TURKIYA MUZEYLARI EKSPOZITSIYASIDA ZAMONAVIY TARIXNING YORITILISHI MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada Turkiya muzeyshunosligining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, zamonaviy tarix ekspozitsiyalarining turli muzeylarda yoritilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy merosni saqlash, tarixiy xotirani mustahkamlash va zamonaviy ekspozitsiya uslublarining qo‘llanishi alohida o‘rin tutadi.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 189 TURKIYA MUZEYLARI EKSPOZITSIYASIDA ZAMONAVIY TARIXNING YORITILISHI MASALALARI Sayfullayeva Yulduzxon Yashinovna Tayanch doktorant 1kurs Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17465169 Annotatsiya. Ushbu maqolada Turkiya muzeyshunosligining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, zamonaviy tarix ekspozitsiyalarining turli muzeylarda yoritilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy merosni saqlash, tarixiy xotirani mustahkamlash va zamonaviy ekspozitsiya uslublarining qo‘llanishi alohida o‘rin tutadi. Kalit so‘zlar: Turkiya muzeyshunosligi, zamonaviy tarix, ekspozitsiya, milliy meros, muzey tarixi Аннотация. В данной статье рассматривается формирование и развитие турецкого музееведения, а также освещение экспозиций современной истории в различных музеях. Особое внимание уделяется сохранению национального наследия, укреплению исторической памяти и использованию современных методов экспозиции. Ключевые слова: Турецкое музееведение, современная история, экспозиция, национальное наследие, история музеев Annotation. This article examines the formation and development of Turkish museology, as well as the presentation of modern history exhibitions in various museums. The study emphasizes the preservation of national heritage, the strengthening of historical memory, and the application of contemporary exhibition methods. Keywords: Turkish museology, modern history, exhibition, national heritage, museum history Turkiya tarixi nafaqat qadimiy tsivilizatsiyalar, balki zamonaviy davr – XX asrning siyosiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlari bilan ham boydir. Mamlakatning mustaqillikka erishishi, milliy davlat qurilishi, modernizatsiya islohotlari va zamonaviy jamiyatning shakllanish jarayonlari muzey ekspozitsiyalarida keng yoritilmoqda. Turkiya muzeyshunosligi boy tarixiy jarayonlarga ega bo‘lib, mamlakatning boy madaniy, sivilizatsion va san’at merosini saqlash, o‘rganish hamda targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynaydi. Usmoniylar davridan boshlab to zamonaviy Turkiya Respublikasi davrigacha muzeyshunoslik sektorida sezilarli o‘zgarishlar va rivojlanish bosqichlari kuzatilgan. Tarixiy Rivojlanish. Turkiyada muzeyshunoslikning alohida soha sifatida rivojlanishi 19-asrga to‘g‘ri keladi. Usmoniylar davrida 1846-yilda Istanbuldagi Aya Irini cherkovida tashkil etilgan ilk rasmiy muzey — ‘Muzeyi Humayun’ (Imperial Muzey) deb hisoblanadi. Keyinchalik, arxeologik qazilmalar va san’at asarlarini to‘plash ishlari kuchayib, ko‘plab muzeylar tashkil etildi. 1881-yilda Osman Hamdi Bey boshchiligida Istanbul Arxeologiya Muzeyi ochilishi Turkiya muzeyshunosligi tarixida yangi bosqich bo‘ldi [1]. Respublika Davrida Muzeyshunoslik. 1923-yilda Turkiya Respublikasi tashkil topgach, madaniyat siyosatida muzeylar alohida ahamiyat kasb etdi. Mustafa Kemal Atatürk tashabbusi bilan Anqarada Etnografiya Muzeyi ochildi. Shuningdek, 1935-yilda Ayasofya
