scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUZEYLARDA AMALIY SAN'AT ASARLARINI INNOVATSION USULLARDA NAMOYISH ETISH MASALALARI

Sultanova Gulchexra Ozodovna

Abstract

Ushbu maqolada muzeylarda amaliy san’at asarlarini innovatsion usullar yordamida namoyish etish masalalari to‘g’risida ma’lumotlar berilgan. Ko‘pgina muzeylar jahonning bir qator rivojlangan davlatlari muzeylari tajribasiga tayangan holda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, amaliy san’at asarlarini saqlash va namoyish qilishda yangicha yondashuvlar ishlab chiqayotganligi, jumladan “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida bu borada amaliy ishlar olib borilayotganligi borasida to‘xtalib o‘tilgan. Ayniqsa, keyingi yillarda muzey ekspozitsiyalarini yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi yoritilgan. Moddiy-madaniy merosni innovatsion usullar yordamida namoyish qilish yurtimiz tarixi, madaniyati va san’atini keng targ‘ib qilishda ahamiyati katta ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 216 MUZEYLARDA AMALIY SAN’AT ASARLARINI INNOVATSION USULLARDA NAMOYISH ETISH MASALALARI Sultanova Gulchexra Ozodovna Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, katta o‘qituvchi, san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17465283 Annotatsiya. Ushbu maqolada muzeylarda amaliy san’at asarlarini innovatsion usullar yordamida namoyish etish masalalari to‘g’risida ma’lumotlar berilgan. Ko‘pgina muzeylar jahonning bir qator rivojlangan davlatlari muzeylari tajribasiga tayangan holda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, amaliy san’at asarlarini saqlash va namoyish qilishda yangicha yondashuvlar ishlab chiqayotganligi, jumladan “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida bu borada amaliy ishlar olib borilayotganligi borasida to‘xtalib o‘tilgan. Ayniqsa, keyingi yillarda muzey ekspozitsiyalarini yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi yoritilgan. Moddiy-madaniy merosni innovatsion usullar yordamida namoyish qilish yurtimiz tarixi, madaniyati va san’atini keng targ‘ib qilishda ahamiyati katta ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Muzey, amaliy san’at, zamonaviy texnologiyalar, ekspozitsiyalar. Аннотация. В статье рассматриваются вопросы представления произведений прикладного искусства в музеях с использованием инновационных методов. Отмечается, что многие музеи, опираясь на опыт музеев ряда развитых стран мира, разрабатывают новые подходы к сохранению и презентации произведений прикладного искусства с использованием современных технологий, в том числе в Государственном музеезаповеднике «Ичан-кала» ведётся практическая работа в этом направлении. В частности, отмечается, что в последние годы при создании музейных экспозиций широко используются современные информационные технологии. Приводится информация о большом значении представления материального и культурного наследия с использованием инновационных методов в широкой популяризации истории, культуры и искусства нашей страны. Ключевые слова: Музей, прикладное искусство, современные технологии, экспозиции. Abstract. This article examines the presentation of works of applied art in museums using innovative methods. It is noted that many museums, drawing on the experience of museums in a number of developed countries, are developing new approaches to preserving and presenting works of applied art using modern technologies. The Ichan-kala State Museum-Reserve is conducting practical work in this area. Specifically, it is noted that in recent years, modern information technologies have been widely used in the creation of museum exhibitions. Information is provided on the significant importance of presenting material and cultural heritage using innovative methods in the widespread popularization of the history, culture, and art of our country. Keywords: Museum, applied art, modern technologies, exhibitions. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 217 Bugungi kunda umuminsoniy qadriyatlarning ajralmas qismi bo‘lgan xalq amaliy san’atiga oid muzey eksponatlarini targ‘ib qilish hamda turli xil zamonaviy ekspozitsiyalar va ko‘rgazmalar yaratish asosiy muammolar sirasiga kiradi. Milliy qadriyatlarning ahamiyati ortib borayotgan bugungi globallashuv jarayonida moddiy hamda madaniy yodgorliklarni keng omma orasida targ‘ibot-tashyiqot qilish, ularni innovatsion usullarda namoyish etish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ko‘pchilik muzeylar faoliyatida innovatsion texnologiyalar qo‘llanilib, san’at asarlarini raqamlashtirish orqali ularni onlayn platformalar orqali keng jamoatchilikka taqdim etish tendensiyasilari rivojlanmoqda. Ayniqsa, hozirgi kunda xorijiy davlatlar llmiy tadqiqot institutlari muzeylarda yangi ysullarni joriy etish borasida muzey kolleksiyalarini raqamlashtirish, onlayn namoyish qilish, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) texnologiyalari, interaktiv multimedia, sensorli ekranlar orqali namoyish qilish texnologiyalarini qo‘llash to‘g’risida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ayniqsa, xorijiy davlatlar muzeylari madaniy merosni keng ommaga yetkazishda eksponatlarini raqamlashtirish, internet orqali keng ommaga taqdim etish, interaktiv texnologiyalar asosida sensorli ekranlar, QR-kodlar, audio gidlar orqali tashrif buyuruvchilarga eksponatlar haqida chuqurroq ma’lumot berish, muzeylarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini faol yuritish, xalqaro hamkorlik aloqalarini oshirishga e’tibor qaratmoqdalar. XXI asr muzeylar uchun innovatsiyalar asri bo‘lganli sababli zamonaviy hayotda muzeylar an’anaviy vazifalar va funksiyalardan biroz chetga chiqib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘mak beruvchi yanada keng dasturlarni amalga oshirishi lozim. Zamon o‘zgargan sayin shu bilan birga insonlarni ongi ham o‘zgarib bormoqda. Shu bois muzeylardagi eksponatlarga ham boshqacha nazar bilan qaraladigan bo‘ldi. Muzeylar bo‘sh vaqtni qiziqarli o‘tkazish mumkin bo‘lgan maskanga aylanib bormoqda. Bu albatta muzey ishida eng yangi zamonaviy texnologiyalaryaning tadbiq etilishi natijasidadir. Ma’lumki, muzeylarda ekskursovod yordamisiz sayyohlarning eksponatlar bilan tanishib chiqish oddiy tomoshabin uchun juda murakkab sanaladi Ekspozitsiyani tomoshabinga to‘liq yetkazishda bir qator yangi innovatsion texnologiyalar hozirgi kunda muzey hayotidagi asosiy yangiliklardan biriga aylanib bormoqda. Turli axborot tizimlari va sensor kiosklaridan foydalanish muzeylar to‘g‘pisida ma’lumotlarni to‘g‘ri yetkazish sifat darajasini oshnrmoqda. Muzey va ko‘rgazmalarda virtual panorama va virtual ekspozitsiyalar yaratish imkonini beradi.Tomoshabin muzeyga tashrifi chog‘ida o‘zini qiziqtipgan eksponatning yaratilish tarxi, muallifi xususida ilmiy ma’lumotlar bilan tanishadi.Tomoshabin faqatgina ekskursiyani tinglabgina qolmay, eksponatni sinchiklab o‘rganishi ham mumkin. Sanat va tarix muzeylarida shu uslub qo‘llanilmoqda. Virtual texnologiya tomoshabinga muzey ekspozitsiyalari bilan sirtdan tanishish imkonini ham yaratadi. Bundan tashqari noan’anaviy shakldagi muzeylar faoliyati ham, doimo sayyohlar e’tiborini jalb etadi. 1 Zamonaviy muzeylar ko‘pincha interaktiv elementlar, audio va vizual texnologiyalar orqali ekspozitsiyalarni boyitishga harakat qilmoqdalar. Bunda tashrifchilarni ko‘proq jalb etish imkonini beradi. Masalan, virtual reallik vositalari yordamida amaliy san’at asarlari yaratilishi jarayonini ko‘rsatish yoki ma’lum bir tarixiy hodisalarni qayta tiklash mumkin. Zamonaviy muzeylar xizmat ko‘rsatishni yuqori darajaga olib chiqishda yangi texnologiyalarga murojat qilmoqdalar. Shu yo‘sinda "audiogid" vositasidan keng 1 Ismoilova J., Muhamedova M. Zamonaviy jahon muzeyshunosligi. – Toshkent: Munis design group, 