TASVIRIY SAN'ATDA AKVAREL BO'YOG'I YORDAMIDA RANGTASVIR ISHLARINI BAJARISHDA QO'LLANILADIGAN USULLAR.
Abstract
Maqolada bo’lajak tasvitiy san’at o’qituvchilarini tayyorlashda qo’llaniladigan usullar. Akvarel rangtasvirning kompozitsiyasi va chizmatmatasviri juda aniq, to’g’ri bo’lishi kerak. Qolgan barcha soya, yarim soya, tevarak – atrofdagi buyumlarga tushayotgan yorug’lik, buyumlarning biridan ikkinchisiga tushayotgan ranglar aksi (refleks) esa kichik muyqalamlar bilan akvarel bo’yoqlari yordamida ishlanadi.
Full text
567 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 TASVIRIY SAN’ATDA AKVAREL BO’YOG’I YORDAMIDA RANGTASVIR ISHLARINI BAJARISHDA QO’LLANILADIGAN USULLAR. Qaxramonova Gulruh Shuxratqizi Qarshi Davlat Universiteti San'atshunislik fakulteti 3-bosqich talabasi. Murojaat uchun Tel. 94 554 23 05 qaxram[email protected]m https://doi.org/10.5281/zenodo.17477168 Annotatsiya. Maqolada bo’lajak tasvitiy san’at o’qituvchilarini tayyorlashda qo’llaniladigan usullar. Akvarel rangtasvirning kompozitsiyasi va chizmatmatasviri juda aniq, to’g’ri bo’lishi kerak. Qolgan barcha soya, yarim soya, tevarak – atrofdagi buyumlarga tushayotgan yorug’lik, buyumlarning biridan ikkinchisiga tushayotgan ranglar aksi (refleks) esa kichik muyqalamlar bilan akvarel bo’yoqlari yordamida ishlanadi. Kalit so’zlar: Tasviriy san’at, yorug’lik, soya, shaxsiy soya, tushuvchi soya, aks yorug’lik va yaltiroqlik. METHODS USED IN PERFORMING PAINTING WORKS WITH WATERCOLORS IN FINE ART. Abstract. The article discusses the methods used in the training of future teachers of fine arts. The composition and drawing of watercolor painting should be very clear and accurate. All other shadows, penumbra, shadows - the light falling on surrounding objects, and the reflection of colors falling from one object to another (reflex) are worked out with watercolor paints with small brushes. Keywords: Fine arts, light, shadow, personal shadow, falling shadow, reflected light and shine. МЕТОДЫ ВЫПОЛНЕНИЯ ЖИВОПИСНЫХ РАБОТ АКВАРЕЛЬЮ В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ. Аннотация. В статье рассматриваются методы, используемые при подготовке будущих учителей изобразительного искусства. Композиция и рисунок акварельной живописи должны быть предельно чёткими и точными. Все остальные тени, полутени, тени – свет, падающий на окружающие предметы, и отражение цвета, падающего с одного предмета на другой (рефлекс), прорабатываются акварельными красками небольшими кистями. Ключевые слова: Изобразительное искусство, свет, тень, личная тень, падающая тень, отражённый свет и блеск. Kirish Buyumning hajmi asosida ishlash buyumni to’laqonli hajmli tasvirlash omilidir. Pala – partish, duch kelgan tomonga chiziqlar tortish qo’yilgan maqsadga erishishga to’sqinlik qiladi. Buyumning hajmini chizishda chiziqlarni tortish ketma – ketligiga rioya qilish kerak. Qalamni qog’oz sirtida bi xil kuch bilan bosganda chiziqlar orasidagi masofalarning teng bo’lishiga e’tibor berish – buyumni to’g’ri chizishda ekanligi katta ahamiyatga ega. Buyumga yorug’lik qanchalik tik tushsa, uning tasviri shunchalik yaqqol ko’rinadi. Aksincha, chetdan tushayotgan yorug’lik buyumga umumiy tarzda urilib, bajarilayotgan tasvir xiraroq bo’lishiga olib keladi.