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 190 masjidi muzey sifatida jamoatchilikka ochildi. Bu davrda muzeylar milliy identitetni shakllantirish va tarixiy merosni keng targ‘ib qilish uchun asosiy institutlardan biriga aylandi. Zamonaviy Davr. Bugungi kunda Turkiyada 500 dan ortiq davlat va xususiy muzey faoliyat yuritadi. Madaniyat va Turizm Vazirligi huzuridagi Muzeylar Boshqarmasi ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Istanbul Arxeologiya Muzeyi, Topkapi Saroyi, Anqara Anatoliya Sivilizatsiyalari Muzeyi, Izmir Arxeologiya Muzeyi kabi yirik muassasalar xalqaro miqyosda taniqli hisoblanadi [2]. So‘nggi yillarda zamonaviy texnologiyalar, interaktiv ekspozitsiyalar va raqamlashtirish jarayonlari muzey faoliyatida keng qo‘llanmoqda. So‘nggi yillarda Turkiya muzeylari fondlarini raqamlashtirishga katta e’tibor qaratmoqda. Ko‘plab arxiv materiallari, arxeologik topilmalar va san’at asarlari elektron kataloglarga kiritilib, onlayn platformalarda taqdim etilmoqda. Bu xalqaro ilmiy hamjamiyat uchun keng imkoniyat yaratmoqda. Turkiya muzeylarida virtual haqiqat (VR), kengaytirilgan reallik (AR) va multimedia vositalaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayon muzeylarni yosh avlod uchun yanada jozibador qiladi hamda ta’limiy ahamiyatini oshiradi[3]. Mamlakatda qadimiy yodgorliklarni qayta tiklash va ularni asrab-avaylash bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. Bu markazlar xalqaro me’yorlarga mos tarzda ishlaydi va Turkiya merosini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi. Istanbul Restorasyon ve Konservasyon Merkez ve Bölge Laboratuvarı Müdürlüğü mamlakatdagi eng muhim restavratsiya markazlaridan biridir[4]. U Topkapı saroyi hududida joylashgan bo‘lib, Istanbul va unga qo‘shni viloyatlardagi madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Turkiya muzeylari YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqda. Birgalikdagi loyihalar doirasida ko‘plab ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etilib, Turkiya madaniy merosi dunyo miqyosida targ‘ib qilinmoqda. So‘nggi yillarda Turkiyada bir qator yangi muzeylar ochildi. Istanbul Zamonaviy san’at muzeyi, Gaziantepdagi Zevugma Mozaika muzeyi va boshqa zamonaviy majmualar jahon darajasida e’tirof etilmoqda. Bugungi kun muzeylarida zamonaviy, yangi tarixni yoritish muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Sababi yangi tarix ham katta davrni o’z ichiga oladi va bu davrni ham alohida e’tirof qilish zaruratga aylanmoqda. Anıtkabir – Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Atatürk maqbarasi bo‘lib, Anqara shahrida joylashgan. Bu majmua nafaqat yodgorlik maqbarasi, balki zamonaviy tarixni aks ettiruvchi muhim muzeydir. Muzeyning rasmiy nomi – “Atatürk va Mustaqillik Kurashi Muzeyi” bo‘lib, Turkiya milliy kurashining asosiy hujjatlari, eksponatlari va Atatürk shaxsiy buyumlarini o‘z ichiga oladi. Muzey 1960-yillarda ochilgan bo‘lib, Anıtkabir majmuasining muhim qismi hisoblanadi. U Turkiya Respublikasi tarixidagi eng muhim davr – Milliy Mustaqillik Kurashi (1919–1923) jarayonlarini hamda Atatürk hayoti va faoliyatini keng yoritadi. Atatürk va Mustaqillik Kurashi Muzeyi to‘rt asosiy bo‘limdan iborat: 1. Atatürkning shaxsiy buyumlari – kiyimlari, ko‘zoynaklari, qalam va yozuv anjomlari, harbiy uniformasi. 2. Milliy Kurash hujjatlari va eksponatlari – Lozanna shartnomasi nusxalari, harbiy xaritalar, teleqramlar.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 191 3. Dioramalar – Sakarya va Dumlupınar janglari, Gallipoli fronti kabi tarixiy voqealar miniatyura sahnalarda aks ettirilgan. 