scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OSIYO DAVLATLARI TAJRIBALARI ASOSIDA OTA-ONALARNING MAKTABGACHA TARBIYADAGI ROLI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Rahimjonova Shohsanam Madaminjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada Osiyo mamlakatlari tajribasi asosida ota-onalarning maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi roli, ularning pedagogik va psixologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim jarayonida ota-onalarning ishtirokini kuchaytirish, oilaviy tarbiya va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni zamonaviy metodlar asosida yo‘lga qo‘yishning samarali yo‘llarini aniqlashdir. Maqolada Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va Singapur kabi Osiyo davlatlarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi pedagogik mas’uliyati, raqamli platformalardan foydalanish tajribalari hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘rganiladi.Tahlillar natijasida aniqlanishicha, mazkur mamlakatlarda ota-onalar nafaqat farzand tarbiyasi, balki ta’lim jarayonining to‘laqonli sub’ekti sifatida qaraladi. Shuningdek, ularning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, ota-onalar uchun psixologik maslahat markazlarini tashkil etish va bolalarning individual rivojlanishiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish tizimlari samaradorlikni oshirmoqda.O‘zbekiston uchun ushbu tajribalarni moslashtirish orqali ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida oila bilan hamkorlikni mustahkamlash va tarbiya sifatini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 45 OSIYO DAVLATLARI TAJRIBALARI ASOSIDA OTAONALARNING MAKTABGACHA TARBIYADAGI ROLI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR Rahimjonova Shohsanam Madaminjon qizi Namangan Davlat Pedagogika Instituti, 70110201 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) mutaxasisligi 2kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17476357 Annotatsiya. Ushbu maqolada Osiyo mamlakatlari tajribasi asosida ota-onalarning maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi roli, ularning pedagogik va psixologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim jarayonida ota-onalarning ishtirokini kuchaytirish, oilaviy tarbiya va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni zamonaviy metodlar asosida yo‘lga qo‘yishning samarali yo‘llarini aniqlashdir. Maqolada Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va Singapur kabi Osiyo davlatlarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi pedagogik mas’uliyati, raqamli platformalardan foydalanish tajribalari hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘rganiladi.Tahlillar natijasida aniqlanishicha, mazkur mamlakatlarda ota-onalar nafaqat farzand tarbiyasi, balki ta’lim jarayonining to‘laqonli sub’ekti sifatida qaraladi. Shuningdek, ularning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, ota-onalar uchun psixologik maslahat markazlarini tashkil etish va bolalarning individual rivojlanishiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish tizimlari samaradorlikni oshirmoqda.O‘zbekiston uchun ushbu tajribalarni moslashtirish orqali otaonalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida oila bilan hamkorlikni mustahkamlash va tarbiya sifatini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: ota-ona, maktabgacha ta’lim, Osiyo mamlakatlari tajribasi, pedagogik hamkorlik, psixologik yondashuv, raqamli platformalar, samaradorlik. Аннотация. В статье анализируется роль родителей в воспитании детей дошкольного возраста, их педагогические и психологические подходы на основе опыта стран Азии. Основная цель исследования — выявление эффективных путей активизации участия родителей в процессе дошкольного образования, налаживание взаимодействия семейного образования и образовательных учреждений на основе современных методов. В статье рассматривается педагогическая ответственность родителей в воспитании детей, опыт использования цифровых платформ и механизмы психологической поддержки в таких странах Азии, как Южная Корея, Япония, Китай и Сингапур.