"SHARNING QALAMTASVIRINI BAJARISH" MODULINI O'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Abstract
Ushbu maqolada “Sharning qalamtasvirini bajarish” modulini o’qitishda innovatsion ta’lim texnoligiyalaridan foydalanish to’grisida umumiy ma’lumotlar berilgan.
Full text
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 257 “SHARNING QALAMTASVIRINI BAJARISH” MODULINI O’QITISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 1Xasanov Xolboy Xasanovich, 2Abdilazizova Mubina Bo’ri qizi, 3Ermo’minov Abdijabbor Tursunbayevich 1TerDU, “Milliy libos va san’at fakulteti” dotsenti., 2TerDU, “Milliy libos va san’at fakulteti, Dastgohli (rangtasvir)- ta’lim yo’nalishining 2bosqich talabasi., 3TerDU, Badiiy grafika va dizayn kafedrasining o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17470736 Annatatsiya. Ushbu maqolada “Sharning qalamtasvirini bajarish” modulini o’qitishda innovatsion ta’lim texnoligiyalaridan foydalanish to’grisida umumiy ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: Qalamtasvir, chizma, shar, modul, innovatsiya, daraja, metod. Аннотация. В статье даны общие сведения об использовании инновационных образовательных технологий при обучении модулю «Рисование шариковой ручкой». Ключевые слова: Карандашный рисунок, рисунок, сфера, модуль, инновация, уровень, метод. Abstract: The article provides general information on the use of innovative educational technologies in teaching the module “Drawing with a ballpoint pen”. Key words: Pencil drawing, drawing, sphere, module, innovation, level, method. Kirish. Bugungi kunda barkamol insonni tarbiyalash, nafaqat inson, balki jamiyatni komillik dajasiga ko’tarish muammosi avvalgi davrdagilardan kuchliroq qo’yilmoqdaki, bu vazifani bajarishda barcha fanlar silsilasida nafosatshunoslik – estetika va tasviriy san’atning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Qalamtasvir fani, badiiy pedagogic ta’lim va estetik tarbiyada bo’lajak rassom, dizayner, rassom-pedagoglar, arxitektor, amaliy san’at bo’yicha malakali mutaxassislarni tarbiyalashda asosiy o’quv fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Qalamtasvir mustaqil o’quv predmeti sifatida borliqni haqqoniy tasvirlash, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, estetik did va ehtiyojlarini tarbiyalashda cheksiz imkoniyatlarga ega. Qalamtasvir fani bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yilgan. Bular quyidagilar: -qalamtasvir bilim asoslarini, buyuk rassomlar ijodini o’rganish; - qalamtasvirda qo’laniladigan turli uslublarni, tasvirlash qonuniyatlarni bilish; - borliqni butun rang-barangligi va ko’lami bilan idrok etish. Shyni ta’kidlash joizki, qalamtasvir bo’lajak yosh rassomlarning kasbiy tayyorgarligida alohida o’rin egallaydi. OTM tegishli soha uchun ixtisoslik bilimlarini puxta egallagan malakali kadrlarni tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Bo’lajak mutaxassislarning kasbiy sifatlarini shakllantirish oliy ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy yo’nalishi bo’lib, bu jarayonni samarali tashkil etish talabalar tomonidan kasbiy bilim va sifatlarning puxta o’zlashtirilishi uchun imkon beradi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari talabalarda ta’lim olishga, kasbiy faoliyat sifatlarini puxta o’zlashtirishga nisbatan qiziqishni kuchaytiradi, oquvbilish faol
