scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH XUSUSIYATLARI

Sirojov Shamsiddin Bobirovich

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash xususiyatlari yoritilgan. Bolaning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning yosh dinamikasi V.S.Farfel, F.G.Kazaryan, L.V.Karmanova, N.A.Fomin, V.P.Filin kabi bir qator olimlarning ishlaridan olingan xulosalar orqali batafsil ochiqlangan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1245 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH XUSUSIYATLARI Sirojov Shamsiddin Bobirovich Peshku tumani 14-umumiy o’rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani birinchi malaka toifa o’qituvchisi Anotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash xususiyatlari yoritilgan. Bolaning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning yosh dinamikasi V.S.Farfel, F.G.Kazaryan, L.V.Karmanova, N.A.Fomin, V.P.Filin kabi bir qator olimlarning ishlaridan olingan xulosalar orqali batafsil ochiqlangan. Kalit so’zlar: jismoniy sifat, tezkorlik, kuch, harakat, sensitiv davr Bolaga tug’ilganidayoq, uning qoniga alohida rivojlanishning irsiy dasturlari tomonidan joylashtirilgan jismoniy imkoniyatlarning tegishli yig’indisi ato etilgan bo’ladi. Organlar, organizm tuzilmalarining biologik etilishi davomida shaxsiy imkoniyatlar rivojlanib, insonning har-xil jismoniy xususiyatlarini belgilaydi. E.A.Pimonova, L.V.Karmanova va boshqalar bergan ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi 20 yil mobaynida bolalarning jismoniy rivojlanishida qayd etilgan umumiy ijobiy yo’nalishlar (gavdaning barcha o’lchamlari kattalashuvi) fonida ularning harakat tayyorgarligida sezilarsiz o’sish kuzatiladi, bir qator ko’rsatkichlar esa (tezkorlik, tezlik-kuch imkoniyatlari) ancha pasayadi. Shunga qaramay, mutaxassislar jismoniy sifatlarni maqsadli tarbiyalash aynan maktabgacha davrda boshlanishi kerak, deb hisoblaydilar (E.N.Vavilova, M.Yu.Kistyakovskaya , A.V.Volkov. Bolalar va o’smirlar harakat faolligi sifat jihatlarini rivojlantirishning fiziologik omillari mushaklar hamda vegetativ organlar faoliyatining boshqarilishini takomillashtirishda namoyon bo’ladi. Qisqa muddatli, tezkorlik va kuch harakatlarida asab-mushak tizimi faoliyati boshqaruvini yaxshilashga ko’proq ahamiyat beriladi. Birmuncha uzoq muddatli faoliyatda harakat funkstiyalarini takomillashtirish bilan birga vegetativ funkstiyalarni muvofiqlashtirish ham jiddiy ahamiyat kasb etadi [1,38]. Biroq bolalar va o’smirlar organizmining kuch, tezlik va chidamlilik ko’rsatkichlari yaxshilanishini belgilaydigan funkstiyalarining fiziologik boshqarilishini yaxshilashda eng muhim o’rinni asab tizimi, ayniqsa, mushak zo’riqishlarida organizmning funkstiyalari yaxshilanishini ta’minlovchi aloqalarning shakllanishi egallaydi [2,38]. Shunday qilib, bolalik davrida kuch, tezlik va chidamlilikning o’zaro bog’liqligiga oid turlituman shakllarni belgilovchi fiziologik mexanizmlar ham xilma-xildir. Shartli-reflektor omillar muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlar davomida biror yo’nalishdagi kuch, tezlik yoki chidamlilikni rivojlantiruvchi harakatlar uchun markaziy asab tizimida mushaklar hamda vegetativ organlar ishini dasturlashtirishning ma’lum shakllari yuzaga keladi [3]. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1246 Bolaning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning yosh dinamikasi V.S.Farfel [6], F.G.Kazaryan [4], L.V.Karmanova [5], N.A.Fomin, V.P.Filin [7] va boshqalarning ishlarida ochib berilgan. Olimlar fikricha, bola hayotining oltinchi yili kuchni jumladan, tezlik-kuch qobiliyatlari hamda harakatlar tezkorligini M.N.Koroleva tarbiyalashning sensitiv davri hisoblanadi. Olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish qobiliyati saqlanib qoladi va umumiy chidamlilikni tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo’ladi (N.V.Zimkin , G.P.Yurko, A.V.Yashchenko, V.V.Beloyarsteva va b.). T.Yu.Logvinaningfikricha, 5-6 yoshli bolalarda kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, makonda mo’ljal olish kabi sifatlar eng kuchli namoyon bo’ladi, asosan o’g’il bolalarda ushbu ko’rsatkichlar qizlarga nisbatan yuqoriroq. Etti yoshda muntazam mashg’ulotlarda harakat koordinastiyasi etakchi sifat bo’lib qoladi (A.I.Kozlov, L.I.Penzullaeva). Shuningdek, turli koordinastion qobiliyatlarning eng jadal rivojlanish davri 4-5 yoshlar orasi ekanligi to’g’risida ma’lumotlar bor (T.I.Osokina, L.T.Mayorova, V.M.Zuev va b.) Bunda harakatlarni takrorlash, tabaqalashtirish hamda ularning o’lchamalarini olish qobiliyatlarining ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il va qiz bolalar orasidagi jinsiy tafovutlar ahamiyatsiz, ya’ni jiddiy emas. Boshqa ko’rsatkichlar (vaqt tanqisligi sharoitida harakat faoliyatini tez o’zgartirish qobiliyati, makonda mo’ljal olish) bo’yicha etti yoshli o’g’il bolalar shu yoshdagi qizlardan o’zib keta boshlaydi. Biroq harakat koordinastiyasi qobiliyatlarining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il bolalarning yakqol ustunligi faqat 13-14 yoshlarga kelib ko’zga tashlanadi. V.M.Zuev tadqiqotlarida qo’lga kiritgan ma’lumotlar muallifga maktabgacha bo’lgan davr turli jinsli bolalarda asosiy o’lchamlari bo’yicha harakatlar aniqligining notekis va har xil muddatli rivojlanishi bilan tavsiflanishi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Tajriba qizlarning besh va olti yoshlarda, o’g’il bolalarning esa etti yoshga kelib makonda aniq harakatlanishga oid topshiriqlarni bajarishda ustunroq ekanligini ko’rsatdi. Besh va olti yoshga o’tgan o’g’il bolalarda harakatning vaqt o’lchamini takrorlash aniqligi qiz bolalarnikiga nisbatan yuqoriroq, etti yoshli o’g’il bolalar esa tengdosh qizlarga nisbatan topshiriqni yomonroq uddaladilar. Qizlarning barcha yosh guruhlarida harakatning dinamik xususiyatini takrorlash aniqligi o’g’il bolalardagiga qaraganda yuqoriroq. Maktabgacha bo’lgan davrda jismoniy sifatlarning rivojlanish dinamikasiga xos jinsiy tafovutlarni qayd etar ekanlar, olimlar mazkur tafovutlarning kattaliklari hamda ishonchliligi xususidagi savolga uzil-kesil javob bermaydilar. Ayrim tadqiqotchilar asosiy harakat sifatlarining rivojlanish darajasi bobida o’g’il bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi haqida fikr yuritib, bolalarga jismoniy tarbiya jarayonida tabaqalashtirib yondashish zarurligini ta’kidlaydilar (Z.I.Kuznestova, va b. A.E.Lyubomirskiy ), boshqalari etti yoshgacha o’g’il bolalar va qizlarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasidagi farq u qadar jiddiy emas, uni jismoniy tarbiya vositalarini tanlashda e’tiborga olish shart emas, ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1247 