NAQQOSHLIK MAKTABLARINING RIVOJIGA XISSA QO'SHGAN IJODKORLAR USTALAR
Abstract
O‘zbek xalqi o‘zining qadimiy va boy madaniyati bilan butun dunyoga mashhurdir. O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklari va tuproq osti qismi ulkan tarixiy muzeydir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlardagi har bir arxitektura yodgorligi bu bir buyuk asar. Nodir qo‘lyozmalar, xalq amaliy san’ati namunalari bir vaqtlar o‘zbek xalqining madaniyati naqadar yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi, chunonchi ota-bobolarimiz qurgan binolar, me’morchilik bezaklari, ularning rang-barangligi, geometrik va o‘simliksimon naqshlar ularning kompozitsion tasviri zavq olishga, tarbiyalanishga, ular orqali orzu-umidlarni, muhabbatni xalqqa izhor etishga chorlaydi.
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 150 DOI: https://10.5281/zenodo.17476220 NAQQOSHLIK MAKTABLARINING RIVOJIGA XISSA QO‘SHGAN IJODKORLAR USTALAR Sultonova Maxliyo Mustaqil tadqiqotchi O‘zbek xalqi o‘zining qadimiy va boy madaniyati bilan butun dunyoga mashhurdir. O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklari va tuproq osti qismi ulkan tarixiy muzeydir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlardagi har bir arxitektura yodgorligi bu bir buyuk asar. Nodir qo‘lyozmalar, xalq amaliy san’ati namunalari bir vaqtlar o‘zbek xalqining madaniyati naqadar yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi, chunonchi ota-bobolarimiz qurgan binolar, me’morchilik bezaklari, ularning rang-barangligi, geometrik va o‘simliksimon naqshlar ularning kompozitsion tasviri zavq olishga, tarbiyalanishga, ular orqali orzu-umidlarni, muhabbatni xalqqa izhor etishga chorlaydi. Xonliklar davrida xalq amaliy san’ati ustalari Xiva, Qo‘qon, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarga yig‘ila boshladilar. Ko‘pincha Farg‘ona va Buxoro naqqoshlari Samarqandga, Qo‘qon, Marg‘ilon ustalari Toshkentga kelib ko‘pgina binolarni bezar edilar. Bu esa naqqoshlik maktablarining yanada rivojlanishiga, o‘ziga xos kompozisiyalarning yaratilishiga, ranglar majmuasini yanada boyitishda juda katta rol o‘ynaydi. Lekin bu naqshlar bir-biriga o‘xshasada, har bir naqqoshlik maktabi o‘zining alohida kompozisiyasi, ish uslubi, rang koloriti bilan ajralib turadi. Toshkent naqqoshlik maktabi. Toshkent naqshlari o‘zining nafisligi va ranglarning bir-biriga asta-sekin o‘tishi, aniq bir koloritga qat’iy rioya qilinishi, geometrik va o‘simliksimon naqshlarning ko‘p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Naqshlar ko‘pincha yashil gammada ishlanadi. Islimiy naqshlarda oygul, paxta, bofta,uch barg, shukufta, bargli gul va boshqa elementlar aniq stillashtirtlgan murakkab girih naqshlari
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 151 ham keng qo‘llanilgan. Naqqosh ustalardan Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Jalil Xakimov, Toir To‘xtaxo‘jayev, Zokir Bositxonov, Maxmud To‘rayev, Anvar Ilhomov, Komil Karimov, va boshqalar Toshkent naqqoshlik maktabi asoschilaridirlar. Y.Raufov tojik naqqoshlik maktabining ananalarini saqlagan holda ajoyib kompozisiyalar yaratgan. Ijodkor o‘zbek-tojik naqshlarining boy madaniy merosidan mohirona foydalanib, ko‘pgina islimiy va geometrik naqsh kompozisiyalarini yaratdi. Uning naqshlari ranglarining yorqinligi hamda bir-biriga uyg‘unligi bilan ajralib turadi. U o‘z kompozisiyalarida yangi-yangi elementlarni kashf etgan. Y.Raufov naqshlarni bo‘rttirib, kundal texnikasidan ham foydalandi. T.To‘xtaxo‘jayev murakkab uslubdagi naqsh kompozisiyalarini tuza olgan. Ustaning oltinsimon-jigarrang koloritdagi naqshi Toshkent naqqoshlik maktabining rivojlanishida qo‘yilgan yangi bir qadam bo‘ldi. O‘zbek naqqoshlik maktabini rivojlantirishda samarali hissa qo‘shgan Olimjon Qosimjonovning talantli shogirdi, naqqoshlik bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratgan, juda ko‘p shogirdlarning ustozi - O‘zbekiston xalq rassomi Jalil Xakimovdir. Xiva naqqoshlik maktabi. Xiva naqshi Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Buxoro naqshidan tubdan farq qiladi. Xiva naqshida asosan zangori va yashil ranglar juda ko‘p ishlatilgan. Islimiy naqsh kompozisiyasida