scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NAVOIY ASARLARIDAGI AYRIM SO'ZLARNING QADIMGI VA HOZIRGI TALAFFUZ HAMDA MA'NO JIHATIDAN QIYOSIY TAHLILI

ABDULHANAN ARSALAN

Abstract

So‘z mulkining sultoni, turk-o‘zbek adabiyoti osmoni, millatimizning ma’naviy bog‘boni va elimiz ma’naviy merosining posboni ya’ni amir al-kalom Nizomiddin Alisher Navoiy deb, jahon adabiyotida, xususan turk-o‘zbek adabiyotida yuksak o‘rin, mangu asarlar, ma’naviy xazinalar qoldirgan zot haqida qancha so‘z aytilsa ham, baribir oz bo‘ladi. Navoiyning har bir asarida minglab ma’no, yuzlab tushunchalar yashirin yotadi, uning asarlarini o‘qish, tadqiq qilish va o‘rganish har bir izlanuvchiga yangi-yangi ilm va fan eshiklarini ochib beradi. Shu munosabat bilan ushbu maqolada Navoiy asarlarida ishlatilgan ayrim so‘zlarni, xususan bugungi kunda qo‘llanishdan chiqqan yoki yaqin kelajakda qo‘llanishdan chiqib qolishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni qaytadan tiriltirish, Navoiy nasliga mansub bo‘lgan kishilarga yetkazish maqsadida tashabbus ko‘tarildi. Maqolada Navoiyning ayrim asarlaridan eskirgan so‘zlar tanlanib, ularning eski va hozirgi kundagi ma’nolari qiyoslashtirildi hamda Afg‘oniston o‘zbek tilida talaffuz va ma’no jihatidan ishlatiladigan tushunchalar orqali, manbalar va muallifning o‘z bilimlari, eshitganlari hamda mahallalarda ishlatiladigan so‘zlar asosida qisqacha ma’no va sharhlar berildi.

Full text

Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 425 NAVOIY ASARLARIDAGI AYRIM SO‘ZLARNING QADIMGI VA HOZIRGI TALAFFUZ HAMDA MA’NO JIHATIDAN QIYOSIY TAHLILI ABDULHANAN ARSALAN Kabul universiteti, tili va adabiyoti fakulteti, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limi boshlig‘li https://orcid.org/0009-0001-5901-8462 E-mail: abdulhananarsalan20[email protected] Annotatsiya: So‘z mulkining sultoni, turk-o‘zbek adabiyoti osmoni, millatimizning ma’naviy bog‘boni va elimiz ma’naviy merosining posboni ya’ni amir al-kalom Nizomiddin Alisher Navoiy deb, jahon adabiyotida, xususan turk-o‘zbek adabiyotida yuksak o‘rin, mangu asarlar, ma’naviy xazinalar qoldirgan zot haqida qancha so‘z aytilsa ham, baribir oz bo‘ladi. Navoiyning har bir asarida minglab ma’no, yuzlab tushunchalar yashirin yotadi, uning asarlarini o‘qish, tadqiq qilish va o‘rganish har bir izlanuvchiga yangi-yangi ilm va fan eshiklarini ochib beradi. Shu munosabat bilan ushbu maqolada Navoiy asarlarida ishlatilgan ayrim so‘zlarni, xususan bugungi kunda qo‘llanishdan chiqqan yoki yaqin kelajakda qo‘llanishdan chiqib qolishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni qaytadan tiriltirish, Navoiy nasliga mansub bo‘lgan kishilarga yetkazish maqsadida tashabbus ko‘tarildi. Maqolada Navoiyning ayrim asarlaridan eskirgan so‘zlar tanlanib, ularning eski va hozirgi kundagi ma’nolari qiyoslashtirildi hamda Afg‘oniston o‘zbek tilida talaffuz va ma’no jihatidan ishlatiladigan tushunchalar orqali, manbalar va muallifning o‘z bilimlari, eshitganlari hamda mahallalarda ishlatiladigan so‘zlar asosida qisqacha ma’no va sharhlar berildi. Kalit so‘zlar: Amir Alisher Navoiy, adabiyot, so‘zlar, talaffuzlar, ma’nolar, Hirot, Qipchoq shevasi. Abstract: The sultan of the kingdom of words, the sky of Turkic-Uzbek literature, the spiritual gardener of our nation, and the guardian