scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM TIZIMIDA "UY-JOY FONDINI BOSHQARISH" FANINI O'QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YO'NALISHLARI

Aminova, Naima Umar qizi

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimi inson kapitaliga yo‘naltirilgan bo‘lib, har bir fan o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi zarur. Shu nuqtayi nazardan, “Uy-joy fondini boshqarish” fanining o‘qitilishi faqat texnik yoki iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki ijtimoiy boshqaruv madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 61 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17469812 TA’LIM TIZIMIDA “UY-JOY FONDINI BOSHQARISH” FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI Aminova Naima Umar qizi SamDVMCHBU Toshkent filiali Stajyor-o‘qituvchisi Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, uy-joy fondi, boshqaruv madaniyati, ijtimoiy mas’uliyat, inson omili, o‘qitish samaradorligi. Ключевые слова: система образования, жилищный фонд, культура управления, социальная ответственность, человеческий фактор, эффективность обучения. Keywords: education system, housing management, management culture, social responsibility, human factor, teaching efficiency. Kirish Zamonaviy ta’lim tizimi inson kapitaliga yo‘naltirilgan bo‘lib, har bir fan o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi zarur. Shu nuqtayi nazardan, “Uy-joy fondini boshqarish” fanining o‘qitilishi faqat texnik yoki iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki ijtimoiy boshqaruv madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Berdiyeva Dilfuza Axatovna o‘z ilmiy tadqiqotlarida uy-joy xo‘jaligini boshqarish sohasida ta’lim bilan amaliyot o‘rtasidagi uzviylikning yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, sohadagi samaradorlik inson SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 62 omiliga, ya’ni boshqaruv madaniyatiga, motivatsion mexanizmlarga va kommunikativ muhitga bevosita bog‘liq. Demak, mazkur fan o‘qitilishi jarayonida psixologik iqlim, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot madaniyati, shuningdek, boshqaruvga insonparvarlik yondashuvini kiritish fanning o‘zlashtirilish samaradorligini sezilarli oshiradi. Asosiy qism “Uy-joy fondini boshqarish” fani ta’lim jarayoniga nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lishiga qaramay, o‘zida turli soha bilimlarini — huquq, iqtisod, menejment, ekologiya, ijtimoiy psixologiya — birlashtiradi. Shuning uchun bu fanning samarali o‘qitilishi ko‘p tarmoqli yondashuvni, ya’ni integrativ ta’lim modelini talab etadi. Ammo ko‘plab ta’lim muassasalarida fan an’anaviy, nazariy shaklda o‘tiladi. Talabalar amaliy masalalarni tahlil qilmaydi, real boshqaruv muammolarini hal etish ko‘nikmasiga ega bo‘lmaydi. Natijada, fan insonparvarlik mazmunini yo‘qotadi — boshqaruv jarayonlari quruq hujjatli va texnik jarayon sifatida qabul qilinadi. Aslida esa, uy-joy boshqaruvi bu insonlarning hayot sifati va ijtimoiy farovonligiga bevosita ta’sir etuvchi sohadir. Mazkur fanni o‘qitishda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi kommunikativ hamkorlik juda muhim. Ammo tahlillar shuni ko‘rsatadiki: • Talabalar bu fanni “quruq texnik mavzu” deb qabul qiladi. • Dars jarayonida interfaol muhit sust: muhokama, holat tahlili, rolli mashg‘ulotlar kabi metodlar deyarli qo‘llanilmaydi. Bu esa fanning o‘qitilish samaradorligini kamaytiradi, talabalarda ijodiy tafakkur va boshqaruv refleksiyasi shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Ta’lim menejmenti nazariyasiga ko‘ra, samaradorlik — bu faqat natija emas, balki jarayon sifatining ko‘rsatkichi hamdir. Agar o‘qitish jarayonida motivatsiya, ijtimoiy o‘zaro ta’sir va o‘zini namoyon qilish imkoniyatlari yaratilmasa, eng mukammal metodik material ham natija bermaydi. Shu bois, “Uy-joy fondini SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 63 boshqarish” fani bo‘yicha darslarni tashkil etishda inson resurslariga yo‘naltirilgan boshqaruv modeli zarur. Bu modelda: • O‘qituvchi — rahbar sifatida; • Talaba — ishtirokchi va tahlilchi sifatida qaraladi. Berdiyeva Dilfuza Axatovna ham shuni ta’kidlaydilarki, o‘qituvchi boshqaruvchi emas, balki “muloqotni yo‘lga qo‘yuvchi” shaxs bo‘lishi kerak. Bu yondashuvda o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ijobiy psixologik muhit yaratiladi, o‘qitish jarayoni esa insonparvar boshqaruv modeli asosida kechadi. “Uy-joy fondini boshqarish” fani — bu nafaqat muayyan sohani o‘rgatuvchi dars, balki ijtimoiy boshqaruv madaniyatini shakllantiruvchi tizimiy fandir. Ushbu yo‘nalishda samaradorlikni oshirish uchun eng avvalo fan metodologiyasida “insonparvarlik yondashuvi” asosiy o‘ringa chiqishi kerak. Chunki bu fan o‘z mohiyatiga ko‘ra, shaxs va jamoa manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni o‘rgatadi. Demak, fan o‘qitilishida ham shunday muvozanat — ya’ni nazariya va amaliyot, rahbarlik va xizmat, tartib va ijod o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lishi lozim. Xulosa Shunday qilib, “Uy-joy fondini boshqarish” fani o‘qitilishining samaradorligi nafaqat metodik, balki psixologik va ijtimoiy boshqaruv madaniyati bilan ham bog‘liq. Bu yo‘nalishda o‘qituvchilarning shaxsiy yondashuvi, muloqot madaniyati, ta’lim menejmenti tamoyillarini bilish darajasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ta’lim tizimi ushbu fanni inson markazli yondashuv asosida o‘qitgan taqdirda, u nafaqat boshqaruv sohasida, balki jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat, fuqarolik burchi va professional etika kabi qadriyatlarni ham shakllantiradi.