scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNI VATANPARVARLIKKA TARBIYALASHDA PEDAGOGIK IMKONIYATLAR

Kosimbetova Ziywar Esbosinovna

Abstract

Maqolada o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, vatan va millat oldidagi mas’uliyat, yuksak burch ekanligi haqida so‘z yuritilgan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 357 O‘QUVCHILARNI VATANPARVARLIKKA TARBIYALASHDA PEDAGOGIK IMKONIYATLAR Kosimbetova Ziywar Esbosinovna https://doi.org/10.5281/zenodo.17478708 Annotatsiya. Maqolada o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, vatan va millat oldidagi mas’uliyat, yuksak burch ekanligi haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: vatanparvarlik, vatan, millat, ajdodlar, sharq xalqlari, yurt, targ‘ibot, tarbiya. Vatanparvarlik tarbiyasi, milliy o‘zlikni anglash, insonparvarlik, axloqiy va insoniy fazilatlar, mehnat, aqliy tarbiya, shaxs tarbiyasi va oila, jamiyat haqida A.Tajimuratov, J.Bazarbayev, A.Alimov, T.Saparbayev, I.Allaniyazov, R.Torejanova, P.Abdimuratov, U.Seytjanova, G.Jumasheva, Z.Kurbaniyazova, A.Bekimbetova, S.Saytbekova, S.Romanova, G.Bekimbetova, A.Erejepov va boshqa olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Mana, biz ushbu maqolamizda ushbu tadqiqotlarga tayanib vatanparvarlikka tarbiyalashda pedagogik imkoniyatlarning o‘rni bo‘yicha ilmiy tahlillar olib bordik. Qadimgi zamon mutafakkiri, mashhur notiq Sitseron "Sevgi haqida barcha tasavvurlarimiz "Vatan" degan birgina so‘zga birlashgan." Savodli xalqlarning haqiqiy qahramonligi Vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga ham tayyor ekanliklarida, - degan fikri ilmiy pedagogik asarlar juda o‘rinli keltirilgan. Shunday qarash shoir Sh.Betefiy tomonidan ham tahlil qilinadi. U, hayot men uchun baridan qimmat, muhabbat hayotdan ham qimmat, lekin elimning erkinligi va ozodligi uchun kerak bo‘lsa ikkisini ham qurbon qilishga tayyorman, -deb aytgan. Demak, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan "vatanni sevish iymondan,"- degan hadisning ostida ham vatanni himoya qilish, unga loyiq bo‘lish, ko‘z qorachig‘idek asrash mazmuni aks etgan. Agar uzoq tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, vatanga sadoqat tuyg‘usi xalqimiz tomonidan buyuk insoniy fazilat hisoblanganining guvohi bo‘lamiz. Ota-bobolarimiz orasidan yetishib chiqqan mashhur, ulug‘ insonlarning xulq-atvorlari, vatan gullab-yashnashi yo‘lida g‘ayrat bilan qilgan ishlari, bizgacha yetib kelgan asarlari va tarixiy ma’lumotlar orqali bilib olishimiz mumkin. So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlar ham bevosita ushbu yo‘nalishni yanada takomillashtirish uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbek qadimiy va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan bayram tabrigida "Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi," deb ta’kidlagani ham yoshlarimizni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda adabiyotga e’tibor qaratish muhim ijtimoiy masala ekanidan dalolat beradi. Vatanparvarlik tarbiyasining asosiy maqsadi - jamiyatda yuksak ijtimoiy faollik, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviyatni rivojlantirish, davlatni mustahkamlash, uning manfaatlari va taraqqiyotini ta’minlashdir. O‘quvchilarga ta’lim berishda ular ongiga fan asoslarini puxta singdirish orqali ham ularni or-nomusli, iymonli qilib o‘stirish, ijtimoiy hayotdagi har bir hodisaga ongli munosabat Oktabr, 2025-Yil 358 bildirishga tarbiyalash, egallangan bilim va ko‘nikmalarni hayotda qo‘llash qobiliyatini o‘stirishdir. Bu jihatdan adabiyot darsi yoshlarni yuksak g‘oyalar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk allomalar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo‘lib yetishishi, kasb-hunar o‘rganishi, keksalarni hurmat qilish hamda mehnat orqali insonni kamol toptirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Tarbiyaga oid progressiv yondashuvlar tarbiyaviy jihatdan e’tiborga loyiq. Pedagoglarimiz esa maktab o‘quvchilarini ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o‘rgatishi kerak, - deb aytib o‘tgan va yoshlarning ma’naviy fazilatlari shakllanishida vatanga bo‘lgan muhabbatni yuqori baholaydi. Masalan, xalqimiz ozgina so‘z bilan ko‘p ma’no beruvchi maqol-matallar aytish orqali aytmoqchi bo‘lgan fikrini yetkazgan, Vatan haqida: Qush qanoti bilan, Odam elati bilan. Elga el qo‘shilsa - davlat. Eldan el ketsa - mehnat. Dindan chiqsang ham, Eldan chiqma. Vatansiz odam, baxtsiz bulbul. Demak, insoniyatning kelajak haqidagi rejasi, fikrlari shunday bo‘lishi kerak u eli, xalqi uchun xizmat qilishga tayyor bo‘lishi lozim. Ulug‘ mutafakkir V.A.Suxomlinskiy aytganidek, Vatanga foydasiz o‘tgan har bir kun, inson umridagi mazmunsiz o‘tgan kunga teng. Yaqinyaqinlarda ham vatanparvarlik - vatan haqidagi barcha yaxshi narsalarni faxrlanishdan iborat bo‘ladi, vatanparvar inson bo‘lish uchun endi bu narsalar yetarli emas... Vatanparvarlik tuyg‘usini ajdodlardan meros bo‘lib qolgan zaminni sevish, urf-odatlarni, qadriyatlarni asrash, vatan ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qilib, vatanni dushmanlardan himoya qilish, har qanday qaramlikdan ozod qilish, hatto zarur bo‘lsa, mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslik kabi ezgu g‘oyalar tashkil etadi. [3] Bu g‘oyalarni o‘quvchilar o‘rni bilan tushuntirishda pedagogik mahorat va o‘rgatish imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6108-son qarori. J. "Ma’naviyat asoslari" Nukus; "Qoraqalpog‘iston" nashriyoti, 2009 2. Ibrohimov. A. Sultonov. X, Jo‘rayev. N "Vatan tuyg‘usi." Toshkent. "O‘zbekiston," 1996.