of our cultural heritage, namely Amir al-Kalam Nizomiddin Alisher Navoi, has left a high place, eternal works, and spiritual treasures in world literature, especially in Turkic-Uzbek literature; no matter how much is said about him, it will always be too little. Each of Navoi’s works hides thousands of meanings and hundreds of concepts, and reading, researching, and studying his works opens the doors to new knowledge and science for every seeker. In this regard, this article aims to revive some words used in Navoi’s works, especially those that have fallen out of use today or may fall out of use in the near future, and convey them to those belonging to the Navoi lineage. The article selected some outdated words from Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 426 Navoi’s works, compared their old and present meanings, and provided brief meanings and explanations based on concepts used in the Afghan Uzbek language in terms of pronunciation and meaning, as well as the author’s own knowledge, what he has heard, and words used in local areas. Key words: Amir Alisher Navoi, literature, words, pronunciations, meanings, Herat, Kipchak dialect. Kirish Navoiy deganda faqatgina “Hirot” viloyatida tug‘ilgan va unda vafot etgan shaxs tushunilmaydi. Balki, jahonning qaysi burchagida bo‘lishidan qat’i nazar, hatto Navoiy nasliga mansub bo‘lmagan bilim ahli kishisining ham ko‘z o‘ngida doimo porlab turgan ma’naviy tirikligi isbotlangan inson va yaxshiliklar xazinasi manbai, ma’naviy oltin va olmosdan ham yuksak sovg‘alarning egasi, jahon adabiyoti va tarixining ko‘zgusida o‘lmas va so‘lmas asarlar sohibi sifatida barchaga namoyon bo‘lib turgan So‘z mulkining sultoni, turk–o‘zbek adabiyoti osmoni ya’ni amir al-kalom Nizomiddin Alisher Navoiy (Foniy) ekanligi jahon ko‘z o‘ngida ham yaqqol namoyondir. Alisher Navoiy shaxsi faqatgina “Hirot” viloyatida tug‘ilib, shu yerda vafot etgan tarixiy shaxs sifatida emas, balki butun insoniyat uchun ma’naviy boylik manbai, o‘lmas va so‘lmas asarlar muallifi sifatida e’tirof etiladi. U — So‘z mulkining sultoni, turk–o‘zbek adabiyoti osmonining yulduzi, jahon adabiyoti va tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ mutafakkirdir. Navoiy ijodi nafaqat badiiy mahorati, balki til boyligini saqlash va rivojlantirishdagi o‘rni bilan ham alohida ahamiyatga ega. Uning asarlarida uchraydigan ko‘plab so‘zlar, iboralar, birikmalar bugungi o‘zbek tilining leksik xazinasida tarixiy qatlam sifatida saqlanib qolgan. Bu til birliklari o‘z davrida keng qo‘llanilgan bo‘lsa-da, zamonaviy nutqda ayrimlari unutilib bormoqda yoki boshqa ekvivalentlar bilan almashtirilgan. Shu bois Navoiy asarlarida uchraydigan ayrim so‘zlarning eski va hozirgi talaffuz hamda ma’no qiyosini o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki madaniy merosni asrab-avaylash nuqtayi nazaridan ham dolzarb masaladir. Navoiy qalbi va tilidan bizgacha yetib kelgan yodgor merosi tilimizning asosi bo‘lgan nafaqat so‘zlari, jumla va iboralari, birikma va terminlari, balki har bir harfi bilan kitob, tarix, falsafa, adabiyot, sevgi, sadoqat, ishonch, saxovat, erkinlik va yaxshiliklarning belgisi hamda ma’naviy boyliklar majmui desam, xato qilmagan bo‘laman. Ana shunday ulug‘ mutafakkir, til himoyachisi, millatimiz qalam qahramoni, shoir va so‘z