Анализ показал, что в этих странах родители рассматриваются не только как полноправные субъекты воспитания детей, но и как полноценные субъекты образовательного процесса. Кроме того, развитие их цифровых компетенций, создание центров психологического консультирования родителей и систем анализа данных об индивидуальном развитии детей способствуют повышению эффективности их работы. Обоснованы возможности повышения педагогической культуры родителей, укрепления взаимодействия с семьями в дошкольных образовательных учреждениях и повышения качества воспитания детей путем адаптации этого опыта для Узбекистана. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 46 Ключевые слова: родители, дошкольное образование, опыт стран Азии, педагогическое сотрудничество, психологический подход, цифровые платформы, эффективность. Abstract. This article analyzes the role of parents in raising preschool children, their pedagogical and psychological approaches based on the experience of Asian countries. The main goal of the study is to identify effective ways to strengthen the participation of parents in the preschool education process, establish cooperation between family education and educational institutions based on modern methods. The article studies the pedagogical responsibility of parents in raising children, experiences in using digital platforms, and psychological support mechanisms in Asian countries such as South Korea, Japan, China, and Singapore. The analysis revealed that in these countries, parents are considered not only as fullfledged subjects of raising children, but also as full-fledged subjects of the educational process. In addition, the development of their digital competencies, the establishment of psychological counseling centers for parents, and systems for analyzing data on the individual development of children are increasing their effectiveness. The possibilities of improving the pedagogical culture of parents, strengthening cooperation with families in preschool educational institutions, and improving the quality of upbringing are substantiated for Uzbekistan by adapting these experiences. Keywords: parents, preschool education, experience of Asian countries, pedagogical cooperation, psychological approach, digital platforms, effectiveness. Kirish. Zamonaviy jamiyatda inson kapitalining rivojlanishi bevosita ta’lim tizimining sifatiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayonning eng muhim bosqichi – maktabgacha ta’lim hisoblanadi. Chunki aynan shu davrda bolaning shaxsiy fazilatlari, bilish qobiliyatlari, ijtimoiy moslashuvchanligi va psixologik barqarorligi shakllanadi. Shu bois, maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyasi nafaqat ta’lim muassasalari zimmasiga, balki eng avvalo oila, ya’ni otaonalarga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Bolaning dastlabki ijtimoiylashuvi, ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishi va emotsional rivojlanishi oiladagi muhit bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi globallashuv jarayonida dunyo ta’lim tizimida kechayotgan o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalar joriy etilishi, insonparvarlik va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning kuchayishi ota-onalarning tarbiya jarayonidagi rolini qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. Xususan, Osiyo mamlakatlarining ilg‘or tajribalari shuni ko‘rsatadiki, bola tarbiyasida oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uzviy hamkorlik tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi muhim omildir. Masalan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Singapur, Malayziya va Hindiston kabi mamlakatlarda maktabgacha ta’lim siyosatida ota-onalarning faol ishtirokini ta’minlash davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu mamlakatlarda ota-onalar pedagogik jarayonning ajralmas ishtirokchisi sifatida qaraladi. Ular nafaqat farzandining kundalik rivojlanishini kuzatadi, balki maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini baholash, dasturlarni takomillashtirish va psixologik muhitni sog‘lomlashtirishda ham ishtirok etadi. 