scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS

Ozodova, Ullibibi

Abstract

This thesis analyzes the spiritual and moral issues raised by fiction against the backdrop of the most difficult trials in human life - war and pandemics. The main attention is paid to the expression of spiritual suffering, moral choices and human dignity in the works of two great writers of the 20th century - Albert Camus and Remarque. In Camus's novel "The Plague", the struggle of man against an unstable life is revealed with artistic and philosophical depth, while in Remarque's work "All Quiet on the Western Front" the blow that war inflicts on the psyche of an entire generation is revealed with artistic and philosophical depth.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 232 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us GLOBAL TAHDIDLAR FONIDA BADIIY ADABIYOTDA INSONIY QADRIYATLAR TALQINI Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti Ozodova Ullibibi Jumanazar qizi [email protected] Annotatsiya Ushbu tezisda badiiy adabiyotning insoniyat hayotidagi eng og‘ir sinovlar — urush va pandemiyalar — fonida qanday ma’naviy va axloqiy masalalarni ko‘tarishi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor XX asrning ikki yirik adibi — Albert Kamyu va Remark asarlaridagi ruhiy iztirob, axloqiy tanlov va inson qadr-qimmatining ifodasiga qaratiladi. Kamyuning “Vabo” romanida insonning beqaror hayot oldidagi kurashi, Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarida esa urushning butun bir avlod ruhiyatiga bergan zarbasi badiiy-falsafiy teranlik bilan ochib beriladi. Abstract This thesis analyzes the spiritual and moral issues raised by fiction against the backdrop of the most difficult trials in human life - war and pandemics. The main attention is paid to the expression of spiritual suffering, moral choices and human dignity in the works of two great writers of the 20th century - Albert Camus and Remarque. In Camus's novel "The Plague", the struggle of man against an unstable life is revealed with artistic and philosophical depth, while in Remarque's work "All Quiet on the Western Front" the blow that war inflicts on the psyche of an entire generation is revealed with artistic and philosophical depth. Adabiyotshunos D.S.Lixachyov adabiyotni shunday ta’riflaydi: “adabiyot insoniyatning umumiy qadriyatlarini shakllantirish, ularni saqlash va rivojlantirish vositasidir” 1 . Badiiy adabiyot, ayniqsa, global miqyosdagi inqirozlar fonida, umumiy insoniy qadriyatlar, ma’naviy ideallar va axloqiy me’yorlarning saqlovchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Insoniyat tarixida ofatlar va tabiiy falokatlar har doim shaxsning hayotiy qadriyatlari, ma’naviy barqarorligi va axloqiy tamoyillarini sinovdan o‘tkazgan. Fransuz yozuvchisi Albert Kamyu o‘zining “Vabo” romanida ana shunday global ofat epidemiya fonida insonning mavhum hayotga qarshi ichki kurashini badiiy-falsafiy teranlik bilan tasvirlaydi. Roman voqealari Oran shahrida to‘satdan boshlanib ketgan vabo 1 Lixаchyоv D.S. Письма о добром и прекрасном. – М.: Детская литература, 1987. – 240-c. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 233 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us epidemiyasi atrofida kechadi. Kamyu o‘z asarida ofatni faqat biologik muammo sifatida emas, balki hayotning ma’nosizligi, insoniyatning borliq oldidagi beqarorligi va zaifligi ramzi sifatida ko‘rsatadi. Epidemiyaga qarshi kurashish, Kamyu qahramonlarining ma’naviy vazifasiga aylanadi, ular hayotining mohiyati esa shunday ta’riflanadi: “Insonning yagona vazifasi – halol yashash” 2 . Bu qisqa, ammo favqulodda chuqur ma’noli ibora orqali Kamyu insonning mavhum mavjudlik sharoitida o‘z qadrqimmatini saqlab qolishining yagona usuli – ma’naviy poklik va halollikdan voz kechmaslik ekanini ko‘rsatadi. Vabo – insonni sinovdan o‘tkazadigan kuch, lekin shu bilan birga, har bir kishiga o‘z insoniy mohiyatini tasdiqlash imkoniyatini ham beradi. Yozuvchi xastalik orqali insonlarning nafaqat jismoniy ahvolini, balki ruhiy va ma’naviy qiyofasini ham sinovdan o‘tkazadi. “Vabo” asari global pandemiyalar ramzi orqali insoniyatning abadiy savoliga “Nima uchun yashaymiz?” va “Qanday yashash kerak?” badiiy-falsafiy javob beradi. Kamyuning o‘ziga xos yondashuvi shundaki, u har qanday fojia va beparvo tabiat oldida ham inson o‘z axloqiy qarashlari va ma’naviy qiyofasini saqlab