ustasi haqida so‘z borganda, oz bo‘lsa-da uning nasliga mansub bo‘lganim uchun “Navoiy asarlaridan ayrim so‘zlarning eski va hozirgi talaffuz hamda ma’no qiyosi” Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 427 mavzusida maqola yozishga o‘zimni chorladim. Maqola sarlavhasidan ma’lum bo‘lgandek, unda Navoiyning hayoti, ijodi yoki xizmatlari haqida emas, balki asarlaridan tanlab olingan ayrim so‘zlarning eski va hozirgi talaffuz hamda ma’nolari keltiriladi. Ma’lumki, Navoiy asarlarida turli tillardan kirgan so‘z va maqollar uchraydi, biroq ushbu maqolada faqat Navoiy asarlarida yozilgan tilimiz so‘zlaridan ayrim namunalar tanlab olindi va yoritildi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Navoiyning asarlarida boshqa tillardan kirgan so‘zlar ham mavjud. Biroq ushbu tadqiqotning maqsadiga ko‘ra, faqat o‘z tilimizga mansub bo‘lgan va uni boshqalarga tushuntirish mumkin bo‘lgan, Navoiy tilidan chiqqan sof so‘zlar tanlanib, ularning Navoiy nasliga mansub xalq orasida rivojlanishiga e’tibor qaratildi. Mazkur maqolani o‘qigan kishi quyidagi jihatlarni anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi: 1. Navoiy tilida va davrida ishlatilgan sof o‘zbek so‘zlaridan xabardor bo‘lish; 2. Forscha, arabcha va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning o‘zbekcha muqobillarini bilish va qo‘llash; 3. Begona tillar ta’siridan xalos bo‘lish; 4. Unutilgan yoki esdan chiqqan so‘zlarni esga olish va ularni rivojlantirish; 5. Navoiy ma’naviy merosining qadriga yetib, uni jon-dil bilan asrash hamda boshqalarga yetkazish; 6. Navoiy davridagi so‘zlarning yozilish va talaffuzdagi farqlarini anglash; 7. Navoiy qo‘llagan so‘zlarni bilgan kishi ularni o‘z nutqida va yozuvida qo‘llashga intilishi, shu orqali ularni unutmayslik; 8. Eshitilgan, ammo ma’nosi noma’lum so‘zlarning ma’nosini bilish va tushunish; 9. Navoiy asarlarida boshqa so‘zlarning ham mavjudligini his qilib, uning asarlarini yanada chuqurroq o‘rganishga qiziqish; 10. Hech bo‘lmasa, maqola sarlavhasini ko‘rgan o‘quvchi undagi fikrlarni bir bor bo‘lsa ham o‘qishga ehtiyoj sezishi. Kutubxona tahliliy usulida mavzuga oid mavjud ilmiy adabiyotlar, lug‘atlar, Navoiy asarlarining turli nashrlari, tilshunoslik bo‘yicha izohli va tarixiy manbalar o‘rganildi. So‘zlarning kelib chiqishi, talaffuzi, ma’no o‘zgarishlari hamda qo‘llanish doirasi bo‘yicha yozma manbalar tahlil qilindi. Afg‘oniston o‘zbek shevalarida va mahalliy til amaliyotida uchraydigan so‘zlar bo‘yicha suhbatlar, og‘zaki so‘rovlar o‘tkazildi, so‘zlarning zamonaviy talaffuz va qo‘llanish holatlari qayd etildi. Navoiy asarlaridan tanlangan so‘zlarning ma’nosi va sharhi bo‘yicha tuzilgan ayrim lug‘atlardan foydalanilgan. Tanlangan so‘zlarning ma’nosi va sharhi eski va hozirgi kun bilan Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 428 talaffuz hamda ma’no jihatidan ancha o‘zgarishga uchragani, ularning ishlatilishi yoki ishlatilmasligi, hozirgi davrda tashqi–begona so‘zlar qatorida eskidan teng va muqobil so‘zlar mavjudligi, o‘zbek tili sofligi, eski so‘zlarni unutmayslik, Navoiy ishlatgan so‘zlarni qaytadan tiriltirish va ularni avlodlarga yetkazish masalalari ushbu maqolaning asosiy g‘oyalaridan hisoblanadi. Ortuq: قوترآ Bugungi talaffuzga ko‘ra «Artiq» — ko‘p, ziyoda va qo‘shimcha degan ma’no. Bu so‘z, Navoiy davrida Ortuq talaffuz qilingan Necha yil ranju mehnat sondin ortuq, Ne deykim, har ne desam ondin ortuq. (1310 bet) Emas ruxsat lisoni nuktapardoz, Ochorg'a mundin ortuq pardai roz» (13101 bet) Ammo «ko‘p» ma’nosida ishlangan. Aynan bugun ham o‘sha berilgan ma’no bilan ishlatish o‘rni teng, faqat farqi talaffuz shaklidan bilinib turibdi. Bu so‘zni «O‘zbek tili so‘zligi» kitobida shunday keltirilgan: «Oshiq, ko‘p, belgilangan me’yordan ko‘p. Misol: To‘yga mingdan ortiq odam keldi. 