scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON DAVLAT TABIAT MUZEYI: MUZEYSHUNOSLIK RIVOJIDA YANGI QIRRALAR

Sayidova Nilufar Bahodir qizi

Abstract

Ushbu maqolada tabiiy muzeylarning tipologiyasi nazariy jihatdan tahlil qilinib, O’zbekiston davlat tabiat muzeyi faoliyati amaliy misol sifatida o’rganilgan. Dastlab tabiiy muzeylarning ekspozitsiya yo’nalishlari tahlil qilingan. Keyin O’zbekiston davlat tabiat muzeyining shakllanish tarixi, kolleksiyalarni komplektlashtirish, ularni saqlash usullari, ekspozitsiya konsepsiyasi, tashkillashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlar haqida batafsil bayon qilingan. Maqola yakunida muzeyning tabiiy merosni asrash, ekologik madaniyatni shakllantirish va xalqaro standartlarga moslashuvdagi istiqbollari haqida xulosalar berilgan.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 193 O’ZBEKISTON DAVLAT TABIAT MUZEYI: MUZEYSHUNOSLIK RIVOJIDA YANGI QIRRALAR Sayidova Nilufar Bahodir qizi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17465202 Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiiy muzeylarning tipologiyasi nazariy jihatdan tahlil qilinib, O’zbekiston davlat tabiat muzeyi faoliyati amaliy misol sifatida o’rganilgan. Dastlab tabiiy muzeylarning ekspozitsiya yo’nalishlari tahlil qilingan. Keyin O’zbekiston davlat tabiat muzeyining shakllanish tarixi, kolleksiyalarni komplektlashtirish, ularni saqlash usullari, ekspozitsiya konsepsiyasi, tashkillashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlar haqida batafsil bayon qilingan. Maqola yakunida muzeyning tabiiy merosni asrash, ekologik madaniyatni shakllantirish va xalqaro standartlarga moslashuvdagi istiqbollari haqida xulosalar berilgan. Kalit so’zlar. Muzeyshunoslik, tabiiy-ilmiy muzeylar, ekspozitsiya, konsepsiya, fond, eksponat, kolleksiya. Muzeyshunoslik fani jamiyatning tarixiy, madaniy va tabiiy merosini o’rganish, saqlash hamda keng jamoatchilikka yetkazish vazifalarini bajaruvchi muassasalar faoliyatini tadqiq etadi. Bu jarayonda tabiiy ilmiy muzeylar alohida ahamiyat kasb etadi, sababi ular insoniyatning tabiat bilan munosabatini, flora va fauna dunyosining nozik sirlarini hamda bugungi kunda dolzarb hisoblangan ekologik muvozanatni saqlash g’oyasini va ilmiy bilimlarni targ’ib qilishda yetakchi muassasa hisoblanadi. Dunyo miqyosida tabiiyilmiy muzeylarning barcha turlari rivojlanib, har biri ilmiy, ma’rifiy va madaniy ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyoda o’zining boy kolleksiyasi bilan yetakchi o’rin egallab kelayotgan O’zbekiston davlat tabiat muzeyi shular jumlasidandir. Muzey nafaqat tabiiy kolleksiyalarni yig’ish va saqlash, balki ularning ilmiy ahamiyatini ham o’rganish vazifasini bajaradi. Tabiiy muzeylarning ekspozitsiyalari odatda geologik (minerallar, toshqotgan qoldiqlar), zoologik (hayvonot dunyosi), botanika (o’simlik gerbariylari), paleontologik hamda aralash turlariga bo’linadi. O’zbekiston davlat tabiat muzeyi kolleksiyalari barchasini o’zida mujassam qilgan. Muzey Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muzeylardan hisoblanadi. U dastlab Turkiston o‘lkashunoslik jamiyati qoshida faoliyat yuritgan. Keyinchalik mustaqil ilmiy muassasa sifatida shakllandi. Аvvallari “Toshkent muzeyi” nomi bilan atalgan bu muassasa 1875 yili tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya bilan qiziquvchilar tomonidan