TALABALAR JAMOASIDA YETAKCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada liderlik, yetakchilik qobiliyatini shakllanish tarixi va talabalar jamoasida liderlik qobiliyatini shakllantirishning o‘ziga xosligi yoritib berilgan.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 4 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17467999 TALABALAR JAMOASIDA YETAKCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH O‘ktamova Yoqutoy Ravshan qizi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi o‘qituvchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada liderlik, yetakchilik qobiliyatini shakllanish tarixi va talabalar jamoasida liderlik qobiliyatini shakllantirishning o‘ziga xosligi yoritib berilgan. Kalit so‘z: Liderlik, transformatsion, liderlik tipologiyasi, ishbilarmon liderlik, emotsional, vaziyatli, superliderlik, qat’iyatlilik. Har bir davrning o‘ziga xos rivojlanish sohasi bo‘lgani kabi, XXI asr boshidagi zamonaviy jamiyat hayotning barcha sohalarida tub o‘zgarishlar, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa munosabatlarni isloh qilish, yoshlarning qadriyatlari va qadriyat yo‘nalishlarini qayta baholash, ijtimoiy borliq va ong mazmunini o‘zgartirish bilan ajralib turadi. Yetakchilik qobiliyati insoniyatning kelib chiqishi singari qadimgi bo‘lib hisoblanadi. Liderlik ya’ni yetakchilik hamma joyda – katta va kichik tashkilotlarda, kasaba uyushmalari, biznesda, dinda, kompaniyalarda, xayriya tashkilotlarida va universitetlarda mavjuddir. Yetakchilik, barcha niyatlari va maqsadlari uchun har qanday tashkilotning birinchi raqamli belgisidir. Yetakchilik mavjud bo‘lishi uchun guruhlarning mavjudligi zarurdir. Guruhlar paydo bo‘lgan joyda yetakchilik ham paydo bo‘ladi. Demak bugungi kunda jamiyatda mustaqil ravishda qaror qabul qila oladigan, ularni amalga oshirish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor, o‘z
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 5 faoliyatining maqsadlarini aniq belgilab bera oladigan, unga erishish imkoniyatlarini bashorat qila oladigan, borishi va natijalarini tahlil qila oladigan, qiyinchiliklarni yengib o‘tadigan, shuningdek boshqa odamlar bilan munosabatlarni qanday qilib to‘g‘ri qurishni biladigan vakolatli va faol mutaxassislarga muhtoj, jamoada ishlash, ya’ni yetakchilik fazilatlarini namoyon eta olish juda muhimdir. Demak ana shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, yetakchilik ya’ni liderlik fenomeni turli tomonlardan ko‘rib chiqiladi, ko‘plab tadqiqotchilar liderlik tushunchasini aniqlash ustida ishladilar va yetakchining xarakterli psixologik xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildilar. Myers yetakchilikning bir nechta ta’riflarini taklif qiladi: Birinchidan, bu jarayon, uning yordamida guruhlarning ayrim a’zolari guruhni rag‘batlantiradi va boshqaradi; Ikkinchidan, maqsadlarga erishish uchun ishlashga undash uchun shaxslar va odamlar guruhlariga ta’sir o‘tkazish qobiliyati. V.G.Rysko yetakchilikni ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida belgilaydi, uning davomida guruh, jamiyat, jamiyatning bir a’zosi (rahbar) boshqalarni ma’lum bir umumiy maqsadga erishish uchun tashkil qiladi va yo‘naltiradi. Uning fikriga ko‘ra, rahbar - bu guruh, jamoa, jamoa a’zosi, boshqa odamlarga ta’sir o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan va muayyan munosabatlar va birgalikdagi faoliyatni tashkil etishda markaziy rol o‘ynaydigan obro‘li shaxs bo‘lib hisoblanadi deb ta’kidlaydi. 