PEDAGOGIKA FANINIG TARIXI TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 137 DOI: https://10.5281/zenodo.17475671 PEDAGOGIKA FANINIG TARIXI TARAQQIYOT BOSQICHLARI Abdusattarova Munavvarxon Abdurahmon qizi Namangan viloyati Namangan shahar MMTB ga qarashli 85-umumiy o‘rta ta’lim maktabining. Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qtuvchisi. Pedagogika — bu insonni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. Har bir xalqning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishida, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Pedagogika fani uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan bo‘lib, har bir davr o‘ziga xos pedagogik qarashlar, metodlar va tarbiya tizimi bilan ajralib turgan. Mazkur maqolada pedagogika fanining paydo bo‘lishi, uning taraqqiyot bosqichlari, mashhur pedagog olimlarning qarashlari haqida umumiy tahlil beriladi. Qadimgi davrlarda pedagogik fikrlarning paydo bo‘lishi Pedagogik g‘oyalar qadimdan mavjud bo‘lib, ular dastlab diniy, axloqiy qarashlar bilan bog‘liq holda rivojlangan. Qadimgi Xitoyda Konfutsiy, Hindistonda Budda, Yunonistonda Sokrat, Platon va Aristotel kabi faylasuflar tomonidan tarbiya, bilim va axloq masalalari yoritilgan. Masalan, Platon “Davlat” asarida ideal jamiyatni yaratishda ta’limning ahamiyatini ko‘rsatgan. Pedagogika insoniyatning eng qadimiy va eng zarur fanlaridan biridir. U jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lib, har bir davrda o‘ziga xos shakl va mazmun kasb etgan. Bugungi kunda esa pedagogika fani ilmiy-texnologik yutuqlar bilan boyib, insonni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qilmoqda. O‘rta asrlar va Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlariO‘rta asrlarda Yevropada ta’lim cherkov ta’sirida bo‘lgan, diniy yo‘nalishda olib borilgan. Biroq Sharqda, ayniqsa, Movarounnahrda ilm-fan, ta’lim va tarbiya rivoj topgan. Abu Nasr
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 138 Forobiy, Ibn Sino, Imom al-G‘azzoliy, Al-Xorazmiy kabi allomalar pedagogik fikrlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Ibn Sino bolalarni yoshiga qarab o‘qitish zarurligini ta’kidlagan. Uyg‘onish davri va yangi pedagogik g‘oyalarXIV–XVI asrlarda Yevropada Uyg‘onish davri boshlandi. Bu davrda inson shaxsiga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Monten, Erasm Rotterdamskiy, Tomas Mor kabi olimlar bolani mustaqil fikrlashga, ongli ravishda o‘rganishga yo‘naltirish zarurligini ilgari surishdi. Ilmiy pedagogika shakllanishi (XVII–XIX asrlar)Ilmiy pedagogikaning asoschisi deb Yan Amos Komenskiy tan olinadi. U “Buyuk didaktika” asarida ta’lim tizimini ilmiy asosda qurish, bosqichma-bosqichlik, uzluksizlik prinsiplarini belgilab berdi. XIX asrda I. G. Pestalotsi, F. Frebel, K. D. Ushinskiy kabi olimlar pedagogikaning amaliy va nazariy asoslarini rivojlantirdilar. XX asr va zamonaviy pedagogikaXX asrda ta’lim tizimida yangi yo‘nalishlar vujudga keldi. Jon Dyui — tajribaviy ta’lim tarafdori bo‘ldi. A. S. Makarenko — jamoa orqali tarbiya g‘oyasini ilgari surdi. V. A. Suchomlinskiy esa har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. O‘zbekistonda pedagogik fikrlar rivojiO‘zbekistonda pedagogik qarashlar jadidlar davrida yangi bosqichga chiqdi. Abdulla Avloniy, Ismoil G‘aspiriy, Munavvarqori kabi ma’rifatchilar yangi usul maktablarini ochib, ilm-fan, dunyoviy bilimlarni yosh avlodga o‘rgatishni maqsad qilganlar. Mustaqillikdan so‘ng milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya tizimi tubdan isloh