1 Masalan, Janubiy Koreyada “Parent Education Program” loyihasi orqali ota-onalar uchun pedagogik seminarlar, onlayn treninglar va maslahatlar yo‘lga qo‘yilgan. Yaponiyada esa maktabgacha 1 Асранбоева, М. Х. Психологическое влияние родительских отношений в семье на образование детей. Вестник интегративной психологии, 14. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 47 muassasalar ota-onalar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, bolalar faoliyatini birgalikda tahlil qiladi. Xitoyda esa “Ota-onalar maktabi” tizimi mavjud bo‘lib, unda psixologlar, pedagoglar va tibbiy mutaxassislar hamkorligida oilaviy tarbiya madaniyatini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy psixologik tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, bola tarbiyasida otaonaning emotsional qo‘llab-quvvatlashi, ijobiy muloqoti va mehr-muhabbat muhiti bolaning kelajakdagi o‘ziga ishonchi, ijtimoiy faolligi hamda intellektual rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish, ularni zamonaviy psixologik yondashuvlar asosida tayyorlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.O‘zbekiston Respublikasida ham maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan. “Maktabgacha va maktab ta’limi to‘g‘risida”gi Qonun, davlat dasturlari hamda raqamli platformalar orqali otaonalar va pedagoglar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda. Ammo bu borada xalqaro, ayniqsa Osiyo mamlakatlari tajribalarini chuqur o‘rganish va milliy amaliyotga moslashtirish ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu maqolada Osiyo mamlakatlarining ilg‘or tajribalari asosida ota-onalarning maktabgacha ta’limdagi o‘rni, ularning pedagogik va psixologik jihatdan tayyorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlar orqali O‘zbekiston sharoitida ota-onalar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. METODLAR Bo’limi: Mazkur tadqiqotda ota-onalarning maktabgacha ta’limdagi rolini o‘rganish, Osiyo mamlakatlari tajribasini tahlil qilish hamda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarni aniqlash jarayonida bir qator ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanildi. 2 1. Nazariy tahlil usuli. Ushbu usul yordamida Osiyo mamlakatlarining maktabgacha ta’limga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlari, ilmiy maqolalar, monografiyalar va xalqaro tashkilotlarning (UNESCO, UNICEF, OECD) tavsiyalari o‘rganildi. Bu orqali ota-onalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ularning pedagogik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar tahlil qilindi. 2. Empirik (amaliy) usullar. Kuzatuv usuli orqali ota-onalarning bolalar tarbiyasidagi ishtiroki, pedagoglar bilan hamkorlikdagi faoliyati, ularning bolalar bilan muloqoti jarayoni o‘rganildi.Suhbat va intervyu usuli yordamida ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlarning fikrlari, tajribalari hamda muammoli jihatlari tahlil qilindi. So‘rovnoma usuli orqali otaonalarning pedagogik madaniyat darajasi, ta’lim jarayonida ishtirok etish motivatsiyasi va raqamli texnologiyalardan foydalanish holati haqida ma’lumotlar yig‘ildi. 3. Psixologik tadqiqot usullari. Ota-onalarning farzandlar tarbiyasiga bo‘lgan munosabatini, ularning emotsional qo‘llab-quvvatlash darajasini, muloqot madaniyatini hamda stressni boshqarish qobiliyatini aniqlash uchun psixologik tahlil elementlaridan foydalanildi. Ushbu usul ota-onalarning psixologik tayyorgarligini baholashda muhim rol o‘ynadi. 4. Taqqoslash (komparativ) usuli. Osiyo mamlakatlari — Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Singapur va Malayziyada ota-onalar bilan hamkorlik tajribalari O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimi bilan qiyoslab o‘rganildi. Bu orqali o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan ilg‘or tajribalar belgilandi. 