scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEKISTON TARIXIDA TA'LIM TIZIMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Xudoyorov, Qalandar Shodiyor o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston tarixida ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan boshlab mustaqillik va hozirgi zamon islohotlarigacha boʻlgan ta’lim jarayonlari tarixiy manbalar hamda hujjatlar asosida yoritiladi.

Full text

“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 166 DOI: https://10.5281/zenodo.17476542 OʻZBEKISTON TARIXIDA TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Xudoyorov Qalandar Shodiyor o‘g‘li Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Oʻzbekiston tarixida ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan boshlab mustaqillik va hozirgi zamon islohotlarigacha boʻlgan ta’lim jarayonlari tarixiy manbalar hamda hujjatlar asosida yoritiladi. Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, maktab, madrasa, islohot, milliy dastur, mustaqillik. KIRISH Ta’lim — har bir jamiyatning intellektual salohiyatini belgilovchi asosiy omildir. Oʻzbekiston hududida qadimdan ilm va ma’rifatga e’tibor yuqori boʻlib, bu an’ana tarix davomida turli shakllarda namoyon boʻlgan. Qadimiy maktablardan tortib, zamonaviy oliy o‘quv yurtlarigacha boʻlgan yo‘l xalqimizning ma’rifatparvarlik ruhini ifodalaydi. ASOSIY QISM 1. Qadimgi va o‘rta asrlar davrida ta’lim Oʻrta Osiyoda qadimiy Baqtriya, Soʻgʻdiyona va Xorazm madaniyatlarida yozuv, sanash va astronomiyaga oid bilimlar berilgan maktablar faoliyat yuritgan. Islom davrida esa Buxoro, Samarqand, Xiva va Termiz kabi ilm maskanlari dunyoga mashhur Beruniy , Ibn Sino , Al-Buxoriy , Imom Buxoriy , At-Termiziy va boshqa ko‘plab allomalarni yetishtirib chiqargan. Madrasalarda diniy fanlar bilan bir qatorda falsafa, mantiq, tibbiyot va geometriya ham oʻqitilgan. Zero , IX-XII asrlar va XIV- “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 167 XV asrlarda bo‘lib o‘tgan Sharq Renessansi ham ilm-fan tarraqqiyotidan dalolat beradi . 2. Chor Rossiyasi va sovet davrida ta’lim XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ko‘plab jadid maktablari faoliyat yuritgan bo‘lsada podsho hokimyati rus-tuzem maktablarini tashkil etib, yangi usul maktablarining faoliyatiga chek qo‘ydi. Sovet davrida esa ta’lim markazlashgan tizimga aylantirilib, umumiy savodxonlik darajasi keskin oshdi. Shu bilan birga, ta’lim ideologik tusda bo‘lib, milliy qadriyatlar cheklangan edi. 3. Mustaqillik davrida ta’lim islohotlari 1991-yildan so‘ng O‘zbekiston o‘zining milliy ta’lim modelini yaratdi. 1997yilda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi ta’lim tizimini tubdan yangilashga asos soldi. Hozirgi davrda raqamli ta’lim, ikki bosqichli oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura) tizimi, oliy ta’limdan keying ta’lim ,shuningdek xalqaro hamkorlik kengayib bormoqda. XULOSA O‘zbekiston tarixida ta’lim doimo jamiyat taraqqiyotining bosh omili bo‘lib kelgan. Qadimiy madrasalardan zamonaviy universitetlargacha bo‘lgan yo‘l millatimizning ilmga, ma’rifatga bo‘lgan cheksiz hurmati va intiluvchanligining ifodasidir. Bugungi kunda ta’lim sohasi nafaqat milliy qadriyatlarga, balki xalqaro standartlarga asoslangan holda rivojlanmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni, 2020-yil. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 1997-yil. 4. To‘raqulov Sh. O‘zbekiston ta’lim tizimi tarixi. Toshkent, 2015. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmon va qarorlari (2017–2024-yillar).