scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OILADA O'YIN ILK YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATINING ASOSIY TURI SIFATIDA

Esonova Malohat Akilovna, Abduvaxobova Robiyaxon Ibroxim qizi, Akmalova Sarvinoz Abrorjon qizi

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Oila — bu kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi.” Darhaqiqat, oila jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, inson hayotining tayanchi va baxt manbaidir. Prezidentning fikricha, “Eng katta baxt — oilamiz tinch bo‘lishidir.” Chunki oilada mehr, totuvlik va o‘zaro hurmat bo‘lsa, butun jamiyatda tinchlik va barqarorlik hukm suradi.Shuningdek, davlatimiz rahbari “Oila – mehr va baxt qo‘rg‘oni” ekanligini alohida ta’kidlab, yoshlarni oilaviy hayotga, farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan qarashga chaqiradi. U kishi ayollar ta’limi va faolligiga ham katta e’tibor qaratib, “Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi”, deb ta’kidlaydi.Shu bois, har bir inson oilasini asrash, undagi totuvlik va mehr-oqibatni mustahkamlashga intilishi lozim. Zero, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham, davlat ham mustahkam bo‘ladi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 28 OILADA O’YIN ILK YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATINING ASOSIY TURI SIFATIDA Esonova Malohat Akilovna1, Abduvaxobova Robiyaxon Ibroxim qizi2, Akmalova Sarvinoz Abrorjon qizi3 1Qo'qon davlat universiteti dotsenti, 2,3Qo‘qon DU Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17476117 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Oila — bu kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi.” Darhaqiqat, oila jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, inson hayotining tayanchi va baxt manbaidir. Prezidentning fikricha, “Eng katta baxt — oilamiz tinch bo‘lishidir.” Chunki oilada mehr, totuvlik va o‘zaro hurmat bo‘lsa, butun jamiyatda tinchlik va barqarorlik hukm suradi.Shuningdek, davlatimiz rahbari “Oila – mehr va baxt qo‘rg‘oni” ekanligini alohida ta’kidlab, yoshlarni oilaviy hayotga, farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan qarashga chaqiradi. U kishi ayollar ta’limi va faolligiga ham katta e’tibor qaratib, “Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi”, deb ta’kidlaydi.Shu bois, har bir inson oilasini asrash, undagi totuvlik va mehr-oqibatni mustahkamlashga intilishi lozim. Zero, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham, davlat ham mustahkam bo‘ladi. Oʻyin — tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri. Oʻyin insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, sport, harbiy va boshqalar mashqlar, shuningdek, sanʼat, ayniqsa uning ijro shakllari bilan qoʻshilib kelgan.SHu jihatdan xorijiy davlatlarda, jumladan, Buyuk Britaniyada tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tizimi tajribalarini tadqiqot doirasida o‘rganildi va tahlil qilindi. Uzoq vaqt davomida Buyuk Britaniyada kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun davlat nazoratidagi tashkilotlar faoliyat yuritgan. Hozirgi vaqtda ular zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida, bolalar tarbiyasiga differensiallashgan yondashuvni ta’minlamoqda. Maktabgacha tarbiya tizimining shakllanishi va rivojlanishi M.Montessori [79], G.SHteyner [144], J.Piaje [95], Dj.Bruner [144]g‘oyalari ta’sirida yuz bergan.Mamlakatda barcha bolalarni 5 yoshdan qabul qilinadigan maktab ta’limiga tayyorlash uchun maktabgacha muassasalar etarli emas. Ularning asosiy turlari davlat va xususiy yaslilari, yasli maktablar, yasli sinflar, o‘yin klublari, ona va bola klublari, “imkoniyatlar” guruhlari hisoblanadi. Ish mazmuniga ko‘ra ularni uch guruhga birlashtirish mumkin: – bolalar parvarishini ta’minlaydigan kunduzgi yaslilar; – bolalarni aqliy rivojlantirish, maktabga tayyorlash tashkilotlari sifatidagi yasli sinflar va maktablar; – o‘yin guruhlari, ona va bola klublari, “imkoniyatlar” guruhlari. Mintaqaviy kunduzgi yaslilarini bir necha oylikdan 4-5 yoshgacha davrdagi bolalar uchun mahalliy hokimiyat organlari ochadilar. Ular yil davomida soat 8 dan 18 ga qadar ishlaydilar va kam daromadli ota-ona farzandlari uchun mo‘ljallangan. O'yin — ilk yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmuni bo'lib, ularning