2. Haddan tashqari, kerakligidan ko‘p, me’yoridan oshiq. Misol: Bugun havo haddan ortiq issiq edi. 3. (Chiqish kelishigi bilan faqat qiyoslashda) yaxshi, ko‘p, behisob. Misol: Seni jonimdan ortiq sevaman. 4. Tanadan yoki tana a’zosidan o‘sib chiqqan, bo‘rtib turgan o‘simta. Misol: Chaqaloqning o‘ng qo‘lida ortig‘i bor ekan». {1-58, 2-234 betlar} Arzim مزرآ— “o‘git, hayo, sharm, mehr, muhabbat, g‘azab va mehribonlik” ma’nolariga ega so‘z. “Dehxodā lug‘ati”da bu so‘z quyidagicha izohlangan: “razm, urush, jang maydoni…” {2-97-bet}. Ammo Navoiy asarlaridan Abdulla Ruvin tahriri ostida chop etilgan nashrning 363-betida shunday ta’rif berilgan: “Arzim uyat, sharm, hayo, izzat, sharaf, yumshoqlik va shafqatlilik” {9-363, 2-334-betlar}. Ashug‘ غوشآ — oyoqning son qismini pastki qism bilan bog‘lovchi suyak bo‘g‘imi. Bugungi kunda ayrim mahalliy talaffuzlarda, ayniqsa “Qipchoq” shevasida, “ashiq” shaklida ishlatilib, “bandpo اپ دنب, bo‘g‘im qismi, tizzadan pastdagi bo‘g‘im” ma’nosida qo‘llanadi {2-237-bet}. Ont — muqaddas narsalar yoki shaxslar nomi tilga olinib berilgan qat’iy va’da; qasam {3-142bet}. Bu so‘z tarixiy talaffuzi bilan bugungi talaffuzi bir xil bo‘lib, “ant” shaklida qo‘llanadi. Ma’no yoki talaffuz jihatidan hozirgacha hech bir manbada sezilarli o‘zgarish qayd etilmagan (muallifning fikri). Abag‘a — aka, amak, amaki, amakivachcha ma’nolarida qo‘llanadi. O‘zbek tilining ayrim lahjalaridan, xususan Qipchoq shevasida “aka” shaklida ham ishlatiladi. “Farhangi uzbakī ba forsī” asarida bu so‘z “aba” shaklida talaffuz qilinishi qayd etilgan {12-72-bet}. So‘z boshqa tillarda, jumladan dariy tilida ham ishlatiladi. Asiyg‘ — unum, foyda, manfaat, naf. 1) Biror Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 429 shaxs yoki narsadan boshqa biror shaxs yoki narsaga yetadigan naf. Masalan: “O‘qishning foydasi (unumi) ko‘p.” 2) Ijobiy natija, ta’sir. Masalan: “Davo foyda berdi.” 3) Muayyan faoliyat natijasida olingan mablag‘, daromad. Masalan: “Savdodan foyda ko‘rmoq.” Shuningdek, ekinlarning hosili ham “unum” deyiladi. Agar hosil mo‘l bo‘lsa, dehqonlar: “Ha, ko‘p unumli bo‘libdi” deydilar. Ayrim talaffuzlarda “asiyg‘” shaklida yoziladi. Mazkur so‘z “zarar, nuqson”ning antonimi hisoblanadi {1-73-bet}. Isiyg‘ — 1) Harorat, issiqlik. Masalan: “Quyosh issig‘i.” 2) Ma’lum bir harorat ta’sirida qizigan, iliqlashgan. Masalan: “Issiq suv.” 3) Issiq tutadigan. Masalan: “Issiq kiyim” {1-91-bet}. Aslida, bugungi adabiy tilda me’yorlashgan “issiq” talaffuzi bilan berilgan ma’nolarda ishlatiladi. O‘tro — qarshi, muqobillik yoki ro‘paro‘ bo‘lgan holatni ifodalaydi {6-190-bet}. Shuningdek, “o‘zaro zid, teskarilik munosabatli va rad etuvchi, tarafdor bo‘lmagan” ma’nolar o‘rnida ishlatiladi. Hozirgi kunda o‘zbek tilida bu so‘zning ishlatilishi kam uchraydi. Uning o‘rnida ko‘proq “qarshi” so‘zi qo‘llanadi. Uchr — 1) Yetishgach g'or ichiga bemahobat, Ko'ziga uchradi mundoq kitobat. (13-106) Duch kelmoq, qarshisidan chiqmoq, ko‘rinmoq. Masalan: “Yo‘lda ikki otliq uchradi.” 