tashkil etilgan. U faqat tabiat shaydolari boʼlgan shaxslarning xayruehsonlari hisobiga faoliyat koʼrsatib, bir necha yillar mobaynida mukammallashtirildi. Muzey tarixiga nazar soladigan boʼlsak, olimlardan А.P.Fedchenko, I.V.Mushketov, V.F.Oshanin, V.V.Bartold, I.Mayev muzeyning tashkilotchilari sifatida tarixda qolgan 1 . Ularning asarlaridan geologiya, geografiya, botanika, zoologiya, mineroliya sohalari qatorida numizmatika, tarix, etnografiyaga oid maʼlumotlar, qadimiy yodgorliklarni oʼrganish boʼyicha tadqiqotlar ham mavjud edi. Ilmiy jamiyatlar, muassasalar va ayrim mahalliy shaxslar oʼz toʼplamlarini Turkiston oʼlkasi minerologiya, zoologiya, numizmatika, etnografiyasiga oid ajoyib ashyo va buyumlar bilan toʼldirib bordilar. Natijada mazkur tabiiy kolleksiyalarni birlashtirish va ular asosida muzey 1 N.Sodiqova “Madaniy boyliklar xazinasi” 1980 SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 194 tashkil etish masalalari ilmiy jamoatchilik tomonidan kun tartibiga qoʼyildi. Shu asnoda 1876 yilda Turkistonda ilk muzey o’z faoliyatini rasman boshladi. Uning dastlabki ekspozitsiyasida asosan etnografiya, numizmatika, zoologiya hamda olimlar tomonidan ekspeditsiyalar natijasida yig’ilgan boy gerbariylar kolleksiyasi namoyish qilindi. Bu jarayon jamoatchilikda katta qiziqish uyg’otdi, shu sababli shu yilning o’zida muzeyga katta kolleksiyalar xayru-ehson sifatida taqdim qilindi. 2 1917 yildan muzey boshqaruv ishini Turkiston Xalq universitetiga topshirildi. Muzey direktori lavozimiga atoqli zoolog, ajoyib sayyoh, olim N.A.Zarudniy tayinlangan edi. Muzey kolleksiyalari sezilarli darajada ortdi, shu boisdan tashrif buyuruvchilarning soni ham ko’paya bordi. Endi muzey faqatgina tabiiy kolleksiyalar emas balki tarixiy qo’lyozmalar, hunarmadchilik buyumlari, amaliy san’at asarlarini ham namoyish qila boshladi. Muzey fondini to’ldirish, kolleksiyalarni ro’yhatini shakllantirish davlat tomonidan olib boriladigan bo’ldi. Muzey endi “Turkiston xalq muzeyi” nomi bilan atala boshlandi. 1919 yil fevral oyida muzey generalgubernatorning qarorgohi hisoblangan Oq uyga ko’chirildi. 3 Turkiston xalq muzeyi 1921 yilda muzey va qadimgi yodgorliklarni saqlash, sanʼat va tabiat ishlari boʼyicha qoʼmita tasarrufiga oʼtkazilib, Oʼrta Osiyo Bosh muzeyi nomini oldi. Uning ekspozitsiya va fondlari geologiya, geografiya, zoologiya, entomologiya, botanika, arxeologiya va numizmatika, antropologiya, etnografiya, harbiy-tarixiy kabi boʼlimlardan iborat boʼlgan. Birinchi oʼzbek muzeyi toʼgʼrisidagi nizom 1925 yilning 20-fevralida Oʼrta Osiyo Komsaris tomonidan tasdiqlandi. Qishloq xoʼjaligi va oʼlka xoʼjalik kooperatsiyalarini, shuningdek bu sohani rivojlantirish uchun muzey gerbariylar, urugʼlar, qayta ishlangan ozuqalar, qishloq xoʼjalik sohasidagi ilmiy tajribalar natijasida hosil boʼlgan materiallarni toʼplash, sotib olishni koʼzda tutgan edi. Bulardan tashqari qishloq xoʼjaligi mehnat qurollari, moshinalarining modellarini ham yigʼa boshladi. Muzey boʼlimlari soni va turlari ham osha bordi. 1930-yillardagi maʼlumotlarga koʼra muzey Qishloq xoʼjaligiga qarashli barcha sohalar, Hunarmandchilik sanoati boʼlimi, Umumiy taʼlim xarakteridagi tabiat tarixi kabi boʼlimlardan iborat boʼlgan. 