1950-yilda liderdik nazariyasi guruh vazifasi sifatida paydo bo‘lib, lider guruh a’zolarining ijtimoiy umidlariga eng ko‘p darajada javob beradigan va guruh me’yorlari hamda o‘z lideri tomonidan bajarilishini kutayotgan qadriyatlariga eng izchil amal qiladigan shaxs sifatida tushuniladi. Funksional liderlik nazariyasiga ko‘ra lider bu guruh yoki jamoa muhtoj bo‘lgan vazifalarni yuqori darajada amalga oshirishga tayyor odam guruhga lider bo‘ladi. Har bir guruh masalalarni yechish uchun liderning obrazi haqida o‘z tasavvuriga ega, desa bo‘ladi. Bu obrazda guruh o‘z lideri tomonidan bajarilishini kutayotgan tegishli rollarda o‘z ifodasini topadi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 6 Lider bu vaziyat mahsulidir. Ushbu nazariya liderlikni guruh va lider bilan birlashtiradigan liderning shaxsiy xususiyatlari va uning muvaffaqiyati o‘rtasidagi munosabatni belgilaydigan tizimli fenomen sifatida o‘rganishga imkon bergan. Liderlikni amalga oshirish xususiyatini belgilaydigan omillar quyidagilar: 1.Berilgan vazifaning xarakteri o‘xshash vazifalarni hal qiladigan guruhlar o‘rtasida liderlik turi bo‘yicha o‘xshashlik kuzatilgan, turli vazifalarni hal qiladigan guruhlar o‘rtasida esa o‘sha belgilar bo‘yicha keskin farqlar mavjudligi. 2.Guruhlarning xususiyatlari yetuklik uyushqoqlik guruh doirasida vujudga kelgan muloqot tarkibi va modeli. 3. Liderning oldingi va dolzarb mavqei. Transformatsion liderga o‘z izdoshlariga nisbatan individual yondashuv xosdir. Ular shaxsiy darajada muloqot qiladilar. Liderlar samaradorligini oshirishda ularni maqsad qo‘yishlari, bashorat qilishlari, boshqaruvchilik qarashlari, aql idroki, va tajribasi, liderning intellektual resurslari inobatga olinadi. Liderlikda kerakli natijalarni aniq bayon etish; istiqbolni ko‘ra bilish; hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish muhim o‘rin egallaydi. Keltirilgan liderlik nazariyalarini umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, liderlik sohasidagi tadqiqotchilarning javob izlayotgan amaliyotning asosiy savollari bu - liderlik samaradorligining muammosi; samarali liderni izlash muammosi. Shu qatorda lider tipologiyasiga alohida ijtimoiy psixologik omil sifatida, determenant sifatida K.Levin tadqiqotlarida ajratib olingan. “Liderlik tipologiyasi”- “Liderlik qobiliyati”- “Jamoada namoyon bo‘lishi” mezonlar orasidagi o‘zaro bog‘liqligini aniqlash maqsadida tahlil o‘tkazilgan va jami 5 ta liderlik tipi ajratib olingan. 1.Ishbilarmon liderlik. Ishlab chiqarish maqsadlari asosida shakllanadigan guruhlarga xos. U yuqori kompetentlik, tashkiliy masalalarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq hal qilish, ishbilarmonlik tajribasiga asoslanadi. Liderlik qobiliyati: tashkiliy qobiliyat, qaror qabul qilish qobiliyati, ishbilarmonlik. Jamoada namoyon bo‘lishi: samaradorlikka intilish, affiliatsiya motivatsiyasi mavjudligi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 7 2.Emotsional liderlik. U ijtimoiy psixologik guruhlarda insoniy simpatiya shaxslararo muloqotning jozibadorligi asosida paydo bo‘ladi. Liderlik qobiliyati: emotsional intellekt. Jamoada namoyon bo‘lishi: Emotsional lider ishonch uyg‘otadi, iliqlik taratadi, psixologik zo‘riqishni yo‘qotadi, psixologik qulaylik muhitini yaratadi. 3.Vaziyatli liderlik. Vaziyatli lider guruhni faqat ma’lum vaziyatda boshqaradi. Beqarorlik vaqtning chegaralanganligi faqat ma’lum bir vaziyat bilan bog‘liq bo‘lish uning xususiyatidir. Jamoada konstruktiv, funksional, destruktiv, neytral. 4.Superliderlik. Vakolatlar beruvchi lider. Izdoshlarida lider bo‘lish qobiliyatini tarbiyalash. Mustaqillik improvizatsiya va ma’suliyatni birlashtiradigan qadriyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berish. Jamoada namoyon bo‘lishi: Vakolati bor liderlar o‘z kuchiga ishonish, o‘z mavqealarini rivojlantirish jamoaviy rollarni bajarish. Talabalar jamoasining g‘ayrati iste’dodi va tashabbusini kundalik shaxsiy ma’suliyat qo‘l ostidagilarning o‘zlarini boshqarishi va yangi sinovlar yo‘lida o‘z-o‘zini boshqarish orqali o‘rtadagi bog‘lanishni aniqlashga imkon beradi. O‘z-o‘zini tartibga solish chidamlilikni shaklantirish. 