scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIMIY O'YINLAR ORQALI O'QUVCHILARNING KOGNITIV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING O'ZIGA XOSLIKLARI

Jo'rayeva Nigina Xayrullo qizi

Abstract

Ushbu maqolada ta’limiy o’yinlar orqali o’quvchilarning kognitiv (bilish) faoliyatini faollashtirish va tashkil etishning o’ziga xos jihatlari yoritilgan. Kognitiv faoliyatni rivojlantirishda o’yinli metodlarning o’rni, ularning o’quvchilarning motivatsiyasi, diqqat, xotira va tafakkur kabi psixik jarayonlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’limiy o’yinlarning dars jarayoniga integratsiyalashuvi, samarali metod va vositalar asosida tashkil etilishi orqali ta’lim sifati oshishi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada pedagogik tajriba asosida olingan natijalar keltirilib, ularning amaliy ahamiyati ko’rsatib berilgan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1029 TA’LIMIY O’YINLAR ORQALI O’QUVCHILARNING KOGNITIV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOSLIKLARI Jo’rayeva Nigina Xayrullo qizi Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’limiy o’yinlar orqali o’quvchilarning kognitiv (bilish) faoliyatini faollashtirish va tashkil etishning o’ziga xos jihatlari yoritilgan. Kognitiv faoliyatni rivojlantirishda o’yinli metodlarning o’rni, ularning o’quvchilarning motivatsiyasi, diqqat, xotira va tafakkur kabi psixik jarayonlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’limiy o’yinlarning dars jarayoniga integratsiyalashuvi, samarali metod va vositalar asosida tashkil etilishi orqali ta’lim sifati oshishi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada pedagogik tajriba asosida olingan natijalar keltirilib, ularning amaliy ahamiyati ko’rsatib berilgan. Kalit so’zlar: ta’limiy o’yinlar, kognitiv faoliyat, o’quvchilar, motivatsiya, psixologik jarayonlar, dars jarayoni, ta’lim metodlari, samaradorlik. Аннотация: В статье рассматриваются особенности активизации и организации познавательной (когнитивной) деятельности учащихся посредством обучающих игр. Анализируется роль игровых методов в развитии познавательной активности, их влияние на такие психологические процессы учащихся, как мотивация, внимание, память и мышление. В статье подчеркивается важность интеграции обучающих игр в учебный процесс и их организации на основе эффективных методов и средств для повышения качества образования. Представлены результаты, полученные на основе педагогического опыта, и показана их практическая значимость. Ключевые слова: обучающие игры, познавательная деятельность, учащиеся, мотивация, психологические процессы, учебный процесс, методы обучения, эффективность. Abstract: This article highlights the specific aspects of activating and organizing students' cognitive (cognitive) activity through educational games. The role of game methods in the development of cognitive activity, their impact on students' psychological processes such as motivation, attention, memory and thinking are analyzed. The study emphasizes the integration of educational games into the teaching process and their organization based on effective methods and tools to improve the quality of education. The article also presents the results obtained on the basis of pedagogical experience and shows their practical significance. Keywords: educational games, cognitive activity, students, motivation, psychological processes, teaching process, educational methods, effectiveness. Kirish. Shaxs kognitiv sohasi tashqi olamni, voqea-hodisalarni, jarayonlarni bilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Psixologik manbalardagi kognitiv jarayonlar tahlili asosida shaxs kognitiv sohasi quyidagi psixik jarayonlardan iborat bo‘lishini aniqladik: 1. Perseptiv ko‘nikmalar, ya’ni sezgi, idrok va diqqatdan iborat bo‘lib, ushbu jarayonning asosiy vazifasi tashqi va ichki olamdagi ma’lumotlarni qabul qilishdan iborat. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1030 2. Intellektual ko‘nikmalar o‘z ichiga tafakkur, tasavvur va nutqni qamrab oladi. Intellektual jarayonlarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni qayta ishlash, boyitish, ular haqida axborot berish hamda fikr almashinishdan iborat. Mnemonik ko‘nikmalar ya’ni xotira. Xotira yordamida to‘plangan ma’lumotlar saqlanadi, zaruriy vaziyatlarda qayta tiklanadi va foydalaniladi. Psixologik manbalarda ta’kidlanishicha shaxs kognitiv ko‘nikmalarida diqqat, tasavvur va xotira ustuvor ahamiyat kasb etadi. Boladagi qiziqishlarni kuchaytirishda va erkin fikrlarini namoyon etishda ta’limiy o‘yinlarning imkoniyati kattadir. Chunki, ta’limiy o‘yinlar bola kognitiv rivojlanishida foydalaniladigan vosta sifatida muhim o‘rin egallaydi. Ta’limiy o‘yinlar mohiyatiga ko‘ra ta’lim va tarbiya maqsadlari hamda o‘yin elementlarini o‘zida birlashtiradi. Zamonaviy maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga doir tajribalar orasida didaktik o‘yinlar yetakchi ta’lim metodi sifatida qayd etiladi. Zero maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar hayotida o‘yin asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola dunyoni anglashda, ijtimoiy munosabatlarga kirishishda, hattoki mehnat faoliyatida ham o‘yin elementlaridan foydalanadi, turli faoliyatlarni o‘yin bilan uyg‘unlashtirgan holda amalga oshirishga harakat qiladi. Shaxs hayotining dastlabki davrida uning asosiy ehtiyojlari, xohish-istaklari, orzu-umidlari aynan o‘yin mazmunida, harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bola ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan, u har qanday faoliyatni mustaqil amalga oshirishga intiladi, katta yoshdagilarning faoliyatlariga bevosita ishtirok etishga harakat qiladi. Bola tashqi olam haqida qanchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘la boshlasa, uning kattalar hayotiga qiziqishlari ham ortib boradi. O‘yin faoliyati davomida esa bola katta yoshdagilar xatti-harakatlariga taqlid qilgan holda o‘zini kattalardek tutish imkoniyati paydo bo‘ladi. Aynan o‘yin faoliyatida bola mustaqil harakatlanadi, o‘z xohish irodasini, orzularini, tasavvurlarini, tuyg‘ularini erkin ifodalaydi. O‘yin jarayonida bola boshqa faoliyat turlarini ham o‘zlashtira boradi: bilimlarni o‘zlashtiradi, mehnat ko‘nikmalari shakllanadi, jismoniy mashqlarni o‘zlashtiradi, muloqot qoidalari, tartib-intizom qoidalariga amal qilishni o‘raganadi. Ta’limiy o‘yin davomida bola psixologik, pedagogik, fiziologik rivojlanish komponentlarini ham o‘zlashtira boradi. Adabiyotlar tahlili. O‘yin maktab yoshidagi bolalar faoliyatida asosiy o‘rinni egallaydi. Ularning yosh va psixologik xususiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘yin dunyoni va o‘zligini anglashda, qiziqishlarini qondirishda asosiy vosita hisoblanadi. Ta’limiy o‘yinlar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yengillatish va o‘yin orqali bilim berish maqsadida yaratilgan. A.Y.Bobomurodova ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlarini o‘yin xarakterida qurish lozimligini ta’kidlaydi va shunday