DAVR RUHI VA AVLODLAR O'RTASIDAGI ZIDDIYAT: U.HAMDAMNING "OTA" ASARI MISOLIDA TAHLIL
Abstract
Mazkur maqolada Ulug‘bek Hamdamning ,, Ota’’ romani asosida davrning ijtimoiy-ma’naviy manzarasi va qahramonlar ruhiyati tahlil qilinadi
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1098 DAVR RUHI VA AVLODLAR O’RTASIDAGI ZIDDIYAT: U.HAMDAMNING “OTA” ASARI MISOLIDA TAHLIL Esanova Sabrina Zavqiddin qizi Buxoro davlat pedagogika insituti “O'zbek tili va adabiyoti”yo'nalishi 2-bosqich magistranti [email protected]. 94-544-75-67 Annotatsiya: Mazkur maqolada Ulug‘bek Hamdamning ,, Ota’’ romani asosida davrning ijtimoiy-ma’naviy manzarasi va qahramonlar ruhiyati tahlil qilinadi Kalit so‘zlar: Ulug‘bek Hamdam, ,,Ota’’ romani, davr ruhi, qahramon talqini, ijtimoiy muhit, shaxs ruhiyati, adabiy tahlil, psixologik tahlil. Abstract: This article analyzes the socio-spiritual landscape of the era and the psyche of the heroes based on Ulugbek Hamdam's novel "Ota". Keywords: Ulugbek Hamdam, novel "Ota", spirit of the era, interpretation of the hero, social environment, personality psyche, literary analysis, psychological analysis. Аннотация: В данной статье анализируется социально-духовный ландшафт эпохи на примере романа Улугбека Хамдама «Ота», а также психика персонажей. Ключевые слова: Улугбек Хамдам, роман «Ота», дух эпохи, интерпретация персонажей, социальная среда, психика личности, литературный анализ, психологический анализ. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti milliy o‘zlikni anglash, ma’naviyat, qadriyat va insoniylikni yangicha ruhda talqin etish davri bo‘ldi. Bu davrda yozilgan asarlarda jamiyatdagi keskin o‘zgarishlar, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi ziddiyatlar, inson tafakkuridagi o‘zgarishlar asosiy badiiy mavzuga aylandi. Ulug‘bek Hamdam ana shunday davr ruhini chuqur aks ettirgan yozuvchilardan biridir. Uning “Ota” romani inson va zamon, o‘tgan va kelayotgan avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy uzilishlarni, bir davrning tugab, yangisining boshlanish jarayonini badiiy tahlil qiladi. Ota.Bu so’zni eshitgan har bir O’zbek kitobxoni ko’z o’ngida ma’suliyat ,hurmat,mehrni o’zida jamlagan siymo gavdalanadi.U.Hamdam yaratgan “Ota”ham yuqoridagi sifatlarni mujassamlashtirgan O’zbek otasi-er kishi. O’zbek tilining “ 5 tomli izohli lug’at” ida ota so’ziga quyidagicha ta’rif beriladi: “Ota” farzandli, bola-chaqali er kishi. (o’z bolalariga nisbatan). Misol:Ota bo’lmay, ota qadrin bilmas.[1;151]
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1099 Darhaqiqat ,ota rozi-xudo rozi.Ijod olamida maqollarda deymizmi,dostonlarda deymizmi – barchasida ota obrazi,otaning oiladagi o’rni muhim ekanligi va uning roziliga inson umrining bezagi ekanligi aytiladi Maqollardan misollar keltiradigan bo’lsak “Ota qattiq, ona shirin” , “Ota-onasini tanimagan tangrisini tanimas”, “Onangni quyosh bilsang , otangni oy bil” ,“Otaona davlating, farzandlaring savlating”kabilar.Bundan tashqari Xalq dostonlarimizda ham otaning gapini ikki qilmaslik kabi qadriyatlarimiz gavdalantirilgan. Masalan, “Alpomish” dostonini olaylik Qultoy boboning Alpomishga ota-onangni hurmat qil, ota-onani norozi qilgan bolaning sira yo’libo’lmaydi, deb qilgan nasihati xalqimizning milliy o’zligini ko’rsatib turuvchi ota-onani hurmat qilishni eng yuqori o’ringa qo’yadi. Eshit boboning so’zini, Qultoy chol deydi o’zini. Sog’-salomat olib kelgin, Boysaribiyning qizini. Lekin yo’lingga termultirma, Ota-enangning ko’zini.