qilindi. “Pedagogika” = atamasining fanga kiritilishi. “Pedagogika” = so‘zi yunoncha “paidagogike” (παιδαγωγική) so‘zidan olingan bo‘lib, bu ikki so‘zdan tarkib topgan: “paidos” – bola. “agogos” – boshqaruvchi, yetaklovchi. Dastlab, bu atama qadimgi Yunonistonda bolalarni maktabga olib boruvchi va ularni kuzatuvchi qullarga nisbatan ishlatilgan. Vaqt o‘tishi bilan “pedagog” – ya’ni bolani tarbiyalovchi, o‘rgatuvchi odam degan ma’noni anglatadigan bo‘ldi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 139 Antik davr faylasuflari (Sokrat, Platon, Aristotel) o‘z asarlarida bolalar tarbiyasi, ma’naviyat, axloq-odob masalalariga alohida e’tibor qaratgan bo‘lsa-da, bu hali mustaqil fan emas edi. Ilk bor “pedagogika” termini fan sifatida XVI–XVII asrlarda ishlatilgan. Aynan Yan Amos Komenskiy (1592–1670) tomonidan pedagogik qarashlar ilmiy asosda ishlab chiqilib, u bu sohani mustaqil fan sifatida shakllantirishga asos solgan. XVII asrdan boshlab pedagogika asta-sekin mustaqil ilmiy soha sifatida ajralib chiqa boshladi va o‘z predmetiga ega bo‘ldi: tarbiya, ta’lim, o‘qitish qonuniyatlarini o‘rganish demakdir. Pedagogika nazariyasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: - Didaktika (o‘qitish nazariyasi): Ta’limning mazmuni, shakllari, usullari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Asosiy tushunchalar: bilim, ko‘nikma, kompetensiya, ta’lim tamoyillari. - Tarbiyaviy ishlar nazariyasi: Shaxsni axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi orqali shakllantirish usullarini o‘rganadi. Oila, maktab va jamiyatning tarbiyadagi o‘rni aniqlanadi. - Ta’lim texnologiyalari: Yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar, zamonaviy vositalar yordamida dars o‘tish usullarini tahlil qiladi. - Pedagogika nazariyasining asosiy tushunchalari shakllangan. Tarbiyalash =Shaxsga ijobiy sifatlarni singdirish, shakllantirish. O‘qitish=Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni. Ta’lim=O‘qitish va o‘rganish jarayonining yagona tizimi. Tarbiyachi=Tarbiya jarayonini boshqaruvchi shaxs (o‘qituvchi, ota-ona). Shaxs=Ijtimoiy-tarixiy rivojlangan inson. Pedagogika insoniyat jamiyatining eng qadimgi faoliyatlaridan biri sanaladi. Tarbiya va ta’lim ilk inson jamiyatidan boshlab mavjud bo‘lgan. Har bir xalq, har bir sivilizatsiya o‘ziga xos tarbiya va o‘qitish uslublarini ishlab chiqqan. Qadimgi
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 140 davrlarda pedagogik qarashlar mustaqil fan sifatida emas, balki falsafa, din, axloqiy me’yorlar bilan chambarchas bog‘langan holda shakllangan. XULOSA Xulosa qilib aytganda Qadimgi davrlarda pedagogik qarashlar hali alohida fan sifatida shakllanmagan ularning tamoyillari bugungi zamonaviy pedagogikaning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Sharq va G‘arb olimlari tomonidan ilgari surilgan tarbiya uslublari, bola shaxsi, bilim olish jarayoni haqidagi fikrlar hozirgi ta’lim tizimlarining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan va hozirgi kungacha davom etib kelmoqda deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1 Pedagogika nazariyasi va tarixi Tosh.2020y 2.Ziyo net.com.. 3.O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni (2023yil 23-sentyabr qabul qilingan). https://lex.uz/docs/-5013007 4.Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2021 yil 7 noyabr, №238 5 O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Maxsus tarbiyaga muhtojligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida” 2020-yil 15-oktabr, O‘RQ-641-son. https://lex.uz/ru/docs/5049549 .