4. Kitoblar va kutubxona – Atatürk o‘qigan asarlar, shaxsiy kutubxonasidan namunalar. Anıtkabir majmuasi klassik va zamonaviy uslub uyg‘unligida qurilgan. Muzey interyerida marmar, granit va bronza elementlari keng qo‘llanilgan. Harbiy dioramalar va multimedia vositalari tashrif buyuruvchilarga jonli taassurot beradi[5]. Istanbul Harbiy muzeyi ham mamlakat tarixini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Istanbul Harbiy Muzeyi Harbiye tumanida, sobiq Harbiy Akademiya (Mekteb-i Harbiye) binosida joylashgan. Muzey o‘zining keng va xilma-xil kolleksiyasi bilan yuz yillik harbiy tarixni — Usmonli davridan hozirgi zamongacha — namoyish etadi. Muzey XXI asr muzeychilik kontseptsiyasiga mos ravishda qayta tashkil etilgan va mamlakatning eng yirik harbiy kolleksiyalaridan biriga ega hisoblanadi. Muzeyning zamonaviy tarixga oid ekspozitsiyalari — 20-asr boshidan boshlab, Birinchi jahon urushi, Çanakkale (Gallipoli) kampaniyasi va Turkiyaning Milliy Mustaqillik Urushi (Kurtuluş Savaşı) davrini keng yoritadi. Bu bo‘limlarda quyidagi elementlar mavjud: - Dioramalar va sahnalashtirishlar (trenajyorlar) orqali jang sahnalarining qayta tiklanishi; - Sardorlar va askarlar buyumlari (uniforma, aslahalar, shaxsiy esdaliklar); - Hujjatlar: telegrammalar, buyruqlar, batafsil harbiy xaritalar va shaxsiy maktublar; - Multimedia va interpretatsiya: ekranda arxiv tasvirlari, audio-izohlar va interaktiv panellar. Muzey faqat eksponatlar bilan cheklanmay, balki madaniy tadbirlar, seminarlar, konservatsiya va bolalar uchun ta'lim dasturlarini ham tashkil etadi. Mehter konsertlari va maxsus ko‘rgazmalar tashrif buyuruvchilar uchun mashhur bo‘lgan yo‘nalishlardandir[6]. Turkiyada koʻplab Atatürk muzeylari mavjud (masalan, Istanbul Atatürk Museum, Bursa yoki boshqa shaharlarning Atatürk xonalari) — bu muzeylar Atatürkning mahalliy tashriflari, shaxsiy buyumlari va Respublika davriga oid hujjatlarni saqlaydi. Ko’plab muzeylarda 1923 – yildan keying siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlar hujjatlar, fotosuratlar va rasmiy qarorlar orqali aks ettiriladi. Otaturkning siyosiy nutqlari, yozuvlari, shaxsiy maktublari, fotosuratlari kabilar ham zamonaviy tarixni yorituvchi asosiy eksponat hisoblanadi[7]. Turkiya muzeyshunosligi tarixiy ildizlari va zamonaviy yondashuvlari bilan xalqaro miqyosda alohida o‘rin tutadi. U nafaqat madaniy merosni saqlash, balki jamiyatni ma’rifiy va ilmiy jihatdan boyitishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xulosa qilib aytganda, Turkiya muzeyshunosligi – milliy o’zlikni anglash va tarixiy xotirani saqlashda, shuningdek, jahon madaniy merosini asrab avaylash va global miqyosda tanitishda muhim o’rin tutadi. U zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlarni qo’llagan holda, boy tarixiy va madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilmoqda. Adabiyotlar ro’yxati 1. Hüseyin Muşmal, Hasret Gümüş, "Türkiye’de Müzeciliğin Doğuşu ve Gelişimi (18391938)" CUMHURİYETİN 100. YILINDA SANAT TARİHİ; 2. PASİNLİ Alpay; Türkiye Müzeleri, T.C Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara, 2002. 3. https://www.hse.ru/edu/vkr/296308639. 4. POMIAN Krzysztof; Müzecilikte Yeni Yaklaşımlar, “Çağdaş Tarih Yazımı ve Çağdaş Müzeler”, Tarih Vakfı Yayınları, İstanbul, 2000, s. 15.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 192 5. https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Atat%C3%BCrk_ve_Kurtulu%C5%9F_Sava%C 5%9F%C4%B1_muzeyi&a. 6. https://www.turkishmuseums.com/museum/detail/22335-istanbul-harbiye-askerimuzesi/22335/1. 7. https://ataturkkitapligi.ibb.gov.tr/tr/Kitaplik/Muzelerimiz/Ataturk-Muzesi/2