scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SA'DIY SHARQ MA'RIFATI DURDONASI: "GULISTON" KONSEPSIYASI

Joʻrayeva Nargiza Farrux qizi

Abstract

Ushbu maqolada dunyoga mashhur shoir ,psixolog Sa'diy Sheroziyning hayoti va uning "Guliston"asari haqida, yurtimizda tutgan oʻrni haqida hamda ,bir necha xil tillarga tarjima qilinganligi toʻgʻrisida barcha ma'lumotlar keltirilgan.

Full text

607 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 SA’DIY SHARQ MA’RIFATI DURDONASI: “GULISTON” KONSEPSIYASI Joʻrayeva Nargiza Farrux qizi Buxoro davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17477767 Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyoga mashhur shoir ,psixolog Saʼdiy Sheroziyning hayoti va uning "Guliston"asari haqida, yurtimizda tutgan oʻrni haqida hamda ,bir necha xil tillarga tarjima qilinganligi toʻgʻrisida barcha maʼlumotlar keltirilgan. Kalit soʻzlar: Sadiy Sheroziy ,Abdulloh, Sheroz, Bagʻdod, Gyote, tarbiya, Guliston, odob - axloq, pandnoma. ШЕДЕВР ВОСТОЧНОГО ПРОСВЕЩЕНИЯ СААДИЯ: КОНЦЕПЦИЯ «ГУЛИСТАН» Аннотация. В этой статье собрана вся информация о жизни всемирно известного поэта, психолога Садия Ширази и его произведении «Гюлистан», о его роли в нашей стране, а также о том, что оно переведено на несколько разных языков. Ключевые слова: Сади Ширози, Абдулла, Широз, Багдад, Гете, образование, Гулистан, нравы – мораль, панднома. SAADIY'S MASTERPIECE OF EASTERN ENLIGHTENMENT: THE CONCEPT OF "GULISTAN" Abstract. This article contains all the information about the life of the world-famous poet, psychologist Sa'diy Shirazy and his work "Gulistan", about his role in our country, and about the fact that it has been translated into several different languages. Key words: Sadi Shirozi, Abdullah, Shiroz, Baghdad, Goethe, education, Gulistan, manners - morals, pandnoma. Fors-tojik adabiyotining yirik vakili Muslihiddin Sa’diy Sheroziy o‘z ijodi bilan Sharq ma’naviyati tarixida alohida o‘rin egallagan. Uning “Guliston” asari insoniyat axloqi, ma’rifati, ijtimoiy munosabatlar, ezgulik va odillik haqida hikmatlar bilan sug‘orilgan yuksak badiiy durdona hisoblanadi. Asar XII–XIII asrlardagi ijtimoiy hayot, davlat boshqaruvi, adolat va inson fazilatlari masalalarini yoritadi. Shoirning asl ismi Mushrifiddin ibn Muslihiddin ibn Abdulloh boʻlib, Sherzoda tavallud topgan. Shu sababli taxallusi ham “Sheroziy”dir. Uning tugʻilganligi haqidagi maʼlumotlar aniq emas.Hammasi taxminiy lekin 108 yil umr koʻrgani haqida aniq faktlar mavjud.Otasidan erta ajralgan Saʼdiy dastlabki taʼlimni tugʻilgan yerida oladi. Keyinchalik Bagʻdodga ketadi .U yerda madrasada tahsil olib,oʻz ijodini davom ettiradi. Madrasada asosan diniy,tabbiy va aniq fanlarni puxta oʻrganadi. Madrasani tamomlab, olgan bilimlarini tadqiq qilish uchun sayohatga otlanadi. Yigirma yillik sayohati davomida Kichik Osiyo ,Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, va Hindiston kabi mamlakatlarni kezib chiqqan. Sayohat davomida qiyinchiliklarga duch kelgan, hayot saboqlarini, ilmlarini chuqur oʻrgangan, har xil insonlar bilan muloqot qilib, ularning feʼl - atvorini oʻrgangan.Shunday qilib, oʻz davrining buyuk donishmandi boʻlib yetishgan. Nemis shoiri Gyote Saʼdiyni “hayot tajribasi bilan boyigan yaxshi shoir” deb taʼriflaydi. Saʼdiy Sheroziyni nomini butun olamga mashhur qilgan asar "Guliston"dir. Ushbu asar 1258-yil yozilgan boʻlib 8 bobdan iborat. Bular: 608 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 birinchisi—podshohlarning odati, ikkinchisi —darveshlarning axloqi,uchinchisi— qanoatning fazilati, toʻrtinchisi —sukutning foydalari, beshinchisi —ishq va yoshlik, oltinchisi —zaiflik va qarilik, yettinchisi — tarbiyani taʼsiri, sakkizinchisi— suhbat odobi deb nomlanadi. Har bir sarlavlalardan maʼlumki, asar pandnoma boʻlib,oʻqigan har bir insonni poklaydi,manaviy jihatdan kamolotga yetaklaydi hamda tarbiysi uchun ham katta xizmat qiladi. Masalan, suhbatlashish odobini olsak.Hozirda axborot texnologiyalari rivojlangan davrda koʻpchilik