deydi: Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarni ijodiy faoliyat ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan til hodisalarining mohiyatini anglab, mustaqil ravishda hukm va xulosalar chiqarishga, har bir o‘quvchiga o‘zligini namoyish etish va mulohazalarini erkin bayon etib, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilishga keng imkoniyat yaratadi. Tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, qat’iylik, o‘quv qiyinchiliklarini mustaqil ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1031 yengish kabi fazilatlarni tarkib toptirish, ko‘pincha, ta’limiy o’yinlar orqali amalga oshiriladi [1, 4-b.]. Ko‘rinadiki, metodist A.Y.Bobomurodova ta’limiy o‘yinlarning mohiyati va til o‘rganishdagi ahamiyatini to‘la ochib bera olgan. L.V.Artemova esa ta’limiy o‘yinlarning muhim jihatlari, vazifasi va ahamiyati haqida shunday deydi: “Didaktik o‘yinlarning muhim jihatlari shundaki, o‘quv topshiriqlari bolalarga o‘yin shaklida taqdim etiladi. Bolalar o‘yin jarayonida bilimlarni o‘zlashtirayotganlari, ma’lum predmetlardan foydalanish malakalarini va o‘zaro muomala madaniyatini egallayotganlarini sezmaydilar. Har bir didaktik o‘yin ta’limiy va tarbiyaviy mazmuni, o‘yin topshiriqlari, o‘yin harakatlari, o‘yin va tashkiliy munosabatlardan iborat bo‘ladi” [2, 33-b.]. Sh.Nurullayeva esa didaktik o‘yinlarni mazmuniga ko‘ra tinch o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, aralash tipdagi o‘yinlar; shakliga ko‘ra musobaqa o‘yinlari, sahna o‘yinlariga ajratib ko‘rsatgan. Harakatli o‘yinlarga ona tili ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan musiqali o‘yinlar va sahna o‘yinlarini misol qilib keltirish mumkin. Aralash o‘yinlar o‘zida ham harakatli o‘yinlar, ham tinch o‘yinlar elementlarini aks ettiradi. Tarqatma materiallar asosida uyushtiriladigan o‘yinlar, so‘z o‘yinlari, kesma harflar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlar tinch o‘yinlarga misol bo‘la oladi [3, 51-b.]. 1. N.M.Koryak va Y.S.Ginzburg bolalar ta’lim-tarbiyasi jarayonida o‘yinlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tganlar. Ularning fikricha “bolalar dunyosi, ibtidoiy odam dunyosiga o‘xshab ketadi. Chunki bolalar asosan jonli va jonsiz mavjudodlarni farqlaydilar. Ulg‘aygach, odamlar ushbu mavjudotlarga boshqacha nazar bilan qaray boshlashadi. Chunki kattalar nazdidagi ijtimoiy hayot o‘zaro insoniy munosabatlar bolalar ko‘z o‘ngida o‘yin shaklida namoyon bo‘ladi” (4, 62-b.) 2. Faylasuf olim ham J.Piaje o‘yinlar mohiyatini bola dunyoqarashi bilan bog‘liq holda talqin qiladi. Uning ta’kidlashicha, bolaning ichki olami alohida qonuniyatlar asosida qurilgan. Shuning uchun ham u kattalarning ichki olamidan tubdan farq qiladi. Ya’ni bolaning fikri uning xayoliy dunyosi bilan kattalarning fikri orasidagi nuqtani tashkil qiladi [5]. 3. Z.Freyd ta’limiy o‘yinlar borasidagi tadqiqotlari bilan alohida hisa qo‘shgan bo‘lib, u o‘yinlarga nisbatan ikki xil yondashuvni amalga oshirish lozimligini ta’kidlaydi. Birinchi yondashuv doirasida o‘yinlarga ijtimoiy hayotda imkonsiz bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qaralsa, ikkinchi yondashuv bolaning muayyan ehtiyojlari va his-tuyg‘ulari o‘yin predmeti sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda bola o‘z tabiatini o‘zgartirib o‘yin jarayonida faollashadi. Bolalar o‘yinlarini ularning ijtimoiylashuvidagi, ya’ni tashqi olamga moslashuvi, voqeahodisalarni tushunishlari uchun xizmat qilish bilan bir qatorda, ularga ta’lim berish va davolashda ham asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, o‘yin bolalar uchun eng qiziqarli faoliyat turi sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, o‘yinlarni tashkil etishda bolaning maylistaklarini inobatga olinishi hamda bolani yoshiga mos keluvchi holatlarni ifoda etishi maqsadga muvofiq. Bolalarni ular uchun qiziqarli o‘yin faoliyatiga jalb qilishdan maqsad ularning o‘zligini kengroq namoyon qilishga imkon beradigan rollarga murojaat qilish; bolaning o‘sishi, rivojlanishi, ulg‘ayishining ifodalanishi; o‘yin jarayonida o‘z muammolarini hal etishdir. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1032 Materiallar va metodlar. Maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarni kognitiv rivojlantirish va ijtimoiy muloqot hamda hamkorlikka tayyorlash vazifasi ularning yosh xususiyatlari va individual rivojlanish darajalarini hisobga olgan holda o‘yinlarni tanlash natijasidagina muvaffaqiyatli hal qilinadi. Chunki didaktik o‘yinlar ta’lim berish bilan bir qatorda bolaning psixologik, pedagogik va fiziologik xususiyatlarini rivojlantirishga qaratiladi va maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim o‘rtasida o‘zaro uzviy aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi. Buning natijasida, bolaning turli psixologik xususiyatlari samarali rivojlanadi, ularda ijtimoiy muloqot va hamkorlik munosabatlari tarkib topadi. Maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalar uchun foydalaniladigan didaktik o‘yinlar mazmuni, rang-barangligi, qisqa muddatliligi bilan farqlanadi. Тa’limiy o‘yinlarni tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilinadi: 1. Dasturga mosligi. 2. Bolalarning yoshiga mosligi. 3. Bolalarning jismoniy imkoniyatlari 4. Moddiy-texnik bazaning mavjudligi. Ta’limiy o‘yin faoliyati davomida bolalarning tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ularning bilimlari va tasavvurlarini boyitishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlarning maqsadi asosiy ta’limiy maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Ta’limiy maqsad bilan birgalikda ijtimoiy muhit haqidagi yaxlit tasavvurni rivojlantirish, o‘yin vositasida bola shaxsining ijobiy sifatlari bo‘lgan rostgo’ylik, kuzatuvchanlik, kamtarlik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik kabilarni shakllantirish mumkinligi nazarda tutilishi lozim. O‘yinlarning to‘g‘ri belgilangan didaktik maqsadlari pedagog uchun o‘yinni to‘g‘ri tashkil etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa o‘yinlar bir-biridan aynan belgilangan maqsadi va mazmuniga ko‘ra tasniflanadi. Didaktik o‘yinlar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat tarzda tashkil etiladi: 1-rasm. Didaktik o‘yinlarning tarkibiy qismlari. 1. O‘yin ishtirokchilari (yoshi, ishtirokchilar soni va hokazo). Didaktik o‘yinlar davomida bolalar xususiyatlarini inobatga olish muhim hisoblanadi. 6-7 yoshli bolalarning fiziologik, psixologik va pedagogik xususiyatlari hamda individual ko‘rsatkichlariga ko‘ra yosh davrlariga ajratish talab etiladi. Ya’ni o‘yinlarni tanlashda bolalarning yosh xususiyatlari ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1033 inobatga olinadi. Bundan tashqari o‘yin davomida ishtirokchilar sonini to‘g‘ri tanlash ham lozim. Chunki ishtirokchilar sonining to‘g‘ri tanlanmasligi o‘yinni to‘g‘ri o‘tkazishga halaqit beradi. 2. O‘yin maqsadi. Didaktik o‘yinlarning maqsadi ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi yo‘nalishlarda belgilanadi. Asosiy maqsad ta’limga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari har bir o‘yin uchun juz’iy maqsad ham belgilanadi. Ushbu maqsad atrofida keyingi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, bosqichlar belgilab olinadi. 