scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI XALQ AMALIY BEZAK SAN'ATI ORQALI ESTETIK RUHDA TARBIYALASH METODIKASI.

Xasanov Xolboy Xasanovich

Abstract

Ushbu maqolaning eng muhim xususiyatlari shundan iboratki, unda bola ijodini o’stirish, ularga ta’lim-tarbiya berish bilan bog’liq fikrlar bayoni berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarining tasviriy faoliyatini rivojlantirishning muhim sharti ko’nikma va malakalarni egallash, dekorativ rasm (naqsh) ishlash mashg’ulotlarida foydalaniladigan turli materiallar, ular bilan ishlash usullari haqidagi bilimlarni o’zlashtirishdan iborat.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 261 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATI ORQALI ESTETIK RUHDA TARBIYALASH METODIKASI. Xasanov Xolboy Xasanovich Termiz davlat universiteti, Milliy libos va san’at fakulteti dotsenti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17470747 Annatatsiya. Ushbu maqolaning eng muhim xususiyatlari shundan iboratki, unda bola ijodini o’stirish, ularga ta’lim-tarbiya berish bilan bog’liq fikrlar bayoni berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarining tasviriy faoliyatini rivojlantirishning muhim sharti ko’nikma va malakalarni egallash, dekorativ rasm (naqsh) ishlash mashg’ulotlarida foydalaniladigan turli materiallar, ular bilan ishlash usullari haqidagi bilimlarni o’zlashtirishdan iborat. Kalit so’zlar: Amaliy bezak san’ati, tasviriy faoliyat, estetika, badiiylik, dekorativ rasm, ta’lim-tarbiya. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarini estetik ruhda tarbiyalashda xalq amaliy bezak san’ati’ juda katta ahamiyatga ega. Ular darslarda tevarak-atrofdagi turli – tuman hodisalar va buyumlar bilan tanishadilar. Bu esa bolalarning yoshi, ongi, fikrlash qobiliyatlai hamda bilimlar bilan boyitadi,histiygulari va ijodiy qoboliyatlarining rivojlanishiga yaqindan yordam beradi, soglom badiiy did hamda dekorativ xalq amaliy bezak san’atiga qiziqishlarini oshiradi. Shu bilan birga, bolalar amaliy – dekorativ mashgulotlarda uncha murakkab bo’lmagan milliy naqsh kompozitsiyalarini ishlashda, tayyor naqsh namunasidan ham mustaqil nisxa ko’chirishlsri mumkin. Naqsh namunasidan ko’chirish mashg’ulotlarida bolalar dekorativ bezak chizish, unga rang berish bosqichlarini o’rganadilar. Naqsh namunasini ko’chirish jarayonida bolalarda xalq ijodiga nisbatan muhabbat uygonadi, ularning badiiy didi tarbiyalanadi. Dekorativ rasm ishlash mashgulotlarida bolalar har qanday naqshning, asosan tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan stilllashtirish yo’li bilan olinganligini tushunishlari kerak. Shunda ularning mustaqil ijodiy naqsh ishlashlari birmuncha osonlashadi. Shu orqali ularning mustaqil ljopdiy naqsh xhizishlari sezilarli darajada osonlashadi.Bolalar naqsh namunalaridan bir necha marta nusxa ko’chirgahlaridan keyin mustaqil naqsh ishlash uchun vazifalar beriladi. Bundan tashqari, Tevarak-atrofdagi o’simliklardan tuzilgan naqsh kompozitsiyalarini ishlashdan oldin tabiatga sayohat uyushtirish ham ahamiyatlidir. Tasviriy san’atdan olib boriladigan har bir mashguloti jarayonida talabalarni mavzuga doir san’at asarlari bilan tanushtirib boorish zarur. “Agar dars uchun tanlanayotgan san’at asarlaridagi turli buyumlar va voqealar oquvchilarga yaxshi tanish, aynan ularning o’zlari yashayotgan qishloq yoki shahar ma’lumotlari bo’yicha yaratilgan asarlar tanlansa, ularni tushuntirish, ulardagi voqealar yoki narsalar haqida mantiqiy fikr yutitishga o’rgatish professoro’qituvchi uchun ham, uni o’rganadigan talaba uchun han osonlashadi” Shuning uchun ham tanlanadigan tasviriy san’at asarlari reproduksiyasi talabalar hayotiga mos, turmushiga yaqin bo’lishi kerak va ular yashab turgan o’lkaning o’ziga xos xususiyatlarini, SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 262 urf-odatlarini, milliy an’analarini o’zida aks ettirishi lozim. Dekorativ rasm chizish mashgulotlari uchun xalq amaliy bezak san’ati asarlaridagi har xil naqshlardan foydalaniladi. Bog’cha bolalari bu kabi namunalarini chizish orqali naqsh tuzish qoidalarini bilib oladilar. Tarbiyachilar bilan birga dekorativ rasm uchun yig’ilgan naqsh namunalarini quyidagicha qo’llash mumkin: 1. Xalq ornamentlarining turlari bilan tanishtirish uchun bolalarga dekorativ san’at buyumlarini korsatish. 