ROBOTOTEXNIKANING STEM TA'LIMIDAGI O'RNI
Abstract
Ushbu tezisda robototexnikaning STEM ta’limidagi o‘rni va undan samarali foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan.
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 159 DOI: https://10.5281/zenodo.17476397 ROBOTOTEXNIKANING STEM TA’LIMIDAGI O‘RNI Unarboyev Nursulton Tohirjon o‘g‘li E-mail: unarboyev0[email protected]u ANNOTATSIYA Ushbu tezisda robototexnikaning STEM ta’limidagi o‘rni va undan samarali foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Robototexnika, STEM ta’limi, Arduino, Raspberry Pi, LEGO Mindstorms. ABSTRACT This thesis discusses the role of robotics in STEM education and effective methods of its application. Keywords: Robotics, STEM education, Arduino, Raspberry Pi, LEGO Mindstorms. KIRISH Robototexnika o‘z mohiyatiga ko‘ra fanlararo yo‘nalish bo‘lib, informatika, fizika, matematika, mexatronika, pedagogika va psixologiya kabi fanlarning uzviy integratsiyasiga asoslanadi. Shu sababli, tadqiqot jarayonida nazariy-metodik asoslar bilan bir qatorda empirik ma’lumotlar ham muhim manba sifatida o‘rganiladi. Tadqiqot konstruktivistik yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi va STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) integratsion modeli tamoyillariga tayangan holda olib boriladi. Ushbu model orqali o‘quvchilarda texnik tafakkur, ijodiy yondashuv, muammoli fikrlash va amaliy yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 160 Robototexnika STEM ta’limining markaziy elementlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, muammolarni hal qilish va ijodkorlikni rivojlantirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Robototexnikaning STEM ta’limidagi o‘rni: Fan(science) bilan integratsiya Sensorlar, harakat, energiya va fizik qonunlarni amaliy tajriba orqali o‘rganish. Texnologiya bilan uyg‘unlik Dasturlash, electron komponentlar va raqamli tizimlar bilan ishlash. Arduino, Raspberry Pi, LEGO Mindstorms kabi platformalarda kod yozish va qurilma boshqarish Muhandislik(Engineering) ko‘nikmalarini shakllantirish Dizayn, mexanik tuzilma, muhandislik yechimlarini ishlab chiqish. Robotni loyihalash, yig‘ish, testlash va takomillashtirish orqali muhandislik fikrlashni rivojlantirish Matematika asosida tahlil Algoritmlar tuzish, koordinatalar, burchaklar, vaqt va masofa hisoblash. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Zamonaviy ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va avtomatlashtirishning jadal rivojlanishi sharoitida yangilanayotgan bir davrda, robototexnikaning maktab ta’limiga integratsiyalashuvi dolzarb va strategik ahamiyat kasb etmoqda. robototexnika – bu nafaqat yangi o‘quv predmeti, balki innovatsion pedagogik yondashuvlarni shakllantiruvchi, o‘quvchilarning texnik va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi kuchli ta’limiy vositadir. Uni maktab ta’limiga to‘g‘ri va tizimli joriy etish orqali kelajak avlodni texnologik tafakkurga ega bo‘lgan, zamonaviy muammolarga moslashuvchan yondasha oladigan va innovatsiyalarni yaratishga qodir shaxs sifatida tarbiyalash imkoniyati yuzaga keladi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 161 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. UzEduTech – Robototexnika maktablari uchun metodik qo‘llanma (2022). Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2. Axmedov, O. A. (2019). Robototexnika va dasturlash asoslari. Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti. 3. Azizov, D. A. (2023). Ta’limda raqamli texnologiyalar va ularning pedagogik imkoniyatlari. Ta’lim innovatsiyalari ilmiy jurnali, No3, 61–68-betlar 4. Xasanov, D. R. (2022). Robototexnika asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.