2 Asranbayeva, M. X. (2020). Notoliq oilalarda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining oziga xos xususiyatlari. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 532-535. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 48 5. Kontent-tahlil usuli. Maktabgacha ta’lim sohasidagi ilmiy nashrlar, elektron manbalar va statistik hisobotlar mazmun jihatdan tahlil qilinib, ota-onalarning ishtirokiga oid asosiy tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar aniqlab chiqildi. 6. Statistik umumlashtirish usuli. So‘rov va kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar tizimlashtirilib, ularning asosida ota-onalarning ta’limdagi ishtiroki darajasi, muammolari va rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha xulosalar chiqarildi. 7. Pedagogik modellashtirish usuli. Tadqiqot yakunida Osiyo mamlakatlari tajribalariga asoslangan holda O‘zbekiston uchun mos “Ota-onalar ishtirokini kuchaytirish modeli” konseptual tarzda ishlab chiqildi. Modelda oila, ta’lim muassasasi va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga urg‘u berildi. Shunday qilib, tadqiqot davomida nazariy, empirik, psixologik, taqqoslov, kontent-tahlil va statistik usullar uyg‘un holda qo‘llanildi. Bu esa ota-onalarning maktabgacha ta’limdagi o‘rnini ilmiy asosda o‘rganish, ilg‘or Osiyo tajribalarini tahlil qilish hamda amaliy takliflar ishlab chiqishga imkon yaratdi. NATIJALAR.Tadqiqot davomida Osiyo mamlakatlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari, ota-onalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki hamda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar chuqur o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ota-onalarning faol ishtiroki bolalar rivojlanishining barcha jihatlarida – intellektual, ijtimoiy, emotsional va ma’naviy sohalarda ijobiy natijalar beradi. 1. Osiyo mamlakatlarida ota-onalar ishtirokining samarali modeli Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Singapur va Malayziyada ota-onalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni davlat siyosati darajasida e’tirof etilgan. Bu mamlakatlarda ota-onalar: bolalar tarbiyasiga oid bilimlarni oshirish uchun maxsus o‘quv dasturlarida qatnashadi;maktabgacha muassasalar faoliyatini baholash va takliflar berish huquqiga ega;psixologik maslahat markazlari orqali farzandining shaxsiy rivojlanishini kuzatib boradi;raqamli platformalar yordamida tarbiyachilar bilan doimiy aloqa o‘rnatadi. 3 Masalan, Janubiy Koreyada ota-onalar uchun “Family-School Partnership Program”, Yaponiyada “Parent Involvement System”, Xitoyda esa “Parent Education Schools” tizimlari faoliyat yuritadi. Ushbu yondashuvlar ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshiradi, oila va ta’lim muassasasi o‘rtasida ishonchli hamkorlikni shakllantiradi. 2. Psixologik yondashuvlarning ta’siri Psixologik tahlil natijalariga ko‘ra, bola tarbiyasida ota-onaning emotsional qo‘llabquvvatlashi va muloqot sifati uning shaxsiy o‘sishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ota-onaning mehr, sabr, ishonch va tinglay bilish ko‘nikmalari bola o‘zini qadrlash hissini oshiradi. Tadqiqotda aniqlanishicha, Osiyo mamlakatlarida ota-onalarning psixologik madaniyatini rivojlantirish uchun:oilaviy psixologik treninglar,stressni boshqarish mashg‘ulotlari,ota-onalar uchun maslahat platformalari keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa ota-onalarning pedagogik faoliyatini yanada ongli, tizimli va bolaga yo‘naltirilgan shaklda olib borishiga yordam beradi. 3. O‘zbekiston sharoitida aniqlangan holatlar O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimi tahlil qilinganda, ota-onalar ishtiroki so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Aksariyat ota-onalar farzandining tarbiyaviy faoliyatida bevosita qatnashmoqda, biroq: pedagogik va psixologik bilimlarning yetarli emasligi; 3 Xalimjanovna, A. M. (2024). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatlarni tashkil etishga zamonaviy yondashuv ta’lim bilan amaliyot integratsiyasi. Science and innovation, 3(Special Issue 31), 451-454. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 49 raqamli platformalardan foydalanishdagi cheklovlar;oila va bog‘cha o‘rtasida tizimli aloqa yo‘qligi kabi muammolar mavjud.Shu bois, Osiyo mamlakatlari tajribasini milliy sharoitga moslashtirish ota-onalar madaniyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. 4 4. Taklif etilgan yondashuv va model Tadqiqot natijalari asosida quyidagi konseptual model ishlab chiqildi:ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish uchun onlayn ta’lim kurslari joriy etish;har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ota-onalar klubi” tashkil etish;tarbiyachilar va ota-onalar uchun psixologik treninglar tizimini yo‘lga qo‘yish; ota-onalar va pedagoglar o‘rtasida raqamli aloqa platformasi yaratish (masalan, “Bolam bilan o‘qiyman” portali).Bu model orqali ota-onalar nafaqat farzand tarbiyasida faol ishtirok etadi, balki pedagogik jamoaning hamkor sifatida rivojlanishiga hissa qo‘shadi. 5. Umumiy xulosa O‘rganilgan natijalar asosida quyidagi umumiy xulosalar chiqarildi: 1. Osiyo mamlakatlari tajribasida ota-onalar maktabgacha ta’limning faol ishtirokchisi sifatida qaraladi. 2. Ota-onalar pedagogik va psixologik jihatdan tayyor bo‘lsa, bola rivoji yanada uyg‘un kechadi. 3. O‘zbekiston uchun ota-onalar bilan ishlashda raqamli, innovatsion va hamkorlikka asoslangan yondashuvlarni joriy etish zarur. 4. Ota-onalarning ishtirokini kuchaytirish bola shaxsining sog‘lom, ijtimoiy faol va mustaqil fikrlovchi inson sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. MUNOZARA. Ota-onalarning maktabgacha ta’limdagi roli bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolaning dastlabki yillarda olgan tarbiyasi uning keyingi hayotdagi ijtimoiylashuvi, ta’limdagi yutuqlari va shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli, Osiyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi faqat tarbiyachilarga emas, balki ota-onalarga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Masalan, Janubiy Koreyada “Family-School Partnership Model” (oila va maktab hamkorligi modeli) keng joriy etilgan bo‘lib, u ota-onalarni ta’lim jarayonining faol subyekti sifatida shakllantiradi. Bu model orqali ota-onalar pedagoglar bilan birgalikda bola rivojlanishiga oid maqsadlarni belgilaydi, onlayn platformalar orqali farzandining rivojlanish holatini kuzatadi va individual tarbiyaviy rejalashtirishda ishtirok etadi. Tadqiqotlar (Kwon, 2021) natijasiga ko‘ra, bu yondashuv bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanish ko‘rsatkichlarini 18–25% ga oshirgan. 5 Yaponiya tajribasida esa ota-onalar bolalar bog‘chalarida muntazam ravishda “Family Day” yoki “Parent Participation Class” shaklidagi tadbirlarda qatnashadi. Bunda ota-onalar nafaqat kuzatuvchi, balki faol ishtirokchi sifatida bolalarning mashg‘ulotlarida qatnashadi, shuningdek, uy sharoitida rivojlantiruvchi o‘yinlar tashkil etish bo‘yicha pedagoglardan amaliy maslahat oladi. Ushbu tajriba ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish, oilaviy tarbiyada ijobiy psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Xitoyda esa “Uy va bog‘cha integratsiyasi” konsepsiyasi asosida ota-onalar uchun maxsus “Family Education Guidance Centers” tashkil etilgan. Bu markazlarda ota-onalarga farzand bilan muloqot, stressni boshqarish, bolada mustaqillik va mas’uliyat hissini 4 Xolboyeva, N. (2019). Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish usullari. Namangan: NSPU nashriyoti. 5 Hasanov, B. (2023). Ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni. Toshkent: TDPU Ilmiy to‘plami. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 50 shakllantirish bo‘yicha psixologik treninglar o‘tkaziladi. Shu orqali ota-onalarning tarbiyadagi psixologik tayyorgarligi oshirilmoqda. Shuningdek, Singapur tajribasida raqamli texnologiyalar muhim rol o‘ynaydi. “Parent Engagement Portal” nomli elektron platforma orqali ota-onalar pedagoglar bilan muntazam axborot almashadi, bolalar rivojlanishi haqidagi hisobotlarni onlayn kuzatadi, raqamli o‘yinlar va ta’limiy resurslardan foydalanadi. Bu raqamli yondashuvlar ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtirokini qulaylashtiradi hamda ularning pedagogik ongini oshiradi. O‘zbekiston sharoitida esa ota-onalar maktabgacha ta’lim jarayonida ko‘proq an’anaviy yondashuvlar — ota-onalar yig‘ilishi, og‘zaki maslahat, tarbiyachi bilan shaxsiy suhbatlar orqali ishtirok etadilar. Biroq zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar va psixologik qo‘llabquvvatlash tizimining to‘liq joriy etilmagani sababli ularning ishtiroki cheklangan ko‘rinadi. Shu sababli, Osiyo mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini o‘zbek ta’lim tizimiga moslashtirish muhim ilmiy-amaliy masala sifatida qaralmoqda. 6 Tadqiqot davomida aniqlangan eng muhim jihatlardan biri — ota-onalarning pedagogik madaniyat darajasi bolaning ijtimoiy kompetensiyalariga bevosita ta’sir etishidir. Ota-onaning bolaga nisbatan iliq, qo‘llab-quvvatlovchi munosabati bolaning o‘ziga ishonchini, muloqot madaniyatini, empatiya va mustaqillikni rivojlantiradi. Psixologik jihatdan esa ota-onaning ijobiy emotsional yondashuvi bolaning stressni yengish qobiliyatini oshiradi, bu esa o‘z navbatida ta’limga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.Bundan tashqari, muhokamalar shuni ko‘rsatdiki, otaonalarni faqat nazorat qiluvchi emas, balki ta’lim hamkorlari va maslahatchilari sifatida shakllantirish zarur. Osiyo mamlakatlarida bu yondashuv ijtimoiy institutlar, nodavlat tashkilotlar va mahalliy ta’lim markazlari hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan. Shu orqali otaonalarning o‘z farzandlari bilan ishlashdagi psixologik, ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyalari rivojlantiriladi. O‘zbekiston uchun bu borada integrativ yondashuv — milliy qadriyatlar, oila an’analari va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligini ta’minlovchi modelni ishlab chiqish zarur. Masalan, onlayn “Ota-ona maktablari”, psixologik treninglar, raqamli platformalarda oilaviy ta’lim modullari joriy etilishi orqali ota-onalarning ta’limdagi faolligini oshirish mumkin.Shuningdek, muhokama jarayonida ota-onalarning roli nafaqat bolaning individual rivojlanishida, balki jamiyatda barqaror ijtimoiy muhitni yaratishda ham muhim omil ekanligi ta’kidlandi. Chunki oilada shakllangan tarbiyaviy qadriyatlar, muloqot madaniyati va psixologik qo‘llab-quvvatlash butun ta’lim tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 7 Natijada, munozaradan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 1. Osiyo mamlakatlarining ota-onalarni ta’lim jarayoniga faol jalb etishdagi tajribasi O‘zbekiston uchun o‘rganishga arzigulik model hisoblanadi. 2. Zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar ota-onalar bilan ishlashda an’anaviy usullardan samaraliroq ekanligi isbotlandi. 3. Raqamli texnologiyalar, onlayn ta’lim va masofaviy maslahat tizimlarining joriy etilishi otaonalarning ishtirokini sezilarli darajada oshiradi. 4. Ota-onalarning pedagogik madaniyati va psixologik tayyorgarligi bolalar rivojlanishining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi asosiy omildir. 6 Abdullayeva, M. (2022). Oila va maktabgacha ta’lim hamkorligi: nazariya va amaliyot. “Ta’lim va innovatsiya” jurnali, 3(5), 87–93. 7 Karimova, N. & Yuldasheva, G. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanish: psixologik yondashuvlar. Toshkent: Fan nashriyoti. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 51 Shu orqali ota-onalarning o‘z farzandlari bilan ishlashdagi psixologik, ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyalari rivojlantiriladi.O‘zbekiston uchun bu borada integrativ yondashuv — milliy qadriyatlar, oila an’analari va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligini ta’minlovchi modelni ishlab chiqish zarur. Masalan, onlayn “Ota-ona maktablari”, psixologik treninglar, raqamli platformalarda oilaviy ta’lim modullari joriy etilishi orqali ota-onalarning ta’limdagi faolligini oshirish mumkin.Shuningdek, muhokama jarayonida ota-onalarning roli nafaqat bolaning individual rivojlanishida, balki jamiyatda barqaror ijtimoiy muhitni yaratishda ham muhim omil ekanligi ta’kidlandi. Chunki oilada shakllangan tarbiyaviy qadriyatlar, muloqot madaniyati va psixologik qo‘llab-quvvatlash butun ta’lim tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, munozaradan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 1. Osiyo mamlakatlarining ota-onalarni ta’lim jarayoniga faol jalb etishdagi tajribasi O‘zbekiston uchun o‘rganishga arzigulik model hisoblanadi. 2. Zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar ota-onalar bilan ishlashda an’anaviy usullardan samaraliroq ekanligi isbotlandi. 3. Raqamli texnologiyalar, onlayn ta’lim va masofaviy maslahat tizimlarining joriy etilishi otaonalarning ishtirokini sezilarli darajada oshiradi. 4. Ota-onalarning pedagogik madaniyati va psixologik tayyorgarligi bolalar rivojlanishining sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi asosiy omildir. XULOSA. Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ota-onalarning maktabgacha ta’limdagi roli bola shaxsining har tomonlama rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ota-ona faqat farzandining parvarishi uchun mas’ul emas, balki uning ta’limtarbiyasi, ijtimoiylashuvi, emotsional barqarorligi va shaxsiy fazilatlarini shakllantirishda muhim subyekt hisoblanadi. Shu jihatdan, Osiyo mamlakatlari tajribasi ota-onalarni ta’lim jarayonining teng huquqli hamkori sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgani bilan ajralib turadi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Singapur, Malayziya va Hindiston tajribalari shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar ta’lim tizimida faol ishtirok etgan hollarda: bolalarning ijtimoiyemotsional rivojlanishi barqaror bo‘ladi; ta’limga bo‘lgan qiziqish va ishonch ortadi; oilada ijobiy psixologik muhit shakllanadi; ota-onalarning pedagogik savodxonligi oshadi.O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ushbu tajribalar nihoyatda ahamiyatli. Chunki hozirgi davrda maktabgacha ta’limda ota-onalar bilan ishlash ko‘proq an’anaviy shakllarda amalga oshiriladi, zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar yetarli darajada joriy etilmagan. Shu bois, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish, ularni farzand tarbiyasida faol ishtirokchi sifatida shakllantirish dolzarb masala hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Асранбоева, М. Х. Психологическое влияние родительских отношений в семье на образование детей. Вестник интегративной психологии, 14. 2. Asranbayeva, M. X. (2020). Notoliq oilalarda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining oziga xos xususiyatlari. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 532-535. 3. Xalimjanovna, A. M. (2024). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatlarni tashkil etishga zamonaviy yondashuv ta’lim bilan amaliyot integratsiyasi. Science and innovation, 3(Special Issue 31), 451-454. 4. Xolboyeva, N. (2019). Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish usullari. Namangan: NSPU nashriyoti. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 52 5. UNESCO (2021). Early Childhood Care and Education in Asia-Pacific: Trends and Innovations. Bangkok: UNESCO Regional Bureau for Education. 6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (2023). Maktabgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi 2030. Toshkent: MTT Vazirligi nashriyoti. 7. OECD (2022). Starting Strong VII: Building Better Partnerships Between Families and Early Childhood Education. Paris: OECD Publishing. 8. Hasanov, B. (2023). Ota-onalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni. Toshkent: TDPU Ilmiy to‘plami. 9. Abdullayeva, M. (2022). Oila va maktabgacha ta’lim hamkorligi: nazariya va amaliyot. “Ta’lim va innovatsiya” jurnali, 3(5), 87–93. 10. Karimova, N. & Yuldasheva, G. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiyemotsional rivojlanish: psixologik yondashuvlar. Toshkent: Fan nashriyoti.