568 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Asosiy qism Yorug’lik bir buyumdan urilib (sinib), ikkinchisiga va uchinchisiga tushishi mumkin. Bu hol tasvirlanayotgan buyumlardagi yorug’ va soyalar majmuasini tashkil etadi. Ular quyidagilardan iborat: a) yorug’lik; b) soya; v) yarim soya; g) aks; d) yaltiroqlik. Yorug’lik – quyosh yoki suniy yoritgichning buyum yuzasiga tik tushuvchi nuridir. Soya – buyumning yoritilgan qismining orqa tomoni (teskarisi), yorug’lik nurlari tushmagan yeri. Bunday soyalar shaxsiy soya deb ham ataladi. Tasvirlashda tushuvchi soyalar ham kuzatiladi. Ushbu soyalar buyumlarning biri ikkinchisini to’sishi natijasida hosil bo’ladi. Bunday soyalar buyum tekisligiga (stol, pol, yer va hokazo) hamda buyumlarning biridan ikkinchisiga ham tushishi mumkin. Buyumga qiyaroq tushuvchi yorug’lik ularda yarim soyalarni tashkil etadi. Yarim soyalar, asosan, yorug’lik va shaxsiy soyalar oralig’idagi qismda joylashadi. Shuning uchun soyalar bir xil to’q tusda bo’lmaydi. Buyumlarning hajmlarini soya va yarim soyalar oralig’igina to’g’ri tasvirlashi mumkin. Buyumlarga urilish natijasida qaytib, boshqasiga tushuvchi yorug’liklar aks yorug’likni hosil qiladi. Aks yorug’lik predmetlarning bir – biridan qanday masofada joylashganiga ko’ra kuchli yoki kuchsiz bo’lishi mumkin. Lekin hech qachon aks yorug’lik buyumlarga tik tushuvchi yorug’likka nisbatan kuchli bo’lmaydi. Buyumga yorug’likning tik tushishi natijasida esa yaltiroqlik hosil bo’ladi. Bu holat shisha, chinni, temir, spool va yorug’likni qaytarish xususiyatiga ega bo’lgan boshqa ko’pgina buyumlarda kuzatiladi. Shuni doimo yodda tutish kerakki, shakllarning yorug’ va soya yaqinlashgan qismida soyalar to’qroq bo’ladi. Yorug’ – soya qonuniyatlarini tasvirlashda aniqlikni talab etadi. Fizik olimlarning tadqiaotlari shuni ko’rsatdiki, yorug’lik buyum va narsalarga ma’lum hajmlar qonuniyatlarni doimo o’z tasviriy foliyatida bilishi va qo’llashi lozim. a)yorug’lik manbaiga yaqin turgan buyumda yorug’ va soyalar ham doim kuclidir; aksincha, buyum yorug’lik manbaidan uzoqlashgan sari, soya – yorug’ kuchlari ham umumiylashib, xira ko’rinadi. Buyumlar tasvirda aniq bo’lishi uchun yorug’lik manbaiga yaqin turganlarini keskin yorug’ soyalar orqali bajarish, uzoqda joylashgan buyumlarni esa umumiy tarzda chizish tavsiya etiladi; b)buyumning nurni to’sishi natijasida u yoki bu tekislikka tushuvchi soya har doim shu buyumning o’z soyasiga nisbatan kuchliroq bo’ladi. Shuning uchun tus jihatdan to’q bo’lgan buyumni yorug’likning to’silishi natijasida tushuvchi soya bilan solishtirish va tushuvchi soyani to’qroq tasvirlash kerak. Buyumlarni o’ziga qarab, naturadan tasvirlash mashqlari tasviriy san’atning asosi hisoblanib, u talabadan qonun – qoidalar asosida ish yuritishni talab etadi. Shu bois, talaba o’qishning dastlabki bosqichlaridanoq rasmchizishning asosiy qonunlarini to’la – to’kis egallashi hamda o’tmishdagi buyuk rassomlarning ijodini va tasvir texnikasini chuqur o’rganishi lozim. Tasviriy san’at borliqdagi voqea – hodisalar hamda buyumlarning nafaqat tashqi shaklini chizishni, balki ushbu narsa va buyumlarning ichki mohiyatini chuqur tahlil etishni taqozo etadi.Bu borada buyuk fransuz rassomi va me’mori Le Korbyuze shunday degan edi: “ Tasvirlash jarayonida buyumlarning qanday dunyoga kelishini, ularning qanday rivojlanishini, o’sishini, gullab – yashnashini ko’rasan. Bu borliqni kuzatish, avvalo, buyumlarning “ichki” dunyosini, so’ngra “tashqarisini” o’rganish natijasida amalga
