scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

G'O'ZANING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA BENTONITNING TA'SIRI

Shamsiddinov Quvonchbek Azamatovich

Abstract

Ushbu maqolada gʻoʻzaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga bentonit mineralining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar Navoiy viloyatining tuproq-iqlim sharoitida olib borilib, turli miqdorda qo‘llanilgan bentonitning g‘o‘za vegetatsiya davridagi o‘sish sur’atlari, barglar soni, gullash va mevaga kirish bosqichlari hamda yakuniy hosildorlikka ko‘rsatgan ta’siri baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bentonit qo‘llanilishi tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilaydi, namlikni ushlab turish qobiliyatini oshiradi va bu bevosita g‘o‘zaning agronomik ko‘rsatkichlarida ijobiy aks etadi. Maqolada, shuningdek, bentonitning optimal me’yorlari va samaradorlik darajalari haqida xulosalar keltirilgan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1284 G’O’ZANING O’SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA BENTONITNING TA’SIRI Shamsiddinov Quvonchbek Azamatovich Annotatsiya. Ushbu maqolada gʻoʻzaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga bentonit mineralining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar Navoiy viloyatining tuproq-iqlim sharoitida olib borilib, turli miqdorda qo‘llanilgan bentonitning g‘o‘za vegetatsiya davridagi o‘sish sur’atlari, barglar soni, gullash va mevaga kirish bosqichlari hamda yakuniy hosildorlikka ko‘rsatgan ta’siri baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bentonit qo‘llanilishi tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilaydi, namlikni ushlab turish qobiliyatini oshiradi va bu bevosita g‘o‘zaning agronomik ko‘rsatkichlarida ijobiy aks etadi. Maqolada, shuningdek, bentonitning optimal me’yorlari va samaradorlik darajalari haqida xulosalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: gʻoʻza, bentonit, o‘sish, rivojlanish, hosildorlik, tuproq unumdorligi, agrotexnika, mineral o‘g‘it, vegetatsiya, biologik faoliyat. Аннотация. В данной статье изучено влияние бентонита на рост, развитие и урожайность хлопчатника. Исследования проводились в почвенно-климатических условиях Навоийской области. Оценено влияние бентонита, вносимого в различных дозах, на скорость роста, количество листьев, фазы цветения и плодоношения, а также конечный урожай хлопчатника за вегетационный период. Результаты показали, что применение бентонита улучшает физико-химические свойства почвы, повышает ее влагоемкость, что напрямую положительно влияет на агрономические показатели хлопчатника. В статье также представлены выводы об оптимальных нормах и уровнях эффективности бентонита. Ключевые слова: хлопчатник, бентонит, рост, развитие, урожайность, плодородие почвы, агротехника, минеральное удобрение, вегетация, биологическая активность. Abstract. This article studies the effect of bentonite mineral on the growth, development and yield of cotton. The research was conducted in the soil-climatic conditions of Navoi region, and the effect of bentonite applied in different amounts on the growth rate, number of leaves, flowering and fruiting stages, and final yield of cotton during the growing season was evaluated. The results showed that the use of bentonite