2) Izlab yoki yo‘qlab bormoq, murojaat qilmoq. Masalan: “Doktorga uchramoq.” 3) Qismatiga tushmoq, nasib qilmoq, yo‘liqmoq. Masalan: “Boy kuyovga uchradi.” 4) Duch kelmoq, dushvorlikka yo‘liqmoq. Masalan: “Baloga uchradi.” Mazmun jihatidan “muloqot qilish, uchrashish, yuzma-yuz bo‘lish” tushunchalariga ham ega. Hozirgi adabiy tilda bu so‘z “uchrashish” (uchrashish, uchrashuv, uchrashmoq va boshqalar) shakllarida qo‘llanadi {6-191, 1-98, 7-249-betlar}. O‘che: dumba, quyruq. Misol: Uzog‘dagi quyruqdan, yaqinidagi o‘pka yaxshi. {1-119, 6-191 betlar} Ammo Navoiy asarlaridan Abdulla Ruyiyn e’tibori bilan nashr bo‘lgan lug‘atnoma asarining 364 sahifasida bu so‘z borasida bunday deb yozilgan: tikseri, chape, zid, yelka, katf va shona. {8-364 bet} O‘zbek tilining qipchoq shevasida ko‘proq «dumba» so‘zi ishlatiladi. «Quyruq» so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida faol va tirik so‘zlardan desak, to‘g‘ri keladi, chunki hozir ham ishlatiladi, ammo «o‘che» so‘zining ishlatilishi kam uchraydi. O‘g‘on: boshqa, o‘zga, g‘ayr, begona. {6-197 bet} Misol: Yomon o‘zini bilmas, o‘zga(ni) ko‘zga ilmas (maqol). Odatdagidan boshqacha, o‘zgacha. Misol: Bog‘ning har bir burchagida o‘zga latofat bor edi. Bu so‘zni hozirgi zamonda na shifohiy va na yozma shaklda ishlatilishini ko‘rmay turibman. Bunday so‘zlarni topib ishlatish lozim. O‘ksok: tuban, oz, past, kam. Sharhi: muddat, son yoki miqdor jihatdan ko‘p bo‘lmagan; kam. Misol: Bahorga oz qoldi. 2. Yetarli emas, qanoat darajasida emas. Misol: Bilimi oz kishi. Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 430 3. Kamdan-kam, ba’zan, biron vaqt. Misol: Darsga oz qatnashmoq. {1-119, 6-197 betlar} O‘g‘ut: yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib aytiladigan gap, nasihat. Bu so‘zni bugun «o‘git» deb talaffuz qiladilar – pand, andarz ham deb aytiladi. {6-197 bet} Ulos: el, odam, xalq. Bir mahalla yoki chegaralangan bir joyda yashaydigan kishilar jamiyatiga aytiladi. Ushbu so‘zni na faqat o‘zbeklar, balki pushtunlar, tojik va dariy tillar ham ishlatadilar, ammo ularning yozuv va ishlatishida «ulos» holida emas, balki «wolas – wolaswali – wolesi jirga» deb yozib ishlatadilar. {2-89, 1-121 betlar} Ichko: ichiladigan narsa, ichkilik, sharob, araq… {1-127 bet} Hozirgi zamonda bu so‘z nafaqat ishlatilmayapti, balki esdan chiqqanga ham o‘xshaydi, ammo bu so‘zning o‘rnida «ichkilik» so‘zini ishlatib turishgan. Endi bu so‘zdan ma’lumki, buning ham talaffuzi va yozish shakli bilan qo‘shiladigan qo‘shimchasi ham o‘zgargan. Erdam: tetik, ho‘shyor, peshqadam, faol, jihozlangan, peshqadam. Izoh: Zehni o‘tkir, faol, tez biladigan va tushunadigan kishiga aytiladi. Hushmand, ho‘shyor ya’ni boshqalardan ajralib, donish va bilimi bilan aql va miyasidan yaxshi chiqadigan kishi sifatida aytiladi. Urush yoki jasoratda boshqalardan ilgarilab boradigan va fido bo‘ladigan kimsalar uchun ham ishlatiladi. Bu so‘z, albatta, shunday holati va shakli bilan ma’nosi o‘zgarmagan holda ishlanib turibdi. {8-325, 1-127 betlar} Egin: orqaning yelka va bo‘yin orasidagi ustki qismi; ust. Yelka, shona, katf. Misol: Eginida eski oq chit