deb hisoblaydilar va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga ularning jinsidan kelib chiqib turlicha yondashish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadilar . Ko’pgina mualliflar maktabgacha yoshdagi bolalarda alohida harakat sifatlarining namoyon bo’lish darajasida muayyan ritm mavjudligini aniqlaganlar. Harakatlarning eng yuqori darajadagi muvofiqligi kunduz kuni kuzatilgan. Mushaklarning ishchanlik qobiliyati bahorda orta borib iyunda maksimal qiymatgacha etadi, ayni vaqtda jismoniy rivojlanish sur’atlari ham tezlashadi. Olimlar noqulay iqlim sharoitlari bolalarning jismoniy sifatlari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishini qayd etadilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning alohida harakat qobiliyatlari rivojiga senzitiv davrlarni hisobga olgan holda e’tiborli ta’sir ko’rsatishning ulkan imkoniyatlari tajriba yordamida tasdiqlangan (M.N.Koroleva , L.T.Mayorova , V.M.Zuev va b.). Bu qobiliyatlar shu yosh uchun etakchi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, ular faqat darajani ko’tarishgagina imkon bermay, boshqalarining to’laqonli, har tomonlama shakllanishini ta’minlaydi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda chidamlilikni tarbiyalashda jismoniy yuklamalarning tuzilishini tatbiq etar ekan, olti yoshda bir tomondan chidamlilik bilan jismoniy ishchanlik qobiliyati orasida, ikkinchi tomondan tezkorlik, tezlik-kuch sifatlari va chaqqonlik orasida bog’liqlik hamda o’zaro bir-birini taqozo etish munosabatlari mavjud ekanligini, ular ko’p hollarda juda ahamiyatli ekanligini aniqladi. Buni, ehtimol, alohida harakat qobiliyatlarining rivojlanish jarayonidagi o’zaro bog’liqligi asosida yotuvchi turli mashqlar va harakatlarni bajarish vaqtida ro’y beradigan inson organizmidagi o’zgarishlar umumiyligi bilan tushuntirish mumkindir (V.S.Farfel , V.M.Zastiorskiy va h.k.). Etti yoshga kelib, jismoniy qobiliyatlarning birgalikda rivojlanishi soni va bog’liqlik darajasining kamayishiga moyillik kuzatiladi (V.K.Balsevich, M.A.Godik kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlikni faol rivojlantirishni bu davrda jismoniy tarbiya jarayonidagi eng muhim maqsadlardan biri, deb hisoblaydilar, chunki mazkur yosh davrida bolalar endi murakkab harakat faoliyatlarini bajara oladilar. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Глазырина Л.Д. Физическая культура дошкольникам. Старший возраст: Пособие для педагогов дошк. учреждений. - М.: Гуманит. изд. центр «Владос», 2001. - С. 264. 2. Кузнецова З.И., Белякова Н.Г., Мейксон Г.Б., Сабиров Ю.А. Методы исследования проблем физического воспитания детей и подростков // Спорт в современном обществе: Материалы всемир. науч. конгресса. - М., 1974. - С. 159-160. 3. Лaйзане С.Я. Физическая культура для малышей: Книга для восп. дет.сада. - М.: Просвещение, 1987. 4. Иванов В.А. Развитие двигательных качеств у детей-дошкольников возраста 3-7 лет в режиме детского сада //Дети и здоровье. - Омск, 1993. - С. 41-43. 5. Казарян Ф.Г. Динамика развития мышечной силы у школьников //Теория и практика физкультуры. - 1969. - №3. - С. 36-39. 6. Усманходжаев Т.С. Соғлом бола - эл бойлиги //Кичик ёшдаги болаларнинг жисмоний тарбияси тӯғрисида. Тошкент. «Янги аср авлоди». 2005. - Б. 61. 7. Фарфель B.C. Управление движениями в спорте. - М., 1975. - С. 204.