improves the physicochemical properties of the soil, increases its moisture retention capacity, and this directly has a positive effect on the agronomic indicators of cotton. The article also presents conclusions about the optimal norms and efficiency levels of bentonite. Keywords: cotton, bentonite, growth, development, yield, soil fertility, agrotechnology, mineral fertilizer, vegetation, biological activity. Kirish. Ilmiy izlanishlarining natijalariga ko‘ra, o‘simliklarni oziqlantirish turi va me’yorlari chigitning unib chiqish quvvati va unuvchanligiga turlicha ta’sir etadi, degan xulosaga kelgan. Jumladan, G‘o‘zaga beriladigan oziqalar faqat bir xilda (ma’dan holda) takrorlanaversa yildanyilga chigit sifati pasayib boradi. Bu sohada keyingi yillarda ham ilmiy izlanishlar davom ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1285 ettdirildiki, chigitning unuvchanligiga nafaqat o‘g‘it me’yorlari qolaversa barcha agrotexnik tadbirlarning ta’siri borligi aniqlandi. Ma’lumki, O‘zbekiston eng shimoliy mintaqada paxta yetishtiruvchi mamlakat hisoblanadi va shu sababli ertapisharlik muammosi bugungi kunda ancha dolzarbdir. Shuningdek, qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘larini ekishdan oldin maxsus preparatlar bilan dorilab ekishning ko‘chat soni to‘liq unib chiqishida samaradorligi katta. Urug‘lik chigitni dorilashda yaxshi muvaffaqiyatlarga erishish uchun belgilangan me’yorlarni hisobga olgan holda uslubni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dorilash ishlarining samaradorligi olimlar tomonidan tanlangan, o‘zida ijobiylikni mujassam etgan kombinatsiyalarni ko‘ngildagidek urug‘ga ta’sir ettirib, ijobiy natijalar olishga bog‘liq hisoblanadi. Bentonit kukuni bilan kapsulalab ekilgan chigitning viloyatlar bo‘yicha monitoring ishlari amalga oshirilganda, ko‘chatdagi ko‘saklar soni oddiy usulda ekilgan chigitnikidan farq qilishi aniqlandi. Bu o‘z-o‘zidan paxtaning hosildorligiga ham katta ta’sir etadi. Respublikamizning Namangan, Navoiy, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida olib borilgan tajriba ishlari natijalari yaxshi samara berganligini fermer xo‘jaliklaridan olingan real dalolatnomalar tasdiqlaydi. Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Po‘lat bobo” fermer xo‘jaligida kapsulalangan holda ekilgan chigitning hosildorligi kutilganidan ko‘ra birmuncha yaxshiroq bo‘ldi. Bunga sabab bentonit kukuni bilan kapsulalab ekilgan chigit unib chiqqandan keyin suv tanqisligi yuzaga kelganligi va bu muammoni ilmiy yechim bilan hal qilish uchun bentonit va karbamidni birgalikda suspenziya tarzida sepilishidir. Olib borilgan agrotadbirlar natijasida fermer xo‘jaligida ekilgan chigit suvsizlikdan va qurib qolishdan saqlab qolingan [1]. G‘o‘za parvarishida uning o‘suv davri davomida qo‘llaniladigan barcha agrotexnik tadbirlar qatori g‘o‘zada yetarli ko‘chat qoldirish dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa, sug‘orish suvlari tanqis bo‘lgan, turli darajada sho‘rlangan va shunga o‘xshash noqulay sharoitli tuproqlarda g‘o‘zadan yetarlicha ko‘chat olish muammosi mavjud bo‘lib, buning uchun sharoitga mos texnologiyalarni qo‘llash orqali yuqori unuvchanlik darajasiga erishish va sog‘lom ko‘chatlar olishni taqozo etadi. Biz olib borgan tajribalarda turli iqlimli sharoitda hamda turli navlar chigitini bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekishning g‘o‘za ko‘chat qalinligiga ta’siri o‘rganildi. G‘o‘za navlarida chigitni qobiqlab ekish ularni unib chiqishi va mavjud ko‘chatlarning sog‘lom rivojlanishiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatdi. Chigit ekilgan kundan 6 kun o‘tib kuzatuvlar o‘tkazilganda unib chiqqan nihollar S-01 navining oddiy usulda ekilgan variantlarida mutanosib ravishda 68-70 % ni tashkil etgan bo‘lsa, qobiqlab ekilgan variantda ushbu ko‘rsatkichlar 84 % ni tashkil etdi. Xuddi shu ko‘rsatkichlar unib chiqish boshlangandan 3-5 kun o‘tib kuzatilganda oddiy usulda ekilgan variantlarda mos ravishda 92 % ni tashkil etgan bo‘lsa, qobiqlab ekilgan variantlarda 97 % ni tashkil etdi (1 - jadval). 1-jadval. G‘o‘zaning unib chiqishiga chigitni bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekishning ta’siri, %. № Variantlar S-01 Ekilgan muddati: 14.04.22 y. 20.04 22.04 23.04 ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1286 1 Nazorat 68 89 92 2 Qobiqlab ekilgan 84 96 97 3 Qobiqlab ekilgan + bentonitli suspenziya 83 95 97 4 Bentonitli suspenziya 70 88 91 Chigitlar bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekilganligi uchun ularning bahorda unib chiqishi va nihollarning sog‘lom va baquvvat bo‘lishiga o‘ziga xos ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunga sabab bentonit gillari tarkibining mikro elementlarga boyligi va uning sorbsion xususiyatidir. G‘o‘zaning o‘suv davri davomida bentonit va mineral o‘g‘itli suspenziya bilan oziqlantirib borilishi mavjud ko‘chatlarning sog‘lom rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Tajriba dalasida S-01 navining nazorat variantida mavsumning boshida o‘rtacha 83,1 ming tup ko‘chat bo‘lgan bo‘lsa, amal davri oxiriga kelib, turli noqulay iqlim sharoitlarning ta’siri va boshqa tadbirlar natijasida ko‘chatlar sonida 4,4 ming donaga kamayish kuzatildi. Bentonit gillari kukuni faqatgina chigitni qobiqlab ekishda foydalanilgan variantlarda amal davri boshida 84,5 ming dona ko‘chatdan amal davri oxiriga kelib 3,3 ming donaga kamaygan. Tajriba dalalarida amal davrida o‘rganilgan variantlar orasida ko‘chatlarning eng yaxshi saqlanib qolishi bentonit gillari kukunidan qobiqlash hamda bargidan oziqlantirishda karbamid bilan birgalikda suspenziyadan foydalanilgan variantlarda kuzatildi, ya’ni, ko‘chat qalinligi 2, 1 ming donaga kamaygan (2jadval). 2jadval. G‘o‘zaning ko‘chat qalinligiga bentonit gillari kukunidan qobiqlab ekish va bargidan oziqlantirishda foydalanishning ta’siri (amal davri boshi va oxirida) № Variantlar S-01 amal davri boshidagi ko‘chatlar soni, ming/ga amal davri oxiridagi ko‘chatlar soni, ming/ga 1 Nazorat 83.1 78,7 2 Qobiqlab ekilgan 84.6 81,3 3 Qobiqlab ekilgan + bentonitli suspenziya 84.5 82,5 4 Bentonitli suspenziya 82.9 81,9 ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1287 Aytish mumkinki, bentonit gillari kukunidan qobiqlash hamda bargidan oziqlantirishda karbamid bilan birgalikda suspenziyadan foydalanish mavjud ko‘chatlarning nobud bo‘lishining kamayishiga sabab bo‘ldi. O‘suv davri davomidagi bargidan oziqlantirishda bentonit gillari kukunidan foydalanish o‘simlikni har xil noqulay ekologik sharoitlardagi stressli holatlarda yordam beradi. Bentonit gillarining suvni o‘zida uzoq saqlab turishi, barg yuzasiga sepilganda