569 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 oshiriladi… Buyumning haqiqiy go’zalligini, avvalo, tashqarisiga e’tibor berib, so’ngra chiziq davomida idrok etamiz. Tasvirlash – kuzatish, yaratish, ixtiro qilish demakdir”. Tasvirlanayotgan buyum shakli qanchalik murakkab bo’lsa, chizuvchi uni shunchalik ko’p o’rganishi va tahlil etishi kerak. Yuqoridagilarda ko’rinib turibdiki, bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchisi tasvirlashning texnik jihatlari bilan bir qatorda, uning nazariy tomonlariga ham e’tibor berishi lozim. Otmishda usta rassomlar tabiatdagi yorug’ – soya qonuniyatini izchil kuzatganlar va o’zlarining amaliy ishlarida muvafaqqiyat bilan qo’llay bilganlar. Jumladan, Leonardo da Vinchi shunday deydi: “ To’q tusli buyumda hosil bo’luvchi aks yorug’lik doimo ochroq tusdagiga nisbatan aniq va yaqqol ko’rinadi”. Buyuk nemis rassomi A.Dyurer tasviriy san’atni o’qitish metodikasi borasida ko’plab ilmiy – amaliy ko’rsatmalar qoldirgan. Ijodiy faoliyatda u nafaqat his – tuyg’u va kuzatishlarga, balki aniq ilmiy bilimga asoslanishni oldinga qo’yadi. “Tasviriy san’atda ilmiy asoslar – deb ta’kidlaydi Dyurer, rassomning muvaffaqiyatini belgilaydi”. Ba’zi tasviriy san’at amaliyotchilarining fikricha, tasviriy faoliyatdagi ilmiy asoslar talabaning ijodiy yo’nalishiga to’sqinlik qilar va salbiy ta’sir ko’rsatar emish. Ularning takidlashicha, agar talaba tasvirlashning ilmiy jihatlari aasosida ma’lum vazifani bajarsa, tasvir ham bir xil darajada bo’lar ekan. Oliy o’quv yurti o’qituvchisining asosiy vazifasi –talabalarga mutaxassislik fanlari: rangtasvir, haykltaroshlik, xalq amaliy san’ati va qalamtasvir borasida amaliy hamda nazariy bilim berib, umumta’lim maktablari uchun yuqori malakali mutaxassis o’qituvchilar tayyorlashdir. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlang’ich kurslardan boshlab rangtasvir, kompozitsiya, haykaltaroshlik va qalamtasvir kabi mutazassislik fanlarining asosi bo’lgan boshlang’ich o’quv mashg’ulotlari FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Bobonazarov S. KOMPOZITSIYA MASHG’ULOTLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUHIM EKANLIGI // Science and innovation.– 2022. – T. 1. – N . B6. –C. 11 – 14. 2. Bobonazarov S. U. Tasvirlarni grizayl texnikasida ishlashning o’ziga xosligi // Innovative Development in Educational Activities. – 2022. –T . 1. –N . 6 . –C . 114 – 118 . 3. Bobonazarov S . U., Jalolov S.C. Etnomadiy Fenomenon Sifatida 4. Nuza San‘atlari // Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR) https://www.tarj.in. 5. Шавдиров, С .А . (2017). Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности . Педагогическое образование и науки , (2 ), 109 – 110 . 6. Fan, Taraqqiyot va yoshlar. // ilmiy - amaliy konferensiya materiallari - 2008.