qolishi lozimligini ta’kidlaydi. Shu tariqa, “Vabo” romani pandemiya voqealari fonida insoniyat ma’naviy uyg‘onishining global adabiy namunasiga aylanadi. Kamyu asari faqat o‘z zamonasi uchun emas, balki har qanday davrda ham hayot va ma’naviyat haqida teran mulohazaga undovchi badiiy-falsafiy hodisa sifatida qadrlanadi. Zamonaviy adabiyotda global muammolarni tasvirlash bo‘yicha yetakchi adiblar qatorida Remark alohida o‘ringa ega. Remarkning Birinchi jahon urushini tasvirlashi nafaqat urushning behudaligini ko‘rsatadi, balki askarlar boshidan kechirgan chuqur yotlashuv holatini ham yoritadi, bu esa zamonaviylikdan umumiy ko‘ngil qolish holatining ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. XX asr adabiyotida urush mavzusi insoniyat tarixidagi eng dahshatli sahifalarni aks ettirgan badiiy manzara sifatida shakllandi. Ayniqsa, Birinchi jahon urushi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy va ma’naviy inqiroz, avlodlar taqdiridagi chuqur o‘zgarishlar ko‘plab adiblar ijodining asosiy motiviga aylandi. Bu jarayonda nemis yozuvchisi Remark o‘zining “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” nomli romanida urushning shaxs va jamiyat hayotiga ko‘rsatgan halokatli ta’sirini mislsiz badiiy kuch va dramatizm bilan ifodalagan. Roman o‘z markaziga bir guruh yosh askarlarning frontdagi kundalik hayotini olib, urushni g‘alaba, shon-shuhrat yoki siyosiy yutuq nuqtayi nazaridan emas, balki oddiy insonning fojiasi sifatida yoritadi. Remark o‘z qahramonlari tilidan urushning haqiqiy 2 Аlbert K. Vаbо. Tоshkent: Yаngi аsr аvlоdi, 2020. B 131. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 234 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us qiyofasini ochib beradi – bu qiyofa qon va azob, ma’nosizlik va yo‘qotishlar bilan qorishib ketgan. Asarda qahramonlardan biri shunday iztirobli so‘zlarni tilga oladi:“Biz endi dunyoni qanday tasavvur qilishni bilmaymiz. U biz uchun parchalanib ketdi” 3 . Bu oddiy va og‘ir so‘zlar zamirida butun avlodning ma’naviy sinishi, umid va ideallarining qulash fojiasi mujassam. Iqtibosda “biz” zamirida bir emas, balki butun bir urush avlodi – front ortidagi tasavvurdan yiroq haqiqatni boshdan kechirgan insonlarning yig‘ilgan faryodi seziladi. Urush faqat jismoniy yo‘qotish emas, ruhiy inqiroz, dunyoqarashning parchalanishi, hayot mazmunining izdan chiqishidir. Remark bu tasvirda urushni shunchaki tarixiy yoki siyosiy voqelik sifatida emas, balki insoniyat sivilizatsiyasining o‘z ildizlariga qilingan dahshatli zarba sifatida talqin etadi. U askarning frontdagi tajribasini butun insoniyat tajribasiga aylantiradi; har bir zarbada, har bir qurbonlikda inson qadr-qimmati, axloqiy tamoyillar va ma’naviy qadriyatlar yemiriladi. Remarkning badiiy yondashuvi nihoyatda samimiy va haqqoniy tasvirlangan. U urushni jasorat yoki fidokorlik timsoli sifatida emas, balki ma’nosiz, shafqatsiz va tub mohiyatidan mutlaqo begona falokat sifatida tasvirlaydi. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romanida front faqat jismoniy makon emas, balki ma’naviy halokat hududidir, unda insoniyat o‘z mohiyati, orzulari va kelajagini yo‘qotadi. Shu sababli Remark ijodi adabiyotda global tahdidlar motivining shakllanishida yangi bosqichni boshlab berdi. U urushni shaxsiy tragediyadan global fojia darajasiga ko‘tardi, badiiy adabiyotni global muammolarni anglash va insoniyat ma’naviy inqirozini aks ettirish vositasiga aylantirdi. Remark urushni shunchaki tarixiy hodisa emas, balki butun insoniyat ma’naviyatiga qilingan tajovuz sifatida talqin etadi. Aynan shuning uchun uning asari global tahdidlar kontekstida adabiyotda urushning ma’nosizligini yoritilishni boshlanishiga sabab bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdullayeva Z. Global muammolar va adabiyot: falsafa va adabiy tafakkur o‘zaro aloqasi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2022, №3. – B. 94–101. 2. Аlbert K. Vаbо. Tоshkent: Yаngi аsr аvlоdi, 2020. 313 b. 3. Fаyzullаyev X. “Hоzirgi о‘zbek nаsridа insоn vа tаbiаt muаmmоsi” mоnоgrаfiyа, Tоshkent: “Nurаfshоn business”, 2023. 4. Lixаchyоv D.S. Письма о добром и прекрасном. – М.: Детская литература, 1987. – 240-c 5. Remаrk. G‘аrbiy frоntdа о‘zgаrish yо‘q. Tоshkent: Yаngi аsr аvlоdi, 2023. 240 b. 6. Есин А.Б. Психологизм русской классической литературыю – М.: Просвещениеб 1988. 3 Remаrk. G‘аrbiy frоntdа о‘zgаrish yо‘q. Tоshkent: Yаngi аsr аvlоdi, 2023. – 147-b.