5.Taqsimlangan liderlik Taqsimlangan liderlikning beshta asosiy shartini belgilash mumkin. 1.Xokimiyatning muvozanati; 2. Bo‘lingan maqsad; 3. Javobgarlikni taqsimlash; 4. Guruhning har bir a’zosiga hurmat; 5. Bir-birlari uchun imkoniyat yaratish. Liderlik qobiliyati - taqsimlangan liderlikning birinchi sharti bo‘lib, har bir kishining lider bo‘lishi uchun va jamoani imkoniyatlarini kengaytirishdir. Jamoada namoyon bo‘lish - taqsimlangan liderlik jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlarini o‘z ichiga oladi bu yerda vositachi va ta’sir maqsadi jamoa a’zolarining muayyan holati va imkoniyatlariga qarab o‘zgaradi. Liderlikka yo‘naltirilgan jamoa a’zolarining doimiy zo‘r berib ishlashini nazarda tutadi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 8 Ma’lumotni tahlil qilinishicha liderlik qobiliyati alohida ajratib o‘tilgan. 1 [Bu jarayon liderlikka yo‘naltirilgan jamoada yuzaga kelishi mumkin. Bu jarayonni asosini muhim bo‘lgan vaziyatlar tashkil qiladi. Guruh a’zolari tomonidan hal qilinayotgan masalalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik qancha yuqori bo‘lsa, shunchalik taqsimlangan liderlikning rivojlanishiga zarurat tug‘iladi. Taqsimlangan jamoa guruh oldida turgan ijodiy vaziyat taqsimlangan liderlikni rivojlantirishga asos bo‘la oladi].Talabalar jamoasida liderlikni shaklantirish maqsadida jamoani o‘ziga xosligini aniqlash lozim. Yuqorida keltirilgani kabi, liderlik ya’ni yetakchilik qobiliyati haqida psixolog olimlarning qarashlari va ilmiy tadqiqot natijalarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Avvalo liderlik tushunchasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, shaxsning u yoki bu alohida, boshqalarda bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. Kishi o‘zida «liderlik» sifatlarini shakllantirib, «sardor»ga aylanishi mumkin. Haqiqiy liderda bo‘lishi zarur bo‘lgan fazilatlardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. Yuqori hissiy aql – lider jamoaning his-tuyg‘ularini, motivatsiyasini, niyat-larini ko‘rishi va to‘g‘ri talqin qilishi kerak. Rivojlangan hissiy aql moslashuvchan qobiliyatlardan biri sifatida o‘zingizning va boshqalarning his-tuyg‘ularini boshqarishga yordam beradi. Liderda bo‘lishi lozim bo‘lgan xususiyat, o‘ziga bo‘lgan ishonch va optimizm – lider o‘zining zaif tomonlarini ko‘z-ko‘z qilmaydi, voqelikni ob’ektiv baholaydi va o‘ziga ishonadi. Qiyinchiliklar uning ishlashga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Liderda o‘ziga bo‘lgan ishonch va tashabbuskorlik qobiliyati alohida ajralib turadi. U boshqalardan ko‘ra uzoqni ko‘ra olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Lider o‘z oldiga maqsad qo‘yishi, maqsadni belgilash lider shaxsiga o‘z tasavvurlarini aniq natijalarga yetkazish imkonini beradi. Liderning maqsadi ulkan bo‘lishi kerak, chunki u doimo boshqalarni o‘z ortidan ergashtira olishi va namuna bo‘la olishi lozim. U shunchaki ketayotgan ish haqida gapirmaydi, balki atrofdagilarga ham qaysi maqsad sari intilayotganini eslatib turadigan shaxsdir. Bu bilan u asosiy maqsadni hamisha yodda 1 Лидерлик типологияси.\\Базаров Т.Ю. Персонал бошқариш. Тошкент 2021. 267 б.