Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1290 YER YUZIDA TRANSPORTNING KO`PAYISHI ATROF-MUHIT VA INSON SALOMATLIGIGA KO`RSATAYOTGAN TA’SIRI Annamuratov Shukur Xayitmurot o`g`li TDMAU 3-bosqich talabasi Hasanov Hayitmurod Abdirashit o`g`li TDMAU o`qituvchisi Annotatsiya : Ushbu maqolada transport vositalarining ko`payishi natijasida sodir bo`layotgan o`zgarishlar va yuzaga kelayotgan muammolar haqida yoritiladi. Maqolada transport vositalarining faoliyati natijasida kelib chiqadigan asosiy ekologik muammolar - havo ifloslanishi, iqlim o'zgarishi, shovqin va tebranishlar, tuproq va suvning ifloslanishi kabi masalalar yoritilgan. Muammoning dolzarbligini ta'kidlab, maqolada zamonaviy transport tizimining barqaror rivojlanishi yo'lidagi istiqbolli yechimlar ham taklif etilgan. Elektr va gibrid transport vositalarini rivojlantirish, jamoat transportini takomillashtirish, aqlli shaharlar konsepsiyasini joriy etish, qatnovni samarali boshqarish va jamoatchilik ongini oshirish kabi choralarning samaradorligi ko'rsatib berilgan. Kalit so`zlar : Elektr va gibrid transport, ekologik muammolar, kislorod (O2), karbonat angidrid (CO2) gazi, jamoat transporti, Ichki yonuv dvigateli (IyoD), global isish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Taraqqiyot strategiyasi, modernizatsiya, texnik ko‘rik, yoqilg`i turlari. Avtomobil transporti atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biridir. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida avtotransport harakatining keskin o’sishi shaharlarimiz sanitariya holatining sezilarli darajada yomonlashishiga olib keldi. Butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham insonning atrof-muhitga ta’siridan kelib chiqqan murakkab ekologik vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz. Bundan tashqari, ilgari sanoat korxonalari shaharni ifloslantiruvchi asosiy manba bo’lgan bo’lsa, yaqinda avtotransport vositalari etakchi ifloslantiruvchiga aylandi . Shu sababli, ko’mir bilan ishlaydigan qozonlarni yopish va statsionar manbalardan chiqindilarni kamaytirish bilan bir qatorda, ekologik vaziyatni yaxshilash bo’yicha eng muhim chora-tadbirlar avtotransport tizimini optimallashtirish choralari bo’ladi. 1-rasm. Shahar avtomobillari Avtomobillar nafaqat havoni ifloslantiradi va shovqin yaratadi, balki gidrosfera va inson salomatligiga ham salbiy ta’sir qiladi. 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 3 268 470 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1291 tegishli yengil avtomobillar soni: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 135 872 ta; Andijon viloyati – 223 783 ta; Buxoro viloyati – 212 757 ta; Jizzax viloyati – 90 860 ta; Qashqadaryo viloyati – 260 583 ta; Navoiy viloyati – 97 439 ta; Namangan viloyati – 218 613 ta; Samarqand viloyati – 392 475 ta; Surxondaryo viloyati – 183 364 ta; Sirdaryo viloyati – 68 278 ta; Toshkent viloyati – 324 154 ta; Farg‘ona viloyati – 325 009 ta; Xorazm viloyati – 210 255 ta; Toshkent shahri – 525 028 ta. Ichki yonuv dvigatelining chiqindi gazlari tahlili shuni ko’rsatdiki, ular tarkibida azot dioksidi, karbon oksidi, formaldegid, oltingugurt dioksidi, qo’rg’oshin va uglevodorodlar kabi 200 ga yaqin zararli moddalar mavjud. Egzoz gazlarining tarkibi ish rejimiga bog’liq. Samolyotlardan atmosferaga zaharli moddalarning umumiy chiqindilari ham doimiy ravishda oshib bormoqda. Karbyuratorli dvigatellar sezilarli darajada ko’proq yoqilmagan uglevodorodlar va to’liq bo’lmagan oksidlanish mahsulotlarini (aldegidlar, uglerod oksidi) chiqaradi. 