scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XX ASRNING 60-70 YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDAGI MODDIY-MADANIY YODGORLIKLARNI SAQLASH, TA'MIRLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLARNING IJROSI VA NATIJALARI (Qashqadaryo viloyati davlat arxivi xujjatlari asosida).

Shukurov, Tohir

Abstract

XX asr 60-yillarining 2-yarmidan sovet jamiyatining rahbari V.I.Brejnev tomonidan ijtimoiy-siyosiy hayotda “rivojlangan sotsializm” g‘oyasi ilgari surila boshlandi. O‘z navbatida, “rivojlangan sotsializm” boshqa ittifoqdosh respublikalarda kuzatilgani singari mafkuraviy g‘oyalar ortida yashiringan sovet rahbariyati maqsadlari uchun O‘zbekiston ma’naviy-madaniy hayotiga ham majburiy tarzda singdirildi. Keyingi 10 yillik davomida demokratik tamoyil sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan respublika madaniyati va uning taraqqiyoti rivojiga chek qo‘yildi. Biroq tarixiy madaniy inshootlarni saqlash, shuningdek, ulardan o‘z o‘rnida foydalanish jarayonlari har qanday mafkuraviy tazyiqlar bo‘lishiga qaramay rivojlanishda davom etdi.

Full text

“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 178 DOI: https://10.5281/zenodo.17477745 XX ASRNING 60-70 YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDAGI MODDIY-MADANIY YODGORLIKLARNI SAQLASH, TA’MIRLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLARNING IJROSI VA NATIJALARI (Qashqadaryo viloyati davlat arxivi xujjatlari asosida). Shukurov Tohir Qarshi shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Tarix fani o‘qituvchisi IMPLEMENTATION AND RESULTS OF MEASURES TAKEN TO PRESERVE AND RESTORE MATERIAL AND CULTURAL MONUMENTS IN THE KASHKADARYA REGION IN THE 1960S–1970S (BASED ON THE DOCUMENTS OF THE KASHKADARYA REGIONAL STATE ARCHIVE) Shukurov Tohir History Teacher, Secondary School No. 10, Karshi City XX asr 60-yillarining 2-yarmidan sovet jamiyatining rahbari V.I.Brejnev tomonidan ijtimoiy-siyosiy hayotda “rivojlangan sotsializm” g‘oyasi ilgari surila boshlandi. O‘z navbatida, “rivojlangan sotsializm” boshqa ittifoqdosh respublikalarda kuzatilgani singari mafkuraviy g‘oyalar ortida yashiringan sovet rahbariyati maqsadlari uchun O‘zbekiston ma’naviy-madaniy hayotiga ham majburiy tarzda singdirildi. Keyingi 10 yillik davomida demokratik tamoyil sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan respublika madaniyati va uning taraqqiyoti rivojiga chek qo‘yildi. Biroq tarixiy madaniy inshootlarni saqlash, shuningdek, ulardan o‘z o‘rnida foydalanish jarayonlari har qanday mafkuraviy tazyiqlar bo‘lishiga qaramay rivojlanishda davom etdi. “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 179 Respublikadagi tarix va madaniyat, arxeologik yodgorliklarni tizimli ravishda saqlashni yo‘lga qo‘yishda mutasaddi tashkilotlarning tuzilishi jiddiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 1967 yil 27 martda O‘zSSR Ministrlar Sovetining qaroriga asosan «O‘zbekiston SSR tarixiy va moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlash jamiyati» tashkil qilindi[1]. Natijada, respublikadagi mavjud yodgorliklarni saqlash va ularni tuzatish ishlari hududlar miqyosida yil sayin kengayib bordi. 