novda, marg‘ula, shukufta, barg, no‘xat, gul, oddiy oyguldan tashkil topadi. Ko‘pincha yulduz hosil qiluvchi girihlar ishlatilib, orasi spiralsimon islimiy naqsh bilan boyitilgan. Xiva naqshlari umuman madoxilli naqshlar asosida tuziladi. Islimiy naqsh esa spiralsimon mayda qilib ishlanadi. Xiva naqqoshlik maktabining yorqin namoyandalari Abdulla Boltayev, Ro‘zimat Masharipov, Odamboy Yoqubov, Eshmurod Sapayev va boshqalar. Buxoro va Samarqand naqqoshlik maktablari. Buxoro naqshi kompozisiyalarining murakkabligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi. Buxoro naqshlarida murakkab girihlar aniq va puxta o‘lchamda ishlatilishi, o‘simliksimon naqshlarning yaproq, meva, gul barglar ritmiga alohida e’tibor berilishi bilan farqlanadi. Samarqand naqshlari Toshkent, Farg‘ona naqshlariga o‘xshab ketadi. Samarqand naqshlari o‘ta guldorligi, barg va gullarining o‘ta harakatchanligi,jonliligi bilan farq qiladi.Naqishlar avval zangori, keyin esa yashil rang gammasida ishlangan. Usta Rahmonqul, usta Jamoliddin, usta Abduzoxid, usta Sharif, usta Alimjon, usta Boqi, keyinchalik usta Jalol va Bolta
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 152 Jalilovlar kabi naqqoshlar Samarqand naqqoshlik maktabini yaratilishiga asos soldilar va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdilar. Ota-bobolarimizni qadimdan yaratib kеlgan naqshlarini qayta tiklashda ustaning xizmatlari kattadir. J.Xakimovning naqshlarini e’tibor bеrib kuzatsak, undagi naqshlar elеmеntlarga boyligi, aniq, rovonligi, yorqin yashil koloritda bo‘lishi bilan ajralib turadi. U gulli girix kompozitsiyalarini juda ko‘p ishlagan. J.Xakimov o‘zbеk milliy Naqqoshlik san’ati an’analarini puxta egallagan, uni samarali davom ettirgan san’atkordir. Usta naqshlagan xontaxta, kursi, quticha va boshqa buyumlar dunyoning ko‘pgina davlatlarida yuqori baholangan. Uning ijodi Sharq an’analari ruhida rivojlandi, tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Xiva Naqqoshlik maktabi. Xiva naqshi Samarqand, Toshkеnt, Farg‘ona , Buxoro naqshidan tubdan farq qiladi. Xiva naqshida asosan zangori va yashil ranglar juda ko‘p ishlatilgan. Islimiy Naqsh kompozitsiyasida novda, marqula, shukufta, barg, no‘xat, gul, oddiy oyguldan tashkil topadi. Ko‘pincha yulduz hosil qiluvchi girixlar ishlatilib, orasi spiralsimon islimiy Naqsh bilan boyitilgan. Xiva naqshlari umuman madoxilli naqshlar asosida tuziladi. Islimiy Naqsh esa spiralsimon mayda qilib ishlanadi. Xiva Naqqoshlik maktabining yorqin namoyandalari Abdulla Boltaеv, Ro‘zimat Masharipov, Odamboy Yoqubov, Eshmurod Sapaеv va boshqalar. Naqqosh ustalarning naqqoshlik maktablari rivoji uchun qo‘shgan amaliy xissalari bugungi kun yosh avlodi uchun katta maktab vazifasini bajarib kelmoqda. Grix-grek rum so‘zidan kelib chiqqan. Islimiy-Islomiy Chorsi chekkasida vatanimga xizmat qilaman deb yozilgan. Piyola alloh bergan ne’mat degan ma’noni anglatadi. Arab yozuvini 6 xil uslubi bor. Yozuvlar logika so‘zidan kelib chiqqan. Emblema+logika logotip. Kvadrat naqsh tilida musammal mukammallik. O‘zabkiston naqqoshlik san’atining rivojlanishi O‘zbek xalqining qarovsiz yotgan madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini saqlash va madaniy me’rosini to‘plashni davlatimiz o‘z zimmasiga oldi. Madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyati tuzildi. Naqqosh ustalar ham boshqa ustalar qatori masjid, madrasa, turar joylarni, saroylarni ta’mirlashni boshlab yubordilar. 30yillardan so‘ng ko‘pgina jamoat uylari, choyxonalar, madaniyat uylari, saroylari va boshqa joylarni yog‘och naqsh va ganj bilan bezatila boshlandi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 153 O‘zbekiston restorani va pavilionlarini bezashga naqqoshlarni safarbar qilindi. U yerda ajoyib namoyonlar, qandillar, o‘yma eshiklar, o‘yma ganjlar va naqshlar bilan bezatiladi Samarqand va Buxoroning eng yaxshi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Bositxonov Z. Xandasiy Naqsh (girix)larning yеchimlari. –T.: «Ochiq Jamiyat Instituti Ko‘mak Jamqarmasining O‘zbеk Vakolatxonasi», 2002 2. Qulomov K. Ashyolarga badiiy ishlov bеrish. -T.: «Bilim», 2004 3. Bulatov S.S. o‘zbеk xalq amaliy bеzak san’ati. -- T.; 2016