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 9 tutishi va hamsuhbatlariga hamkorlikdagi harakatlari samarasiz emasligini, bu aniq natijaga intilish ekanligini bildiradi va maqsadiga o‘z fikr va qarashlari bilan ko‘maklashadi. Lider, yetakchi insonda motivatsiyaning yuqori darajasi bo‘lishi lozim. Lider tashqi stimullarga muhtoj emas, u tashabbuskor, o‘z ishini boshqalardan yaxshiroq bajaradi va uning kuchi boshqalarni rag‘batlantirish uchun yetarli hisoblanadi. Liderga xos bo‘lgan yana bir xususiyatlardan biri bu - qat’iyatlilik – qiyinchiliklarga duch kelganda to‘xtab qolmaslik uchun emas, balki muammoga yechim topib, davom ettirishga imkon beradigan yetakchilik sifati. Bundan tashqari liderda moslashuvchanlik ya’ni maqsad sari harakat qilish jarayonida lider moslashuvchan bo‘lishi kerak. Bu juda ko‘p strategiya va tanlovga ega bo‘lish imkoniyati bo‘lib hisoblanadi. Liderda, tashkilotchilik – ya’ni lider uchun o‘z sohasi bo‘yicha birinchi darajali mutaxassislar guruhini to‘plash va faoliyat jarayonini o‘zi tashkil eta olish juda muhim. Chunki doimo atrofida unga ishonadigan, kishilar mavjuddir. Qo‘llab-quvvatlash – odamlar nafaqat o‘z manfaatlari haqida, balki ular haqida ham qayg‘uradigan liderni xohlashadi. Aynan mana shu sifat bo‘lmasa, rahbar uchun o‘z obro‘sini saqlab qolish qiyin bo‘ladi. Maqsadga o‘tish nafaqat qiyin vazifalar, balki mustahkam munosabatlar hamdir. Ishonch – jamoa a’zolari liderga ishonishi kerak.Qachonki ishonsa, shunda ortidan ergashadi. Liderda faollik – ya’ni lider har tomondan faol bo‘lishi kerak. Lider vaqtdan yarim qadam oldinga borishga harakat qiladi. U birinchi navbatda harakat qilish uchun so‘nggi ma’lumotlarga ega bo‘lishi, doimo yangiliklardan xabardor bo‘lishi va voqealar oqimining markazida bo‘lishi kerak. Mas’uliyatlilik – Oddiy xodim osongina «Menga nima? Kichkina odam bo‘lsam! Men faqat ijro qiluvchi shaxsman? Qo‘limdan nima ham kelardi?» deb ayta oladi. Lider – hech qachon bu so‘zlarni ishlata olmaydi! Hatto o‘zi yo‘qligida yuz bergan hodisaga ham o‘zini javobgar sezaveradi. Vazifa topshiradi – albatta yozma murojaat yoki og‘zaki buyruq sifatida emas. Hamisha xushmuomalalik bilan, iltimos yoki maslahat ohangida. Chunki lider ya’ni yetakchi bu rasmiy shaxs hisoblanmaydi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 10 Aynan shu tufayli ham rasman topshiriq berish huquqiga ega emas. Muhimi – o‘zini atrofdagilar nima qilishi kerakligini yaxshi biladiganday tutishida. Liderni o‘ziga xos sifatlaridan biri bu tez va aniq qaror qabul qiladi – biror harakatning turli variantlarini ko‘rib chiqadi, hatto mutaxassislar bilan maslahatlashadi, ammo so‘nggi qarorni faqat o‘zi qabul qiladi. Liderni eng asosiy quroli bu baho bera olishidadir. U maqtaydi yoki tanbeh beradi. Rahbar bilan lider o‘rtasida farq ham shundadir. Har bir rahbarda, yetakchilik qobiliyati bo‘lishi zarur. Boshliq faqat men deydi va o‘z menini xodimlar xohishidan ustun qo‘yadi. Lider bo‘lsa biz deydi.Ya’ni butun jamoani istak-hoxishlarini inobatga oladi. Boshliqlar haqiqatni ko‘raolmagan jarayonda aybdorni izlab jazolashni xohlashadi. Lider haqiqatga tik boqa oladi.Liderlar doimo atrofdagilar insonlarga yordam qo‘lini cho‘zadi. Liderlar qo‘llaridan tutib yetaklashadi Yuqoridagi kabi bir qancha tafovutlarni keltirishimiz mumkin. Bugungi jamiyat talabi ham har bir rahbar (boshliq), lider ya’ni yetakchi bo‘lishni va o‘sib kelayotgan yosh avlodlar, talabalar orasida liderlik xususiyatlarini shakllantirish asosiy vazifadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Andreyeva T.V. Psixologiya sovremennoy semi. - SPb.: Rech, 2005. 2. Avlayev, O., & Jo‘rayeva, S. (2019). -Baxtni belgilashda adaptasiya darajasining nisbiyligi‖. “Psixologiya” ilmiy jurnal, 4, 3.Avlayev, O., & Mamatkulova, Z. (2019). Dinamika mejlichnostnogo otnosheniya komponentov sosialnogo intellekta studentov. Nauka i obrazovaniye segodnya, 12(47), 4. M.R. Lichnostnaya zrelost i gotovnost k professionalnoy deyatelnosti spesialista po sosialnoy rabote. Chast 1 // Psixologiya zrelosti i stareniya: Yejekvartalnыy nauchno-prakticheskiy jurnal / red. O.V. Krasnova. - 2013. - № 3 (63). 5. Лидерлик типологияси.\\Базаров Т.Ю. Персонал бошқариш. Тошкент 2021. 267 б.