1969 yilning 1 yanvaridagi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda jamiyatning 8 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi, jamiyat rahbariyati Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida o‘zaro safarlarda bo‘lib, joylardagi mahalliy tashkilotlarga yaqindan yordam ko‘rsatdi. O‘zbekistondagi madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan – O‘zSSR Oliy Sovetining 3-sessiyasida (1968 yil 15 may) «Madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi madaniy va tarixiy yodgorliklarni saqlashni yo‘lga qo‘yish hamda ularni muhofaza qilishda huquqiy me’yor vazifasini o‘tadi. Madaniy va tarixiy yodgorliklarni asrash O‘zbekiston jamiyatining Qashqadaryo oblast (mazkur davr arxiv hujjatlarida viloyat-oblast shaklida qayd etilgan) Sovetiga 1967-1968 yillar davomida jamiyat a’zolari tomonidan 87 ta taklif va talablar kelib tushganligi qayd etilgan. Ushbu taklif va talablardan 55 tasi oblast Soveti tomonidan ijro etilgan. Qolgan 32 ta taklif va talablar shu yilning oxiriga qadar ijro etilishi ko‘zda tutilgani Madaniy va tarixiy yodgorliklarni asrash O‘zbekiston jamiyati taftish komissiyasining yillik xisobotida keltirib o‘tilgan[2]. 1969 yil 27 iyun oyida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarini muhofaza qilish”ga bag‘ishlangan II-konferensiyada ushbu jamiyatining Qashqadaryo oblast Sovetining raisi M.S.Samadov bergan xisobotida oblast tasarrufidagi deyarli barcha shahar va rayonlarda tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyatining bo‘limlari hamda ularning boshlang‘ich tashkilotlari tuzilgan[3] ligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash Qashqadaryo oblast jamiyatining ko‘p sonli a’zolari yordami bilan tarixiy materiallarga boy bo‘lgan oblast territoriyasida 187 ta arxitektura, 184 ta arxeologiya va 2 ta revolyutsiya yodgorliklari borligi aniqlanib, “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 180 ro‘yxatga olindi hamda bu yodgorliklar qaysi tashkilot, muassasa, korxona, kolxoz, sovxoz territoriyasida joylashgan bo‘lsa, o‘sha tashkilot yoki korxonaning otalig‘iga berkitildi. Qisqa vaqt ichida jamoatchilik yordami bilan Qarshi rayonidagi “Hazrati Sulton” maqbarasi, “III-internatsional” kolxoz markazidagi Sardoba, Kasbidagi “Mir Haydar Sulton” ansambli, Koson rayonidagi “Turo” masjidi, “Husam ota” ansambli, Chiroqchi rayon “Vosxod” sovxozidagi “Oqmasjid”, shu sovxoz territoriyasidagi “Qo‘sh xonaqoh”, G‘uzor rayon markazidagi madrasa, Qamashi rayonidagi “Langar ota” va shu kabi obidalar qisman remont-restavratsiya qilinib, yana uzoq vaqt o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydigan darajaga keltirilgan[4]. Shuningdek, Shahrisabz shahridagi “Hazrati imom”, “Chorsu”, “Oq saroy” ida elektr nurlari bilan yoritish ishlari olib borildi. Qarshi shahridagi “Ko‘kgumbaz” masjidi atrofiga 500 kvadrat metrdan ortiq joyga asfalt yotqizilgan[5] ligi qayd etilgan. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash Qashqadaryo oblast jamiyatining IIkonferensiyasida Yakkabog‘ rayoni ijroiya komitetining rais o‘rinbosari S. To‘rayevaning muzokara so‘zida tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash ko‘ngilli jamiyatining tashkil etilganligi Yakkabog‘ rayonida oz bo‘lsada mavjud tarixiy yodgorliklarni saqlash va tiklash, madaniy yodgorliklarni yanada ko‘paytirish katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Rayon ko‘ngilli jamiyati hisobot davri mobaynida tarixiy yodgorliklarni aniqlash, ularni o‘rganish va muhofaza qilish ishlarini tashkil etish, madaniy yodgorliklarni ko‘paytirish sohalarida bir muncha ishlar amalga oshirganligini aytib o‘tib, rayon territoriyasida 21ta tarixiy yodgorliklar, 18 ta tarixiy joylar borligi aniqlab chiqilganligi keltirilgan. Jumladan, Yodgor Vallamin madrasasining XVII asr oxirlarida qurilganligi va shu shaxsning o‘sha madrasada dafn qilinganligi qoldirilgan yozuvlar asosida isbotlangani, madrasa jamiyat tavsiyasi bilan 80-РСУ tomonidan ta’mirlanganligi va bu tashkilot undan vaqtincha foydalanib turganligi ta’kidlanadi[6]. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash G‘uzor rayon jamiyati soveti prezidumining raisi A. Abdurahmanovning 1971-yil 5-maydagi hisobotida moddiy madaniyat yodgorliklarini ayni vaqtda mehnatkashlar ommasiga, avvalo yosh avlodga “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 181 vatanparvarlik tarbiyasini, siyosiy va estetik tarbiya beruvchi jonli va ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qilishi uqtirildi. Shuningdek, Shahrisabz rayonida vayron bo‘lishi oqibatida tiklab bo‘lmaydigan darajaga kelib qolganligi munosabati bilan hisobdan chiqarilgan madaniyat yodgorliklardan tashqari 1 ta arxitektura, 19 ta arxeologik, 43 ta tarixiy-me’moriy yodgorliklar mavjud[7] ligi qayd etilgan. 1976-yilda partiya markaziy kommitetining qarori bilan Shahrisabzda tashkil etilgan tarixiy yodgorliklarni restavratsiya va korservatsiya qiladigan uchastka tashkiloti shahardagi Ko‘kgumbaz, Oqsaroy va boshqa yodgorliklarda qayta tiklash[8] ishlarini olib borayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ma’lumki, 1968 yilning may oyida O‘zbekiston SSR Oliy Soveti “Madaniyat yodgorliklarini saqlash to‘g‘risida” qonun qabul qilgan edi. Ushbu qonunga muofiq O‘zbekiston Ministrlar Soveti 1968 yil 6 avgustda maxsus qaror qabul qiladi hamda oblastimizning hamma shahar va rayon sovetlarida, shuningdek, mehnatkashlar deputatlari Qashqadaryo oblast Soveti ijroiya komiteti sessiyasida ham muhokama qilinadi va qonunga amal qilishning aniq tadbirlari belgilanadi. Viloyat hududida 492 ta yodgorlik borligi aniqlanib ular ro‘yxatga olinadi. Ulardan 130 tasi arxitektura, 236 tasi arxeologik, 115 tasi tarix-revolyutsiya va 2 tasi san’at yodgorliklariga ajratiladi. Ushbu yodgorliklar 1968 yil 14-dekabrda oblast ijroiya komitetining 21-586 qaroriga binoan davlat muxofazasiga o‘tkaziladi[9]. Shu bilan ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan G‘uzor tumani hududida 6 ta arxitektura, 2 ta arxeologiya va 18 ta revolyutsiya yodgorligi ro‘yxatga olinadi. Ularning ko‘pchiligi rayon markazida, kolxoz, sovxoz markazlariga va ayrim maktablar qoshida joylashgan. Bu yodgorliklar qaysi korxona, muassasa, kolxoz yoki sovxoz hududida joylashgan bo‘lsa, o‘sha tashkilotning otalig‘iga topshirilgan. Rayon markazidagi “Madrasa” va shunga o‘xshash o‘nlab obidalar jamoatchilikning yordami bilan ta’mirlanadi[10]. O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1968 yilgi qarorini bajarishda Shahrisabz tumanidagi 72 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar ro‘yxatga olinib, ularni asrash choralari ko‘rildi. Shahrisabzdagi tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash va restavratsiya qilish talab qilinadi hamda shu yili Shahrisabzdagi ayrim yodgorliklarni ta’mirlash va restavratsiya qilish ishlarini rejaga kiritish so‘raladi. Bu vaqtda 10 arxeoligiya, 7 “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 182 arxitektura, 8 tarixiy va 10 madaniy yodgorliklar mavjudligi aniqlab chiqiladi. Bu tarixiy va madaniy yodgorliklarning ba’zilarini restavratsiya va ta’mirlash, atroflarida muxofaza zonalari tashkil etish 1968 yil 30 avgustdagi № 415 “Respublika moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlash va qayta tiklashni yanada yaxshilash choralari hamda yodgorliklar va monumentlarning loyihalarini tuzish va ularni qurish tartibi to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining “Madaniy yodgorliklarini saqlash to‘g‘risida”gi qarorlarini bajarish ko‘plab tarixiy joylar haqida qimmatli materiallar to‘planadi. 