1935 yili yanvar oyida SАMPPSning tabiat shoʼbasi Oʼzbekiston Davlat tabiat muzeyiga aylantirilgan. Ilgarigi Oʼlkashunoslik muzeyi nomi bilan maʼlum boʼlgan bu muzey shundan soʼng Tabiatshunoslik muzeyi sifatida qayta tashkil etilib, Toshkent shahrining Sagʼbon koʼchasidagi 16 uyga joylashtirilgan. Muzeyda tabiiy fanlarni keng tashviqot qilish maqsadida oʼsha yillarda Yerning poliografiyasi, unda hayotning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi hamda va umumiy biologiya 2 “Туркестанские ведомости”1876. № 48. 3 Курязова Д.Т.Музей иши асослари.-Тошкент: Lesson press, 2019.- Б.44 SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 195 ekspozitsiyalarining yangi boʼlimlari ochilgan edi. Muzey ekspozitsiyalari “Paxtakor voha tabiati”, “Oʼzbekiston lalmikorligi”, “Oʼzbekiston mevali oʼsimliklari” kabi boʼlimlar bilan boyitilgan edi. 1933 yilda Markaziy muzeylar boshqarmasi tomonidan yangi qonun loyihasi ishlab chiqilgan boʼlib, bu katta xarakterga ega yordam edi. Qonunga asosan, ekspozitsion planlarni taqriz qilish, ilmiy tematikalarni, noyob materiallar, suratlar, etiketkalar, manekenlar, mulyajlar, maketlar, tulumlar, botanik va zoologik eksponatlar bilan muzeylar fondini boyitish kerak edi. Bundan tashqari mahalliy muzey fondlarini roʼyxatga olish, hisobini yuritish, eksponatlarni saqlash va unlarni ommaga namoyish etish boʼyicha koʼplab ishlar rejalashtirilgan edi. Muzey xodimlari tomonidan oʼquv-taʼlimiy sohada bir qancha ishlar olib borilib, 1937 yilda maktab xonasi tashkil etilgan va unda muzey ilmiy xodimlari yordamida ilmiy ustaxonalar tashkil etilib, oʼquv-taʼlimiy va boshqa kolleksiyalar vujudga keltirilgan edi. 1944 yilda Oʼzbekiston davlat tabiat muzeyi boy ilmiy fondlarni saqlaydigan muassasa sifatida Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi tabiat muzeyi deb nomlandi. Muzeyning Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi ixtiyoriga oʼtishi munosabati bilan uning oldida Oʼzbekiston flora va faunasini oʼrganish va tabiat resurslaridan xoʼjalikda foydalanish boʼyicha ilmiy tekshirish ishlarini bajarish vazifasi turardi. Shu maqsadda muzey ilmiy xodimlarining bir qismi fundamental ilmiy muammolar bilan shugʼullanishga jalb etildi. 1960 yil may oyida Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi Biologiya boʼlimi muzeyning Oʼzbekiston tabiati haqidagi ekspozitsiyalari ilgʼor landshaft uslubi asosida qayta jihozlashning istiqbolli rejasini tasdiqladi. Chunki muzeydagi ayrim qotirilgan hayvonlar, oʼsimlik gerbariylari va baʼzi bioguruhlardan iborat ekspozitsiyalar toʼliq bir koʼrgazma mashgʼuloti va majmuasini tashkil etmas, bu esa muzey tomoshabinlarida toʼla oʼlka toʼgʼrisida qiziqarli boy taassurotlar qoldirmasdi. Besh yil davomida muzeyning ilmiy xodimlari bir qancha rassomlar bilan hamkorlikda respublikamiz tabiatini toʼla aks ettiruvchi yangi ekspozitsiya yaratdilar. Ilmiy va badiiy jihatdan yuksak darajada bajarilgan katta dioramalarda Oʼzbekistondagi qum dashtlar, toʼqayzorlar, togʼ etaklari, turli xil oʼtli dashtlar, togʼlarning mevali daraxt oʼrmonlari, archazorlari, baland togʼlar lanshaftlarining tabiati yaqqol aks ettirildi. Muzey dioramalarini vujudga keltirish uchun alohida tumanlarga sayohatlar uyushtirildi. U yerlarda ilmiy xodimlar tabiiy manbalar toʼplash bilan shugʼullangan boʼlsalar, rassomlar etyudlar chizdilar. Muzey 1963 yilda Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi tasarrufidan chiqarilib, Oʼzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi ixtiyoriga