2. Milliy ornamentlarni namunaga qarab chizish orqali o’ganish. 3. Bolalarning mustaqil naqsh kompozitsiyasini tuzish jarayonida ularning diqqate’tiborini milliy naqshlarning elementlariga qaratish. Dekorativ xalq amaliy bezak san’ati namunalaridan quyidagicha foydalaniladi: 1. Xalq amaliy san’ati namunasini aslisini qo’llash. 2. Amaliy san’at namunalarini sodda ko’rinishlarin qo’llash. 3. Xalq ornamentlariningbba’zi bir elementlarini mustaqil holda kompozitsiyaga kiritib, undan foydalanish. Bunday hollarda guruh o’qituvchilari, tarbiyachilari dekorativ xalq amaliy bezak san’ati namunalarini bolalar Yoshi va kuchiga moslab va naqshlarni takror ishlash yo’llarini topganlar. Bular quyidagilar: 1. Xalq ornamentning kompozitsion joylashuvi o’zgartirilganda uning barcha shakli va holatini saqlab qolish. 2. Bolalar chizishi murakkabroq bo’lgan bo’laklarini chiqarib tashlash yo’li bilan kompozitsiyani soddalashtirib foydalanish. 3. Milliy naqqoshlikda ishlatiladigan ranglar ketma-ketligidan foydalanib, usullarini qo’llash. Amaliy san’at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini nafislashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi. Insoniyat madaniyatida o’ziga xos muhim o’rin egallaydi. Amaliy san’at ustalari yaratgan yuksak san’at namunalari turli-tuman to’qima, o’yma naqshinkor buyumlar o’tmishda ham, hozir ham dunyoga mashhur bo’lib, dunyoning ko’plab yirik shaharlaridagi amaliy san’at va etnografuya muzeylarida namoyish etilmoqda. Bularning barchasi biz hozirgi avlodlar uchun nihoyatda huzurbaxsh faxr manbaidir. Xalq hunardmandlarining ijodi, ularning an’analariga hurmat va e’tibor kun sayin ortib bormoqda. Badiiy hunarmandchilik sohasida ham xalq ijodi an’analari, milliy-an’analari, san’at uslublari e’tirof etilmoqda. B.Oripov. Tasviriy san’at darslari samaradorligini oshirish omillari. T. “O’qituvchi”, 1978, Sharqning buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy hunar tog’risida shunday deganlar: Hunarlarki qilgaylar hunar fosh, Agar xorotaroshu xoh naqqosh. Biri hardam yo’nib yuz nav xora, Ki qilgay havz yo farshu izora. Biri har dam chekib yuz naqsh dilkash, Ki har bir qasrni qilgay munaqqash… Hunar birla birikkan hamon, Har ish bu jahonda yurishgay ravon. Firdavsiy. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 263 Keyingi yillarda xalq amaliymilliy san’ati yangi sifat bilan o’sib, ulgayib, amaliy san’atning rang-barang, serjilo gulshanini ko’rsatmoqda. Naqqoshlik kashtachilik, kulolchilik, o’ymakorlik, ganchkorlik v b. sohalarida diqqatga sazivor ijodiy taraqqiyot, ilmiybadiiy kashfiyotlar olib borilmoqda. Amaliy san’at – Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda dekorativ rasm ishlash mashgulotlarining ahamiyati to’grisida gapirganda uning tarbiyaviy tomonini qayd qilish bilan birga, bolalarning ijodiy qobiliyatini, badiiy didini o’stirishdagi o’rnini ta’kidlash kerak. Dekorativ rasm ishlashga o’rgatish ma’lum tayyorgarlikni talab etadi, chunki, bu mashgulotlarda bolalar to’gri, egri chiziqlar chizishni mashq qiladilar. Bundan tashqari, bolalar bu mashg’ulotlarda naqsh kompozitsiyalarini tuzish qoidalari va chizish usullarini o’rganadilar. Ular bunga xalq ijodininh dekorativ san’at asarlaridan namunalar ko’rib, chizib erishadilar. Bolalarga chizdirish uchun zarur dekorativ materiallarni to’gri tanlash zarur. Bu ishda quyidagilarga amal qilish talab etiladi: 1. Materialning g’oyaviyligiga. 2. Materialning badiiyligiga 3. Materialni idrok etish va uni chiza olish imkoniyatlariga mosligi. 