rivojlanishi, o'zligini namoyon etishi va takomillashuv jarayonida muhim rol o'ynaydi. Bu «bolalikning hamrohi» bolalarga atrof-muhit bilan tanishish, ijtimoiy ko'nikmalarni o'rganish, jismoniy hamda aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 29 Rivojlanishning asosiy vositasi: O'yin bolalar uchun dunyoni o'rganishning eng muhim usulidir. SHu jihatdan xorijiy davlatlarda, jumladan, Buyuk Britaniyada tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tizimi tajribalarini tadqiqot doirasida o‘rganildi va tahlil qilindi. Uzoq vaqt davomida Buyuk Britaniyada kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun davlat nazoratidagi muassasalar faoliyat yuritgan. Hozirgi vaqtda ular zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalari sifatida, bolalar tarbiyasiga differensiallashgan yondashuvni ta’minlamoqda. Maktabgacha tarbiya tizimining ular o'yin orqali atrof-muhitdagi narsalar, hodisalar va odamlar bilan o'zaro munosabatlarni o'rganishadi. Shaxsiyatni shakllantirish: O'yinlar bolalarga o'zini namoyon etish, o'z tuyg'ularini ifodalash va o'z qobiliyatlarini sinab ko'rish imkoniyatini beradi, bu esa shaxsiyat rivojlanishiga yordam beradi. Ijtimoiy ko'nikmalarni o'rganish: Boshqa bolalar bilan o'ynash orqali ular hamkorlik qilish, navbat kutish, o'zgalar bilan muloqot qilish va muammolarni birgalikda hal qilishni o'rganadilar. Jismoniy rivojlanish: Harakatli o'yinlar bolalarning jismoniy salomatligini mustahkamlaydi, motor ko'nikmalarini rivojlantiradi va energiyalarini to'g'ri sarflashiga yordam beradi. Aqliy rivojlanish: O'yin jarayonida bolalar tasavvur, xotira, mantiqiy fikrlash va muammoni yechish kabi aqliy qobiliyatlarini o'stirishadi. Ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirish: O'yinlar bolalarni o'z tasavvur dunyolarini yaratishga undaydi, bu ijodkorlik va erkin fikrlashning rivojlanishiga sabab bo'ladi.Biz bolaning psixik taraqqiyotini o'yin faoliyatisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o'yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O'yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o'rganibgina qolmay, balki nutq so'zlashga, mustaqil fikrlashga, xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o'rganadi. O‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi bo‘lib, uning psixologik, pedagogik va tarbiyaviy ahamiyati juda katta. O‘yin jarayonida bola nafaqat zavq oladi, balki aqliy, jismoniy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishga erishadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, o‘yin bolaning hayotiy tajribasini kengaytiruvchi, uni kattalar hayotiga tayyorlovchi asosiy vositadir. Ilk yoshdagi bolalarga xos o‘yinlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat: 1. Didaktik o‘yinlar Didaktik o‘yinlar bolalarda elementar bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular yordamida rang, shakl, hajm, tovush, son va so‘zlarni o‘rgatish mumkin. Masalan, turli shakllarni ajratish, kartochkalardan mos rasmni topish yoki tovushlarni eshitib farqlash kabi o‘yinlar bolaning bilish faoliyatini rivojlantiradi. 2. Harakatli o‘yinlar Harakatli o‘yinlar jismoniy rivojlanishning eng muhim vositasidir. Bu turdagi o‘yinlar yugurish, sakrash, to‘p bilan o‘ynash, yugurib quvlash kabi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Harakatli o‘yinlar bolada tezkorlik, kuch, chaqqonlik, muvozanatni rivojlantirish bilan birga, sog‘lomlashtiruvchi vazifani ham bajaradi. 3. Rolli o‘yinlar Rolli o‘yinlar orqali bola kattalarning ijtimoiy hayotini aks ettiradi va o‘zicha takrorlaydi. Masalan, “Shifokor–bemor”, “Ona–bola”, “Do‘konchi–xaridor” kabi o‘yinlarda bola hayotiy vaziyatlarni ijro etadi. Bu esa uning muloqot madaniyatini, hamkorlik ko‘nikmasini, ijtimoiy rollarni anglash va o‘zlashtirish qobiliyatini shakllantiradi. 