1968 yil 30 avgustdagi Qarordan kelib chiqqan holda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 30 dan ziyod monument yodgorliklari va haykallar tiklanib, atrofi obodonlashtirildi[11]. O‘z navbatida, XIV asr me’morchiligining ajoyib namunasi bo‘lgan Shahrisabzdagi Oqsaroy arxitektura yodgorligi YUNESKO xalqaro tashkilotining tarixiy-madaniy me’rosni muhofaza qilish ro‘yxatiga kiritildi[12]. Respublikda mavjud bo‘lgan mazkur me’moriy yodgorliklarni xalqaro tashkilot tomonidan e’tirof etilishi hamda ro‘yxatga kiritilishi o‘z navbatida ularning jahonga yuz tutishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shunday bo‘lsada 1973 yilda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida joylashgan X-XIII asrlar yodgorligi hisoblangan Oltintepa, Qarshi tumanidagi X-XIII asrlarga oid bo‘lgan Ilontepa hamda Qarshi shahri hududida deb ko‘rsatilgan Kofirtepa tarixiy-madaniy yodgorliklari o‘zboshimchalik bilan buzib tashlangan[13] ligi tanqid qilingan. Madaniy merosning tarixiy ahamiyatini aholiga tushintirish maqsadida Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyatining 1976 yilgi xisobot yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida “Bilim” jamiyati tomonidan jamoatchilikka tayangan holda 1974 yilda 150 ta, 1976 yilda 210 ta, 1976 yilning 1-kvartalida 45 ta jami 405 ta ma’ruza va suhbatlar tashkil qilindi. Shuningdek, mahalliy gazeta va radio orqali 40 ta material viloyat gazetasiga 2ta jami 42 ta material yoritilgan[14] ligi qayd etilgan. Xulosa qilib aytganda, «rivojlangan sotsializm» bosqichida respublikadagi tarix, madaniyat yodgorliklarini saqlash va ularning muhofazasi bo‘yicha joylarda ma’lum bir yo‘nalishda ishlar amalga oshirildi. Muzeylardagi yangi ishlanmalarga “rivojlangan sotsializm” g‘oyasi singdirildi, madaniy yodgorliklar va obyektlarni saqlash borasidagi “INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 183 ishlar ham aynan ushbu g‘oya asosida olib borildi. Natijada, Sovet madaniy idoralarining sotsializmga xizmat qilishga mo‘ljallangan monumenlarga mablag‘lar kerakligidan ortiq sarflansada, o‘zbek xalqiga tegishli bo‘lgan barcha turdagi yodgorliklariga “bepisandligi” oqibatida shahar va tuman markazlaridagi yodgorliklarning nurashi va yaroqsiz holga kelishi jarayonlari yil sayin kuchayib bordi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Ўз МА, Р.2296-жамғарма, 1-рўйхат, 454-йиғма жилд, 87-варақ. 2.ҚВДА, 1070-жамғарма, 1-рўйхат, 15-йиғма жилд, 296-варақ. 3.ҚВДА, 1074-жамғарма, 3-рўйхат, 20-йиғма жилд, 205-варақ. 4.ҚВДА, 1074-жамғарма, 4-рўйхат, 18-йиғма жилд, 24-варақ. 5. O‘sha joyda. 6.Ўз МА И-533. 1-рўйхат 6-иш 9,11,13,14, 33 варақлар. 7.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 76-йиғма жилд, 10-варақ. 8.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 76-йиғма жилд, 10-варақ. 9.ҚВДА, 1076-жамғарма, 5-рўйхат, 25-йиғма жилд, 105-варақ. 10.Ўз МА И-533. 1-рўйхат 25-иш 13,14,15 варақлар. 11.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 76-йиғма жилд, 13-варақ. 12.Қори-Ниёзий Т.Н. Ўзбекистон ССР моддий маданият ёдгорликларини сақлаш ва ўрганиш. – Тошкент: Фан, 1971. 13.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 76-йиғма жилд, 15,18-варақлар. 14.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 76-йиғма жилд, 20-варақ.