4. Tanlab olingan material maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya dasturiga mos kelishi. O’zbek xalq amaliy nezak san’atidagi dekorativ elementlar asosan tevarak atrofdagi gullar, mevalar, qushlardan tashkil topib, rang-barang, har xil ko’rinishlardagi shakllar tasviri nafis amaliy san’at namunalariga aylanib ketgan. O’simliklardan tuzilgan naqsh shakllarining turli-tumanligi, umumlashgan uslublarining ta’sirchanligi, bo’yoqlarning yorqinligi, ylarning turli tuslari va uyg’unligi, bolalarning estetik didini o’stirib, badiiy-emotsional zavqini oshiradi. Bolalarga tavsiya etiladigan ta’limning oddiydan murakkabga o’tish jarayoni asosida tegishli materiallarni tahlil qilish va tartibga solish, dekorativ rasm ishlashni muayyan izchilikkda o;rgatish imkonini beradigan mavzularni tanlab olish alohida ahamiyatga egadir. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 264 Maktabgacha ta’lim tashkilotida dekorativ rasn ishlashni or’gatishdastlab kvadrat shaklida bajariladi, chunki bu shakl naqshda bir xil unsurlarni bir yoki ikki yo’nalishda takrorlash yoki almashtirish jarayoni asosida joylashtitirishga imkon beradi. Kvadratning bir xil tomon va burchaklarga ega ekanligi naqshning simmetrik joylashuvini bilib olishga yordam beradi. Kvadrat markazini toppish boshqa geometrik shkllardagiga qaraganda osonroq bo’ladi va burchaklari markazdan bir xil uzoqlikda turadi. Bu esa bolaning kvadrat o’rtasini tezroq topishga bo’lgan fikrini aniqlashtiradi. So’ngra tashqi tomondan kvadratga juda yaqin bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli naqshlar ham xuddi kvadratdagi singari joylashtiriladi. Bezaklarni qismlarga ajratib naqsh kompozitsiyasining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab olish,shu qismlarni osson – qiyinchilik darajasiga qarab joylashtirish imkonini beradi. Ammo ayrim-ayrim olingan qismlarni bolalarga o’rgatish uchun to’liq material bo’la olmaydi.Shuning uchun bog’cha bolalarini estetik ruhda tarbiyalash va ularga dekorativ rasm ishlashni o’rgatishda dekorativ amaliy bezak san’ati asos qilib olinmog’i kerak. Bolalarning tasvirlash imkoniyatlariga mos bo’lgan amaliy bezaklarining o’ziga xos didaktik namunalarini yaratish zarurati tug’iladi. Bu vazifani bajarish uchun dekorativ amaliy bezak san’atidan didaktik namuna sifatida foydalanib, uni tartibga solishning har xil turlarini ishlab chiqish, materiallarni to’gri tanlash, bolalar bilan ishlashda dekorativ amaliy san’at materiallarni keng qo’llaydigan tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini to’plash va o’rgatish talab etiladi. Keyinchalik bolalar uncha murakkab bo’lmagan, o’zlariga yaxshi tanish bo’lgan naqshlarni qiziqish bilan aks ettira oladilar. Shunga ko’ra xalq amaliy bezak san’ati namunalaridan foydalanishda kompozitsion shakllarning simmetrik joylashuviga e;tibor berishlari lozim. Ana shundagina bolalar naqshlarni mahorat bilan tasvirlay oladilar.Yilning oxirida guruh bolalariga istalgan o’simlik yoki mevalar shaklidan iborat naqsh tuzish vazifasi topshirilsa, ular bu vazifani osonlik bilan amalga oshira oladilar. Xulosa qilib aytganda, tasviriy faoliyatdan dekorativ rasm (naqsh) ishlash mashgulotlarini o’tkazishda amaliy bezak san’at namunalaridan, mahalliy materiallardan unumli foydalanish ta’lim-tarbiya borasida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining bu masalaga alohida e’tibor berishi, olib borilayotgan ishlarning sifatini yanada yuqori bo’lishiga olib keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Vetlugina N.A. Bolalar bog’chasida estetik tarbiya. T., “O’qituvchi”, 1981. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 265 2. Sakulina N.P. Komarova T,S. Bolalar bog’chasida tasviriy faoliyat. T., “O’qituvchi”, 1976 yil. 3. Bulatov S.S. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati. T, “Mehnat”, 1991. 4. Samorukova P.G. tahriri ostida. “Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiya bilan tanishtirish”, T, “O’qituvchi”, 1984. 5. Davletshin M.G. Psixologiya. T, “O’qituvchi”, 1986, 276 b.