4. Ijodiy o‘yinlar Ijodiy o‘yinlar bolaning tasavvurini kengaytiradi, estetik didini rivojlantiradi. Ular rasm chizish, loy yoki plastilindan buyum yasash, qo‘shiq aytish, ertak REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 30 to‘qish kabi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Ijodiy o‘yinlar bola shaxsida mustaqil fikrlash va ijodkorlik sifatlarini shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega. 5. Konstruktiv o‘yinlar Konstruktiv o‘yinlar (konstruksiya qilish, qurilish o‘yinlari) bolaning mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi. Kublar, lego, turli geometrik shakllardan foydalanib, bino, ko‘prik yoki boshqa predmetlar yasash orqali bola nafaqat qurish-tuzishni, balki sabr-toqatni ham o‘rganadi. Ilk yoshdagi bolalarga xos o‘yin turlari bolaning jismoniy, aqliy, ma’naviy va ijtimoiy rivojida yetakchi rol o‘ynaydi. Har bir o‘yin turi bolaning muayyan qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun maktabgacha ta’limda tarbiyachilar va ota-onalar o‘yin faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishlari, uni tarbiyaviy maqsadlarda samarali qo‘llashlari zarur. O’yin faoliyatini tashkil etishda tarbiyachi va ota-onaning vazifalari. O‘yin faoliyati bolaning eng muhim rivojlanish vositasi hisoblanadi. Uni to‘g‘ri tashkil etish uchun tarbiyachi va ota-onaning hamkorligi zarur. 1. Tarbiyachining vazifalari Bolalar yoshiga mos o‘yin turlarini tanlash va ularni to‘g‘ri tashkil qilish. O‘yin jarayonida bolaning qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish. Didaktik, harakatli, rolli va ijodiy o‘yinlarni muvozanatli qo‘llash. O‘yin orqali bilim, ko‘nikma va ijtimoiy tajribani shakllantirish. Jamoada o‘ynash ko‘nikmasini rivojlantirish, hamkorlik va muloqot madaniyatini tarbiyalash. O‘yin jarayonida bola xulq-atvorini kuzatib, individual yondashuvni amalga oshirish. 2. Ota-onaning vazifalari Uy sharoitida bolaning o‘yinlari uchun qulay muhit yaratish. Bolaga yoshiga mos o‘yinchoqlar va rivojlantiruvchi vositalar tanlash. Bolaning o‘yin faoliyatida faol ishtirok etish va uni qo‘llab-quvvatlash. O‘yin orqali bolaning qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish. Tarbiyachi bilan hamkorlik qilib, bolaga berilayotgan tarbiya va ta’limda izchillikni ta’minlash. Bolaning o‘yinidagi ijodkorlik va tashabbusini qadrlash, uni rag‘batlantirish. O‘yin faoliyatining samarali tashkil etilishi tarbiyachi va ota-onaning birgalikdagi mehnatiga bog‘liq. Tarbiyachi o‘yinni pedagogik maqsadga yo‘naltirsa, ota-ona uni uyda davom ettiradi. Shu tarzda bola o‘z qiziqishlari asosida har tomonlama rivojlanadi. Xulosa qilib aytganda, o‘yin — bu ilk yoshdagi bolalar hayotining ajralmas qismi bo‘lib, ularning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bola o‘yin orqali atrof-muhitni anglaydi, muloqot qilishni, fikrlashni, mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganadi. O‘yin jarayonida bolalarning nutqi, xotirasi, diqqat-e’tibori, tasavvuri va ijodkorlik qobiliyati shakllanadi. Shu bois tarbiyachi va ota-onalar o‘yin faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishi, bolaning yoshiga, qiziqishiga va rivojlanish darajasiga mos o‘yinlardan foydalanishlari lozim. Chunki o‘yin bola uchun nafaqat hordiq vositasi, balki tarbiya, o‘qish va hayotga tayyorlanishning eng samarali yo‘lidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi Toshkent-2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori "O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi". REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 31 3. Esonova Maloxatxon Akilovna Maktabgacha pedagogika. Oquv qollanma. Toshkent-2022. 4. Nazirova Guzal Malikovna and Mamadjanova Muyassar Nurmatovna. "Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071 11.12 (2022): 415-417. 5. Achilova S. Pedagogical opportunities for the upbringing of physical qualities by purposeful development of action potential in preschool children // International Journal of Social Sciences & Interdisciplinary Researc. Vol.11. Date of publication: 04.04.2022, – P.134143.(IF 7.429). 6. Esanova Malohat MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARGA YO’NALTIRISH USULLARI Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 7. Esonova Maloxat MAKTABGACHA 6-7 YOSHLI BOLALARNI O'QITISHDA MATEMATIK BILIMLAR BERISH Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 8. Esonova Malohat MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING MILLIY VA XORIJIY KONSEPSIYALARI Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain) 2 … 9. Эсонова М. А.ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ РЕЧИ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Экономика и социум, 1086-1089 10. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 11. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168