insonlarning ongi, fikrlashi, kattalarga gapirishi xuddi kompyuter sxemasiga oʻxshab qolgan. Ularning fikrlashi juda ham tor.Agar badiiy kitob oʻqigan kishi bilan solishtirsangiz oʻzingiz buning yaqqol isbotini koʻrishiz mumkin. Koʻpincha jamoat oldida yoki guruhda oʻz fikrini bayon qilish uchun boshqalar gapirayotganda ularning fikrini, nutqini boʻlmasligi, ular nutqini tugatguncha sabrli boʻlishi kerak. Har bir hikoyasida podshohlarga xos har-xil xarakterlar keltirib o’tilgan. Masalan: Uchinchi hikoyasida bir ko’rksiz shahzoda haqida yozilgan. Qadim zamonda bir pakana ko’rksiz shahzoda bo’lgan ekan. Bir kuni otasi uni mensimay tahqir nazar bilan qaradi. Shahzoda buni payqab qolib otasiga shunday dedi. Har nimaning ham baland bulgani bilan qomati, bulavermas ammo qiymatida. Quy kichik bulishiga qramay,halol,fil kata bo’lsada,murdordir.busuzlarni eshitgan ota kulib uni suzi arkoni davlatga maqul keldi,birodarlari esa ulguday xafa bo’ldi.Bir kuni podshohning yurtiga qator dushmanlar keldi.Ularning qushinlari ko’p edi uni ko’rgan lashkarlar endi qochmoqchi pakana podshoh shunday dedi. “Hoy azamatlar ayollar kiyimini kiymaylik desanglar, g’ayrat shijoat ko’rsatinglar” dedi. Uning bu so’zi lashkarlarga kuch bag’ishladi va g’alaba qozondilar. Podshoh ug’lining bag’riga bosib boshu ko’zidan o’pdi. Shundan keyin podshoh ug’liga bo’lgan ishonchi kun sayin oshib bordi va toju taxtni unga topshirdi. Buni kurgan akalari uning ovqatiga zahat qushishdi. Buni holni shahzodani singlisi kushkidan ko’rib daricha qatib qoldi va shahzoda daricha qatib qolganini ko’rib bu voqeaga tushundi, Bu xabar podshohning qulog’iga yetib bordi va ug’illarini huzuriga chaqirib tanbeh berdi, shundan keyin mamlakatning har viloyatlarini ajratib berdi. Shu hikoyani o’qib men shuni payqadimgi hamma narsa chiroyga bog’liq mas balki insonning qalbida, balki ilmida, vbalki kuchidadir. Ikkinchi bob-Darveshlar axloqi bayoni 33-hikoyasi bor. Bu ikinchi bobda darveshlarning xulq atvorlari va o’g’riliklari keltirib o’tilgan. Masalan: 9-hikoyasida bir darveshni pulga muxtojliki keltirib o’tilgan. Bir darvesh qattiq muhtojlikga tushib qoladi va destining gilamini ug’irladi. hokim uning qulini kesishni buyirdi. Gilamning egasi darveshga rahmi kelib: “Men uning gunohini kechirdim”, dedi. Hokim dedi: “Sen kechirganing bilan shariat qonuni kechirmaydi!” Gilam egasi dedi: “To’g’ri aytasiz, lekin vaqf molini o’g’irlagan odamning qo’lini kesmaydilar. Darveshlardagi hamma narsa muhtojlarning vaqfidir”. Hokim ug’rini afv etdi va shunday dedi senga olam torlik qildimiki, borib-borib o’z yaqin do’stingning uyiga o’g’rilikkga tushibsan? Darvesh dedi: “Ey hokim, eshitmaganmisanki”: “Dushman eshigini qoqqandan ko’ra do’st qoqlagan yaxshi, deydilar”. Qiyin ko’nga qolgan chog’da ruhing bo’lmasin tushkun, Dushmanlarning terisidan do’stinga bichgil po’stun. Uchinchi bobQanoatning fazilati bayoni 21-hikoyasi bor. Bu uchinchi bobda shoir insonlarni boru yo’qga qanoat qilishni o’rgatadi. Masalan: birinchi hikoyasida. Bir mag’ribiy gadoy Halabdagi bazzozlik rastasida derdi: “Ey davlatmandlar! Basharti sizlarda insof-u, menda qanoat bo’lganda edi, olam tilanchilik degan gap qolmasdi”. Davlatmand qilg’il, ey qanoat, meni, Chunki yuqdir sendan yaxshiroq ne’mat. Luqmonning murodi-sabr burchagi, Sabrsiz Kishida bo’lmaydi hikmat. To’rtinchi bob-Sukut saqlashning foydali bayoni 11-hikoyasi bor. To’rtinchi bobda shoir shuni 609 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 hikoyalarida bayon etadiki gapirishdan oldin uni uylab ko’rib gapirish kerak. Sizning yaxshi gapiz ham yomon gapiz ham dushmanga foyda bo’ladi. Birinchi hikoyasi. Do’stlarimdan biriga dedim: “Gapirgishdan o’zimni tiyishimni sababi shuki, ko’pincha gapning, yaxshi va yomon tomonlari bo’ladi, dushmanning ko’zi esa, yomondan boshqa narsaga tushmaydi”. Do’stim dedi: “Yaxshini payqamagan dushman-durust”. Beshinchi bob-Ishq va yoshlik bayoni 11-hikoyasi bor. Bu bobda shoir ishq va yoshlik bayonida juda qiziqarli hikoyalar yozgan. Masalan: 