15 000 km masofani bosib o’tgandan so’ng, har bir avtomobil 3 tonnadan ortiq karbonat angidrid, 93 kg uglevodorodlar, 0,5 tonna uglerod oksidi va taxminan 30 kg azot oksidi chiqaradi. Zaharli moddalarning chiqindi gazlari orqali atrof-muhitga chiqishi juda istalmagan, chunki ular sog’liq uchun haqiqiy xavf tug’diradi. Uglerod oksidi gemoglobinni faolsizlantiradi, to’qimalarning kislorod etishmasligini keltirib chiqaradi, asab va yurak-qon tomir tizimlarini buzadi va aterosklerozning rivojlanishiga yordam beradi. Azot oksidi o’pka va nafas yo’llarini qattiq bezovta qiladi, yallig’lanishni kuchaytiradi. Azot oksidi bilan ta’sir qilish methemoglobin hosil bo’lishiga, qon bosimining pasayishiga, bosh aylanishi, uyquchanlik, nafas olish va qon aylanish muammolariga olib keladi. Bu muammo nafaqat insonlar, balki, tabiat ifloslanishiga ham olib keladi. Chunki daraxtlar insonlarga zarur bo`lgan kislorodni ishlab chiqaradi. Agar bu muammo bartaraf etilmasa, havo sifati pasayadi, global isish jarayoni tezlashadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1292 2-rasm. Termiz shahri, Surxondaryo (daryo) sining hozirgi holati 3-rasm. Termiz shahri, Surxondaryo (daryo) sining oldingi holati Albatta quyidagi holat iqlim o`zgarishi natijasida daryo hajmi kichrayib suv hajmi keskin kamayib ketgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 7
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1293 millionga yaqin inson havo ifloslanishi sababli turli kasalliklardan vafot etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabr, PQ-76-son qarori ijrosi yuzasidan atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan, viloyatda ekologik xavfsizlikni ta'minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini ta'minlash hamda sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish ustuvor masala qilib belgilangan. Transportning zararli ta’sirini kamayatirish uchun quyidagi chora-tadbirlar muhim hisoblanadi: 1) elektr va gibrid avtomobillarni keng joriy etish; 2) jamoat transport tizimini rivojlantirish; 3) velosiped va piyoda yo`laklarni ko`paytirish; 4) avtomobillarni texnik ko`rikdan o`tkazishni qat’iy nazorat qilish; 5) yoqilg`I sifatini yaxshilash va chiqindi gazlarni kamaytiruvchi texnologiyalarni tatbiq etish. O`zbekistonda import qilinayotgan elektromobilning o‘rtacha narxi deyarli uch barobarga — 26 972 dollardan 9 330 dollargacha (bu QQS va bojxona yig‘imlaridan oldingi narx), gibridlarniki — 23 570 dollardan 19 410 dollargacha (-17,6 foiz), ichki yonuv dvigatelli avtomobillarniki esa — 22 858 dollardan 21 476 dollargacha (-6 foiz) kamaygan. Shunday qilib, gibridlar va elektromobillarning ulushi 55,8 foiz bo‘lib, benzin analoglaridan (44,2 foiz) yuqori bo‘lib chiqdi, mutlaq qiymatda esa — 33 564 ga nisbatan 32 928. Mahsulot 2023-yil 2024-yil miqdori so‘m (ming dollar) miqdori so‘m (ming dollar) Yo‘lovchi avtomobillari 1 908 943,1 1 276 357,4 Benzinli avtomobillar 51 699,0 1 181 722,6 32 928,0 707 163,6 Gibrid avtomobillar 12 300,0 289 914,0 17 480,0 339 285,2 Elektr avtomobillari 16 084,0 433 823,0 24 095,0 224 824,1 Dizel dvigatelli yengil avtomobillar 152,0 3483,4 22.0 5 084,4 Gaz quyish shoxobchalari va qimmat yoqilg‘i bilan bog‘liq muammolar ham haydovchilarni elektromobillarga o‘tishga undamoqda. Kelgusi 5 yilda barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, Toshkent va yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari bo‘yicha uzog‘i bilan 6−7 soatda manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish maqsad qilingan. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida qayd etilgan. Aholini sog‘lom turmush tarzini yaratish maqsadida har yili 50 kmdan, 5 yil davomida jami 250 km