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 258 Ligini faollashtiradi, bilimlarni muammolifikrlash tafakkur yuritish asosida o’zlashtirishga yordam beradi. Shu sababli barcha mutaxassislik ba umumiy fanlarning o;qituychilari ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishga e’tibor qaratishlari zarur. Shu o’rinda quyidagi maqsadni qo’yish muhim deb hisoblaymiz: - “Sharning qalamtasvirini bajarish” modulini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o’rganish. Sharning qalamtasvirini bajarishda quyidagi vazifalarni qoyish o’rinli deb bilamiz: 1.Talabalarga “Sharning qalamtasvirini bajarish” modulini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari to’grisida atroflicha ma’lumot berish. 2.Talabalarni innovatsion ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlaridan xabardor qilish 3.Talabalarni ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga o’rgatish. 4.Talabalarda ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikma, malakalarini shakllantirish Sharning qalamtasvirini bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish orqali: (“Klaster”, “Blitsso’rov”, ‘Yettinchisi ortiqcha”, “Aqliy hujum”) kabilar orqali talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari rivojlantiriladi. “BLITS –SOROV” metodi bilan tanishamiz. Bu metodda talabalarning “Sharning qalamtasvirini bajarish” moduliga oid nazariy bilimlarga ega ekanliklari aniqlab olinadi. SHAR - sodda geometrik shakllar-, fazoviy perspektiva, ufq chizig’i, ko’rish maydoni, perspektiva qonuni, surat tekisligi. Buyumlarning shaklini berish qalamtasvur mashgulotlarida asosiy o’rinni egallaydi. Har bir talaba o’quv mashgulotlarida o’zi tanlagan kompozitsiya asosida buyumlarning shaklini berish usulini tanlaydi. Qoyilgan borliqni chizishga kirishishidan oldin, uning konstruktiv tuzilishi va shakli bilan chuqurroq tanishib, tahlil qilib ish boshlansa, kutilgan maqsadga erishish osonroq bo’ladi. Barchamizga ma’lumki, tasvirda soya-yoruglikni berish qattiq-yumshoqligi har xil bo’lgan qalamlar bilan buyum tekisliklarini tus berib (shtrix) yopish bilan olib boriladi. Kompozitsion joylanishini topish, uning yorugsoyalik holatini to’gri hal qilish eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Borliqni qurish davomida unga tus berish ham qo’shib olib borilsa, borliqda yorug-soya chegarasi aniqlanib, Buyumlarga shakl berish, tushunish (tahlil qilish)ga harakat qili8ngan bo’ladi. Geometrik modellarni tasvirlashda bu usul yaxshi natija beradi. Ishda kompozitsion va qurish to’gri topilgach, chizuvchi mayda bo’laklarni ishlashga o’tadi, yani umumiylikdan bo’laklarni aniqlashga o’tish. Qachonki bo’laklar aniqlanib ishlangach, yana ishning yaxlitligiga qaraladi ba bu usul yordamida aniqlanadi.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 259 Maydadan yirikka, butunlikka qaytish deyiladi. Naturada eng yorug joy blik deyiladi. Bu nur taratib turadigan nuqta bo’yalmaydi, toza qogozligicha qoldiriladi. Ishning oxirgi natijasi shunday bo’lishi kerakki, bunda barcha mayda bo’lakchalar bir yaxlitlikka keltiriladi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki. Amaliymetodik tavsiyalar ilgari surildi: A. Ta’lim jarayonida talabalarni innovatsion texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlaridan xabardor qilib borish. B. OTM pedagoglarining oz’-o’zini tahlil va baholash asosida o’qitish amaliyotida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish holatiga mustaqil baho berib borish, bu boradagi yutuqlarni boyitish va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish. C. Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ularda innovatorlik sifatlarini rivojlantirish asosida ilgor pedagogik texnologiyalardan o’qitish jarayonoda maqsadli, o’rinli va samarali foydalanish, ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish. D. Respublika OTM faoliyatida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishga oid tajribalarning tegishli bazirlik va idoralar tomoni dan izchil o’rganilishini yo’lga qo’yish orqali ularni umumlashtirish va ommalashturish uchun zarur sharoitni yaratish.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 260 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Ten N.D. Gips modellarning rasmi. Toshkent ‘’O’qituvchi’’ 1994. 2. B.Boymetov. Portret qalamtasviri. 2001. 3. B.Boymetov. Qalamtasvir o’qitishning ilmiy asoslari. Metodik tavsiyalar. Toshkent, 1995. 4. Tojiyev.B. Qalamtasvir asoslarini o’rganish. Toshkent, 1994.