ko‘ylak. Baxtga qarshi bugungi ko‘p tildoshlarimiz bunday yaxshi so‘zni qo‘yib, boshqa tilda bo‘lgan bu so‘z «shona»ni ishlatib yurishgan... {1-131, 7-248 betlar} Baro: qal’a devori, qo‘rg‘on devorining o‘q otadigan pana joyi. Yurt, nomus, eldan himoya qiluvchi yoki xavfsizlikni ta’minlash uchun xavfli yoki qarshi guruhlardan o‘zini himoya qilish maqsadida pana joylar devori, xususan o‘q otadigan joy aytiladi. Bu so‘z ham ishlatishdan esdan chiqqan so‘zlarimiz bo‘lishi mumkin. {12-87 bet} Bortaq: quyi-yuqori ya’ni past va baland. Tekis emaslik va notekislik. Izoh: Bu so‘zning aynan shunday holatda ishlatilmagani aniq, ammo tekis va tekis emas so‘zlari ishlanib turibdi. Ayniqsa bunday so‘zlar bobo-momolar tillarida qolgan, xolos. {6-208 bet} Boronchak: yupqa ipakdan to‘qilgan ro‘mol, ustiga tashlanadigan yopinchik, yuzga tashlanadigan ipak parda. {1-139, 3-131 betlar} Boron‘g‘i: ilgari o‘tgan zamon, oldingi, avvalgi. Izoh: Oldingi, ilgari bo‘lib o‘tgan; eski, qadimgi. Misol: Ikki yil boron‘g‘i odam emasman. Bu so‘zning shakli umuman o‘zgarmagan, balki faqatgina «g‘i» qo‘shimchasi «gi» qo‘shimchasi bilan hozir ham ishlanib turibdi. Haqiqatda ham Navoiy zamonidagi shunday qo‘shimchalarning shakli va talaffuzi bilan yozma harflari o‘zgargan, masalan: uygha bilan uyga. G‘a – ga... {1-141, 10-302 betlar} Bo‘zg‘on: xaroba va vayrona. Bu so‘zning ham ishlatilishi juda oz, hattoki ishlatilmayapti ham. {9-274 bet} Bezgak: tibrash, isitma. Isitma bo‘lgan paytda shunday holat bilan Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 431 uchrashish mumkin bo‘ladigan holatning nomi. {6-211 bet} Tag‘i: «dag‘i» deb ham talaffuz bo‘lgan va yozilgan. Yana, boshqa, so‘nggi, g‘ayr degan ma’no. {8-288 bet} Tamoq: jahannam, do‘zax. Bu so‘zning ishlatilishi hozirgi kunda eskidan ko‘ra kamroq bo‘lgan, chunki bugungi kunda «tamoq» o‘rnida ko‘proq «do‘zax – jahannam» so‘zlari ishlatiladi. {3-141 bet} Tovachi: podshohning buyruq va topshiriqlarini tegishli joylarga yetkazuvchi va amalga oshiruvchi amaldor. To‘qa: boshliq, urush asbobi. {6-220 bet}To‘g‘an: dog‘, to‘g‘an qo‘ydirmoq, dog‘ bosmoq, temirni qizitib tamg‘a qilib bosmoq. {6-220, 10-364 bet} Tomshuq: iyak, zanj, jag‘, g‘ozaning uchi. Ushbu so‘z hozirgi kunda qipchoq shevasida «tomshiq – tomshig‘» holatda uchraydi va tirik, ishlatiladigan so‘zlardan hisoblansak, to‘g‘ri yozgan bo‘lamiz. {6-223 bet} Tuz: rost kishi, tekis dashtni ham tuz deganlar. {6-221 bet} Tirsak: tirsak. Bugungi kunda ham aynan shu talaffuz va yozuv bilan ma’noda o‘zbek tilida ishlatiladi. {3-187 bet} Jabdoq: qo‘shin otlari uchun zaruriy anjomlar va tayyorgarlik holatining nomi. {6-228 bet} Jald: chaqqon, tez harakat qiluvchi, chaqaloq, teztek, tezkor. {6-229 bet} Joshan: sovut, zirh, qalqon ya’ni sipar, zirh, dir‘. {8-302, 9-304 bet} Jirqamaq: shod va xursand yashamoq, shod yashash. Ushbu so‘zni o‘zbek tilining biron shevasida yoki O‘zbekistonda ishlatiladigan bo‘lmasa-da, Afg‘onistonda hozirgi adabiy kitoblar va o‘zbek tili so‘zlovchilari orasida ishlatilishini ko‘p uchratmaganman. Chog‘: vaqt, payt, zamon. Lahza, shu chog‘ – lahza, fursat. {6-231 bet} Bugungi kunda ushbu so‘zning o‘rnini ko‘proq «vaqt» so‘zi olgan, biroq hali ham ushbu so‘z shunday holatda ma’nosi bilan birga aynan tushunchada ishlatiladi. Chopqon: bo‘ron, kuchli shamol, qor-yomg‘ir