yupqa plenka hosil qilib, barg yuzasidan suvni ortiqcha bug‘lanishidan saqlashi, qolaversa birga sepilgan mineral o‘g‘itini bug‘lanib ketishidan saqlab, to‘liq o‘zlashtirilishiga sabab bo‘lishi o‘simlikning rivojlanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. G‘o‘zaning o‘sib rivojlanishi har oyning birinchi sanasida amalga oshirilgan fenologik kuzatuv va biometrik o‘lchashlar natijasiga ko‘ra, variantlar orasidagi farq tahlil etib borildi. Tajriba dalasining barcha variantlarda bir xil agrotexnik tadbirlar qo‘llanilib, o‘g‘itlash va sug‘orish me’yor va muddatlari ham bir xil belgilandi. Shunga qaramasdan, chigiti qobiqlab ekilganhamda bargidan oziqlantirishda bentonit gillari kukunidan foydalanilgan paxta maydonlari nazoratga nisbatan sezilarli darajada farq qildi. Bundan tashqari alohida ta’kidlash kerakki, joriy yilda yurtimizda g‘o‘zaning o‘sib rivojlanishi iyul oyida haroratning o‘ta yuqori bo‘lishi g‘o‘zaning o‘sib rivojlanishida ancha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Tajriba dalasida g‘o‘zaning S-01 navini 1-iyun, 1-iyul va 1-avgustdagi kuzatishlar olib borilganda g‘o‘zaning bo‘yi nazorat paykalida, ya’ni, chigit toza holda ekilgan variantda 19,1, 65,7, 102,6 sm ni, chigit bentonit gillari bilan qobiqlab ekilgan paykalchalarda 20,8, 69.8, 115,3 sm ni, chigitni qobiqlash bilan birgalikda bargidan bentonitli suspenziya bilan oziqlantirilgan variantlarda 21,8, 72,8, 120,5 sm va faqatgina bentonitli suspenziya bilan oziqlantirilgan variantlarda esa 20,7, 71,5, 113,7, 120,5 sm ni tashkil etdi. Bir o‘simlikdagi chinbarglar soni chigitni qobiqlash bilan birgalikda bargidan bentonitli suspenziya bilan oziqlantirilgan variantlarda nazoratga nisbatan 1,7 taga ko‘p bo‘lganligi aniqlandi, hosil shoxlari ham aynan shu variantda yaxshi ko‘rsatkichlar berdi, ya’ni, 1-iyulda 2 taga oshgan bo‘lsa, keyingi oyda shu ko‘rsatgich 4,3 tagacha oshib borishi kuzatildi, hosil elementlari esa shu 2 oyda 2,9 va 3,7 taga ko‘p bo‘ldi (3.3.3-jadval). 3-jadval. G‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishiga bentonit gillari kukunidan qobiqlab ekish va bargidan oziqlantirishda foydalanishning ta’siri Variantlar 1 iyun 1 iyul 1 avgust 1 sentyabr g‘o‘zaning bo‘yi sm bargi, dona g‘o‘zaning bo‘yi, sm hosil shoxlar dona hosil element, dona g‘o‘zaning bo‘yi, sm hosil shoxlar dona Ko‘saklar soni, dona g‘o‘zaning bo‘yi, sm ko‘saklar soni, dona ochilgan ko‘saklar soni, dona bir dona ko‘sakning vazni, g ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1288 Urug‘ning sifati, chigitni ekish muddati va miqdori, tuproqning meliorativ holati, unumdorligi kabi ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda vegetatsiya davri davomida olib borilgan agrotexnik tadbirlar paxta hosiliga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tajribalarimizda qo‘llanilgan bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekish hamda bargidan oziqlantirilganda mineral o‘g‘itidan tayyorlangan suspenziyaga bentonit gillari kukunini aralashtirib sepish usullari qo‘llanilgan variantlardagi paxta hosilida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. S-01 navida hosildorlik ko‘rsatkichi nazorat variantida 38 s/ga bo‘lgan bo‘lsa, chigiti qobiqlab ekilgan variantda 41,9, chigiti qobiqlab ekilgan va bargidan bentonit+karbamidli suspenziya bilan 3 marta oziqlantirilgan variantda 45,2 hamda faqatgtna bentonit+karbamidli suspenziya bilan bargidan 3 marta oziqlantirilgan variantda 42,5 s/ga paxta hosili olindi. Bu esa o‘z navbatida nazoratga nisbatan mos ravishda 3,9, 7,2 hamda 4,5 s/ga yoki 10,2, 18,9 hamda 11,8% qo‘shimcha hosil olinganligidan dalolat beradi. Xulosa. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bentonit gillarining yuqorida keltirilgan xususiyatlari tajribalardagi paxta xosilida ham o‘z ijobiy natijalarini berdi. Mavsum davomida 4 marta emas, 3 marta sug‘orish bilan, ya’ni, 700-1000 m3gacha sug‘orish suvlarini tejagan holda ham bentonit gillaridan foydalangan holda yuqori hosildorlikka erishish mumkinligi aniqlandi. Seleksiya ko‘chatzoridagi tizmalardan 623-tizma (ko‘saklarni ochilish darajasi 68,8 foiz va hosildorligi 51,7 s/ga), 675-tizma (ko‘saklarni ochilish darajasi 68,6 foiz va hosildorligi 50,4 s/ga), 604-tizma (ko‘saklarni ochilish darajasi 65,8 foiz va hosildorligi 48,6 s/ga), 656-tizma (ko‘saklarni ochilish darajasi 64,3 foiz va hosildorligi 40,0 s/ga) va 605-tizma (ko‘saklarni ochilish darajasi 64,0 foiz va hosildorligi 61,4 s/ga) larini tezpisharligi va yuqori hosildorlik belgilarini hisobga olgan holda yangi g‘o‘za navini yaratish maqsadida konkurs nav sinash ko‘chatzorida sinash uchun o‘tkaziladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Odashev M. U., “Mineral o‘g‘itlarning g’o’za o‘simligiga o‘sibrivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi”, Ilmfan va innovatsiya – Ilmiyamaliy konferensiya materiallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, 2022 2. Myachina O. V., Kim R. N., Aliev A. T., Rakhmonov A. H., Narzullaev O. S., Popova O. I., “New concentrated phosphorous fertilizers’ influence on the productivity of cotton and fertility of the soil”, O’zbekiston Kimyo Jurnali, 2019, №1. 3. Axmedov J.X., Nurmamatov A., Nuritdinov A.M., Baxromov A.M. “G‘o‘zaning yangi, serhosil va tola sifati yuqori “O‘zPITI-102” navi”. “Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi sohasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” nomli Respublika ilmiyamaliy anjumani ilmiy materiallari. 2015 yil 15-16 dekabr. 1-qism. 498-499 betlar. S-01 1 19.1 5.4 65.7 7.8 11.8 102.6 12.9 16.8 110.1 9.3 8.4 4.0 2 20.8 6.3 69.8 8.3 13.8 115.3 15.4 19.3 118.3 11.2 9.3 4.2 3 21.8 7.1 72.8 9.8 14.7 120.5 17.2 20.5 124.5 14.4 10.6 4.4 4 20.7 6.8 71.5 9.2 14.2 113.7 12.1 19.3 120.5 12.4 10.4 4.3 ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1289 4. 16. Axmedov J., Avliyoqulov A., Nuriddinov A., Nurmamatov A. Xasanov M. “G‘o‘za navlari va ularni yetishtirish agrotadbirlari”. O‘quv qo‘llanma. “Munis design group” MChJ bosmaxonasi. Toshkent-2016, 60 bet. 5. 17. Ashurov M. «Tezpisharligini oshirish borasida» O‘z.QX jurnali., 1992 y. 14-bet. 6. 18. Boboev S.G‘., Namazov Sh.E.,Murotov A.«Sostoyaniya seleksii i semeno-vodstva xlopchatnika i perspektivie razvitiya. 2006 g. 16 str. 7. 19. Boboev S.G‘., Namazov Sh.E., Xolmurodova G.R., Aliyarov N. Turlararo duragaylash orqali tola uzunligi belgisi bo‘yicha yuqori o‘zgaruvchanlikka erishish va uzun tolali rekombinantlar yaratish // «Dehqonchilik tizimida ziroatlardan mo‘l hosil yetishtirishning manba va suv tejovchi texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari to‘plami. Toshkent-2010, 333-335-betlar. 8.