scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM TIZIMIDA "UY-JOY FONDINI BOSHQARISH" FANINI O'QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YO'NALISHLARI

Aminova, Naima Umar qizi

Abstract

So‘nggi yillarda mamlakatimizda uy-joy siyosatini modernizatsiya qilish, shaharsozlikni barqaror rivojlantirish hamda ko‘p kvartirali uylar boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, ularni amaliy boshqaruv jarayoniga tayyorlash, innovatsion fikrlashni shakllantirish zarurati ortib bormoqda.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 93 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17470031 TA’LIM TIZIMIDA “UY-JOY FONDINI BOSHQARISH” FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI Aminova Naima Umar qizi SamDVMCHBU Toshkent filiali Stajyor-o‘qituvchisi Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, uy-joy fondi, boshqaruv, fan samaradorligi, metodik muammolar, boshqaruv kompetensiyasi. Ключевые слова: система образования, жилищный фонд, управление, эффективность обучения, методические проблемы, управленческие компетенции. Keywords: education system, housing management, governance, teaching efficiency, methodological issues, managerial competence. Kirish So‘nggi yillarda mamlakatimizda uy-joy siyosatini modernizatsiya qilish, shaharsozlikni barqaror rivojlantirish hamda ko‘p kvartirali uylar boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, ularni amaliy boshqaruv jarayoniga tayyorlash, innovatsion fikrlashni shakllantirish zarurati ortib bormoqda. Mazkur ehtiyojni qondirish maqsadida ta’lim tizimida “Uy-joy fondini boshqarish” fani joriy etildi. Bu fanning asosiy maqsadi — uy-joy xo‘jaligini samarali SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 94 boshqarishning huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy asoslarini o‘rgatish, talabalarda boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishdir. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, fanni o‘qitish jarayonida samaradorlikni cheklovchi bir qator muammolar mavjud. Bu muammolar o‘quv dasturining amaliyot bilan uyg‘unlashmaganligi, fan bo‘yicha zamonaviy metodik ta’minotning yetishmasligi va o‘qituvchilarning boshqaruv sohasida innovatsion yondashuvlardan xabardorlik darajasining pastligi bilan bog‘liqdir. Asosiy qism Mazkur fan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar singari tarmoqaro yondashuvni talab etadi. Ammo hozirgi dars jarayonlarida u iqtisodiyot, huquq, boshqaruv va ekologiya fanlari bilan uzviy bog‘lanmagan. Bu esa fanning integrativ ahamiyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, o‘qitish metodikasi ko‘p hollarda monologik uslubda bo‘lib, talabalarni faol fikrlashga, muammoni tahlil qilishga, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga undamaydi. Natijada ta’lim jarayoni bilim uzatish darajasida qoladi, lekin kompetensiya shakllantirish darajasiga yetmaydi. “Uy-joy fondini boshqarish” fanini o‘qitayotgan o‘qituvchilarning aksariyati iqtisodiy yoki texnik yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, boshqaruv psixologiyasi, strategik menejment yoki innovatsion pedagogika kabi yo‘nalishlarda yetarli tayyorgarlikka ega emas. Shu sababli, o‘qitish jarayonida fanning innovatsion mohiyati yetarli ochilmaydi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlar ham bu yo‘nalishda kam olib borilmoqda, mavjud dissertatsiyalar ko‘proq iqtisodiy va huquqiy jihatlarga e’tibor qaratadi. Bugungi kunda mazkur fanni samarali o‘qitish uchun ta’lim tizimida ichki monitoring mexanizmlari zarur. O‘quv dasturlarining real hayotdagi boshqaruv jarayonlariga mosligini baholovchi, o‘qituvchilarning dars metodikasini tahlil qiluvchi, talabalar fikr-mulohazalarini qayd etuvchi tizimlar mavjud emas. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 95 Natijada, o‘qitish sifati subyektiv baholarga asoslanadi va samaradorlikni aniqlashning aniq mezonlari yo‘q. Bu esa butun fan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa “Uy-joy fondini boshqarish” fanining ta’lim tizimida joriy etilishi dolzarb bo‘lsada, uni samarali o‘qitish uchun metodik, tashkiliy va kadrlar jihatidan chuqur tahlil talab etiladi. Fanni o‘qitish jarayonidagi muammolar tizimli yondashuv orqali bartaraf etilmasa, bu sohada malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlash imkoniyati cheklanib qoladi. Shuning uchun bugungi bosqichda fanning dolzarbligi haqida ilmiy-nazariy tahlil yuritish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni ilmiy asosda baholash eng muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.