MILLIY QANDOLAT KONSEPTIGA OID AYRIM LEKSEMALARN1ING LEKSIK-SEMANTIK VA XALQ OG'ZAKI IJODIGA XOS QO'LLANILISH XUSUSIYATLARI
Abstract
The article highlights the lexical-semantic, phraseological, historical-etymological, and lexicographical features of such units as halva, pashmak, parvarda, and baklava, which are part of the confectionery concept
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 132 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us MILLIY QANDOLAT KONSEPTIGA OID AYRIM LEKSEMALARN1ING LEKSIK-SEMANTIK VA XALQ OG‘ZAKI IJODIGA XOS QO‘LLANILISH XUSUSIYATLARI Sidiqova Xadiyabonu, Chortoq tumanidagi 49-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Annotatsiya. Maqolada qandolat konsepti tarkibiga kiruvchi holva, pashmak, parvarda, pahlava kabi birliklarning leksik-semantik, frazeologik, tarixiy-etimologik va leksikografik xususiyatlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: konsept, leksik-semantik, freozologik birliklar, leksema, leksik ma’no, sinonim, ko‘chma ma’no. Аннотация. В статье освещены лексико-семантические, фразеологические, историко-этимологические и лексикографические особенности таких единиц, как халва, пашмак, парварда, пахлава, входящих в состав кондитерской концепции. Ключевые слова: концепт, лексико-семантические, фразеологические единицы, лексема, лексическое значение, синоним, переносное значение. Annotation. The article highlights the lexical-semantic, phraseological, historicaletymological, and lexicographical features of such units as halva, pashmak, parvarda, and baklava, which are part of the confectionery concept. Keywords: concept, lexical-semantic, phraseological units, lexeme, lexical meaning, synonym, figurative meaning. Tabiatda jismlar qattiq, suyuq va kristall ko‘rinishda bo‘lishi hammamizga ma’lum. Bu predmetlar holati qandolat mahsulotalarida ham namoyon bo‘ladi. Ular ifodalayotgan holatiga yuqoriga uch ko‘rinishda yuzaga chiqadi. Keling, ularni turlarga ajratib chiqaylik. 1.Qattiq holatdagi qandolat mahsulotlari 2. Suyuq holatdagi qandolat mahsulotlari 3. Kristall holatdagi qandolat mahsulotalari. Qandolat konsepti yuqoridagi uch holatda iste’molimizda foydalanamiz (huddi tabiatdagi barcha predmetlari kabi). Qadimdan tabiatda mavjud barcha jismlar, yillar davomida shakllangan holat qoidasiga amal qiladi. Masalan, sumalak – suyuq taom ko‘rinishidagi qandolat mahsuloti, novvot – kristall holatidagi milliy shirinlik turi, holva – qattiq ko‘rinishdagi milliy qandolat.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 133 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Qandolat mahsulotlari tabiiy xususiyatlaridan tashqari, tilda leksik-semantik mazmun ham tashiydi. Bu xususiyatlar yillar davomida shakllangan va rivojlanib, boyib boradigan jihatlardir. Milliy qandolat konsepti xalqning uzoq muddatdan beri davom etib kelayotgan iste’mol talablari, leksik-semantik jihatdan tilda qo‘llash ko‘nikmalarini ham belgilab beradi. Bu xususiyatlar barcha uchun birday tushunarli va aniq. Milliy qandolat mahsulotlari boyishi faqatgina yaqin zamonlarga borib taqalmaydi. Aslini olganda, qandolat konseptining ildizlari xalqimizda azaldan mavjud edi. Dastlab, Mahmud Koshg‘ariyning “Devon-u lug’otut turk” asarida “shirinlik” ma’nosini ifodalovchi so‘z uchraydi. Ammo unda qandolat mahsulotlari shakl, ko‘rinishlari haqida fikr yuritilmagan. Qandolat dunyosi yillar davomida shakllanib, milliy shirinliklar shaklida saqlanib qolgan, bu mahsulotlar arab, fors-tojik, turk tillariga oid leksemalar bilan nomlanadi. Yillar davomida xalq iste’molida bo‘lgan bu so‘zlar o‘zqatlamga aylanib ulgurdi va boshqa til jarayonlarida ham faol ishtirok eta boshladi. Hozirgi davrgacha bir qancha mahsulot nomlari bilan aloqador xalq og’zaki ijodiyoti shakllandi. Ular ibora, maqol, matal va ertaklar tarkibidagi hikmatli so‘zlar, o‘xshatishlar shaklida saqlanib qolgan. Masalan, Holva (qattiq ko‘rinishdagi qandolat mahsuloti) arabcha so‘zdan olingan, ma’nosi 1. Un, shakar va yog‘dan, ba’zan kunjut, mag‘iz qo‘shib tayyorlangan shirinlik, qandolat. Pashmak holva.- Arava-arava un, guruch, qop-qop bodom,pista, kajavalarda holvalar,qirq-ellik katta-kichik yashikdan har xil mevalar. Oybek. 