oʼtkazildi. Shu davrdan boshlab muzey ilmiy xodimlarining asosiy diqqat eʼtiborini ilmiy-maʼrifiy va madaniy ommaviy ishlarni kuchaytirishga qaratdilar. Muzeyning ilmiy xodimlari qishloq aholisi oʼrtasida tabiat toʼgʼrisidagi bilimlarini keng targʼibot qilish, aholining keng qatlamini muzeylarga jalb qilish maqsadida har yili joylarda muzey koʼchma koʼrgazmasini namoyish qilardilar, ekspozitsiya haqida maʼruza oʼqirdilar. Oʼtgan asrning oltmishinchi yillar oxirida shaharning turli korxona va muassasalarida ilmiy xodimlar tomonidan oʼqilgan maʼruzalar soni ancha ortdi. Аmalga oshirilgan ishlardagi muvaffaqiyatlari uchun muzey bir necha bor davlat tomonidan munosib taqdirlangan. 1967 yili mamlakatda oʼtkazilgan muzeylar koʼrigida birinchi oʼrinni egalladi va muzeyga “Oʼzbekistondagi eng yaxshi muzey unvoni berildi”. Keyingi davrda muzey ekspozitsiyasiga oʼzgartirishlar kiritilib yanada boyitildi. Muzeyning asosiy vazifalari aholining keng ommasi oʼrtasida tabiatni oʼrganish, oʼquvchilarning tabiatshunoslik sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish, jumladan, oʼlka tabiatini oʼrganish ishida yordam koʼrsatishdan iboratdir. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 196 Koʼrsatib oʼtilgan vazifalar muzey ichida mavzuiy ekspozitsiyalar tashkil etish va muzeydan tashqarida keng ilmiy-maʼrifiy ishlarni olib borish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Mustaqillik yillarida barcha sohalar singari muzeyshunoslik sohasi ham tubdan isloh qilindi. Sohani rivojlantirish uchun yangi qonun loyihalari ishlab chiqildi. Muzey ko’rgazma zallaridagi ekspozitsiyalar yangilandi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004yil 22-dekabrdagi “Oʼzbekiston Davlat tabiat muzeyining bino bilan taʼminlash toʼgʼrisida”gi 600-sonli qaroriga asosan muzey joylashuvi Toshkent shahar Olmazor tumani А.Niyozov koʼchasi 1-uy manziliga koʼchirildi. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyuldagi 350-F-sonli farmoyishiga asosan muzeyning yangi ekspozitsiyasi yaratilib, 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan 2010-yilning may oyida oʼz faoliyatini tikladi. Bu yerda muzey binosi ikki qavatli bo’lib, ekspozitsiya ikkala qavatga ham joylashtirildi. 4 2019 yilda esa muzey hududida “G’alaba bog’I” qurulishi munosabati bilan muzeyning eski binosi buzildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-oktabrdagi 884-F-sonli Farmoyishiga asosan Toshkent Shahr Olmazor tumani Zarqaynar ko’chasi 1-uy O’zbekiston davlat tabiat muzeyiga berildi. Hozirgi kunda muzey ushbu binoda faoliyat olib bormoqda. Bir necha marotaba bino o’zgarishiga to’g’ri kelgan bo’lsa ham, Oʼzbekiston Davlat tabiat muzeyi boy ilmiy zaxiraga ega. Unda geologiya, botanika, zoologiya va entomologiya kolleksiyalari mavjud. Zaxira materiallari, birinchidan, muzeyning ekspozitsiyalarini tuzish va toʼldirish uchun boshlangʼich va qoʼshimcha materiallar boʼlib xizmat qiladi, ikkinchidan muzey sohasi mutaxasislari uchun ilmiy manba hisoblanadi. Muzeyning ilmiy zahirasi qanchalik boy boʼlsa, u fan uchun shunchalik katta ahamiyatga ega boʼladi. Muzeyning zaxira materiallari muzey tashkil topgan vaqtdan buyon oʼtgan davr ichida yigʼilgan va asosan respublikamizning turli hududlariga muzey uyushtirgan qator ekspeditsiyalar natijasida keltirilgan koʼp miqdordagi toʼplamlarni tashkil etadi. Botanik toʼplamlardan iborat tuproqlar, gerbariylar, daraxt turlarining koʼp sonli kesmalari, oʼlkaning yovvoyi oʼsimliklari va koʼpchilik xom ashyo kollektsiyalaridan iborat. Muzeyning entomologiya zahirasi muzey tashkil topgandan boshlab vujudga kela boshladi. Bu 350000 dan ortiq hasharotlar namunasi boʼlgan Markaziy Osiyodagi eng katta entomologiya kolleksiyasidir. 