aralash bo‘ron, to‘polon holati. Hujum, tazyiq, to‘fon va kutilmagan hujum va bostirib kirish. {6-231 bet} Bugungi kunda bu so‘zning o‘rnida «to‘fon» so‘zi ko‘proq ishlatiladi, biroq o‘zbek tilining qipchoq shevasida, ayniqsa qat’iy hududlarda ushbu so‘zni «eng tez chopadigan inson va ot-hayvon»ga aytadilar. Chuqur: tikandan kattaroq va tezroq bo‘lgan oyoqqa kiruvchi narsalarning uchi. Hozirgi zamonda «chuqir» ham talaffuz qilinadi. {7-254 bet} Chiri: qamish qoplamasi. Dan tuzatilgan yoki yasalg‘an uy, qamishlik qoplama. Hamda chirmamoq, o‘rab olmoq va o‘rash. {6-234, 235 betlar} Chin: rost, to‘g‘ri, durust. Aniq, ravshan, ma’lum. {6-235 bet} Ushbu so‘z hozirgi kunda ko‘p ishlatilmaydi, balki buning o‘rnida «rost» so‘zi ko‘proq ishlatiladi. Ayniqsa qipchoq shevasida ko‘p kishilar: bu so‘z rost, falonchi rost aytadi deb ishlatadilar. Sol: chap, o‘ngning qarshisi. Chap tomon yoki taraf. {6-244 bet} Hozirgi kunda ushbu so‘zning ishlatilishi ham kam uchraydi. Siyo‘q: sheva, tarz, yo‘l-yo‘riq. Yo‘l-yo‘riq, uslub va yo‘l. Hamda qator – saf tortgan. Yana daydu, ovor, sarson ma’nosida ham kelgan. {6-245 bet} Singari: o‘xshash, misol, kabi. {6-246 bet} Bugungi kunda ko‘proq «kabi, misol» so‘zlari Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 432 ishlatiladi. Shaltaq: yerims, bebak, shilqim, arzimas. Kam baho, qadr-qimmati ko‘p bo‘lmagan narsa. {12-276 bet} Qabo: holat, kamon – holat, kamon. {6-252 bet} Bugungi kunda ushbu so‘z ishlanmay qolgan, balki uning o‘rnida «kamin» so‘zi ko‘p ishlatiladi. Qaboq: qobuq – qaboq – qopuq – po‘st, teri va qobiq, qobuq, qabiq talaffuzlariga ham ega. {6-252 bet} Qipchoq shevasida ko‘proq ishlatiladigan shakli «qabiq»dir. Qarin: bugungi «qorin» ham deyiladi (shikast). Bugungi kunda, ayniqsa, qipchoq shevasida aynan shunday yozuv va talaffuz bilan ma’nosi bilan birga ishlatiladi. {6-253 bet} Qari: o‘lchov birligi. Vazn birligi, qarish, belest. {6-253 bet} Qalovuz: yo‘lboshchi, yo‘l ko‘rsatuvchi, izquvar – rahnamo, josus. {6-256 bet} Qulluq: pora, davlat xodimi biror ishni bajarishda oladigan pul. Biron kishi, biron kishiga ishi bajarilishi uchun beriladigan pul yoki shunga o‘xshash narsalarga pora deyiladi. {11-342, 10-301 betlar} Ushbu ish Islom dini jihatidan mutlaqo harom va katta gunohdir, ammo bugungi o‘zbeklar ko‘proq «poraxo‘rlik, pora» so‘zlaridan foydalanadilar. Qutan: qo‘tan, qo‘y qo‘nishi uchun qilingan joy (o‘rin), qo‘ylar uxlaydigan joy. {9-346 bet} Qojin – qo‘chin: qavm. Urug‘, qabila. Qabilaning nomi. {6-258 bet} Ushbu so‘zning ishlatilishi ham o‘zbek tili so‘zlovchilari orasida kam uchraydi va buning o‘rnida «qavm, qabila, urug‘» so‘zlari ishlatiladi. Qonalgha: qush qo‘nadigan joy, odatda qo‘nish joyi. Fors tilida «meydoni havoyi» deyiladi. {3-378 bet} Misol uchun, Afg‘oniston – Kobul qonalghasi, O‘zbekiston mamlakatining qonalghasi. Quya: sariq. Rang yoki bo‘yoqning bir turi nomi. Qizil, yashil, ko‘k va qora kabi bir tur rang nomi. Qilan: tomon, taraf, yo‘nalish. Eski davrlarda «qilan» deb aytishgan, ammo bugungi kunda «tomon, taraf, yo‘nalish» deyiladi. Qirghan: sohil, qirg‘oq. Sohil ya’ni suv oqib turgan daryo qirg‘og‘ini aytadi – yozuvchi – nazari. Ko‘pruk: ko‘prik, bugungi kunda «ko‘pirik» deyiladi. Ba’zi shevalarda «ko‘priq – ko‘prik» ham talaffuz qilinadi va ishlatiladi. {yozuvchining