1 Holva so‘zining ikkinchi ma’nosi esa ko‘pincha ko‘chma ma’noga yaqin mazmunda qo‘llanadi, ya’ni durust, yaxshigina kabi ma’nolarda ishlatiladi. Masalan, Namangan viloyatiga o‘tdim. Farg‘onadagi mashmashalar holva ekan.”Mushtum”. Bunda ko‘rinib turganidek, qiyoslash, taqqoslash kabi ma’nolar mavjud. Yuqoridagi, holva leksemasi o‘zida “yomon emas” degan ma’noni tashimoqda. Bu ma’noga sababni shu leksemaning o‘zidan qidirib ko‘ramiz. Bilamizki, holva yengil tanovul qilinadigan shirinlik. Uni ota-bobolarimiz bozordan qaytishda ermak qilib yeyish uchun sotib olishgan. U o‘zida yengillik ma’nosini saqlab qolib, ikki narsa qiyoslanganda, birining nisbatan yengil ekanini isbotlab, ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan misolda Farg‘ona viloyatidagi ahvol Namangan viloyatidagi holatdan yengil ekanini aytib o‘tilmoqda. Hatto, bu ma’no keyinchalik xalq maqollariga ham o‘tib, unda yana ham kengroq ma’no kasb etgan. Holva degan bilan og‘iz chuchimas, ya’ni yuqorida aytib o‘tganimizdek, holva yengil tanovul qilinadigan qandolat mahsuloti. Shu sababdan holva bilan og‘zing shirin bo‘lib qolmaydi. Aslida esa “Quruq gap bilan 1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 2-jild. – B.414.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 134 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us maqsadni amalga oshirib bo‘lmaydi” 2 , inson oldiga biror maqsad qo‘yar ekan, uni yengil-yelpi gaplar bilan amalga oshirishi mumkin emas, maqsadga ulkan harakatlar bilan yetiladi. Bu maqolning qo‘llanishini quyidagi misol bilan ko‘rib chiqishimiz mumkin: “Darhaqiqat holva degan bilan og‘iz chuchimaydi-da… Xalq – omi… bizning ma’rifat haqidagi gaplarimiz ularning qulog‘iga kirishiga uncha ishonmayman.” Komil Yashin. Hamza. Bundan tashqari, boshqa maqollar ham bor. Ularda holva leksemasi butunlay boshqa yo‘sinda qo‘llangan. Misol uchun: “ Suvdan holva yasamoq”. Bo‘lmaydigan ishga urinmoq, bekorga urinmoq. 3 Bilamizki, holva tayyorlash uchun un, shakar, yog‘ va boshqa masalliqlar kerak bo‘ladi. Faqat suv bilan holva qilmoqchi bo‘lish esa ko‘rinib turgan ahmoqlik. Bu bilan inson o‘z ehtiyoji, kuchi, imkoniyatiga qarab, harakat qilishi va shunga muvofiq natija kutishi darkor ekanligi ta’kidlangan: Mamlakatdan chet el kapitalini surib chiqarmasdan turib…xalqni oyoqqa bostirish – suvdan holva yasayman, deyish bilan baravar.S. Akbariy, “ Sevgi bilan tirilgan yurak”. Solinadigan masalliqqa ko‘ra, holvaning bodroq holva, mag‘iz holva, kunjut holva, yeryong‘oq holva, pashmak holva kabi turlari mavjud. 4 Ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz, pashmak fors tilidan olingan. Bu ot asli “jun” ma’nosini anglatadigan “ pashm” otiga –ak qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan bo‘lib, “ Yog‘da qovurilgan unga qand qiyomi qo‘shib, uzun tolador shaklda tayyorlanadigan shirinlik” ma’nosini anglatadi. 5 …Pashmak, turli-tuman…holvalar, pista-bodom, achchiq-chuchuk mag‘izlar , novvotlar, parvardalar, otnon, xo‘rozqandlar serob. Oybek, Bolalik. Pashmak aytib o‘tilganidek, tolasimon qilib tayyorlangan holva turi hisoblanadi. Lekin, ko‘pchilik uni holvadan boshqa tur shirinlik sifatida biladi. Pashmak forschada “junday yumshoq shirinlik” deb nomlanadi. Shuning uchun, bolalarga murojaat qilinganda, ko‘pincha pashmagim, holva-pashmagim kabi birliklarni uchratish mumkin. Bundan tashqari, xalqimizda “pakana pashmak” degan ibora mavjud. U mazmun jihatdan pakana lesemasining ma’nosini kuchaytirish uchun ishlatiladi. Chunki, pashmak uzun va hafif shirinlik bo’lib, bir kunda erib, kichik bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham, ushbu ibora gapda ma’no kuchaytirish uchun ishlatiladi. Masalan, hoy pakana pashmak, qora mashak, senga gapiryapman. Bu kabi qandolat konseptiga oid iboralar badiiy adabiyotda so‘z jozibadorligini oshirish uchun qo‘llanadi. Ulardan ayrimlarida shiravorlik xususiyati 2 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 2-jild. – B.414. 3 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 2-jild. – B.414. 4 Holva - // https: //uz. wikipedia. 5 Shavkat Rahmatullayev. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. – Toshkent: “Universitet”,2009. – 3-jild. – B. 581.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 09, 2025 135 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us saqlanib qolsa, ayrimlarida esa ko‘rinish, hil-xususiyat kabi ma’nolar mavjudligi sezilib turadi. FOYDANILGAN ADABIYOTLAR: 1.O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2022. – 2-jild. 2.Holva - // https: //uz. wikipedia. 3.Shavkat Rahmatullayev. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. – Toshkent: “Universitet”, 2009. – 3-jild. 4. Internet materiallari.