9-hikoyasida. Bir kishining guzal yosh xotini o’ldi, munkilab qolgan qaynonasi mahr yuzasidan uning uyida yashab qoldi. U odam qaynonasining vaysashidan juda bezor bo’lgan edi. Lekin mahrni topib berishga quli kaltalik qilardi shu sababli qaynonasi bilan yashahsga majbur edi. Bir kun bir necha oshna-og’aynilari uni ko’rgani keldilar. Ulardan biri dedi: “Aziz yoringning firoqida nechuk kechyapti?” U kishi javobida dedi: “Qaynonamning basharasini ko’rish mening uchun xotinimning diydorini ko’rmaslikdan ko’ra og’riqrroqdir” Yettinchi bob-Tarbiyaning ta’siri bayoni 17-hikoyasi bor. Bu yettinchi bobda shoir tarbiya haqida juda qiziqrli hikoyalarni aytib o’tadi. Bir vazirning takasaltang o’g’li bore di. Vazir o’g’lini bir donishmand huzuriga eltib. Shuni tarbiya qil, shoyad aqli kirib, odam bo’lsa”, dedi. Donishmand vazirzodani uzoq mudat tarbiya qildi, foydasi bo’lmadi. Bolaning otasiga biro dam orqali: “O’g’ling odam bo’lmadi, meni ham aqldan ozdirdi”, deb xabar beradi. Sakkizinchi bobSuhbat qoidalari bayoni Umr mol-mulk to’plash uchun emas, balki, mol-mulk osuda hayot kechirish uchundir! Bir oqildan so’radilar: “Kim baxtiyoru kim baxtsiz?” Oqil dedi: “Baxtiyoryeb-ichadi, ekadi; baxtsiz-yig’ib-yig’ib o’lib keladi”. Xulosa Sa’diy o’z zamonining yetuk pedagogi, dono, insondo’st, murrabbiy shoiri, chuqur psixolog olimi bo’lgan. Bu ulug’ donishmandning keng va rango-rang ijodida biz yorqin misralar bilan bir qatorda u yashagan davrning qora tamg’asi tushgan dog’larni ham ko’ramiz.Sa’diy Sheroziy “Guliston”asarini milodiy 1258-yilda yozgan.Sa’diy Sheroziynin “Guliston”asari 8 bobdan iborat.Shoir bu asarini o’z hayotida ko’rgan, bilgan voqelarini bayon etib, ulardan axloqiy xulosalar chiqaradi.Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda dunyo-dunyo ma’no bo’lgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin fondiga kirgan.Bu asarning har bir bobini o’qigan inson o’ziga olam-olam ma’lumot oladi. Sa’diy Sheroziy “Guliston” asari inson qalbiga ezgulik urug‘ini sepuvchi ma’rifat xazinasi sanaladi. Uning hikoyatlarida millatidan qat’i nazar, har bir inson uchun zarur bo‘lgan hayotiy hikmatlar mujassam. Shu bois asar asrlar davomida o‘z qimmatini yo‘qotmagan va dunyo adabiy merosining oltin fondidan munosib o‘rin egallagan. REFERENCES 1. Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQI NAMUNA-O’RNAK VOSITASI SIFATIDA. Scientific Impulse, 1(4), 1288-1292. 2. Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 146-152. 3. Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, (7). 4. Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1130-1134. 610 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 5. Sharipova, M. B. (2021). Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, (7). 6. Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 168168. 7. Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA. Scientific Impulse, 1(4), 1426-1430. 8. Sharipova, M. B., & Ravshanova, G. F. Q. (2021). QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR. Scientific progress, 2(7), 1139-1144. 9. Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Проблемы педагогики, (6 (51)), 58-60. 10. Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 11. Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI. Scientific progress, 2(7), 1102-1108. 12. Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1125-1129. 13. Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1120-1124. 14. Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI. Scientific progress, 2(7), 1135-1138. 15. Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений. Вестник магистратуры, (3-3 (102)), 113-114. 16. Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 17. MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim. 18. Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR. Scientific progress, 2(7), 1145-1148. 19. Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1). 20. Шарипова, М. Б., & Хусаинова, З. Х. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп, 106108.