nazari} Ko‘kldash – ko‘kltash: emikdosh, bir onani emgan aka, riziy aka. {9-365 bet} Kumush: kumush. Ushbu so‘z hozirgi kunda ham aynan shunday shaklda va aynan shunday talaffuzda ba’zi joylarda ishlatiladi. Oltindan keyin qiymati yuqori bo‘lgan, qo‘l barmoqlariga taqiladigan narsa. Kent: qishloq, qariya, mahalla. Kichik yoki katta aholi yashaydigan geografik yoki hududga «kent» deyiladi. {10-311 bet} Bugungi kunda ko‘proq bir mamlakatning poytaxti yoki viloyat markaziga «boshkent» termini ishlatiladi. Yarog‘: qurol, aslah, urush asboblaridan birining nomi. Ushbu nom odatda har qanday qurolga aytiladi. Yurosh: Farscha talaffuzlarida «yurush» ham deyiladi. Hamla, hujum. Fars tillilar ushbu so‘zni ko‘proq o‘zbeklardan ko‘ra ishlatadi, ammo o‘zbeklarimiz bugungi kunda buning o‘rnida «hamla, bosqinchi» so‘zlarini ishlatadi. {Yozuvchining o‘z nazari} Yumshoq: Muloyim, yumshoq. {6-279 bet}. Ya’ni, qattiqning ziddi yoki Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 433 qarshisi. Masalan; Erkin: ancha yumshoqlik bilan so‘zlarini aytadi. Hozirgi paytlarda o‘zbeklar, xususan qipchoq shevasida so‘zlaydigan o‘zbeklarning ko‘plari «muloyim» so‘zidan foydalanadilar. Xulosa Ushbu maqolada qayd etilganidek, tanlangan ayrim so‘zlarning talaffuzi va ma’nolari qiyosiy jihatdan tahlil qilindi. Navoiyning barcha asarlarini qunt bilan o‘qib chiqqan holda shunday leksik birliklarning juda ko‘pligini aniqlash mumkin. Bunday izlanishga bel bog‘lagan tadqiqotchilar uchun bu kabi kichik yo‘l-yo‘riqlar ma’lum darajada qo‘llanma bo‘la oladi. Mazkur maqoladan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki: ayrim so‘zlarning berilishi, ma’no izohi, yozilish imlosi va talaffuzi aniq belgilanishi zarur. Shuningdek, Navoiy davrida ishlatilgan ayrim so‘zlarning o‘zbek tilida mavjud bo‘lgani, hozirgi kunda ularning ekvivalenti yoki o‘rnini bosuvchi so‘zlar qay darajada ishlatilayotgani ochib berildi. Maqolani o‘qish orqali Navoiy davrida qo‘llangan ayrim so‘zlarning talaffuzi va shakli bilan ma’nolari, bugungi zamonda esa ularning ishlatiladigan variantlari yoki teng ma’noli so‘zlari aniqlanadi. Bundan tashqari, talaffuz, shakl va ma’no jihatlaridagi o‘zgarishlar qanchalik yuz berganini aniq ko‘rish mumkin bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Altay, Nurulloh. (1386). O‘zbek tili so‘zligi. Nashr: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi. Chop yeri: Malayziya. 2. Insafpur, G‘ulom Roza. (1328). Farhang Kamil Forsiy. Chop: Gulshan. Kutubxona-ye Melli-ye Eron. 3. Imaq, Doktor Fayzulloh. (?). Farhangi Turkī o‘zbekī ba forsī-darī. 4. Xonlari, Zahrayi. (1375). Farhangi Adabiyot-e Jahan. Intishoroti Xorazmī. Tehron. 5. Navoiy, Amir Alisher. (1388). Muhokamat ul-lug‘atayn. Nashrgah tayyorlovchi: Toshqin Bahoyī. Qobul: Intishoroti Afg‘on Press. 6. Navoiy, Amir Alisher. (1389). Lug‘atnoma. Nashrgah tayyorlovchi: Abdulla Ruyin. Qobul: Intishoroti Navoiy va Bobur Fondi. 7. Navoiy, Amir Alisher. (1388). Holoti Sayyid Hasan Ardashir. Nashrgah tayyorlovchi: Abdulla Ruyin. Qobul: Intishoroti Navoiy va Bobur Fondi. 8. Navoiy, Amir Alisher. (1388). Mahbub ul-qulub. Nashrgah tayyorlovchi: Abdulla Ruyin. Qobul: Intishoroti Navoiy va Bobur Fondi. 9. Navoiy, Amir Alisher. (1385). G‘aroyib us-sig‘ar. Nurulloh Altay e’tibori bilan, Shibirg‘on: Intishoroti Jahoniy.