3. O‘yin qoidalari – bolalarni tartib-intizomga hamda mas’uliyatlilikka o‘rgatadi. Har bir o‘yin uchun o‘ziga xos qoidalar belgilanib, ushbu qoidalarga amal qilinishi barcha ishtirokchilar uchun majburiy bo‘lishi talab etiladi. 4. O‘yin harakatlari – har bir o‘yinni amalga oshirish bosqichlarini qamrab olgan holda, ishtirokchilar uchun faoliyat algoritmi belgilab beriladi. Ishtirokchilar harakati pedagog tomonidan nazorat qilinadi va nazoratga olinadi. O‘yin harakatlarida o‘yin qoidalarining bajarilishi yo‘naltirib boriladi. 5. O‘yinni tashkil etish bosqichlari jarayonning aniq ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlaydi. Umumiy holda o‘yinlar tayyorgarlik bosqichi, asosiy bosqich va yakuniy bosqichdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, har bir o‘yinda va o‘yinning har bir bosqichida o‘ziga xos kichik bosqichlar ishlab chiqiladi. 6. O‘yin uchun zaruriy jihozlar. Har qanday o‘yin zaruriy moddiy-texnik bazani hamda vositalarni talab etadi. Agarda o‘yin davomida mazkur vositalar mavjud bo‘lmasa to‘laqonli natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli o‘yindan foydalanishdan avval tarbiyachi zaruriy jihozlar – audio va video vositalar, o‘quv qurollari, tasviriy vositalar, tarqatma materiallar kabi jihozlarni tayyorlab qo‘yishi lozim. 7. O‘yin natijasi tahlili (g‘oliblarni aniqlash, rag‘batlantirish va hokazo). Bolalar uchun o‘yinni nihoyasiga yetkazish hamda natijalarni e’lon qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin yakunida pedagogdan g‘olib va mag‘lublarni e’lon qilish, faol ishtirokchilarni rag‘batlantirish, kamchiliklar va yutuqlarni alohida e’tirof etish talab etiladi. Didaktik o‘yinlarda asosan quyidagi talablarga amal qilish lozim bo‘ladi: 1. Didaktik o‘yin subyektlari o‘rtasida rollarni to‘g‘ri taqsimlash asosida mustaqil rivojlantiruvchi faoliyatni tashkil etish. Shu bilan birga bolalarning o‘z faoliyatini mustaqil tashkil etish hamda o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘ziga baho berish va o‘z faoliyatidan rag‘bat olish va o‘z bilim va kuchiga ishonch vujudga keladi. 2. Ta’limda ijodiy muhit yaratish lozim. O‘yin subyektlari ta’limiy muammolarni hal etishga kreativ yondashuv imkoniyatini berish, erkinlikka alohida e’tibor qaratish lozim. 3. Sog‘lom raqobat muhiti – o‘yin ishtirokchilarini yangi faoliyat turiga rag‘batlantirishga xizmat qiladi. G‘oliblik strategiyasi esa bolalarni keyingi faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. 4. Didaktik o‘yin qoidalarining aniq belgilanganligi va unga amal qilinishini nazorat qilish. Ishtirokchilarning belgilangan o‘yin qoidalariga amal qilishini nazorat qilish ularni ijtimoiy muhit me’yorlariga moslashuvi hamda ongli intizomni vujudga keltirishga xizmat qiladi. 5. Bolalarning belgilangan me’yorlar asosida bosqichma-bosqich harakati, vaqtdan to‘g‘ri foydalanishi ularni maqsad sari to‘g‘ri intilishiga o‘rgatadi. O‘yin faoliyati bolalarning boshqa faoliyat turlari qatorida bir qancha o‘ziga xos komponentlarga ega. Ular quyidagilardan iborat: ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1034 а) ta’limiy o‘yinning mazmuni (syujeti); b) rollar, ya’ni har bir ishtirokchi amalga oshiradigan vazifalar; v) har bir ishtirokchi amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarish yo‘llari (usullari); g) ta’limiy maqsadga erishish va o‘yinni