2013. –.251-b SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 218 foydalanilayapti. Audiogid o‘ziga ekspozitsiya haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘ladi. Audioguide ma’lumotlarni turli tillarda yetkazish imkoniyatiga egadir. Uni xohlagan vaqtda istalgan tilda eshitish mumkin 2 . Audiogidlar ko‘proq chet mamlakatlarda keng tarqalgan, hozirgi kunda audiogid imkoniyatlaridan O‘zbekistonda ham keng foydalanilmoqda. Audiogidlar yordamida tomoshabinlar eskursavod yordamisiz muzey zallari bo‘ylab eksponatlar haqidagi barcha ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin. Mul’temediyali audiogid texnologiyasidan ayniqsa, muzey qo‘riqxonalarda qo‘llanilmoqda. Muzeylarda ayniqsa, amaliy san’at asarlari ko‘rgazmalarini to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga ega. Ekspozitsiya shunday tashkil qilinishi kerakki, tashrifchilar har bir asarning nafaqat estetik go‘zalligini, balki uning tarixi va qo‘llanilishini ham to‘g‘ri tushunishlari mumkin bo‘lsin. Muzey ekspozitsiyasi – bu maqsadga yo‘naltirilgan va ilmiy asoslangan muzey eksponatlarining namoyishi bo‘lib, ular kompozitsion tashkillashtirilib sharhlar bilan to‘ldirilgan, texnik va badiiy jihozlanib, umumiy muzeyning o‘ziga xos xususiyatini yaratuvchi ijtimoiy ko‘rinishdir. Ekspozitsiya masalalari muzeylardagi kolleksiyalarni namoyish etish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Muzeylardagi ekspozitsiyalarni to‘g‘ri tashkil qilish madaniy merosni ko‘rsatish, tashrifchilarni jalb etish va ularga ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni yetkazishda katta rol o‘ynaydi. Muzey ekspozitsiyasidagi predmetlar ilmiy tashkil etilgan majmuani o‘zida namoyon etadi, chunki ularni tanlash va joylashtirish muzey jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi. Ekspozitsiya muzey kommunikatsiyasi asosini tashkil etadi, bu esa, o‘z navbatida, ma’lum bo‘shliqda joylashtirilgan ekspozitsion materiallarning tomoshabinlar tomonidan ko‘rish, qabul qilish yo‘li bilan amalga oshadi. Tomoshabinlarning eksponatlar bilan muloqoti jarayonini yengillashtirish maqsadida, uni yanada samarali va natijali qilish uchun ekspozitsiya yaratishda nafaqat olimlar, balki rassomlar ham qatnashadi 3 . Ekspozitsiya masalalari muzeylarning asosiy vazifalaridan biridir, chunki u madaniy merosni keng jamoatchilikka yetkazish vositasi hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ekspozitsiyalar orqali muzeylar tashrifchilarni nafaqat madaniy boyliklar bilan tanishtiradi, balki ularga ta’limiy va estetik ta’sir o‘tkazadi, bu esa madaniy merosni asrash va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy ekspozitsiyalarni yaratishda badiiy-ifodaviy vositalar majmuasini ishlatish, eksponatlarni namoyish etish uchun maxsus moslamalar, ya’ni ekspozitsion jihozlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kundagi ijtimoiy madaniy hayotda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda, buning natijasida ekspozitsion ishlarga ham yangicha yondashishga talab ko‘chaymoqda. Bu esa muzeylarning oldiga o‘z ekspozitsiyalarini ifodali va taassurot qoldiradigan qilib yaratish vazifasini qo‘ymoqda. Eksponatlarga emotsional ta’sir manbasi sifatida qaralishi, muzey to‘plamini namoyish etish tartibini qayta ko‘rib chiqish va tubdan o‘zgartirishga undaydi. Ekspozitsiyalarni yaratishda eksponatlashtirilayotgan ashyolarni har tomonlama, chuqur o‘rganish shart. Tayyorlanish texnikasi, materiali, hajmi va boshqa belgilari bo‘yicha turlicha bo‘lgan predmetlar ekspozitsion namunada bir butun narsadek aks etishi kerak, ya’ni ko‘zlangan mavzuni ochib berishi lozim. Tarkibiga muzey predmetlari, ilmiy-yordamchi materiallar, 2 Ismoilova J., Muhamedova M. Zamonaviy jahon muzeyshunosligi. – Toshkent: Munis design group, 2013. –.261-b 3 Kuryazova D. T. Muzey ishi asoslari. – Toshkent: Lesson Press, 2019– B. 111–112. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 219 me’moriy-badiiy va texnik vositalar kiritilgan majmua, yagona fikrga bo‘ysundirilib, o‘zaro bog‘liq, mutanosib bo‘lsa, zamonaviy ekspozitsiyaning eng yaxshi shakli hisoblanadi. San’at va texnika vositalarining har xil turlari qo‘shilib, muzey ekspozitsiyasini loyihalashda yangicha tushuncha, ya’ni ekspozitsion va ko‘rgazma dizayni vujudga keladi. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy muzey ekspozitsiyalari qiyofasini tubdan ijobiy tomonga o‘zgartiradi 4 . “Ichan-qal’a” muzey-qo‘riqxonasida zamonaviy ekspozitsiyalarni tashkil etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, ayrim ekspozitsiyalar reekspozitsiya qilinmoqda hamda yangilari tashkil qilinmoqda. Jumladan, 2023-yilda Muhammad Rahimxon madrasasida “Hukumdor va shoir” ekspozitsiyasi, Toshhovli saroyida esa “Milliy libosimiz – qadriyatimiz bezagi” ko‘rgazmasini tashkil etildi. Bugungi kunda amaliy san’at asrlarini innovatsion usullarda namoyish etish masalalari jahonning bir qator rivojlangan davlatlarning muzeylari tajribasiga tayanib amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahonning ko‘pchilik muzeylari amaliy san’at asarlarini tematik ko‘rgazmalar orqali namoyish qiladi. Muzeylarda ko‘pincha amaliy san’at asarlarini muayyan hunarmandchilik an’analari, geografik mintaqalar yoki tarixiy davrlar bo‘yicha to‘plab taqdim etish amaliyoti mavjud. Ushbu usul tashrifchilarga turli madaniyat sohalrini shuningdek, amaliy san’atning rivojlanishini ko‘rish va asarlarning foydalanish xususiyatlarini tushunish imkonini beradi. Jumladan, Metropoliten muzeyi (Nyu-York) o‘zining amaliy san’at kolleksiyalarini turli mamlakatlar hunarmandchilik va amaliy san’at an’analari bo‘yicha namoyish qiladi, bu orqali u tashrifchilarga san’atning boy tarixini ko‘rsatadi. Bir qator rivojlangan davlatlar muzeylari amaliy san’at asarlarini estetik va ta’limiy jihatlarini o‘zida mujassam etgan tarzda taqdim etishga harakat qiladi. Buyumlar to‘g‘ri vizual kompozitsiyada namoyish etiladi va tashrifchilar uchun ularni ko‘rishning qulay sharoitlari yaratiladi. Muzeylar ekspozitsiyadagi har bir buyumning ahamiyatini yoritish uchun turli xil yorug‘lik texnologiyalari, shishali vitrinalar va maxsus qo‘llanmalardan foydalanadi. Masalan, Luvr muzeyi (Fransiya) amaliy san’at buyumlarini yuksak estetik standartlar asosida namoyish qiladi. Bunday buyumlar maxsus shishali qo‘riqlov vitrinalarida saqlanadi va zamonaviy muzey dizayni orqali ko‘rsatib beriladi. Muzeylar ko‘rgazmalar bilan birga tashrifchilarga amaliy san’atning ahamiyatini tushuntirish va hunarmandchilik, amaliy san’at an’analarini asrash bo‘yicha turli seminarlar, interaktiv darslar hamda ekskursiyalar o‘tkazadi. Bunda maxsus yo‘naltirilgan ekskursiyalar, audiogidlar va virtual reallik texnologiyalari keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda zamonaviy, rivojlangan muzeylarda amaliy san’at asarlarini raqamlashtirish orqali ularni onlayn platformalar orqali keng jamoatchilikka taqdim etish tendentsiyasi rivojlanmoqda. Interaktiv virtual ko‘rgazmalar va 3D modellashtirish texnologiyalari tashrifchilarga amaliy san’at asarlarini bevosita yoki masofadan ko‘rish, o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Masalan, Google Arts & Culture platformasi jahon muzeylaridagi ko‘plab amaliy san’at asarlarini raqamlashtirib, ularni onlayn ko‘rsatmoqda. Ko‘pgina muzeylar zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, amaliy san’at asarlarini saqlash va namoyish qilishda yangicha yondashuvlar ishlab chiqmoqdalar, jumladan “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda muzey ekspozitsiyalarini yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilgan, jumladan “Zarbxona” intereri, “Allomalar tarixi muzeyi”, “Hukumdor va shoir” ekspozitsiyasi shu asosda tashkil etilgan. 4 Kuryazova D. T. Muzey ishi asoslari... – B. 116–117. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 220 “Dorul hikmat val maorif” yoki “Allomalar tarixi” ekspozitsiyasi 2020-yilda tashkil qilingan. Dorul hikmat val maorif muzey yartishdan asosiy maqsad, mashhur ilm fan markazlaridan biri Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini o‘ziga xos yangi zamonaviy shaklda ko‘rsatib berishdir Mazkur muzey ekspozitsiyasida zamonaviy raqamli va kompyuter texnologiyalari asosida innovatsion g‘oyalar hamda yechimlardan foydalanganlar. Bu yerda yangi texnologiyalar qo‘llanilgan – buyuk olimlarning raqamlari 3D formatdagi maxsus qoplamadan yasalgan panelning ingichka to‘r yuzasida paydo bo‘ladi. Ularning tasvirlari mepping (xaritada tasvirlash texnikasi)da vizual rasmlar bilan birga keltirilgan. Asosiy zalning perimetri bo‘ylab kichik hujralar - xonalar joylashgan bo‘lib, ularning har biri buyuk olimlar – Ma’mun akademiyasi a’zolari faoliyatini aks ettiradi. “Oq masjidlik mennonitlar” muzeyi butunlay smart-muzey loyihasi bo‘yicha ishlangan bo‘lib, undagi har bir ko‘rgazma o‘zi haqida 3 tilda videoaudio axborot beradi. Ushbu qo‘shilgan reallikka asoslangan texnologiya qisman “Madrasa tarixi” ekspozitsiyasida hamda “Zarbxona” intererida ham qo‘llanilgan. Muzeydagi ayrim tarixiy shaxslar portretlari – jonli tarzda o‘zlari haqida hikoya qiladi. Muzey faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni qo‘llash borasida 6 ta yo‘nalishda (aqlli axborot tablichkalari, smart otkritkalar to‘plami, smart muzey, jonli katolog, interaktiv xarita, virtual muzey, shaharni 3D ko‘rinishi) ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasini jozibadorligini oshirish va keng targ‘ib qilish maqsadida khiva360.uz saytida virtual muzey loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu tizim orqali dunyoning istalgan joyidan turib, muzey-qo‘riqxona va undagi muzeylar bo‘ylab virtual sayohat qilish imkoniyati mavjud 5 . Umuman olganda Mustaqillik yillarida “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi muzeylashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Muzey fondi yuzlab noyob eksponatlar bilan boyitildi, o‘nlab yangi ekspozitsiyalar tashkil qilindi. Tarixiy obidalar, muzey ashyolari ta’mirlanib, mavjud muzeylar reekspozitsiya qilindi. Yangi muzeylar nafaqat shaklan balki mazmunan badiiy jihatdan yangilandi. Respublikada so‘nggi yillarda xalqning tarixiy, badiiy va madaniy merosini saqlash, kelajak avlodga yetkazish, yosh avlodni umuminsoniy hamda milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir” 6 . Bu borada moddiy-madaniy merosni jahon tajribalari asosida saqlash hamda ularni innovatsion texnologiyalar asosida namoyish qilish, keng ommaga targ‘ib qilish, yosh avlodni milliy madaniyat bilan yaqindan tanishtirish orqali milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. O‘ziga xos qadimiy an’analarga ega bo‘lgan Xorazm madaniyati va san’ati, moddiy-madaniy merosni innovatsion usullar yordamida tomoshabilarga, sayyohlarga namoyish qilish amaliy san’at asarlarini jozibadorligini oshirishda yurtimiz tarixi, madaniyati va san’atini keng targ‘ib qilishda ahamiyatga ega bo‘lishi barobarida yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 5 Bobojonov D. “Ichan qal’a” davlat muzey qo’riqxonasi tarixi (1920–2020-yy.). Birinchi kitob. – Urganch: MILLENIUMUS PRINT, 2024. – B. 118. 6 Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. ‒ Toshkent: O‘zbekiston, 2017. ‒ B. 29. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 221 1. Ismoilova J., Muhamedova M. Zamonaviy jahon muzeyshunosligi. – Toshkent: Munis design group, 2013. –.312 b 2. Kuryazova D. T. Muzey ishi asoslari. – Toshkent: Lesson Press, 2019. – 182 b. 3. Bobojonov D. “Ichan qal’a” davlat muzey qo’riqxonasi tarixi (1920–2020-yy.). Birinchi kitob. – Urganch: MILLENIUMUS PRINT, 2024. – B. 118. 4. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. ‒ Toshkent: O‘zbekiston, 2017. ‒ B. 29