1918 yilda А.А.Mel tomonidan muzeyga inʼom qilingan 1290 ta namunalardan iborat boʼlgan tropik kapalaklari kolleksiyasi ham katta ahamiyatga ega. 5 Zoologiya boʼlimining zaxirasida umurtqali hayvonlar boʼlimida 4000 ortiq noyob hayvonlar tulumlari saqlanadi. Eksponatlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Bunda faqat hayvonlar emas balki qushlar sinfi ham kiradi. Oʼlkamizda va Oʼrta Osiyoda noyob hisoblangan qushlar kolleksiyasini aynan ushbu boʼlimda koʼrishimiz mumkin. 4 Muzeyning rasmiy veb sayti/www.tabiatmuzeyi.uz 5 Курязова Д.Т.Музей иши асослари.-Тошкент: Lesson press, 2019. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 197 Muzeyning geologiya boʼlimida respublikamizning turli konlaridan keltirilgan mineral va foydali qazilmalarning kolleksiyasi bor. Poleontologik kolleksiyalarni asosan Qoratov togʼ va Qizilqumdagi Itemir soyidan yigʼilgan namunalar tashkil etadi. Bular baliq, hashorat, oʼsimlik barglarining izlari, toshga aylanib qolgan daraxt tanalarining boʼlaklari, boshoyoqli va qorinoyoqli, molyuskalarning toshga aylangan chigʼanoqlari, dinozavrning toshga aylangan suyaklaridan iborat. Muzeyning ilmiy fondi materiallaridan olimlar va tadqiqotchilar ilmiy ishlar uchun foydalanib kelmoqda. Muzeyning koʼp miqdordagi zahira materiallari, ayniqsa, entomologiya kolleksiyalari chet el mutaxassislarda qiziqish uygʼotib keng oʼrganilmoqda. Bugungi kunda muzey xorijiy tajribalarga tayangan holda an’anaviylikni saqlab, yangi ekspozitsiyalar, ko’rgazmalar tashkil qilib kelmoqda. Muzey maktab o‘quvchilari, talabalar va keng jamoatchilik uchun ma’rifiy dasturlarni tashkil etadi. Ekskursiyalar, mahorat darslari, ekologik targ‘ibot tadbirlari orqali ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. “Xalqaro qushlar kuni”, “Ekologiya kuni” kabi bayramlarga moslab ko’rgazmali dasturlar shular jumlasidandir. Muzeyning asosiy vazifalari aholining keng ommasi oʼrtasida tabiatni oʼrganish, oʼquvchilarning tabiatshunoslik sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish, jumladan, oʼlka tabiatini oʼrganish ishida yordam koʼrsatishdan iboratdir. Koʼrsatib oʼtilgan vazifalar muzey ichida mavzuiy ekspozitsiyalar tashkil etish va muzeydan tashqarida keng ilmiy-maʼrifiy ishlarni olib borish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Muzey faoliyatini yanada yaxshilash va ekologik savadxonlik bo’yicha keng tadbirlar tashkil qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2023 yildagi PQ-171-son qarori bilan O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi Madaniy me’ros agentligi tarkibidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufiga o‘tqazildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. N.Sodiqova “Madaniy boyliklar xazinasi” 1980 2. Kuryazova D.T.”Muzey ishi asoslari” – T: Lesson press, 2019 3. “Туркестанские ведомости” 1876 yil,№ 48. 4. https://tabiatmuzey.uz/ (muzeyning rasmiy veb sayti) 5. Sayidova N.B. “Tabiiy-ilmiy muzeylarda ashyolarni saqlash, tartibga solish va namoyish qilish masalalari”. Monografiya – T: 2023