scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUDYALAR MUSTAQILLIGINI TA'MINLASH – ODILLIK VA QONUN USTUVORLIGINING ASOSIY MEZONI

Ergashev Aziz Adilovich

Abstract

USHBU tezisda muallif tomonidan sudyalar ijtimoiy adolat, huquqiy tartib, qonun ustuvorligini kafolatlash, fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini ta'minlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishda mustaqil ekanliklari, faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga boʻysunishi, ushbu prinsipni ta'minlashga qaratilgan me'yoriy hujjatlar haqida fikrlar yuritilgan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 327 SUDYALAR MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH – ODILLIK VA QONUN USTUVORLIGINING ASOSIY MEZONI Ergashev Aziz Adilovich Fargʻona yuridik texnikum direktori. https://doi.org/10.5281/zenodo.17478456 Annotatsiya. USHBU tezisda muallif tomonidan sudyalar ijtimoiy adolat, huquqiy tartib, qonun ustuvorligini kafolatlash, fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taʼminlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishda mustaqil ekanliklari, faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga boʻysunishi, ushbu prinsipni taʼminlashga qaratilgan meʼyoriy hujjatlar haqida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, sudyalarning mustaqilligi, huquqiy mexanizm, sudyalarning kasbiy malakasi, sudyalar daxlsizligi. Аннотация. В данном тезисе автором высказаны мнения о том, что судьи независимы в осуществлении деятельности, направленной на обеспечение социальной справедливости, правопорядка, верховенства закона, защиты основных прав и свобод, а также законных интересов граждан, закрепленных в Конституции, подчиняются только Конституции и законам, нормативные акты, направленные на обеспечение данного принципа. Ключевые слова: социальная справедливость, верховенство закона, независимость судей, правовой механизм, профессиональная квалификация судей, неприкосновенность судей. Abstract. In this thesis, the author expresses the opinion that judges are independent in carrying out activities aimed at ensuring social justice, law and order, the rule of law, the protection of fundamental rights and freedoms, as well as the legitimate interests of citizens enshrined in the Constitution, subject only to the Constitution and laws, regulations aimed at ensuring this principle. Key concepts: social justice, rule of law, independence of judges, legal mechanism, professional qualifications of judges, inviolability of judges. Mamlakatimizda sud hokimiyati ijtimoiy adolat, huquqiy tartib, qonun ustuvorligini kafolatlash, fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taʼminlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishdan iboratdir. Ushbu vazifalarni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlamasdan turib amalga oshirishni tasavvur qilib boʻlmaydi. Shu munosabat bilan Yurtboshimizning bir qator farmonlari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 1 , Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. Oktabr, 2025-Yil 328 korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni 2 qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida ham ustuvor vazifalar sifatida sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga ogʻishmay amal qilinishini taʼminlash, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qoʻllash, faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda eʼtiborni avvalo huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish kabi masalalarga alohida urgʻu berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonidan ham koʻzlangan maqsad sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha kasbiy faoliyatini har qanday koʻrinishdagi tashqi taʼsirlardan samarali muhofaza qilishni taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlarni yaratish; sudyalikka kadrlarni tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek, sudyalar faoliyatini baholashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash, ushbu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini izchil joriy qilish; sudyalar va sud apparati xodimlari orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan tizimni yoʻlga qoʻyish hamda sud tizimida aniqlangan har qanday korrupsiyaviy harakatni murosasiz holat deb baholash; sudyalarning kasbiy malakasi, maʼnaviyati va masʼuliyatini oshirish boʻyicha kompleks choratadbirlarni amalga oshirish orqali yuksak professional sudyalar korpusini shakllantirishdan iborat edi. Mazkur farmon bilan sudyalar daxlsizligini taʼminlash boʻyicha sud inspeksiyasi negizida Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasini tuzish; - Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish shuʼbasi negizida matbuot xizmati va birinchi boʻlim, shuningdek ijro apparati negizida axborot-tahlil, murojaatlar bilan ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash tuzilmalari hamda arxiv va devonxona tashkil etish; - Kengashga kelib tushayotgan shikoyatlarni umumlashma tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida sudyalar malaka hayʼatlari bilan birgalikda aniq choralar belgilash vazifasini yuklatildi. Ushbu farmon Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunlarida belgilangan sudyalarning chinakam mustaqilligi va faqat Konstitutsiya va qonunlariga boʻysunishi prinsipini amalda taʼminlanishiga qaratilganligini eʼtirof etish oʻrinlidir. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554. Oktabr, 2025-Yil 329 Farmonga muvofiq, sudyalarning yuridik javobgarligi masalasini hal etish paytida ularning odil sudlov bilan bogʻliq faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish maqsadida quyidagicha tartib oʻrnatildi: - Birinchidan, sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan Kengash raisi tomonidan kiritilgan taqdimnoma prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi yoki qoʻzgʻatish rad etilganiligi haqida Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabar beriladi; - Ikkinchidan, sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga tegishli malaka hayʼatlari roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi; - Uchinchidan, sud hokimiyati mustaqilligini va sudyalar daxlsizligini taʼminlash, odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan Kengash raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakuni boʻyicha axborot taqdim etib boriladi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni 3 ning 9-moddasida sudyalarning mustaqilligi toʻgʻrisidagi normalar ham oʻz ifodasini topgan boʻlib, unga koʻra sudyalar mustaqilligi, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga boʻysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi hamda sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmasligi belgilab qoʻyilgan. Sud mustaqilligida hal qiluvchi omil sudyaning shaxsidir. U oddiy davlat xizmatchisigina emas, balki keng maʼnoda oʻzida mamlakatimizning sud hokimiyatini aks ettiradi. ... Eng muhimi, sudyaning odil sudlovni adolatli va mustaqil ravishda amalga oshirayotganiga hech bir shubha tugʻilmasligi kerak. Shu munosabat bilan “sudyalar mustaqilligi” kategoriyasining mazmuni va kafolatlari tizimi alohida, chuqurroq tadqiq etilishi lozim. 4 Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunida Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi, muayyan ishni har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilish yoki gʻayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday boʻlmasin taʼsir koʻrsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi, sudyadan koʻrilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati boʻyicha biron-bir tushuntirishlar berishni talab qilish, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga boʻlmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etish taqiqlanishi, ommaviy axborot vositalari oʻz xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatishga haqli emasligi oʻz ifodasini topgan. Sudyalarni mustaqilligini taʼminlash sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan bir qatorda sudyalar mustaqilligini taʼminlashda toʻsiq boʻlayotgan ayrim masalalarga ham eʼtibor qaratish lozim, - deb oʻylaymiz, хususan, sudyalarni oʻzining professional vazifalari xususan odil 3 Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/5534923 4 S.Abduqaxxorov. Odil sudlov jarayonini taʼminlashda sudyalarning mustaqilligi prinsiplarining oʻrni.EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES “OUTCOMES IN CRIMINAL-PROCEDURAL RELATIONS” UIF = 8.3 | SJIF = 5.961 Oktabr, 2025-Yil 330 sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatdan tashqari boshqa turli tadbirlarga jalb qilinishini oldini olishga erishish; Ikkinchidan, sudyalar va sud xodimlarining ijtimoiy va moddiy taʼminotini yanada kuchaytirish. Sudyalar faoliyatining qonuniy muhofazasini oshirish barobarida ularning masʼuliyatini ham kuchaytirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati davomida turli nojoʻya harakatlardan holi inson sifatida faoliyat olib borishiga erishish ham dolzarb masalalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/5534923. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554. 5. S.Abduqaxxorov. Odil sudlov jarayonini taʼminlashda sudyalarning mustaqilligi prinsiplarining oʻrni. EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES “OUTCOMES IN CRIMINAL-PROCEDURAL RELATIONS” UIF = 8.3 | SJIF = 5.961