodalovchi parcha o‘qitilib, undan kelib chiqib tasviriy kompozitsiya yaratish topshiriladi. Masalan, Cho‘lpon ijodida ham tabiatni tasvirlash orqali insonning erki, huquqlari bilan bog‘liq masalalarni ko‘ramiz. Shoirning tabiat lirikasidagi kuz, qish, bahor, binafsha, bulut, barg, tun kabi obrazlarning tasvirlanganini ko‘rishimiz mumkin. Cho‘lpon she’riyatida tabiat tasviri oddiy manzara bo‘libgina qolmay, balki shoirning ichki olami, ruhiy holati bilan chambarchas bog‘liq holda tasvirlanadi. Uning ijodida tabiat tasviri estetik vosita bo‘libgina qolmay, balki falsafiy va
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 162 simvolik ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Tabiat orqali shoir inson ruhi, hissiyoti, orzu-intilishlari, hayotga munosabatini ifoda etadi. Shu bois, Cho‘lpon she’riyatidagi tabiat obrazlari uning ijodiy dunyoqarashini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Cho‘lponning “Yana ko‘klam” she’ri o‘qilgach, talabalar ko‘klam manzarasini turli ranglar yordamida ifodalaydilar. Bu jarayonda metafora, timsollar, badiiy ta’riflar ranglarda jonlanadi va talaba so‘z hamda tasvir uyg‘unligini bevosita anglaydi. Bu metod nafaqat badiiy obrazni ko‘rish va uni qayta yaratish imkonini beradi, balki talabaning ijodiy faolligini, estetik sezgirligini kuchaytiradi, his-tuyg‘ularini tasviriy shakl orqali ifodalashga o‘rgatadi. Shuningdek, bu yondashuv talabalarda tabiatga mehr uyg‘otadi, uni asrab-avaylash hissini shakllantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Краткая история развития пейзажа. Городской пейзаж. Н.Мозгова 2. /www.livemaster.ru/topic https://ru.wikipedia.org/wiki/ 3. Rangtasvirning tabiat bilan o‘zaro uyg‘unligi. R. Norchayev. 4. /www.orexca.com/rus/uzbekistan/tashkent/common-grave.htm