amalga oshirish uchun foydalaniladigan vositalar; d) o‘yin boshqaruvchisi, asosiy va yordamchi vazifalarni bajaruvchilar o‘rtasida kechadigan pedagogik muloqot. Ta’lim jarayonida bolalarni kognitiv rivojlantirishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1-bosqich: ta’limiy maqsad asosida ta’limiy o‘yin maqsadini aniq belgilab olish; 2-bosqich: o‘yin syujeti (mazmunini)ni o‘rganib chiqish hamda o‘yinning borishi va ishtirokchilar faoliyatini loyihalashtirish; 3-bosqich: ta’limiy maqsadga va o‘yin maqsadiga erishish yo‘llarini belgilab olish; 4-bosqich: Ta’limiy o‘yinni aniq belgilab olingan ketma-ketlik va loyiha asosida amalga oshirish. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘yin qoidalariga e’tibor qaratish; 5-bosqich: O‘yinda ishtirok etgan va g‘olib bo‘lganlarni rag‘batlantirish, boshqa ishtirokchilarga ham keyingi faoliyat uchun motivatsiya berib borish; 6-bosqich: o‘yin davomida amalga oshirilgan ishlarni va olingan natijalarni tahlil qilish; 7-bosqich: natijalar tahlili asosida o‘yin syujeti va amalga oshirish ketma-ketligini tahrir qilish. Maktabgacha tayyorlov jarayonida turli sohalardagi faoliyat turlarini integratsiyalar asosida bilim berishda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim mazmuni hamda bolalarning psixologikpedagogik xususiyatlari asosiy omil sifatida tanlab olinadi. Ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillar quyidagicha tasniflanadi: 1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi turli faoliyatlarga mo‘ljallangan markazlar ishini takomillashtirish. 2. Turli faoliyat turlarini integratsiyalash va ushbu maqsadda ishlab chiqilgan zaruriy dastur. 3. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining birgalikdagi faoliyati asosida ta’lim mazmunini o‘zaro uyg‘unlashtirish. Ushbu maqsadda ishlab chiqilgan taqvim-mavzuiy rejalarni muvofiqlashtirish. 4. Ta’lim faoliyatining yakuniy natijasi sifatida davlat va jamiyat tomonidan ta’minlanadigan shaxsning ajralmas fazilatlarini shakllantirishdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida taqdim etiladigan har bir mavzu mazmunini o‘zlashtirishning uch bosqichi bilan ajralib turadi (1-jadval). 1-jadval. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1035 O‘rganilayotgan mavzu mazmunini o‘zlashtirilish bosqichlari Bosqichlar Mavzuni o‘zlashtirish ustida olib boriladigan ishlar mazmuni Birinchi Mavzu yuzasidan bolalardagi mavjud tajriba va tasavvurlarni aniqlash Ikkinchi Bolalarda mavjud tasavvurlarni kengaytirish va to‘ldirish Uchinchi Hosil qilingan tasavvurlarni umumlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish Ishni amalga oshirishdagi birinchi bosqichda jarayonni tashkil etuvchi pedagog mashg‘ulot jarayonining asosiy maqsadini, asosiy vazifalarni, erishiladigan natijani aniq belgilab olishi talab etiladi. Bolalar jamoasining qanday bilimlarga egaligini aniqlab olish juda muhimdir, chunki pedagog nafaqat bolalarga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni umumlashtirishi, balki mazkur umumlashtirishlarni tartibga solishi, uni yagona tizimga keltirishi, ba’zi bir hodisalar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun yana nimalarni o‘rganish kerakligini aniqlab olishi kerak. -Yakuniy bosqichda shakllantirilgan tasavvurlarni umumlashtirish, birlashtirish va tizimlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar uchun bu qiziqarli yakuniy tadbir bo‘lib, unda hamma bilib olganlarini, o‘zlashtirib tushunganlarini namoyish etadi. Tashkily shakliga ko‘ra, bular dam