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1294 velosiped va piyodalar yo‘laklarini qurish rejalashtirilgan. Qolaversa, Hukumat qarori loyihasi bilan yer usti yo‘lovchi tashish transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini metropoliten bilan integratsiyalash va infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda (5 yilda) 84 ta, shu jumladan 2022 yilda 14 ta yangi harakat tarkibini (metro poyezdlarini) xarid qilish taklif etilayapti. 2021 yil 1 sentyabrdan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi avtotransportlarni tadbirkorlar — yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalanildi. 2021 yil 1 iyulga qadar avtotransportlarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining «Texnik ko‘rik» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati yaratildi. Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, transportlar quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak: tijorat asosida yo‘lovchilar tashuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transportlar va ularning tirkamalari — 1 yilda 2 marta; ishlab chiqarilganiga 6 yildan ko‘p bo‘lmagan transportlar — 2 yilda 1 marta; ishlab chiqarilganiga 6 yildan ortiq bo‘lgan, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo‘lmagan transportlar — 1 yilda 1 marta; tirkamalar texnik ko‘rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda. Birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi vaqtda faqat gaz uzatish tarmog‘i obektlarining o‘zida ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish potensiali 600 MVt dan ortiq. Energiya talab qiladigan ishlab chiqarishlarda issiqlik utilizatsiya qilinishining joriy etilishi, shuningdek, mash'al gazlaridan unumli foydalanish orqali qo‘shimcha yoqilg‘idan foydalanmagan holda yiliga 3,8 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu taxminan yiliga 1,14 milliard m3tabiiy gazni tejashga va 1,6 million tonna karbonat angidridning atrofmuhitga zarar yetkazishini oldini olishga xizmat qiladi. Ikkilamchi energiya resurslarining asosiy manbalari quyidagilar sanaladi: gaz kompressor stansiyalarining chiqindi issiqligi (gaz uzatish agregatlarining gaz turbinasi dvigatellarining chiqindilari); sement, po‘lat, shisha va boshqa energiya talab qiluvchi ishlab chiqarish jarayonlaridan hosil bo‘ladigan issiqlik; mash'aldan hosil bo‘ladigan o‘tuvchi va yon gazlar energiyasi. Ushbu ikkilamchi energiya resurslarining harorati yetarli darajada baland (250°C dan ortiq) va hajmi ko‘p bo‘lgani bois Yevropa va Amerikada anchadan beri qo‘llanib kelinayotgan samarali va kam xarajatli yechimlardan foydalanish imkonini beradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Transport sohasining rivojlanishi insoniyat taraqqiyoti uchun zarur, biroq uning ekologik oqibatlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi asosida ekologik toza transport tizimiga o‘tish — atrof-muhitni asrash va kelajak avlodlar salomatligini ta’minlashning yagona yo‘lidir. Shu sababli, har bir mamlakat ekologik siyosatida “yashil transport”ga alohida e’tibor qaratishi zarur. Bundan tashqari, transport ifloslanishi tuproq va suv resurslarining degradatsiyasiga, biologik xilma-xillikning qisqarishiga va yashil hududlarning yo‘qolishiga olib kelmoqda. Ushbu jarayonlar ekologik barqarorlikka tahdid solib, tabiiy ekotizimlarning izdan chiqishiga zamin yaratmoqda. Ushbu global tahdidga qarshi kurashish uchun davlatlar, xususiy sektor va har bir fuqaroning o‘zaro hamkorligi zarur. Atrof-
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 1295 muhitga zararsiz, energiya tejamkor va jamoat transportiga asoslangan barqaror transport tizimiga o‘tish nafaqat Yer sayyorasini, balki kelajak avlodlar salomatligini ham asrashning yagona yo‘lidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotlari, 2023-yil. 2) Intergovernmental Panel on Climate Change (IPCC) – 2022 Report. 3) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi ma’lumotlari. 4) Karimov, A. “Transport va ekologiya”. Toshkent: Oliy ta’lim nashriyoti, 2021. 5) “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6) https://lex.uz/ru/docs/-6303230?ONDATE=11.10.2023 7) https://gov.uz/dustlik/news/view/35434 8) “Using the best methods to produse quality steel today” https://advansedscientia.com 9) https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai/article/view/4444/5419