[2;82] Ergash Jumanbulbul tilidan yozib olingan “Kuntug’mish” dostonida ham ota obrazi turli xil tushunchalarni o’zida jamlab kelgan. Doston tarkibidan olingan parcha orqali ota terminiga misol keltiramiz: Otim Kuntug’mish , otamning oti Avliyoyi Qoraxon….. shunda No’g’ayday elimni, ota-enamni, xalq qarindoshimni tashlab, shahringga Xolbekani izlab keldim[3;146]. Ulug’bek Hamdamning “Ota”romanida bosh g’oya oilaning jamiyatdagi o’rnini ko’rsatishdir.Ijodkor oila orqali millat va jamiyatning barqarorligini, avlodlar o’rtasida uzviy bog’liqlikni ko’rsatadi. Shu orqali yozuvchi zamonaviy hayotda inson o’zligi va shaxsiyatini yo’qotmasligi kerakligiga urg’u beradi. Xususan, Ulugʻbek Hamdam oʻziga xos adabiy tili, ruhiy holatlarni aniq tasvirlash mahorati va hayotiy voqealarni oʻziga xos badiiy boʻyoqlar bilan tasvirlay olish qobiliyati bilan ajralib turadi.U hayotdagi oddiy holatlardan xulosa chiqarish kerakligiga va o’quvchini fikrlashga undaydi. Asarda o’quvchi Ichki monologlar va refleksiyani payqaydi, yaʼni qahramonlar oʻzlarining ichki kurashlari va ichki dunyosini oʻquvchi bilan baham koʻradi. Qismlar orasidagi uzviylik va hayotiy hodisalar va mushohadalar orqali bir-birini toʻldiradi. Real va metaforik voqealar uygʻunligida, hayotiy voqealar orqali falsafiy xulosalar chiqariladi. Umuman olganda, “Ota” romani qahramonning psixologik tahlili, milliylik va oilaviy munosabatlarni chuqur yoritgani uchun adabiy tanqidchilar tomonidan yuqori saviyada ekanligi e’tirof etilyapti. Demak, asar milliy anʼanalarning zamonaviy dunyo bilan qanday uygʻunlashishini yoki ziddiyatga kirishishi masalasini ochib beradi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1100 Romanda oʻzlikni anglash jarayoni faqat shaxsiy masala emas, balki ijtimoiy va tarixiy konteksga ega. Bu asar insonning oʻzligini izlash va oʻtmish bilan kelajak oʻrtadagi bogʻliqlikni falsafiy nuqtayi nazardan yoritadi. Ramziy maʼnolar esa imkoniyatning unversallik gʻoyasiga yaqinlashish yoʻlini koʻrsatadi. Bu oʻzbek adabiyotida falsafiy-ramziy yozuv uslubining estetik namunasidir. Xususan, tarixiy xotira va milliy oʻzlik mavzulari oʻzbek xalqining jamiyat rivojlanishidagi oʻrni va kelajagini oʻrganishga yoʻnaltirilgan. "Ota" romani nafaqat adabiy, balki sotsiologik tadqiqot uchun ham muhim manbadir. Yozuvchining ramziy va badiiy uslubi oʻzbek adabiyotida yangi paradigmalarni yaratdi.Oʻzbek va jahon adabiyotida ham ota obraziga oʻziga xos tarzda yondashgan ijodkorlar ko’p .Ulardan Turgenevning “Otalar va bolalar ”, Balzakning “Gorio ota”, Toʻgʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, Isajon Sultonning “Qismat”, Ulugʻbek Hamdamning “Ota” kabilarni keltirishimiz mumkin. Ammo, bu asarlarda ham ota siymosiga alohida toʻxtalish berib oʻtilmagan. Ulugʻbek Hamdamning “Ota” romani ayni mavzu xususidagi oʻziga xos mental xususiyatlarni namoyon etgan milliy o’zligimiz va madaniyatimizni namoyon etgan nodir manba desak mubolag’a bo’lmaydi ,fikrimcha. Muallif davrni bevosita tasvirlamaydi, balki qahramonlar taqdiri orqali uning ruhini ochadi. Ota va farzandlar o‘rtasidagi tafovut — aslida jamiyatda yuz berayotgan ma’naviy o‘zgarishlarning ko‘zgusidir. Romanda ota obrazining ichki iztirobi — o‘z davrining qadriyati bilan yangi hayot orasida qolgan inson iztirobidir.Avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatlar ham chuqur ma’noga ega. Ulug‘bek Hamdam “Ota” romanida avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatni faqat e’tiqod yoki hayot tarzi bilan cheklamaydi, balki uni falsafiy asosda ochadi. Ota — o‘tmish avlod, sabr, vijdon, halollik timsoli; farzandi ya’ni Yog’du - mustaqillik davrining erkin fikrli, lekin an’anadan uzoqlashayotgan yoshlaridan biridir. Ularning qarashlari, hayotga munosabati, qadriyatlar haqidagi tasavvurlari to‘qnashadi.Asarda ota o‘z qadriyatlarini saqlab qolishga urinadi, farzand esa yangi hayot, zamonaviy tafakkur bilan yashashni istaydi. Bu to‘qnashuvda na biri butunlay haq, na biri butunlay nohaq — muallif hayotning murakkabligini, insonni davr o‘zgartirib borishini ko‘rsatadi. Ulug‘bek Hamdam romanda o‘z avlodiga tanqidiy, ammo mehr bilan qaraydi. U o‘tgan davrni ideallashtirmaydi, lekin qadriyatlarning yo‘qolishidan xavotir bildiradi. Muallif tili poetik, ramziy va falsafiy ohangda qurilgan. Ota va farzand o‘rtasidagi suhbatlar, xotiralar, ichki monologlar orqali u jamiyatdagi ruhiy bo‘shliqni badiiy ifodalaydi.Roman o‘zbek adabiyotida inson ruhiyatini, davr ruhini va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ziddiyatni falsafiy darajada yoritgan asarlardan biridir. U o‘quvchini o‘z ildizini, o‘tmishini unutmaslikka, zamon bilan uyg‘un yashashga da’vat etadi. Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romani — mustaqillik davri adabiyotidagi eng dolzarb ijtimoiy-falsafiy masalalarni o‘zida mujassam etgan asardir. Unda davr ruhi, avlodlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik, qadriyatlarning yangilanishi, inson va zamon muammolari teran badiiy tahlil qilingan. Muallif o‘z asari orqali har bir o‘quvchini “men kimman?”, “qayerdan keldim?” degan savollar ustida o‘ylashga undaydi . Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbek tilining izohli lug’ati. Besh jildli, 3-jild.- Toshkent: O’zbekistonmilliy ensiklopediyasi, 2008.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1101 2. Hamdam U. Ota.-Toshkent:Yangi asr avlodi, 2024. 3. Hamdam U. To‘rtko‘cha. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2024. 4. Yo‘ldoshev M. “Mustaqillik davri o‘zbek romanchiligi: asosiy tendensiyalar va izlanishlar.” -O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2020. 5. Turdiyeva N. - “Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanidagi ota obrazi. 6. www.ziyo.com. Kutubxonasi. 7. ”Alpomish”- o’zbek xalq dostoni, T.:Fan, 2018. 8.Jumanbulbul , o’g’li Ergash. Bulbul taronalari: Kuntug’mish. Nashrga tayyorlovchi Xodi Zarif.---Toshkent:Fan, 1972.