olish, viktorina, musobaqa, didaktik o‘yinlar va shu kabilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday tadbirlarni amalga oshirish bolalar faoliyatini rag‘batlantiradi, ularning e’tibori va qiziqishini saqlagan holda ta’limiy o‘yin faoliyatini beg‘ubor, oson va qiziqarli qiladi. -Pedagoglar uchun, o‘z navbatida, bunday tadbirlar bolalar rivojlanishini kuzatishning noyob vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. -Olib borilgan tahlillar asosida ta’limiy o‘yin jarayonida bola faoliyatlarini hamda turli yo‘nalishdagi mavzularni integratsiyalash natijalari jihatlarda o‘z ifodasini topadi: -bolalarda bilimlarini rivojlantirishga motivatsiya beriladi; -mustaqil va erkin tafakkur yuritish ko‘nikmalarini rivojlantiriladi; -bolalarning ijtimoiy muhit, intellektual rivojlanishga turli sohalarga bo‘lgan qiziqishlari oshiriladi; -bolalarning atrof-olam haqidagi tasavvurlari kengayib bunga oid bilimlari umumlashadi; -munosabatlar doirasida ular o‘zlarini qulay va xotirjam his qilishni o‘rganadilar. Yuqorida keltirilgan ijobiy natijalarga erishishda pedagogdan tinimsiz mehnat va bola faoliyatlariga nisbatan mohir kuzatuvchanlik talab etiladi. Bu esa ular zimmasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Zero, maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolani rivojlantirish bo‘yicha ijobiy yondashuvlar ham pedagoglar mehnati natijasidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Alimardonova M. B. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini kognitiv rivojlantirishda foydalaniladigan yondashuvlar tavsifi.Mug‘allim hem uzliksiz bilimlendirio‘ ilimiy-metodikaliq jurnal. №3 2020 jil. 131-135 betlar ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1036 2. Alimardonova M. B. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning kognitiv ko’nikmalarini rivojlantirishda integratsiya jarayonining ahamiyati. Xalq ta’limi 3 son Toshkent 2021. 101103betlar 3. AlimardonovaM.B. Kognitiv vazifalar-maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini faoliyatga tayyorlashning muhim sharti sifatida. Bola va zamon Toshkent 2021 №3.58-60betlar 4. Alimardonova M. B. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma -Q. “Fan va ta’lim”nashriyoti, 2021. 128 b. UDK 372.21:51(51); KBK 74.262; A 50. Guvohnoma raqami: 237-235. 128 bet 5. Бобомуродова А. Она тили таълими жараёнида ўйин топши-риқларидан фойдаланиш: Пед. фан. ном. ... дис. –Тошкент, 1996. –146 б. 6. Джурaевa Б.Р., Умaрoвa Х.А., Тoжибoевa Ҳ.М., Нaзирoвa Г.М. «Мaктaбгaчa тaълим муaссaсaлaридa тaълим жaрaёнининг сифaти вa сaмaрaдoрлигини тaкoмиллaштиришнинг педaгoгик тизими» / мoнoгрaфия // Тoшкент, Реaл принт. – 2017. -160 б. 7. Караханова О.Ю. Бошланғич синф ўқувчиларини мантиқий фикрлашга ўргатишнинг дидактик тизимини такомиллаштириш. Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.я автореферати. Қарши.2021. -46 б. 8. Қосимова Г.И. Бошланғич синф ўқувчиларида табиий-илмий дунёқарашни шакллантириш методикасини такомиллаштириш. Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.я автореферати. Қарши.2021. -49 б. 9. Қўйсинов.О.А. Компетентли ёндашув асосида бўлажак ўқитувчиларнинг касбийпедагогик ижодкорлигини ривожлантириш технологиялари. Педагогика фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияси.Тошкент. 2019.219-б. 10. Назирoва Г.М., Тизимли ёндашув асосида мактабгача таълим муассасаларида педагогик жараёнларни такомиллаштириш // пед.ф.б.ф.д. (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. Тошкент: МТМРМҚТМОИ, 2019. 155 бет.